“Urush vaziri ishdan boʻshatilishi kerak” — AQSh senatori
AQSh harbiylari Eronning Minab shahrida joylashgan qizlar boshlangʻich maktabiga xatolik sabab zarba bergan. Oʻshanda 168 nafar oʻquvchi va 14 nafar oʻqituvchi halok boʻlgan edi.
Jahon
13.03.2026, 12:20
Ulashish:

Dastlabki tergov natijalaridan xabardor manbalarga koʻra, bunga yaqin atrofdagi harbiy-dengiz bazasi haqidagi eskirgan razvedka maʼlumotlari sabab boʻlgan.
Nishon nega yanglish belgilangan?
28 fevral kuni Minab shahridagi Shajareh Tayyiba maktabiga berilgan zarba AQSh harbiylari qoʻshni Islom inqilobi qoʻriqchilari korpusi (IIQK) obʼektini nishonga olayotgan vaqtda yuz bergan.
CNN manbalariga koʻra, AQSh Markaziy qoʻmondonligi (CENTCOM) zarba koordinatalarini belgilashda Mudofaa razvedka boshqarmasi (DIA) taqdim etgan eskirgan maʼlumotlardan foydalangan.
2013 yilgi sunʼiy yoʻldosh tasvirlari maktab va IIQK bazasi bitta hududda boʻlganini koʻrsatadi. Biroq 2016 yilgi kadrlarda maktab bazadan devor bilan ajratilgani va alohida kirish yoʻli qurilgani aniq koʻrinadi. 2025 yil dekabr oyidagi tasvirlarda esa maktab hovlisida oʻynayotgan oʻnlab odamlarni koʻrish mumkin boʻlgan.

Foto: CNN
Izoh: Maktab sariq bilan belgilangan. Oq bilan chizilgan uzuq-uzuq chegara maktab va Islom inqilobi qoʻriqchilari korpusi binosi oʻrtasidagi devor.
Prezident Donald Tramp 11 mart kuni AQShning ushbu zarba uchun javobgarligi haqidagi dastlabki tergov xulosalaridan xabari yoʻqligini aytdi.
“Men bu haqda bilmayman” ,- deya javob berdi Tramp CNN muxbirining javobgarlikni boʻyniga olish haqidagi savoliga.
Avvalroq prezident zarbada Eronning oʻzini ayblashga uringan edi. Nima uchun uning maʼmuriyati bu daʼvoni qoʻllab-quvvatlamayotgani haqidagi savolga esa: “Chunki men bu haqda yetarli darajada bilmayman”, deb javob bergan.
Foto: Ekran yozuvi
Biroq, AQSh senatori Elizabet Uorren X ijtimoiy tarmogʻidagi sahifasida: “Tramp maʼmuriyati Erondagi qizlar maktabining bombardimon qilinishini tasdiqladi. Bu soʻnggi oʻn yilliklardagi eng halokatli harbiy xatolardan biri”, - deya yozib qoldirgan. Shuningdek, senator Trampning gaplari yolgʻonligini, AQSh Urush vaziri Pet Xigset ishdan boʻshatilishi kerakligini ham taʼkidlagan.
Eronning Mehr News agentligi tomonidan eʼlon qilingan va CNN tomonidan tasdiqlangan videolavhalar ekspertlar fikri toʻgʻriligini koʻrsatmoqda. Kadrlarda Amerikaning BGM yoki UGM-109 Tomahawk qanotli raketasi bazaga kelib urilgani, uning oʻng tomonida — maktab yoʻnalishida esa ulkan tutun koʻtarilayotgani aks etgan.

Eron rasmiylari vayron boʻlgan maktab oldida namoyish etgan qismlar Amerikaning Tomahawk raketasi qoldiqlariga mos keladi. Tramp esa Eronning oʻzida ham shunday raketalar borligini iddao qildi, biroq ekspertlar buni rad etmoqda.
Roytheon kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan ushbu raketalar faqat AQShning sanoqli ittifoqchilarida bor. Hatto Isroilda ham bunday raketalar mavjud emas.
Tergov davom etmoqda
Mudofaa vaziri Pit Xegset 10 mart kuni zarba boʻyicha puxta tergov oʻtkazilishini vaʼda qildi. U AQSh tinch aholi orasida talofatlarni oldini olish uchun barcha choralarni koʻrganini aytib, Eronni nishon tanlamasdan zarba berishda aybladi.
Oq uy matbuot kotibi Karolin Livitt ham tergov hali yakunlanmaganini va yakuniy xulosalarni kutish kerakligini taʼkidladi. Ayni paytda Pentagondan rasmiy izoh berish soʻralgan, biroq vazirlik hozircha sukut saqlamoqda.
Muallif: Maftuna BAXTIËROVA
Mavzuga oid yangiliklar

Hormuzdagi vaziyat: 670 ta kema kutib turibdi
Iqtisodiyot
03.04.2026, 17:17

Erondagi urush fonida aviatashuvlar narxi keskin oshdi
Jahon
21.03.2026, 07:18

Eron bilan urushda AQSh kutilmagan qiyinchilikka duch kelmoqda - Bloomberg
Jahon
11.03.2026, 16:58

Eron va Saudiya oʻrtasida qolgan Pokiston: qanday yoʻl tutish kerak?
Jahon
10.03.2026, 13:04

Hurmuz boʻgʻozining yopilishi: global iqtisodiyot uchun jiddiy sinov
Iqtisodiyot
09.03.2026, 16:59

Zamonaviy urushning xavfli quroli: Navigatsiya buzildi, yuzlab kemalar ortda qoldi
Jahon
07.03.2026, 14:12
Mashhur yangiliklar

Isroil urushni tugatish shartlarini maʼlum qildi
Jahon
17.03.2026, 13:40

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda
Fan-texnologiya
18.03.2026, 14:45

Trampning yuziga “tarsaki” tushirgan mulozim ishdan boʻshadi
Jahon
18.03.2026, 14:17

Nega Isroil Livanga ham zarba bermoqda?
Jahon
16.03.2026, 13:52

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi
Madaniy
19.03.2026, 11:20

Benksi kim? Asrimizning eng mashhur “ko‘cha” rassomi fosh bo‘ldi(mi?)
Madaniy
28.03.2026, 15:48
So'nggi yangiliklar

Har daqiqada 3 ta chaqaloq: Sudanda onalar va bolalar hayoti xavf ostida
Jahon
14.04.2026, 12:22

BMT: Yaqin Sharqdagi urush tufayli yana 32 million odam qashshoqlashadi
Jahon
13.04.2026, 16:07

Endi sun'iy intellekt (SI) qonun loyihalarini tahlil qilishda ishlatiladi
Jahon
13.04.2026, 11:53

Bitta kashfiyot – millionlarni qutqardi, millionlarni o'ldirdi
Fan-texnologiya
11.04.2026, 17:25

“100 yevroga 1 ta Pikasso” – Parijda yangi xayriya lotereyasi o‘tkazilmoqda
Madaniy
11.04.2026, 15:11

MDH zaiflashmoqda: Moldova Hamdo‘stlikdan chiqyapti
Siyosat
11.04.2026, 12:37

Zelenskiy: Ummon, Quvayt va Bahrayn bilan xavfsizlik sohasida hamkorlik qilmoqchimiz
Jahon
10.04.2026, 12:32

Yaqin Sharq mojarosi: Markaziy Osiyoda tranzit narxi oshmoqda
Jahon
07.04.2026, 15:41

7-aprel – Butunjahon salomatlik kuni
Jahon
07.04.2026, 10:23

Oliy ta’lim to‘g‘risidagi nizom yangidan tasdiqlandi
Ta'lim
06.04.2026, 17:35

Magnus Karlsen: Sindarovning natijasini hech kim kutmagandi
Sport
06.04.2026, 13:50

Afg‘oniston Markaziy Osiyo bilan savdo hajmini 10 milliard dollarga yetkazmoqchi
Jahon
06.04.2026, 12:12

“Uyimiz juda go‘zal” – Artemida II Yerning yangi fotosuratlarini yubordi
Fan-texnologiya
06.04.2026, 10:49

Inson neyronlari va kompyuter chipi birlashtirilmoqda
Fan-texnologiya
04.04.2026, 15:48

Hormuzdagi vaziyat: 670 ta kema kutib turibdi
Iqtisodiyot
03.04.2026, 17:17

Apple va Samsung: Jahon smartfon bozorining yetakchilari
Iqtisodiyot
03.04.2026, 12:37

50 yildan so‘ng insoniyat yana Oyga parvoz qildi
Fan-texnologiya
02.04.2026, 17:01

Amudaryo suvida Afg‘onistonning ulushi bormi?
Oʻzbekiston
02.04.2026, 11:24

Bitta bilet – bir nechta manzil: “Uzbekistan Airways” qiziqarli shartnoma imzoladi
Oʻzbekiston
01.04.2026, 16:01

Kimda “qizil tugma” bor? Dunyodagi yadroviy davlatlar va ularning tarixi
Fan-texnologiya
01.04.2026, 10:04
Mashhur yangiliklar

Isroil urushni tugatish shartlarini maʼlum qildi
Jahon
17.03.2026, 13:40

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda
Fan-texnologiya
18.03.2026, 14:45

Trampning yuziga “tarsaki” tushirgan mulozim ishdan boʻshadi
Jahon
18.03.2026, 14:17

Nega Isroil Livanga ham zarba bermoqda?
Jahon
16.03.2026, 13:52

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi
Madaniy
19.03.2026, 11:20

Benksi kim? Asrimizning eng mashhur “ko‘cha” rassomi fosh bo‘ldi(mi?)
Madaniy
28.03.2026, 15:48
