Özbekistonda örtaça iş haqi 18 foizga ösdi

Özbekistonda 2026-yilning yanvar–sentyabr oylarida örtaça oylik iş haqi 7,27 mln sömga yetdi. Biroq yanvar–avgust oylaridagi mediana iş haqi 4,17 mln sömni taşkil etdi. Bu ikki körsatkiç bir-biridan farq qiladi.

Ulashish:

Özbekistonda örtaça iş haqi 18 foizga ösdi

Özbekistonda 2026-yil yanvar–sentyabr oylarida örtaça oylik nominal hisoblangan iş haqi 7 274,1 ming sömni taşkil etib, ötgan yilning mos davriga nisbatan 18,0 foizga ösgan (qişloq xöjaligi korxonalari hamda kiçik tadbirkorlik subyektlarini hisobga olmagan holda).

 

Iqtisodiy faoliyat turlari böyiça örtaça oylik 

Örtaça oylik nominal iş haqi iqtisodiy faoliyat turlari böyiça tahlil qilinganda, eng yuqori ösiş sur’ati taşiş va saqlaş sohasida qayd etildi.

 

Mediana iş haqi körsatkiçi

2026-yil yanvar–avgust oylarida (qişloq xöjaligi korxonalari hamda kiçik tadbirkorlik subyektlarini hisobga olmagan holda) respublika böyiça mediana iş haqi 4 166,3 ming sömni taşkil etdi. 

Mediana ish haqi — ish haqi oluvchi xodimlarning yarmi undan kam, qolgan yarmi esa undan ko‘p ish haqi oladigan miqdor.

Hududlar kesimida mediana iş haqining eng yuqori körsatkiçi Toşkent şahrida qayd etilgan bölib, 6 791,2 ming sömni, eng past körsatkiç esa Sirdaryo viloyatida 2 998,4 ming sömni taşkil etdi.

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha mediana ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichi bank, sug‘urta, lizing, kredit va vositachilik faoliyatida qayd etilgan bo‘lib, 11 363,9 ming so‘mni, eng past ko‘rsatkich esa yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlarda 2 860,0 ming so‘mni tashkil etdi.

 

Örtaça iş haqi va mediana: ularning farqi nimada?

Iş haqi darajasini baholaşda örtaça iş haqi va mediana körsatkiçlaridan foydalaniladi. Har ikkisi iş haqiga oid bölsa-da, turliça hisoblanadi va turli mazmunni ifodalaydi.

 

Örtaça iş haqi qanday hisoblanadi?

Xodimlarga hisoblangan jami iş haqi ularning örtaça soniga bölinadi.

Masalan, 5 nafar xodimning oylik iş haqi quyidagiça bölsin:

— 3 mln söm;

— 4 mln söm;

— 5 mln söm;

— 6 mln söm;

— 22 mln söm.

Ularning jami iş haqi 40 mln sömni taşkil etadi. Uşbu summa 5 nafar xodimga bölinsa, örtaça iş haqi 8 mln söm böladi.

Yuqori iş haqi oluvçi xodimlarning daromadi örtaça körsatkiçni sezilarli oşirişi mumkin.

 

Iş haqining mediana miqdori nima?

Medianani aniqlaş uçun xodimlarning iş haqi eng kamidan eng köpiga qarab tartiblanadi. Qatorning aynan örtasida joylaşgan qiymat mediana hisoblanadi.

Yuqoridagi misolda örtada turgan qiymat 5 mln söm. Demak, iş haqining mediana miqdori 5 mln sömni taşkil etadi.

Mediana xodimlarning yarmi uşbu miqdordan kam, qolgan yarmi esa undan köp iş haqi olişini anglatadi.

Örtaça iş haqi mehnatga haq tölaşning umumiy darajasi va özgarişini baholaş imkonini beradi. Mediana esa iş haqi xodimlar örtasida qanday taqsimlanganini va taqsimotning örta nuqtasini körsatadi.

Özbekistonda ham Milliy statistika qömitasi tomonidan örtaça iş haqi bilan bir qatorda mediana iş haqini hisoblaş yölga qöyildi. Bu iş haqi darajasini yanada töliqroq baholaş imkonini berişi aytilmoqda

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →

So'nggi yangiliklar

18 yoşdan kiçik tojikistonliklar işlaş uçun xorijga çiqolmaydi

Tojikistonda fuqarolarga 18 yoşga tölganidan keyingina xorijga işlaş uçun borişga ruxsat beriladi. Yangi talab prezident Imomali Rahmon tomonidan 21 oktyabr kuni imzolangan «Migratsiya töğrisida»gi qonunda belgilangan.

Jahon

28.10.2026, 10:24

Özbekistonda nikohlar kamayib, ajralişlar köpaymoqda

Sönggi 15 yilda Özbekistonda qayd etilgan nikohlar soni qariyb 9 foizga kamaydi, ajralişlar soni 2,6 baravardan köproq oşdi. Mamlakat aholisi esa şu davrda 34 foizga köpaygan

Oʻzbekiston

27.10.2026, 18:08

Endi Özbekistonda Apple Pay va Google Pay orqali tölov qiliş mumkin

Özbekistonda 27-oktyabrdan Apple Pay va Google Pay orqali tölov qiliş imkoniyati paydo böldi. Ammo hozirça HUMO va Uzcard röyxatga kiritilmagan.

Oʻzbekiston

27.10.2026, 14:50

Tramp Oq uyni Saddam Husayn restoraniga öxşatib qöydi — Barak Obama

AQŞda Kongress ustidan nazoratni belgilaydigan 3-noyabr kungi saylovlar arafasida sobiq prezident Barak Obama demokratlar kampaniyasiga qöşilib, Tramp siyosatini masxara qildi.

Jahon

26.10.2026, 15:54

AI tasvir

Özbekistonda söz erkinligi qay ahvolda?

Abdurahmon Taşanov mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarni e’tirof etdi, biroq söz erkinligi, sud-tergov tizimi va blogerlarga nisbatan jinoiy işler yuzasidan xavotir bildirdi.

Oʻzbekiston

26.10.2026, 13:15

Iman Invest rahbariyati kamomad haqidagi da’volarni rad etdi

Islom moliyasiga muvofiqlashtirish kengashi (IFCB) Iman Invest bilan hamkorlikni to‘xtatib, kompaniyada bir necha million dollarlik kamomad yuzaga kelgani va shariat mezonlariga zid operatsiyalar aniqlanganini bildirdi. Iman Invest rahbariyati esa ayblovlarni rad etib, Mahmud Usmon bilan kelishmovchilik uning oylik to‘lovlarini kamaytirish va kompaniya aksiyalaridan ulush berishni rad etish ortidan boshlanganini da’vo qilmoqda.

Oʻzbekiston

26.10.2026, 11:30

Xitoy futbolining qulaşi

Bundan 10 yillar oldin dunyoning eng maşhur futbolçilarini öz safiga çorlagan Xitoy futboli qanday qilib moliyaviy inqirozga yuz tutdi?

Sport

26.10.2026, 10:24

Kredit uchun ochilgan firma: javobgarlik kimning zimmasida?

Kredit olish ilinjida firma ochish yoki ERI kalitini vositachiga ishonib topshirish yillar davom etadigan moliyaviy va huquqiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Vositachi pulni olib ketadi, javobgarlik esa sizning zimmangizda qoladi.

Iqtisodiyot

24.10.2026, 19:02

Namanganda V Xalqaro asal festivali oçildi

 Namanganda 35 tonna asal bir joyga jamlandi. “Afsonalar vodiysi” bogʻida V Xalqaro asal festivali oçildi. 

Oʻzbekiston

24.10.2026, 14:32

Saudiya Arabistoni nega Husiylarni yenga olmayapti?

Saudiya Arabistoni o‘n yildan ortiq vaqtdan beri Yamandagi husiylarga qarshi kurashib keladi, biroq amerikancha qurollar va katta harbiy byudjet g‘alabani ta’minlay olmadi. Yaqinda tuzilgan Makka bitimi urush taqdirini o‘zgartira oladimi? 

Siyosat

24.10.2026, 11:06

Rasm SIda yaratilgan

Nasiya qulay xaridmi yoki ortiqcha qarz?

Nasiya savdosi Özbekistonda tez sur’atlarda rivojlanmoqda. Biroq mahsulotni oyma-oy tölaş har doim ham arzon yoki foydali tanlov degani emas. 

Iqtisodiyot

24.10.2026, 10:08

XI Yevropa kinofestivali: Toşkent va Urgançda 11 ta film namoyiş etiladi

Yevropaning 10 davlatida suratga olingan filmlar Toşkent va Urgançda tomoşabinlarga taqdim etiladi. Festival dasturida animatsiyadan tortib, psixologik dramalargaça bölgan turli janrdagi kartinalar bor.

Madaniy

23.10.2026, 18:12

AQŞ Yevropadan voz keçişi mumkin – Tramp

AQŞ prezidenti Donald Tramp Vaşington Yevropadan yuz ögirişi mumkinligini yana bir bor ta’kidladi. Biroq uşbu qaror amalda qanday qadamlarni anglatişini aniq tuşuntirmadi.

Siyosat

23.10.2026, 11:30

Zelenskiy: Kiyev sulhga tayyor

Ukraina, Rossiya va AQSh vakillari muzokara guruhlari darajasida uçraşişi mumkin. Uçraşuv sanasi hozirça aniq emas. Ukraina öt oçişni töxtatiş, energetika sohasidagi sulh va gumanitar taşabbuslarni qöllab-quvvatlaşga tayyor.

Siyosat

22.10.2026, 17:53

Kaspiydagi fojiadan söng Qozoğiston armiyasida katta özgarış

Qozoğistonda harbiy islohot doirasida muddatli harbiy xizmatni ikki bosqiçda taşkil etiş va uçuvisiz tizimlar qöşinlarini şakllantiriş rejalaştirilmoqda. Endi harbiy xizmatçilar xavfsizligini ta’minlaş va ularning huquqlarini himoya qiliş çoralari kuçaytiriladi.

Jahon

22.10.2026, 11:12

Netanyahu Fransiyani “ekstremistik islom bosqini”ga uchraganlikda aybladi

Fransiyadagi voqealar musulmonlar va immigratsiyaga qarshi siyosiy ritorikani yana kun tartibiga olib chiqdi. Tramp Makronni chegaralarni yopishga chaqirgan bo‘lsa, Netanyahu Fransiyani keskin tanqid qildi.

Jahon

21.10.2026, 17:26

AQSh bilan 12 milliard dollarlik kelishuv: O‘zbekiston nimaga erishadi?

Samarqanddagi muzokaralarda O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida 12 milliard dollarlik kelishuvlar tuzildi. Ammo bu kelishuvlarning qanchasi amalda bajarilishi hozircha noma’lum.

Iqtisodiyot

21.10.2026, 16:03

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi

Prezident Shavkat Mirziyoyev lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini takomillashtirishga qaratilgan qonunni imzoladi. Amaldagi hujjatlar, darsliklar va boshqa materiallarni birdaniga almashtirish talab etilmaydi.

Ta'lim

21.10.2026, 14:48

Qozog‘istonda Navai’ga nisbatan jinoyat ishi tugatildi: u qanday jazo oldi?

Qozog‘istonda rossiyalik reper Navai (Navai Bakirov)ga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi tugatildi. Jambil viloyati politsiya departamenti ma’lumotiga ko‘ra, ijrochi mamlakat hududidan chiqarib yuborilgan.

Madaniy

21.10.2026, 14:21

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →