Yana Pokiston Afg‘onistonga halokatli zarbalar berdi. Qurbonlar bor
Islomobod hujumlar jangarilarga qarshi qaratilganini aytmoqda, ammo Kobulning ta’kidlashicha, bu — tinch aholiga qilingan tajovuz.
Jahon
10.06.2026, 10:07
Ulashish:

Afg‘oniston hukumati rasmiylari va mahalliy manbalarning ma’lum qilishicha, Pokistonning Afg‘oniston bilan chegara yaqinidagi hududlarga bergan zarbalari oqibatida halok bo‘lganlar soni kamida 13 kishi.
“O‘tgan tun yana bir bor Afg‘oniston havo hududini buzgan Pokiston harbiylari Kunar, Xost va Paktika viloyatlaridagi tinch aholi uylarini bombardimon qildi. 11 nafar bola, bir ayol va bir erkak halok bo‘ldi ushbu hujumlar oqibatida”, — deb yozdi Afg‘oniston hukumati matbuot kotibi Zabihulloh Mujohid X ijtimoiy tarmog‘ida.
Xostlik ismini oshkor qilmaslikni so‘ragan rasmiyning AFP agentligiga aytishicha, Spera tumanidagi bir uyga zarba berilishi natijasida to‘qqiz kishi halok bo‘lib, 10 kishi jarohatlangan.
Afg‘onistonga berilayotgan zarbalar Pokiston hududiga hujum qilgan jangarilarga qaratilganini, tinch aholi vakillari qasddan nishonga olinmasligini ta’kidladi Islomobod.
Bu so‘nggi haftalardagi eng qurbonli zarbalardir. Fevral oyi oxirida ikki davlat o‘rtasida nizo kelib chiqqanidan so‘ng chegarada o‘rnatilgan nisbiy osoyishtalik poyoniga yetgandek.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining o‘tgan oy e’lon qilgan hisobotida aytilishicha, joriy yilning dastlabki uch oyida bu mojaroda kamida 372 nafar afg‘onistonlik tinch aholi halok bo‘lib, 397 nafari yaralangan.
Pokiston va Afg‘oniston 2021-yilda “Tolibon” ikkinchi marta hokimiyatni egallaganidan buyon tarang munosabatda.
Xavfsizlik masalalari, ayniqsa, Pokistonning Afg‘onistondan “Tehrik-i-Tolibon Pokiston” (TTP) jangari guruhini jilovlashni talab qilishi munozarali nuqtadir.
Islomobod Tolibon hukumatini hujumlar kuchayishi ortida turgan jangarilarga, xususan, ko‘p yillardan beri Pokistonga qarshi kurashayotgan TTPga boshpana berganlikda ayblamoqda.
Ayblovni rad etgan Afg‘oniston rasmiylarining ta’kidlashicha, aslida dushman guruhlarni qo‘llab-quvvatlayotgan va mamlakat suverenitetini hurmat qilmayotgan Pokistonning o‘zi.
Zo‘ravonliklar avj olgan oktyabr oyidan buyon ikki qo‘shni o‘rtasidagi chegara deyarli yopiqligicha qolishi oqibatida ikki tomonlama savdo ham to‘xtab qoldi.
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01

Ukrainada Starlink faoliyati cheklandi
Jahon
15.10.2026, 11:18

Elektromobillar qimmatlaydimi?
Iqtisodiyot
14.10.2026, 16:59
So'nggi yangiliklar

«Ğazoliklarning ahvoli oğir»: Lyuis Hemilton Isroilga murojaat qildi
Jahon
12.11.2026, 16:42

Tolibon erkak şifokorlarning ayollarni davolaşini çeklamoqda
Jahon
12.11.2026, 15:46

Ğazoda qiş yaqinlaşmoqda, gumanitar yordam esa kirolmayapti
Jahon
12.11.2026, 12:36

«Demokrat.uz» rahbari va blogerga sud hukmi öqildi
Oʻzbekiston
12.11.2026, 12:27

Yangi Toşkentda hokimlik oçiladi: şaharda qaysi idoralar iş boşlaydi?
Oʻzbekiston
12.11.2026, 11:08

Aeroportdagi telefonlar mojarosi: Soxta IMEI raqamlari
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:51

Feruza Normatovaga nisbatan jinoyat işi qözğatildi
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:35

Feruza Normatovaga nisbatan jinoyat işi qözğatildi
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:35

Qozoğistonga aloqador xakerlar Tojikiston va Özbekiston davlat tizimlariga hujum uyuştirdi
Jahon
12.11.2026, 10:18

Qozoğistonda “Kulpaş” va “Aytmatov” filmlari namoyişi qoldirildi
Madaniy
11.11.2026, 15:53

Rossiyada migrantlar sodir etgan jinoyatlar 40 foizga kamaydi
Jahon
11.11.2026, 12:17

GTL loyihasi kutilgan natijani berdimi?
Oʻzbekiston
11.11.2026, 12:06

Eronda yangi yerosti «raketa şahri» oçildi
Jahon
11.11.2026, 11:36

YEI ilk bor Ukrainada harbiy iştirokini yölga qöyadi
Jahon
11.11.2026, 10:09

Tojikistondan Qirg‘izistonga ötgan 170 ta uy aholiga beriladi
Jahon
10.11.2026, 15:10

Rossiyada işçi kuçi tanqis, migrantlar uçun çeklovlar esa kuçaymoqda
Siyosat
09.11.2026, 17:58

Davlat içidagi davlat: Samsung qanday yuksaldi?
Fan-texnologiya
09.11.2026, 16:19

Kelgusi 10 yilda 450 mlrd dollarlik energetika loyihalari amalga oşiriladi
Oʻzbekiston
09.11.2026, 15:16

Kosmosga yuborilgan ilk hayvonlar
Madaniy
09.11.2026, 11:50

“Aqlga ozuqa böladigan kitoblar”: ALP naşriyotida reyd ötkazildi
Madaniy
07.11.2026, 12:05
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01

Ukrainada Starlink faoliyati cheklandi
Jahon
15.10.2026, 11:18

Elektromobillar qimmatlaydimi?
Iqtisodiyot
14.10.2026, 16:59
