Cookie Settings

We use cookies to improve your experience.

updated: 22.03.2026, 06:36

Gaz quyish shoxobchalarida xavfsizlik va shaffoflikni taʼminlovchi “UGaz” tizimi ishga tushirildi

Oʻzbekistonda tabiiy gaz resurslaridan samarali foydalanish hamda fuqarolarga xavfsiz va shaffof xizmat koʻrsatishni taʼminlash maqsadida “Yagona integrator UZINFOCOM” MChJ tomonidan “UGaz” axborot tizimi joriy etildi.

Ulashish:

Gaz quyish shoxobchalarida xavfsizlik va shaffoflikni taʼminlovchi “UGaz” tizimi ishga tushirildi

Qisqacha izohlaganda “UGaz” avtomashinalarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchalari (AGTKSh)dagi jarayonlarni real vaqtda qayd etadi, shu bilan qoʻlda hisob-kitoblarni kamaytiradi, noqonuniy holatlarning oldini oladi va isteʼmolchilar xavfsizligini oshiradi.

Asosiy imkoniyatlar va afzalliklar

Real vaqt qaydi — har bir shoxobcha va har bir toʻldirish kolonkasi faoliyati onlayn tarzda kuzatiladi;

Shaffof hisob-kitob — sotilayotgan gaz hajmlari aniq va elektron tarzda hisoblanadi; noqonuniy foydalanish holatlari sezilarli darajada kamayadi;

Avtomatik tekshiruv va ogohlantirishlar — avtotransport kirganda uning texnik koʻrik holati tekshiriladi, muddat tugagan boʻlsa operatorga avtomatik xabar yuboriladi;

Ballon va yoqilgʻi turiga nazorat — yoqilgʻi turi mos kelmasa yoki ballon roʻyxatdan oʻtmagan boʻlsa, tizim shu joyning oʻzida operatorni ogohlantiradi;

Xavfsizlikni oshirish — AGTKShlardagi xodim va kolonkalar faoliyati nazorat qilinishi tufayli haydovchi va yoʻlovchilar xavfsizligi yaxshilanadi;

Qoʻlda hisoblashdan voz kechish — inson omili sababli xatolar kamayadi, monitoring samaradorligi ortishi taʼminlanadi.

 

Integratsiya va nazorat

“UGaz” tizimi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan integratsiya qilingan:

Ichki ishlar vazirligi;

Davlat soliq qoʻmitasi;

“Toshshaxartransxizmat” AJ;

Elektron hukumat tizimlari;

“Energonazorat” platformasi;

OneID va boshqalar.

Bu integratsiya nazoratni kuchaytiradi va tegishli organlarga tezkor maʼlumot yetkazishni taʼminlaydi.

 

Bu nega muhim?

Fuqarolar uchun — oʻz vaqtida, huquqiy asoslangan va xavfsiz xizmat.

Davlat uchun — tabiiy gaz resurslaridan qonuniy va samarali foydalanish, daromadlarni himoya qilish.

Bozor uchun — adolatli raqobat muhiti, noqonuniy faoliyatning kamayishi.

Iqtisodiyot

24.09.2025, 08:03

Ulashish:

Mavzuga oid yangiliklar

Hormuzdagi vaziyat: 670 ta kema kutib turibdi

So‘nggi 48 soatda Hormuz bo‘g‘ozining g‘arbiy tomonida 670 ta yuk kemasi to‘xtab qoldi. BAA, Gretsiya, Xitoy va boshqa Osiyo davlatlari katta zarar ko‘rmoqda. Bo‘g‘ozdan o‘tishga uringanlar ham mavjud.

Iqtisodiyot

03.04.2026, 17:17

1 fevraldan kam taʼminlangan oilalarga elektr va gaz xarajatlari uchun kompensatsiya beriladi

2026 yil 1 fevraldan boshlab Oʻzbekistonda kam taʼminlangan oilalar elektr energiyasi va tabiiy gaz xarajatlarining bir qismini davlat tomonidan qoplab berish tartibi joriy etiladi.

Oʻzbekiston

08.01.2026, 15:02

Ayrim oilalarga tabiiy gaz toʻlovlari uchun moddiy yordam beriladi

2025 yildan boshlab mamlakatda kam taʼminlangan oilalarga tabiiy gaz toʻlovlarini qoplash maqsadida davlat tomonidan moddiy yordam koʻrsatiladi.

Oʻzbekiston

17.11.2025, 11:05

Xitoyga gaz yetkazib beruvchi davlatlar orasida Oʻzbekiston nechanchi oʻrinda?

Xitoy bojxona boshqarmasi 2025 yilning yanvar-sentabr oylari mamlakat import qilingan gaz miqdori haqida maʼlumot berdi. 

Iqtisodiyot

21.10.2025, 11:40

Rossiyaning Markaziy Osiyoga gaz yetkazib berishi 15 foizga oshdi

“Gazprom” rahbari Aleksey Millerning maʼlum qilishicha, 2025 yilning yanvar–avgust oylarida Rossiyaning Markaziy Osiyo mamlakatlariga gaz yetkazib berishi oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 15 foizga oʻsgan.

Iqtisodiyot

12.10.2025, 15:05

Vodiydagi AGTKShlarda ikki kun gaz boʻlmaydi

Fargʻona vodiysining togʻli hududidan oʻtuvchi qismida qoʻshimcha magistral gaz quvuri qurildi: 5-6 sentabr kunlari yangi quvurni tarmoqqa ulash ishlari olib boriladi.

Iqtisodiyot

04.09.2025, 12:36

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →

So'nggi yangiliklar

“RES 2026” sammiti: Shavkat Mirziyoyev ekologik hamkorlik bo‘yicha takliflar bildirdi

Ostona shahri mezbonligidagi 22–24 aprel kunlari bo‘lib o‘tayotgan Mintaqaviy ekologik sammit — “RES 2026” o‘z ishini boshladi.

Oʻzbekiston

22.04.2026, 17:15

Pedagoglarga davlat to‘lovlarida 50 foiz chegirma beriladi (imtiyozlar ro‘yxati)

Pedagoglarga 60 ga yaqin turdagi xizmatlarni ko‘rsatishda belgilangan yig‘im va to‘lovlarga 50 foizi miqdorida imtiyoz qo‘llaniladi. 

Ta'lim

22.04.2026, 16:23

Yevropaga eltuvchi yo‘llar “qabriston”ga aylanmoqda

BMT ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yili migratsiya yo‘llarida 8 000 ga yaqin odam halok bo‘lgan yoki bedarak yo‘qolgan.

Jahon

22.04.2026, 11:38

Amudaryo 65% gacha qisqaradi: Markaziy Osiyoda suv tanqisligi keskin oshmoqda

2026-yil yoziga Markaziy Osiyo o‘tgan yillarga nisbatan ancha kam suv zaxiralari bilan kirib kelmoqda. Joriy yil mintaqa uchun suv tanqisligi borasida qanchalik hal qiluvchi davrga aylanadi? Ushbu maqola shu haqda.

Jahon

21.04.2026, 16:58

“Ochofat yirtqichlar” – Tramp, Putin va Netanyahu xalqaro huquqni buzishda ayblandi

“Amnesty international” xalqaro huquqni himoya qiluvchi tashkilotining yillik hisoboti e’lon qilindi.

Jahon

21.04.2026, 11:26

Ko‘mir narxi oshmadi: taxminlar xato bo‘lib chiqdi

Tahlillarga ko‘ra, ko‘mir asosidagi ishlab chiqarish mart oyida global miqyosda o‘zgarmagan. Aksincha, Xitoydan boshqa mintaqalarda 3,5 foizga kamaygan. Xitoyda esa tabiiy gaz o‘rniga ko‘mirga o‘tish hisobiga 2 foiz o‘sish kuzatilgan.

Jahon

20.04.2026, 14:18

Nemis “gepard”lari Ukrainada ishonchni oqladi

Bir paytlar Germaniya armiyasi tarkibidan chetlashtirilgan “Gepard” o‘ziyurar zenit qurollari bugun Ukrainada eng yaxshi dronlar kushandasiga aylandi.

Jahon

17.04.2026, 15:49

Rossiya 200 nafar tojikistonlik mahkumani vataniga qaytaradi

Moskva 3 mingdan ortiq o‘zbekistonlik mahkumni ham jazoni o‘z yurtida davom ettirish uchun topshirishga tayyorligini bildirgan, ammo jarayon huquqiy to‘siqlarga uchramoqda.

Jahon

17.04.2026, 12:19

9 viloyatda sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi

Joriy yilning 18-23-aprel kunlari kutilayotgan yomg‘irlar sababli respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel kelish xavfi haqida ogohlantirish berildi.

Oʻzbekiston

17.04.2026, 11:12

Isroil Livanga yana zarbalar berdi

Isroil va Livan o‘rtasida 10 kunlik sulh rasman kuchga kirgan. Donald Tramp payshanba kuni o‘t ochish to‘xtatilganini e’lon qilib, Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan “Hizbulloh” ham otashkesimga rozi bo‘lganini tasdiqlagan edi.

Jahon

17.04.2026, 10:29

Qamchibek Tashiyev yana bir lavozimni tark etdi

Tashiyevning Qirg‘iz futbol ittifoqi prezidenti sifatidagi vakolat muddati tugadi va o‘z ixtiyori bilan lavozimini topshirdi. U “O‘z vazifamni bajarib bo‘ldim” dedi.

Jahon

16.04.2026, 17:27

Buxoroda “Leapmotor” avtomobillari ishlab chiqariladi

Botir Zaripov “Leapmotor” kompaniyasi vitse-prezidenti Ley Ming boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi. Viloyatda 2026-yilda Leapmotor avtomobillarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi

Oʻzbekiston

16.04.2026, 16:23

Eronga muzlatilgan 100 milliard dollarlik aktivlari zarur

Eron bugungi muzokaralar fonida kamida 6 milliard dollarini qaytarishni talab qilmoqda, umumiy muzlatilgan aktivlar esa 100 milliarddan oshadi.

Jahon

16.04.2026, 14:58

BBC 2000 tagacha ish o‘rnini qisqartiradi

575 million yevrolik keskin tejamkorlik, 2000 tagacha ish o‘rni qisqarishi va Trampning 10 milliard dollarlik sud da’vosi — BBCning turli muammolari bir nuqtada jamlanmoqda. 

Jahon

16.04.2026, 10:14

“Xalqlar do‘stligi saroyi” hududidagi noqonuniy bannerlar olib tashlandi

Madaniy meros agentligi va uning Toshkent shahar hududiy boshqarmasi mutaxassislari tomonidan 2026-yil 14-aprelda “Xalqlar do‘stligi saroyi” hududida davlat nazorati (monitoring) ishlari olib borildi.

Oʻzbekiston

15.04.2026, 17:16

“Ular iqtisodiyotimizni yuksaltiradi” — Ispaniya immigratsiya siyosatini yumshatmoqda

Butun G‘arb migrantlarga eshigini yopayotgan bir paytda Ispaniya yarim million muhojirga qonuniy maqom bermoqchi.

Jahon

15.04.2026, 16:29

Markaziy Osiyo davlatlari YaIMining 130 foizini iqlim xavflari tufayli yo‘qotishi mumkin

Iqlim o‘zgarishi shunchaki ekologik masala emas, balki jiddiy iqtisodiy xavfdir. Uning natijasidagi yo‘qotishlar Markaziy Osiyoda allaqachon boshlangan.

Iqtisodiyot

15.04.2026, 11:46

Shikastlangan davlat raqamini onlayn almashtiring

Endilikda avtomobilingizning davlat raqami belgisi (nomer) yaroqsiz holga kelgan yoki shikastlangan bo‘lsa, uni almashtirish uchun navbatlarda turish shart emas. 

Oʻzbekiston

14.04.2026, 17:11

“Diqqatini jamlay olmagan kompaniya”: OpenAI strategiyasi tanqid ostida

OpenAI’ning 852 milliard dollarlik bahosi uning ayrim investorlari tomonidan shubha ostiga olinmoqda, chunki kompaniya Anthropic bilan raqobatni kuchaytirish maqsadida e’tiborini korporativ bozorga qaratmoqda.

Iqtisodiyot

14.04.2026, 15:41

Har daqiqada 3 ta chaqaloq: Sudanda onalar va bolalar hayoti xavf ostida

Sudanda har daqiqada uchta chaqaloq bolalar uchun mos bo‘lmagan sharoitlarda dunyoga kelmoqda. 

Jahon

14.04.2026, 12:22

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →