Toşkent 343-óringa kótarildi: Global Cities Index 2026 natijalari e'lon qilindi

Reytingdagi eng muhim jihat — Toşkent inson kapitali bóyiça dunyoda 108-órinni egalladi.

Jahon

22.09.2026, 16:38

Ulashish:

Toşkent 343-óringa kótarildi: Global Cities Index 2026 natijalari e'lon qilindi

Toşkent Global Cities Index 2026 reytingida 128 poǵona yuqorilab, dunyoning mingta eng yirik şahri orasida 343-órinni egalladi. Iqtisodiy toifada Ózbekiston poytaxti yanada seziralri sakraşni amalga oşirdi: bir yil içida 558-órindan 188-óringa kótarildi.

Reytingdagi eng muhim jihat — Toşkent inson kapitali bóyiça dunyoda 108-órinni egalladi. 2024 yilda şahar 136-órinda, 2025 yilda esa 123-órinda edi. Reytingning ketma-ket üçta naşrida odamlarning bilimi, kónikmasi va kasbiy salohiyatini aks ettiruvçi yónalişda barqaror ósiş qayd etildi.

Boston Consulting Group kompaniyasi 2025 yilda ótkazgan va 2026 yil 21 mayda e'lon qilgan «Built to Change: How Cities Compete for the Future» tadqiqotida Toşkent dunyoning 80 ta şahri orasida ózgariş tezligi bóyiça faqatgina Şençjen va Ar-Riyoddan keyin üçinçi órinni egallagandi. Şu bilan birga, iqtisodiy faollikdagi ózgarişlar tezligi bóyiça poytaxt birinçi órinni egalladi. BCG nafaqat şaharning hozirgi holatini, balki uning qançalik tez rivojlanayotganini, moslaşayotganini va aholi üçün şaroitlarni yaxşilayotganini baholaydi. Tadqiqot 200 dan ortiq kórsatkiçlarni qamrab oladi va dunyo şaharlarining 24 ming nafar aholisi ortasida ótkazilgan sórovnoma natijalarini hisobga oladi.

Raqamlar ortida har küni poytaxt kelajagini yaratayotgan insonlar turibdi: óqituvçilar va şifokorlar, muhandislar va tadbirkorlar, şahar xizmatlari mutaxassislari, talabalar va yóş mutaxassislar. Toşkent ularning bilimi, taşabbuslari va mehnati evaziga küçliroq bólib bormoqda. Aynan şuning üçün ham inson şaharni rivojlantiriş ga oid qarorlar markazida qolmoqda, deb yozdi Toşkent şahar hokimligi matbuot xizmati.

Ta'kidlanişiça, uşbu natijalar Prezident Şavkat Mirziyoyev taşabbusi bilan amalga oşirilayotgan ózgarişlar, Prezident Administratsiyasining poytaxtni rivojlantiriş ga qaratayotgan e'tibori, şahar va tuman jamoalarining hamjihatlikda işlaşi, biznesning sa'y-harakatlari va aholining bevosita iştiroki tufayli mumkin bóldi. Xalqaro tahlilçilar Toşkentni «Cities to Watch» — rivojlanişini kuzatib boriş lozim bólgan şaharlar róyxatiga kiritdilar.

Ammo reytingdagi yuqori órin faqatgina ózgarişlar kündalik hayotda sezilgandagina ma'noga ega bóladi. Şahar muhiti sifati, toza havo va har bir tumanning qulayligi üçün hali kóp işlarni amalga oşiriş zarur. Iqtisodiy ósiş odamlar üçün — Toşkentda óqiş, işlaş, óz biznesini quriş va farzandlarini ulǵaytiriş kabi yangi imkoniyatlarga aylanişi kerak, deyiladi xabarda.

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →

So'nggi yangiliklar

Zelenskiy: Kiyev sulhga tayyor

Ukraina, Rossiya va AQSh vakillari muzokara guruhlari darajasida uçraşişi mumkin. Uçraşuv sanasi hozirça aniq emas. Ukraina öt oçişni töxtatiş, energetika sohasidagi sulh va gumanitar taşabbuslarni qöllab-quvvatlaşga tayyor.

Siyosat

22.10.2026, 17:53

Kaspiydagi fojiadan söng Qozoğiston armiyasida katta özgarış

Qozoğistonda harbiy islohot doirasida muddatli harbiy xizmatni ikki bosqiçda taşkil etiş va uçuvisiz tizimlar qöşinlarini şakllantiriş rejalaştirilmoqda. Endi harbiy xizmatçilar xavfsizligini ta’minlaş va ularning huquqlarini himoya qiliş çoralari kuçaytiriladi.

Jahon

22.10.2026, 11:12

Netanyahu Fransiyani “ekstremistik islom bosqini”ga uchraganlikda aybladi

Fransiyadagi voqealar musulmonlar va immigratsiyaga qarshi siyosiy ritorikani yana kun tartibiga olib chiqdi. Tramp Makronni chegaralarni yopishga chaqirgan bo‘lsa, Netanyahu Fransiyani keskin tanqid qildi.

Jahon

21.10.2026, 17:26

AQSh bilan 12 milliard dollarlik kelishuv: O‘zbekiston nimaga erishadi?

Samarqanddagi muzokaralarda O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida 12 milliard dollarlik kelishuvlar tuzildi. Ammo bu kelishuvlarning qanchasi amalda bajarilishi hozircha noma’lum.

Iqtisodiyot

21.10.2026, 16:03

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi

Prezident Shavkat Mirziyoyev lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini takomillashtirishga qaratilgan qonunni imzoladi. Amaldagi hujjatlar, darsliklar va boshqa materiallarni birdaniga almashtirish talab etilmaydi.

Ta'lim

21.10.2026, 14:48

Qozog‘istonda Navai’ga nisbatan jinoyat ishi tugatildi: u qanday jazo oldi?

Qozog‘istonda rossiyalik reper Navai (Navai Bakirov)ga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi tugatildi. Jambil viloyati politsiya departamenti ma’lumotiga ko‘ra, ijrochi mamlakat hududidan chiqarib yuborilgan.

Madaniy

21.10.2026, 14:21

Sudan va Janubiy Sudanda dron hujumi: 153 kishi halok bo'ldi

Abyei mintaqasidagi bozor yaqinida yoqilg'i omboriga dron zarbasi berilib, yong'in kelib chiqqan. BMT hujumlarni qoraladi.

Jahon

21.10.2026, 12:12

Rossiyadan 32 nafar O‘zbekiston fuqarosi chiqarib yuborildi

Nima sababdan ular Novosibirsk viloyatidan chiqarib yuborildi?

Oʻzbekiston

21.10.2026, 10:58

Dunyoda har yili 1 milliard bola zo‘ravonlikka uchraydi — JSST

Bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish uchun O‘zbekistonda qanday choralar ko‘rilmoqda?

Jahon

20.10.2026, 16:40

Аyolga shahvoniy shilqimlik qilgan patronaj xodimi 5 sutkaga qamaldi

Voqea qachon, qayerda va qanday sodir bo'lgan?

Oʻzbekiston

20.10.2026, 13:03

O‘zbekiston va AQSh oʻrtasida qancha miqdordagi kelishuv imzolandi

Marko Rubio boshchiligidagi AQSh delegatsiyasining Samarqandga tashrifi doirasida Amerika va O‘zbekiston biznes vakillari 12 milliard dollarlik 54 ta hamkorlik kelishuvini tuzdi. 

Iqtisodiyot

20.10.2026, 10:27

35 yilda O‘zbekiston aholisi qariyb 19 million kishiga ko‘paydi

O‘zbekistonning doimiy aholisi 2026-yil 1-oktabr holatiga 39,5 million kishidan oshdi. Eng ko‘p aholi Samarqand viloyatida, eng kami esa Sirdaryo viloyatida istiqomat qilmoqda.

Oʻzbekiston

19.10.2026, 16:48

Samarqandda 310 milliard so'mlik ko'prik qurilmoqda

Ko'prik ishga tushganidan so'ng, yo'l uchun sarflanadigan vaqt 30 daqiqagacha qisqarishi mumkin.

Oʻzbekiston

19.10.2026, 10:11

Samarqandga kirish besh kun davomida cheklanadi

18–22-oktyabr kunlari Samarqandga kirish yo‘llarida hamda shaharning ayrim markaziy ko‘chalarida transport harakati vaqtincha cheklanadi. Bunga C5+1 uchrashuvi va bolalar farovonligiga bag‘ishlangan xalqaro sammit sabab bo‘ladi.

Oʻzbekiston

19.10.2026, 09:41

4,7 milliard dollarlik kelishuv: O‘zbekiston energetikasi qanday rivojlanmoqda?

O‘zbekiston 2030-yilgacha qayta tiklanuvchi energiya ulushini 54 foizga yetkazishni rejalashtirmoqda. Shuningdek, elektr energiyasini Yevropaga eksport qilish imkoniyatlari ham ko‘rib chiqilmoqda.

Iqtisodiyot

17.10.2026, 15:32

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?

O‘zbekistonda daxlsizlik va immunitetga ega shaxslarni javobgarlikka tortish, ushlab turish va ularning huquqlarini buzganlik uchun jazo tartibi belgilandi.

Oʻzbekiston

17.10.2026, 14:01

Rasm sun'iy intellektda yaratilgan

Xitoy va AQSH Markaziy Osiyoda: iqtisodiy raqobat yangi bosqichdami?

Xitoy bosh vaziri Li Syan va AQSH davlat kotibi Marko Rubioning O‘zbekistonga tashrifi bir vaqtga to‘g‘ri kelmoqda. Pekin mintaqada hamkorlikni kuchaytirayotgan bir paytda, Vashington rasmiysi ham 200 dan ortiq biznes vakili bilan Markaziy Osiyoga tashrif buyurmoqda.

Siyosat

17.10.2026, 12:12

Netanyaxu oʻrnini kim egallaydi?

Isroilda 27-oktabr kuni bo‘lib o‘tadigan parlament saylovlari oldidan Binyamin Netanyaxuga qarshi muxolif siyosatchilar birlashmoqda. Biroq ularning aksariyati Falastin davlatini tashkil etishni qo‘llab-quvvatlamaydi.

Siyosat

17.10.2026, 10:37

Ikkinchi jahon urushida Germaniya nega yengildi?

1941-yilda Gitler SSSRni bir necha oy ichida taslim qilishni rejalashtirdi. Yevropaning katta qismini allaqachon bo‘ysundirgan Germaniya qo‘shinlari Moskva ostonasigacha yetib bordi.  Ammo oradan to‘rt yil o‘tib, Berlinning o‘zi vayronalar ichida qoldi.

Madaniy

16.10.2026, 15:13

"Green Card 2027" rasman ochiladi

AQSh sudi Tramp ma’muriyatini 2027-yilgi Green Card lotereyasini qayta ochishga majbur qildi.

Jahon

15.10.2026, 17:54

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →