Jahon aholisi 8,2 milliarddan oshdi
Jahon aholisi 1998 yilda 6 milliardga, 2010 yilda 7 milliardga, 2022 yilda esa 8 milliardga yetgan edi. BMT maʼlumotlariga koʻra, hozirda Yer yuzida 8,2–8,3 milliard orasida odam yashamoqda.
Jahon
03.01.2026, 09:39
Ulashish:

Worldometer statistik platformasining rasmiy maʼlumotlarga tayanilgan hisob-kitoblariga koʻra, jahon aholisining taxminan 59 foizi Osiyoda, 19 foizi Afrikada, 9 foizi Yevropada, 8 foizi Lotin Amerikasi va Karib havzasida, 5 foizga yaqini esa Shimoliy Amerikada istiqomat qiladi. Prognozlarga koʻra, jahon aholisi 2037 yilda 9 milliardga, 2060 yilda esa 10 milliardga yetishi kutilmoqda.
100 milliondan ortiq aholiga ega 16 ta davlat mavjud
2025 yil holatiga koʻra, dunyoda aholisi 100 milliondan oshgan 16 ta davlat bor. Xitoy va Hindiston milliarddan ortiq aholiga ega boʻlgan ikki mamlakat boʻlib, ular jahon aholisining qariyb uchdan bir qismini tashkil etadi.
1,46 milliard aholisi bilan Hindiston va 1,41 milliard aholisiga ega Xitoydan keyin aholisi 200 milliondan ortiq boʻlgan besh davlat keladi.
Bular: 347 milliondan ortiq aholisi bilan AQSh, 285 million aholisi bilan Indoneziya, 255 million aholisiga ega Pokiston, 237 million aholisi bilan Nigeriya va 212 million aholisi bilan Braziliya hisoblanadi.
Aholisi 100–200 million orasida boʻlgan davlatlar qatoriga Bangladesh, Rossiya, Efiopiya, Meksika, Yaponiya, Misr, Filippin, Kongo Demokratik Respublikasi va Vetnam kiradi.
Yevropa demografik qiyinchiliklar oldida
Yevropa qitʼasida toʻliq joylashgan va aholisi 100 milliondan oshgan hech bir davlat mavjud emas. Bu koʻrsatkichga eng yaqin mamlakat — 80 million aholisi bilan Germaniyadir. Bu holat Yevropa boʻylab aholi oʻsish surʼatining pasaygani, aholining qarib borayotgani va migratsiya bilan bogʻliq muammolar kuchayganini koʻrsatadi.
Aholisi kamayib borayotgan Xitoy tugʻilishni ragʻbatlantirmoqda
Yevropa davlatlari qatorida Xitoy ham past tugʻilish koʻrsatkichlari bilan kurashayotgan mamlakatlar sirasiga kiradi. 1979–2015 yillarda bir bola siyosati amal qilgan Xitoyda tugʻilish darajasining keskin pasayishi, aholining tez qarishi va ishchi kuchi ulushining qisqarishi sababli 2026 yildan boshlab yangi chora-tadbirlar joriy etilmoqda.
Xususan, 2026 yil 1 yanvardan boshlab tugʻilishni nazorat qilish mahsulotlariga 13 foizlik qoʻshilgan qiymat soligʻi joriy qilindi. Shu bilan 1993 yildan buyon amal qilib kelgan soliq imtiyozlari bekor qilindi. Soʻnggi uch yilda aholisi izchil kamayib borayotgan Xitoy 2023 yilda dunyodagi eng koʻp aholiga ega davlat maqomini Hindistonga topshirgan edi.
Italiyada 100 yoshdan oshganlar soni ikki barobarga oshdi
Italiyada 100 yoshdan oshgan aholi soni 2009 yilga nisbatan ikki barobarga koʻpaydi. 2025 yilda bir asrni ortda qoldirgan italiyaliklar soni 23 ming 548 nafarga yetdi. Ularning 82,6 foizini ayollar tashkil etadi.
Yuz yoshdan oshgan aholi Yevropa Ittifoqiga aʼzo boshqa davlatlarda ham tez surʼatlarda ortib bormoqda. Bu koʻrsatkich eng yuqori boʻlgan mamlakatlar qatorida Fransiya, Italiya va Gretsiya qayd etildi.
Eng koʻp aholili shahar maqomi Tokiodan Jakartaga oʻtdi
2025 yilda Indoneziya poytaxti Jakarta 42 million aholisi bilan dunyodagi eng koʻp aholili shaharga aylandi. Ushbu koʻrsatkich bilan u Yaponiya poytaxti Tokioni ortda qoldirdi. Ikkinchi oʻrinda 37 million aholisi bilan Dakka, uchinchi oʻrinda esa 33 million aholisi bilan Tokio joylashdi.
Reytingdagi bunday keskin oʻzgarish BMT tomonidan shahar, qishloq va qishloq atrofi hududlarni hisoblashda yangi, izchil metodologiya joriy etilgani bilan bogʻliq.
Jahon
03.01.2026, 09:39
Ulashish:
Mashhur yangiliklar

Özbekistonga yanvar-iyun oylarida 21 042 nafar çet ellik öqiş uçun kelgan
Ta'lim
10.08.2026, 11:47

Mustaqillik bayramida necha kun dam beriladi?
Oʻzbekiston
28.08.2026, 16:13

Yangi qurilayotgan uydan xonadon sotib olişda qaysi hujjatlarni tekşiriş kerak?
Oʻzbekiston
26.08.2026, 09:52

OTMlar super-kontrakt miqdorlarini eʼlon qila boşladi
Ta'lim
02.09.2026, 17:55

Egizak minoralar terakti: 25 yillik jinoyat sudi
Jahon
27.08.2026, 13:10

Eron o‘g‘illarimdan birini o‘ldirmoqchi bo‘ldi – Netanyahu
Jahon
25.08.2026, 14:01
So'nggi yangiliklar

Rossiya Kiyevdagi xavfsizlik xizmati rahbarining idorasini nishonga oldi
Jahon
05.09.2026, 11:00

Eron Yozuvchilar uyushmasi mamlakatdagi qatllarni qoraladi
Jahon
04.09.2026, 14:55

SI xodimlarni aslidagidan ko‘ra mahoratliroq ko‘rsatmoqda – tadqiqot
Fan-texnologiya
04.09.2026, 13:32

Toshkent va Ostona poygasi: Mintaqa osmoni uchun raqobat kuchaymoqda
Oʻzbekiston
04.09.2026, 11:24

Vladimir Putin: “Menimcha, urushni tugatish imkoniyati bor”
Siyosat
04.09.2026, 09:46

Koreyada to'rt o'zbekistonlik terrorizmni moliyalashtirishda ayblanmoqda
Oʻzbekiston
04.09.2026, 09:25

Norvegiya Rossiyaning “Professor Molchanov” nomli kemasini hibsga oldi
Jahon
03.09.2026, 15:56

Rasman: Tailand O‘zbekiston fuqarolari uchun vizasiz rejimni bekor qildi
Oʻzbekiston
03.09.2026, 15:31

Ishlayotgan onalarga bolasi bir yoshga to'lgunga qadar nafaqa to'lanadi
Oʻzbekiston
03.09.2026, 14:48

Eron raketa va dronlari Quvaytga hujum qildi
Jahon
03.09.2026, 11:53

Özbekiston startaplar boʻyiça «Yil mamlakati» deb eʼlon qilindi
Fan-texnologiya
03.09.2026, 09:57

Pentagon 30 yoshdan katta harbiylar uchun testosteron tekshiruvini joriy qildi
Jahon
03.09.2026, 09:55

OTMlar super-kontrakt miqdorlarini eʼlon qila boşladi
Ta'lim
02.09.2026, 17:55

Istanbul yaqinida ikkita Turkiya savdo kemasi to‘qnashib ketdi
Jahon
02.09.2026, 12:37

Lionel Messi Argentina terma jamoasidagi faoliyatini yakunladi
Sport
02.09.2026, 12:25

SHHT “Tolibon”ni Afg‘onistonda inklyuziv hukumat tuzishga chaqirdi
Siyosat
02.09.2026, 11:48

Qozog'istonga kirish pullik bo'ladi
Iqtisodiyot
02.09.2026, 10:46

Rossiya jang maydonida g‘alaba qozonmoqda va “terrorchilar” bilan muzokara o‘tkazmaydi – Putin
Siyosat
02.09.2026, 10:43

O‘zbekistonda 2200 yillik yunon harbiy qarorgohi topildi
Madaniy
30.08.2026, 10:36

O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 8,1 foizga o‘sdi: eksport kamayib, import hajmi oshgan
Iqtisodiyot
29.08.2026, 12:02
Mashhur yangiliklar

Özbekistonga yanvar-iyun oylarida 21 042 nafar çet ellik öqiş uçun kelgan
Ta'lim
10.08.2026, 11:47

Mustaqillik bayramida necha kun dam beriladi?
Oʻzbekiston
28.08.2026, 16:13

Yangi qurilayotgan uydan xonadon sotib olişda qaysi hujjatlarni tekşiriş kerak?
Oʻzbekiston
26.08.2026, 09:52

OTMlar super-kontrakt miqdorlarini eʼlon qila boşladi
Ta'lim
02.09.2026, 17:55

Egizak minoralar terakti: 25 yillik jinoyat sudi
Jahon
27.08.2026, 13:10

Eron o‘g‘illarimdan birini o‘ldirmoqchi bo‘ldi – Netanyahu
Jahon
25.08.2026, 14:01
