Kaspiydagi fojiadan soʻng Qozogʻiston mudofaa vaziri ishdan olindi
Harbiy mashgʻulotda 14 harbiy halok boʻlganidan keyin nimalar sodir boʻldi? Tafsilotlar — maqolada.
Jahon
28.09.2026, 11:10
Ulashish:

27-sentyabr kuni Qozogʻiston prezidenti Qosim-Jomart Toʻqayev Dauren Kosanovni mamlakat mudofaa vaziri lavozimidan ozod qildi. Tegishli farmon davlat rahbarining rasmiy resurslarida eʼlon qilingani xabar qilindi.
Kosanov mudofaa vaziri lavozimiga 2025-yil 8-iyunda tayinlangan. 2026-yil sentyabr oyi boshida esa yangi hukumat tarkibi shakllantirilganidan soʻng ushbu lavozimga qayta tayinlangan edi.
Shuningdek, prezident farmoni bilan Aydos Sakenovich Mirzaxmetov Qozogʻiston mudofaa vaziri etib tayinlangan. Kosanovning lavozimdan ozod etilishi Kaspiy dengizidagi harbiy mashgʻulotlar vaqtida 14 nafar harbiy halok boʻlganidan bir necha kun oʻtib sodir boʻldi.
24-sentyabr kuni Mangʻistau viloyatida oʻtkazilgan «Xazar qorgʻoni — 2026» mashgʻulotlari vaqtida harbiy xizmatchilar «Qaysar» kateridan qirgʻoqqa tushirilayotganda dengizga oqib ketgan.
Jami 17 nafar harbiy xizmatchi suvga tushib ketgan, uch nafari qutqarilgan, 14 nafari halok boʻlgani haqida xabar qilgan edik. Harbiylar qirgʻoqqa tushirilayotgan paytda ob-havo sharoiti keskin yomonlashgani va shamol kuchaygani xabar qilingan.

Hodisa yuzasidan Qozogʻiston Jinoyat kodeksining 453-moddasi 2-qismi va 465-moddasi boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. 25-sentyabr kuni mamlakatda milliy motam kuni deb eʼlon qilingan.
Hodisa ortidan Mudofaa vazirligining besh nafar mansabdori qoʻlga olingan. Ular orasida Qurolli kuchlar Harbiy-dengiz kuchlari bosh qoʻmondonining birinchi oʻrinbosari — shtab boshligʻi, ikki harbiy qism komandiri, dengiz piyodalari rotasi komandiri hamda kater komandiri bor.
Toʻqayev, shuningdek, mudofaa idorasidagi holatni har tomonlama tekshirish uchun maxsus komissiya tuzishni topshirgan. Kaspiyda halok boʻlgan harbiy xizmatchilar davlat mukofotlariga taqdim etilgan.
Tergov doirasida besh mansabdorga nisbatan koʻrilgan choralar hodisa boʻyicha qabul qilingan javob choralarining bir qismi sifatida qayd etilgan.
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01

Ukrainada Starlink faoliyati cheklandi
Jahon
15.10.2026, 11:18

Elektromobillar qimmatlaydimi?
Iqtisodiyot
14.10.2026, 16:59
So'nggi yangiliklar

«Ğazoliklarning ahvoli oğir»: Lyuis Hemilton Isroilga murojaat qildi
Jahon
12.11.2026, 16:42

Tolibon erkak şifokorlarning ayollarni davolaşini çeklamoqda
Jahon
12.11.2026, 15:46

Ğazoda qiş yaqinlaşmoqda, gumanitar yordam esa kirolmayapti
Jahon
12.11.2026, 12:36

«Demokrat.uz» rahbari va blogerga sud hukmi öqildi
Oʻzbekiston
12.11.2026, 12:27

Yangi Toşkentda hokimlik oçiladi: şaharda qaysi idoralar iş boşlaydi?
Oʻzbekiston
12.11.2026, 11:08

Aeroportdagi telefonlar mojarosi: Soxta IMEI raqamlari
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:51

Feruza Normatovaga nisbatan jinoyat işi qözğatildi
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:35

Feruza Normatovaga nisbatan jinoyat işi qözğatildi
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:35

Qozoğistonga aloqador xakerlar Tojikiston va Özbekiston davlat tizimlariga hujum uyuştirdi
Jahon
12.11.2026, 10:18

Qozoğistonda “Kulpaş” va “Aytmatov” filmlari namoyişi qoldirildi
Madaniy
11.11.2026, 15:53

Rossiyada migrantlar sodir etgan jinoyatlar 40 foizga kamaydi
Jahon
11.11.2026, 12:17

GTL loyihasi kutilgan natijani berdimi?
Oʻzbekiston
11.11.2026, 12:06

Eronda yangi yerosti «raketa şahri» oçildi
Jahon
11.11.2026, 11:36

YEI ilk bor Ukrainada harbiy iştirokini yölga qöyadi
Jahon
11.11.2026, 10:09

Tojikistondan Qirg‘izistonga ötgan 170 ta uy aholiga beriladi
Jahon
10.11.2026, 15:10

Rossiyada işçi kuçi tanqis, migrantlar uçun çeklovlar esa kuçaymoqda
Siyosat
09.11.2026, 17:58

Davlat içidagi davlat: Samsung qanday yuksaldi?
Fan-texnologiya
09.11.2026, 16:19

Kelgusi 10 yilda 450 mlrd dollarlik energetika loyihalari amalga oşiriladi
Oʻzbekiston
09.11.2026, 15:16

Kosmosga yuborilgan ilk hayvonlar
Madaniy
09.11.2026, 11:50

“Aqlga ozuqa böladigan kitoblar”: ALP naşriyotida reyd ötkazildi
Madaniy
07.11.2026, 12:05
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01

Ukrainada Starlink faoliyati cheklandi
Jahon
15.10.2026, 11:18

Elektromobillar qimmatlaydimi?
Iqtisodiyot
14.10.2026, 16:59
