Kanadalik xonanda Devid Keroll oʻzbekistonliklarga murojaat bilan chiqdi
“Aybi” oʻzbekistonlik boʻlgan Suhrob Ubaydullayevni samolyotga chiqarmagan Vengriyaning Wizz Air loukasteri haqida Don’t Fly Wizzness Class qoʻshigʻini kuylagan kanadalik xonanda Devid Keroll ushbu taronani har tomonlama qoʻllab-quvvatlashni soʻrab instagram sahifasi orqali murojaat bilan chiqdi.
Oʻzbekiston
25.10.2025, 11:00
Ulashish:

“Aybi” oʻzbekistonlik boʻlgan Suhrob Ubaydullayevni samolyotga chiqarmagan Vengriyaning Wizz Air loukasteri haqida Don’t Fly Wizzness Class qoʻshigʻini kuylagan kanadalik xonanda Devid Keroll ushbu taronani har tomonlama qoʻllab-quvvatlashni soʻrab instagram sahifasi orqali murojaat bilan chiqdi.
“Biz oʻz ovozimiz orqali Wizz Air kompaniyasining Suxrob va sizning mamlakatingizdan yana uch kishiga qilgan hurmatsizligi haqida hikoya qilmoqdamiz. Bir necha yil avval ularga samolyotga chiqishga ruxsat berishmadi va bunga yagona sabab ularning oʻzbekistondan boʻlganidek tuyuldi. Bu esa adolatdan emas.
Suxrob siz va boshqa odamlar, boshqa yoʻlovchilar uchun oʻz huquqini himoya qilmoqda, toki ular ham xuddi uning boshidan oʻtgan noxush tajribani boshdan kechirmasinlar. Siz esa unga yordam bera olasiz — videoni ulashish, yoqtirish va muhabbat bilan qoʻllab-quvvatlash orqali. Shuning uchun, iltimos, shu ishni davom ettiring”, deydi xonanda.
Eslatib oʻtamiz, WizzAir kompaniyasi 2023 yil avgustida Rimdagi aeroportda Suhrob Ubaydullayev va yana uch nafar oʻzbekistonlikni samolyot bortiga chiqarmagan. Natijada Abu Dabi orqali tranzit bilan uchayotgan talabaning chiptalari kuyib ketgan, bir hafta yurtma-yurt sarson boʻlib, qarzga botgan holda arang uyiga yetib kelgan.
Aviakompaniya oʻzbekistonlik yigitni bortga besabab chiqarmagani yetmagandek, pulini ham qaytarib bermagan.
Ushbu qoʻshiq eʼlon qilinganidan soʻng boshqa oʻzbekistonliklar ham xuddi shu aviakompaniya oʻzlarini bortga chiqarmaganini taʼkidlab, shikoyat qilgan. Qoʻshiq 3 kun ichida endigina 40 ming marta koʻrildi.
Devid Keroll 2008 yili “United airlines” aviakompaniyasi qimmat ($3500) gitarasini sindirib, tovon toʻlab bermagani uchun bu haqda qoʻshiq yozib, “Yutub”ga chiqargan va kompaniyaning 180 million dollar zarar koʻrishiga sababchi boʻlgan. Uning ushbu ishi jahon aviatsiyasida mijozlar bilan ishlash strategiyasining tubdan oʻzgarishiga sabab boʻlgan.
Oʻzbekiston aviatsiya hukumati yoki boshqa rasmiy vakillardan mazkur holat boʻyicha hozircha hech qanday izoh berilgani yoʻq.
Oʻzbekiston
25.10.2025, 11:00
Ulashish:
Mashhur yangiliklar

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

Isroil urushni tugatish shartlarini maʼlum qildi
Jahon
17.03.2026, 13:40

Yaqin Sharqdan oʻzbek va qozogʻistonlik fuqarolarning evakuatsiyasi: xavfsizlik va tizimli tarzda olib kelinmoqda.
Siyosat
07.03.2026, 14:19

«Umra» ziyoratiga borishga vaqtinchalik cheklov eʼlon qilindi
Madaniy
21.02.2026, 11:01
So‘nggi yangiliklar

Erondagi urush fonida aviatashuvlar narxi keskin oshdi
Jahon
21.03.2026, 07:18

Hayit kuni Toshkentda jamoat transporti soat 04:00 dan ish boshlaydi
Oʻzbekiston
19.03.2026, 14:42

Navroʻz va Hayit arafasida 392 nafar mahbus afv etildi
Oʻzbekiston
19.03.2026, 14:37

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon hayiti munosabati bilan vaqtinchalik otashkesim eʼlon qildi
Jahon
19.03.2026, 12:00

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi
Madaniy
19.03.2026, 11:20

Ehson bahonasida terrorizm: IIV ogohlantirish bilan chiqdi
Jahon
19.03.2026, 10:59

Maldiv orollari Isroil fuqarolari uchun yopildi
Jahon
19.03.2026, 10:17

AQSh Senati Eronning yadroviy tahdidi boʻyicha bayonotlarga shubha bildirdi
Jahon
19.03.2026, 09:47

Eron Isroil foydasiga josuslikda ayblangan shaxsni qatl etdi
Jahon
19.03.2026, 08:54

Qozogʻistonda saygʻoqlar ommaviy halok boʻlmoqda
Jahon
19.03.2026, 08:43

AQSh sudi “Amerika Ovozi” faoliyatini tiklashga qaror qildi
Jahon
18.03.2026, 18:56

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda
Fan-texnologiya
18.03.2026, 14:45
Mashhur yangiliklar

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

Isroil urushni tugatish shartlarini maʼlum qildi
Jahon
17.03.2026, 13:40

Yaqin Sharqdan oʻzbek va qozogʻistonlik fuqarolarning evakuatsiyasi: xavfsizlik va tizimli tarzda olib kelinmoqda.
Siyosat
07.03.2026, 14:19

«Umra» ziyoratiga borishga vaqtinchalik cheklov eʼlon qilindi
Madaniy
21.02.2026, 11:01

