Oʻzbekiston – Rossiya: aviaqatnovlar soni oshiriladi va parvozlar geografiyasi kengaytiriladi
Moskvada ikki mamlakat aviatsiya hukumatlari oʻrtasida havo qatnovlarini rivojlantirish boʻyicha muzokaralar oʻtkazildi.
Iqtisodiyot
25.07.2025, 16:31
Ulashish:

Oʻzbekiston bilan Rossiya oʻrtasida transport sohasidagi hamkorlik boʻyicha 2024-2026 yillarga moʻljallangan amaliy harakatlar rejasi hamda ikki davlat oʻrtasida savdo-iqtisodiy hamkorlik yuzasidan joriy yil 21-22 iyul kunlari Moskva shahrida ikki mamlakat aviatsiya hukumatlari oʻrtasida havo qatnovlarini rivojlantirish boʻyicha muzokaralar oʻtkazildi.
Mazkur tadbirda ikki davlat Transport vazirliklari delegatsiyalari, shuningdek, Oʻzbekistonning Rossiyadagi elchixonasi vakillari ishtirok etdi. Muzokaralar chogʻida bugungi kunda amaldagi aviaqatnovlar sonini oshirish hamda parvozlar geografiyasini kengaytirish va tomonlarning aviakompaniyalariga tegishli huquqlarni berish masalalari muhokama qilindi.
Muzokaralar natijasiga koʻra quyidagi kelishuvlarga erishildi:
Xususan, har bir mamlakat tayinlangan aviakompaniyalari tomonidan haftasiga
- Toshkent – Moskva yoʻnalishida 50 tadan (jami 100 ta);
- Samarqand – Moskva yoʻnalishida 23 tadan (jami 46 ta);
- Buxoro – Moskva, Urganch – Moskva, Fargʻona – Moskva, Namangan –Moskva yoʻnalishlarida 14 tadan (jami 112 ta);
- Toshkent – Sankt-Peterburg, Toshkent – Krasnoyarsk, Toshkent – Sochi yoʻnalishlarida 14 tadan (jami 42 ta);
- Termiz – Moskva yoʻnalishida 10 tadan (jami 20 ta);
- boshqa barcha shaharlar yoʻnalishlarida 7 tadan, yaʼni Rossiya aviatashuvchilari uchun ularning 80 ta xalqaro aeroportidan Oʻzbekistonning barcha xalqaro aeroportlariga jami 560 ta, Oʻzbekiston aviatashuvchilari uchun Oʻzbekistonning barcha xalqaro aeroportlaridan yuqorida qayd etilganidan tashqari Rossiyaning eng yirik 29 ta xalqaro aeroportlariga jami 203 ta aviaqatnovni amalga oshirish huquqini berish;
- shuningdek, aviaqatnovlarni amalga oshirish chogʻida 3 ta parvoz manzilini oʻzida birlashtiruvchi “uchburchak” shakldagi qatnovlarni amalga oshirish doirasida aviakompaniyalar soni boʻyicha cheklovlarni bekor qilib, har bir kompaniyaga 5 tagacha shaharni tanlash huquqini berish.
Mazkur kelishuv doirasida har ikki mamlakat aviakompaniyalari barcha parvoz shaharlaridan samarali foydalangan holda haftasiga 1000 dan ortiq qatnovni amalga oshirish huquqiga ega boʻldi, ayni vaqtda ikki mamlakat oʻrtasida haftasiga jami 310 dan ortiq muntazam aviaqatnov bajarilmoqda.
Erishilgan kelishuv yoʻlovchi va yuk tashish hajmini oshirish bilan birga, ikki davlat oʻrtasida turistlarning erkin harakatlanishi uchun barcha imkoniyatlarni yaratgan holda ikki tomonlama savdo-iqtisodiy munosabatlarning yanada rivojlanishiga xizmat qiladi.
Iqtisodiyot
25.07.2025, 16:31
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Oʻzbekistondan Saudiya Arabistoni va BAAga aviaqatnovlarga ruxsat berildi
Oʻzbekiston
11.03.2026, 11:16

Uzbekistan Airways tomonidan mahalliy qatnovlar soni oshirildi
Iqtisodiyot
27.08.2025, 15:25

Xitoyga parvoz qilish huquqiga ega boʻlgan Oʻzbekiston aviatashuvchilari soni 8 taga yetkaziladi
Oʻzbekiston
21.08.2025, 18:28
Mashhur yangiliklar

Isroil urushni tugatish shartlarini maʼlum qildi
Jahon
17.03.2026, 13:40

Yaqin Sharqdan oʻzbek va qozogʻistonlik fuqarolarning evakuatsiyasi: xavfsizlik va tizimli tarzda olib kelinmoqda.
Siyosat
07.03.2026, 14:19

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

Kartadan-kartaga pul oʻtkazishda “maqsadni koʻrsatish” tartibi joriy etildi
Iqtisodiyot
07.03.2026, 13:08

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Hurmuz boʻgʻozining yopilishi: global iqtisodiyot uchun jiddiy sinov
Iqtisodiyot
09.03.2026, 16:59
So‘nggi yangiliklar

Erondagi urush fonida aviatashuvlar narxi keskin oshdi
Jahon
21.03.2026, 07:18

Hayit kuni Toshkentda jamoat transporti soat 04:00 dan ish boshlaydi
Oʻzbekiston
19.03.2026, 14:42

Navroʻz va Hayit arafasida 392 nafar mahbus afv etildi
Oʻzbekiston
19.03.2026, 14:37

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon hayiti munosabati bilan vaqtinchalik otashkesim eʼlon qildi
Jahon
19.03.2026, 12:00

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi
Madaniy
19.03.2026, 11:20

Ehson bahonasida terrorizm: IIV ogohlantirish bilan chiqdi
Jahon
19.03.2026, 10:59

Maldiv orollari Isroil fuqarolari uchun yopildi
Jahon
19.03.2026, 10:17

AQSh Senati Eronning yadroviy tahdidi boʻyicha bayonotlarga shubha bildirdi
Jahon
19.03.2026, 09:47

Eron Isroil foydasiga josuslikda ayblangan shaxsni qatl etdi
Jahon
19.03.2026, 08:54

Qozogʻistonda saygʻoqlar ommaviy halok boʻlmoqda
Jahon
19.03.2026, 08:43

AQSh sudi “Amerika Ovozi” faoliyatini tiklashga qaror qildi
Jahon
18.03.2026, 18:56

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda
Fan-texnologiya
18.03.2026, 14:45
Mashhur yangiliklar

Isroil urushni tugatish shartlarini maʼlum qildi
Jahon
17.03.2026, 13:40

Yaqin Sharqdan oʻzbek va qozogʻistonlik fuqarolarning evakuatsiyasi: xavfsizlik va tizimli tarzda olib kelinmoqda.
Siyosat
07.03.2026, 14:19

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

Kartadan-kartaga pul oʻtkazishda “maqsadni koʻrsatish” tartibi joriy etildi
Iqtisodiyot
07.03.2026, 13:08

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Hurmuz boʻgʻozining yopilishi: global iqtisodiyot uchun jiddiy sinov
Iqtisodiyot
09.03.2026, 16:59
