Kechikkan adolat: 14 yoshli bolaning qatli

«Qatl qilinsin… Bu nima degani?»
Bu savolni bergan paytda Jorj Stinni hali bor-yoʻgʻi oʻn toʻrt yoshda edi. U bu soʻzning maʼnosini anglab ulgurmasidan, AQShning Janubiy Karolina shtatida elektr stulida qatl etildi. Uning «aybi» — oʻzi qilmagan jinoyat uchun javob berish edi.

Jahon

17.12.2025, 13:41

Ulashish:

Qoʻrquv hukmron boʻlgan davr

Jorj Stinni qora tanli bola boʻlib, irqiy adolatsizlik chuqur ildiz otgan jamiyatda dunyoga kelgan. Oʻsha davrda qoʻrquv, shoshilinch va stereotiplar qonundan ustun turardi. Ikki nafar oq tanli qizchaning oʻlimi ortidan jamoatchilik bosimi avj oldi va aybdor sifatida eng oson nishon — qora tanli oʻsmir tanlandi.

 

Himoyasiz qolgan bola

Jorjni uyidan olib ketishdi. Uni ota-onasisiz, advokatsiz va guvohlarsiz soʻroq qilishdi. Tergov jarayonida unga nisbatan bosim boʻlgani haqida dalillar bor, ammo bu holatlar sudda eʼtiborga olinmadi.

Sud muhokamasi bir kundan ham kam davom etdi. Haqiqiy dalillar yoʻq edi, aybni tasdiqlovchi ishonchli guvohlar ham boʻlmadi. Eng muhimi, Jorjga munosib himoya huquqi berilmadi. Bir hafta oʻtmay, hukm ijro etildi.

 

Bolalik va jazo oʻrtasidagi ziddiyat

Jorj hali oʻyinchoqlar bilan oʻynaydigan, jisman ham, ruhan ham bola edi. Ammo sud tizimi undan kattalarga xos javobgarlikni talab qildi. Elektr stuliga oʻtirish uchun u maxsus balandlik qoʻyilgan stulga chiqarilgani — bu fojianing qanchalik daxshatli ekanini yaqqol koʻrsatadi.

Guvohlarning soʻzlariga koʻra, sudya hukmni oʻqib eshittirganida, Jorj qoʻrquv bilan:
«Qatl qilinsin… bu nima degani?» — deb soʻragan.
Bu savol sud zalining oʻzida kimning oldida turganini ochib qoʻygan edi — jinoyatchi emas, balki qoʻrqqan bola.

 

Kechikkan adolat

Oradan oʻnlab yillar oʻtdi. Elektr stuli sovib, gazetalar sarlavhalari unutilganidan soʻng, ish qayta koʻrib chiqildi. 2014 yilda sud Jorj Stinniga nisbatan chiqarilgan hukmni bekor qildi. Sud uning eng oddiy konstitutsiyaviy huquqlardan — adolatli sud muhokamasi huquqidan mahrum etilganini tan oldi.

 

Jorj Stinni oqlandi. Ammo endi kech.

Jorj Stinnining hikoyasi — bu faqat oʻtmishdagi xato emas. Bu har qanday jamiyat uchun ogohlantiruvchi saboq. Qoʻrquv, shoshilinch va xayrixohlik niqobi ostida qilingan adolatsizlik qancha inson taqdirini sindirgan?

Oʻsha kuni hech boʻlmasa bitta odam bolani tinglashga qaror qilganida, tarix boshqacha yozilgan boʻlarmidi?

Jahon

17.12.2025, 13:41

Ulashish:

Mavzuga oid yangiliklar

Eron Isroil foydasiga josuslikda ayblangan shaxsni qatl etdi

Eron rasmiylari Isroil razvedka xizmatlari bilan hamkorlikda ayblangan mahalliy fuqaro Kurosh Keyvaniga nisbatan chiqarilgan oʻlim hukmini ijro etdi.

Jahon

19.03.2026, 08:54

“Urush vaziri ishdan boʻshatilishi kerak” — AQSh senatori

AQSh harbiylari Eronning Minab shahrida joylashgan qizlar boshlangʻich maktabiga xatolik sabab zarba bergan. Oʻshanda 168 nafar oʻquvchi va 14 nafar oʻqituvchi halok boʻlgan edi.

Jahon

13.03.2026, 12:20

Arab davlatlari Eronga qarshi urushga kiradimi?

Bugungi asosiy savol — oʻz hududlariga raketa va dronlar tushayotgan bir sharoitda, arab davlatlari Eronga qarshi ochiq urushga kirishadimi yoki neytral pozitsiyani saqlab qoladimi?

Jahon

05.03.2026, 17:25

AQSh xodimlariga Isroilni tark etishga ruxsat berildi

27 fevral kuni AQSh Davlat departamenti xavfsizlik xatarlari ortishi tufayli Isroildagi favqulodda boʻlmagan xodimlari va ularning oilalariga mamlakatni tark etishga ruxsat berdi.

Jahon

28.02.2026, 10:03

Jeffri Epshteyn ishi: asosiy voqealar va yangi oshkoralik

AQShlik milliarderga nisbatan turli davlatlardan boʻlgan yosh qizlarni moliyaviy yordam orqali qaram qilish va voyaga yetmaganlarni jinsiy ekspluatatsiya qilish ayblovi qoʻyilgan.

Jahon

05.02.2026, 09:29

Jeffri Epshteyn ishi: oshkor etilgan fayllar va elita bilan aloqalar

Yuzlab bolalar va ayollarga nisbatan jinsiy zoʻravonlik sodir etganlikda ayblangan marhum milliarder Jeffri Epshteyn soʻnggi kunlarda yana jahon axborot makoni markazida turibdi.

Jahon

03.02.2026, 16:44

So‘nggi yangiliklar

Hayit kuni Toshkentda jamoat transporti soat 04:00 dan ish boshlaydi

Ramazon hayiti munosabati bilan 20 mart kuni Toshkent shahrida jamoat transporti - avtobus va metropoliten oʻz ish faoliyatini ertalab soat 04:00 dan boshlaydi. 

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:42

Navroʻz va Hayit arafasida 392 nafar mahbus afv etildi

Oʻzbekiston prezidenti farmoni bilan jazo muddatini oʻtayotgan, qilmishiga pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga oʻtgan 392 nafar shaxs afv etildi.

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:37

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon hayiti munosabati bilan vaqtinchalik otashkesim eʼlon qildi

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon oyi yakunlanishi — Iyd al-Fitr (Roʻza hayiti) munosabati bilan vaqtinchalik oʻt ochishni toʻxtatishga kelishib oldi.

Jahon

19.03.2026, 12:00

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi

Toshkentda joylashgan Islom svilizatsiyasi markazi oʻz faoliyatini boshlamoqda. 2026 yil 18 mart kuni boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida markazga kirish tartibi va narxlar eʼlon qilindi.

Madaniy

19.03.2026, 11:20

Ehson bahonasida terrorizm: IIV ogohlantirish bilan chiqdi

Internetdagi "Sahovatli qoʻllar" va "Murgʻak qalblar" kabi jamgʻarmalar Suriyadagi "Tavhid va jihod" katibasi tashkiloti aʼzosi, qirgʻizistonlik Abdulmuhsin Usmonovga tegishli ekani aniqlandi.

Jahon

19.03.2026, 10:59

Maldiv orollari Isroil fuqarolari uchun yopildi

Maldiv orollari Isroil pasportiga ega fuqarolar uchun kirishni rasman taqiqladi. Shu bilan u bunday cheklov joriy qilgan 13-davlatga aylandi.

Jahon

19.03.2026, 10:17

AQSh Senati Eronning yadroviy tahdidi boʻyicha bayonotlarga shubha bildirdi

AQSh Senatida Eronning yadroviy dasturiga oid bayonotlar atrofida bahslar kuchaydi. Xususan, AQSh Milliy razvedkasi direktori Tulsi Gabbard senatorlar tomonidan tanqidga uchradi.

Jahon

19.03.2026, 09:47

Eron Isroil foydasiga josuslikda ayblangan shaxsni qatl etdi

Eron rasmiylari Isroil razvedka xizmatlari bilan hamkorlikda ayblangan mahalliy fuqaro Kurosh Keyvaniga nisbatan chiqarilgan oʻlim hukmini ijro etdi.

Jahon

19.03.2026, 08:54

Qozogʻistonda saygʻoqlar ommaviy halok boʻlmoqda

Temir yoʻllar va avtomagistrallar hayvonlar harakati uchun jiddiy toʻsiq boʻlib, har yili yuzlab jonivorlar ularni kesib oʻtishga urinish vaqtida halok boʻlmoqda.

Jahon

19.03.2026, 08:43

AQSh sudi “Amerika Ovozi” faoliyatini tiklashga qaror qildi

AQSh maʼmuriyati “Amerika Ovozi” xalqaro radiokompaniyasi faoliyatini qayta tiklashi kerak. Bu haqda 17 mart kuni federal sudya Roys Lambers qaror chiqardi.

Jahon

18.03.2026, 18:56

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda

Jahonda raqamli barqarorlik jiddiy xavf ostida qolmoqda. Rasmiy Tehron bayonotlari va razvedka manbalariga koʻra, agar Fors koʻrfazi mamlakatlari AQSh bilan harbiy hamkorlikni toʻxtatmasa, Eron suvosti internet kabellarini yoʻq qilish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda.

Fan-texnologiya

18.03.2026, 14:45

Trampning yuziga “tarsaki” tushirgan mulozim ishdan boʻshadi

AQSh prezidenti Donald Tramp maʼmuriyatidagi yuqori martabali razvedka mulozimi – Terrorizmga qarshi kurash boʻyicha milliy markaz direktori Jo Kent Oq uyning Eronga qarshi urushiga norozilik bildirib,  isteʼfo berdi.

Jahon

18.03.2026, 14:17