Oʻzbekistonliklarni bortga chiqarmay kamsitgan WizzAir haqida kanadalik xonanda qoʻshiq kuyladi
Kanadalik xonanda Devid Keroll "aybi" oʻzbekistonlik boʻlgan Suhrob Ubaydulayevni samolyotga chiqishiga ruxsat bermagan WizzAir loukasteri haqida qoʻshiq bastalab, unga klip ham suratga oldi va “Yutub”ga qoʻydi.
Oʻzbekiston
22.10.2025, 12:24
Ulashish:

Bloger Shahnoza Soatovaning yozishicha, kanadalik mashhur qoʻshiqchi Devid Keroll 2008 yili “United airlines” aviakompaniyasi qimmat ($3500) gitarasini sindirib, tovon toʻlab bermagani uchun bu haqda qoʻshiq yozib, “Yutub”ga chiqargan va kompaniyaning 180 million dollar zarar koʻrishiga sababchi boʻl. Uning ushbu ishi bilan jahon aviatsiyasida mijozlar bilan ishlash strategiyasining tubdan oʻzgarishiga sababchi boʻlgan.
Ushbu xonanda bu safar yurtdoshimiz, kosonsoylik Suhrob Ubaydullayev va uning WizzAir aviakompaniyasi bilan mojarosi haqida qoʻshiq kuyladi.
Suhrobni 2023 yil avgustida Rimdagi aeroportda WizzAir kompaniyasi samolyot bortiga chiqarmagan — shunchaki oʻzbekistonlik boʻlgani uchun! Natijada Abu Dabi orqali tranzit bilan uchayotgan talabaning chiptalari kuyib ketgan, bir hafta yurtma-yurt sarson boʻlib, qarzga botib, arang uyiga yetib kelgan.
Aviakompaniya oʻzbekistonlik yigitni bortga besabab chiqarmagani yetmagandek, pulini ham qaytarib bermagan.
“Bu bedodlikka chek qoʻyish kerak”, – deb yozadi Shahnoza Soatova. Uning qoʻshimcha qilishicha, Suhrob Wizzair’ni Yevropa sudiga bergan. Devid Keroll esa uni qoʻllab qoʻshiq yozibdi va klip suratga olgan.
Wizz Air — 2003 yilda taʼsis etilgan Vengriya loukasteri boʻlib, 50 dan ortiq davlatga, shu jumladan, Oʻzbekistonga parvozlarni amalga oshirgan. Arzon aviakompaniya joriy yil sentabridan Samarqand va Toshkentga parvozlarni bekor qildi. Soʻnggi yillarda yoʻlovchilar huquqlari, kechiktirilgan parvozlar va xizmat koʻrsatish standartlari boʻyicha kompaniya atrofida bir qator bahs va tanqidlar kuzatilgan.
Oʻzbekiston
22.10.2025, 12:24
Ulashish:
Mashhur yangiliklar

Jeffri Epshteyn ishi: oshkor etilgan fayllar va elita bilan aloqalar
Jahon
03.02.2026, 16:44

Jurnalistlar va fuqarolik jamiyati vakillariga eʼtirof — Paradigma Media 8 nafar faolni eʼtirof etdi
Madaniy
02.02.2026, 19:18

Rossiya TIV “shaxsiy fikr” ortiga yashirinib, navbatdagi bahsli bayonotlarga javob berdi
Siyosat
19.01.2026, 18:06

Xalqaro huquqqa ham, xalqaro tartibga ham tupurdik - Vladimir Solovyov nima demoqchi?
Siyosat
13.01.2026, 09:49

«Nigilist pingvin»: isyon ramzimi yoki shunchaki trend?
Madaniy
28.01.2026, 17:49

15 million aholining maʼlumotlari sizdirilgani haqidagi xabarlarga rasmiy munosabat bildirildi
Oʻzbekiston
04.02.2026, 09:52
So‘nggi yangiliklar

«Paradigma»da eʼtirof: fidoyi jurnalistlar va faollar taqdirlandi
Madaniy
09.02.2026, 18:28

Oʻzbekiston boksi jahon yetakchilari safida
Sport
09.02.2026, 16:18

Abdusattorov va Sindarov bir yilda 700 ming dollardan ortiq mukofot puli ishlab topdi
Sport
09.02.2026, 15:30

Retro-avtomobil egalari konstitutsiyaviy huquqlarini himoya qilishmoqda
Oʻzbekiston
09.02.2026, 13:57

Epshteyn ishi bilan bogʻliq mojarolar: Britaniya va Norvegiyada yuqori lavozimli amaldorlar isteʼfoga chiqdi
Jahon
09.02.2026, 11:20

Alisher Navoiy endi faqat qogʻozda emas — shoir ijodi raqamlashtirilmoqda
Madaniy
09.02.2026, 10:32

Oʻzbekiston taʼlimida yangi davr: 12 yillik uzluksiz tizim va “Yangi avlod” maktablari
Ta'lim
09.02.2026, 09:58

Sunʼiy intellekt dunyo maktablariga ommaviy kirib kelmoqda
Fan-texnologiya
08.02.2026, 07:47

2026 yilgi Ramazon oyi sanasi eʼlon qilindi
Oʻzbekiston
07.02.2026, 20:00

Yoʻl harakati qoidalari buzilganlik uchun jarimalar yengillashdi
Oʻzbekiston
07.02.2026, 12:28

Epshteynga oid hujjatlar internetdan olib tashlandi
Jahon
06.02.2026, 17:04

Ukrainada 14 yoshdan nikohga ruxsat berilishi mumkin
Jahon
06.02.2026, 16:00
Mashhur yangiliklar

Jeffri Epshteyn ishi: oshkor etilgan fayllar va elita bilan aloqalar
Jahon
03.02.2026, 16:44

Jurnalistlar va fuqarolik jamiyati vakillariga eʼtirof — Paradigma Media 8 nafar faolni eʼtirof etdi
Madaniy
02.02.2026, 19:18

Rossiya TIV “shaxsiy fikr” ortiga yashirinib, navbatdagi bahsli bayonotlarga javob berdi
Siyosat
19.01.2026, 18:06

Xalqaro huquqqa ham, xalqaro tartibga ham tupurdik - Vladimir Solovyov nima demoqchi?
Siyosat
13.01.2026, 09:49

«Nigilist pingvin»: isyon ramzimi yoki shunchaki trend?
Madaniy
28.01.2026, 17:49

15 million aholining maʼlumotlari sizdirilgani haqidagi xabarlarga rasmiy munosabat bildirildi
Oʻzbekiston
04.02.2026, 09:52

