Kosmik sohadagi ishlar prezident ishtirokida koʻrib chiqildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 16 oktabr kuni kosmik monitoring orqali yangi iqtisodiy imkoniyatlarni aniqlash yuzasidan takliflar taqdimoti bilan tanishdi.
Oʻzbekiston
17.10.2025, 10:27
Ulashish:

Oʻzbekistonda iqtisodiyot tarmoqlarida aerokosmik maʼlumotlardan foydalanish kengayib bormoqda. Xususan, prezidentning 30 sentabrdagi farmoni bilan bu boradagi ishlar yangi bosqichga olib chiqildi. Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi geologiya, yer munosabatlari hamda ekologiya sohasida yiliga kamida uch marta davlat kosmik monitoringini oʻtkazishi belgilandi, agentlikning hududiy vakillari lavozimi joriy etildi.
Taqdimotda taʼkidlanganidek, endilikda kosmik tahlillar yordamida iqtisodiyotga katta turtki beradigan yangi imkoniyatlarni aniqlash lozim.
Respublikada har yili yuzlab foydali qazilma konlari va karerlar auksionga chiqarilyapti. Tadbirkorlarga imkoniyat yaratilib, konlarga sanoat olib kirilmoqda. Misol uchun, oʻtgan yili 170 ta, yil boshidan esa 172 ta kon auksionda sotilgan.
Lekin konlardan ruxsatsiz foydalanish muammosi hanuzgacha dolzarb ekani, yil boshidan kosmik monitoring yordamida 2 mingdan ziyod shunday holat aniqlangani qayd etildi.
Bosh prokuratura zimmasiga iqtisodiy jinoyatlarning oldini olish va ularni oʻz vaqtida fosh etishda yer, ishlab chiqarish obʼektlari va konlarni sunʼiy yoʻldosh orqali tahlil qilish maʼlumotlaridan samarali foydalanish vazifasi qoʻyildi.
Soʻnggi yillarda oʻzboshimchalik bilan qurilgan 1 million 365 mingta uy-joyga kadastr rasmiylashtirib berilgan. Lekin haligacha bunday noqonuniy qurilishlarga toʻliq barham berilgani yoʻq. Yil boshidan 33 mingdan ziyod oʻzboshimcha qurilish aniqlangan boʻlsa, ularning koʻpi qishloq xoʻjaligi yerlarida joylashgan.
Shu munosabat bilan qisqa muddatda tegishli axborot platformalarini integratsiya qilib, noqonuniy qurilish holatlarini tezkor oʻrganish va bartaraf etish imkonini beradigan tizim yaratish topshirildi.
Taqdimotda kosmik monitoring asosida joylarda boʻsh turgan yerlarni aniqlash va iqtisodiy aktivga aylantirishga alohida eʼtibor qaratildi.
Mamlakatning oltita hududida olib borilgan oʻrganishlar natijasida 300 gektarga yaqin boʻsh yerlar aniqlandi. Birgina Toshkent shahrida 95 gektar boʻsh yer uchastkasi topilib, auksionga chiqarilgan.
Prezident bu yil yana 8 ta hududda, kelgusi yilda barcha tuman markazlarida oʻrganishlarni oxiriga yetkazish vazifasini qoʻydi.
Sohada xalqaro tajriba va ilgʻor yechimlarni faol joriy qilish zarurligi qayd etildi. Mutasaddilar bu borada ishlab chiqilgan loyihalar yuzasidan axborot berdi.
Jumladan, kosmik maʼlumotlarni sunʼiy intellekt yordamida tahlil qilib, daraxtlar kesilishi, metan gaz sizib chiqishi, quyosh panellarining samaradorligi, yoʻl qoplamasining holati, temir yoʻl va elektr tarmoqlaridagi nosozliklar va ortiqcha yuklamalarni aniqlash ishlarini tashkil etish rejalashtirilgan.
Shuningdek, taqdimotda kosmik sohada taʼlim ekotizimini yaratish, kosmik tadqiqotlar va texnologiyalarni rivojlantirish, yoʻldoshli aloqa texnologiyalarini joriy etish orqali mamlakatimizning olis hududlarida aloqa qamrovini oshirish boʻyicha takliflar koʻrib chiqildi. 2028 yilda Samarqandda oʻtkaziladigan Xalqaro astronavtika kongressiga puxta tayyorgarlik koʻrish yuzasidan topshiriq berildi.
Oʻzbekiston
17.10.2025, 10:27
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Pedofillar umrbod ozodlikdan mahrum qilinadi — Prezident farmoni
Oʻzbekiston
04.03.2026, 06:16

Ramazon saxovati: arzonlashtirilgan yarmarkalar tashkil etiladi
Madaniy
13.02.2026, 17:31

Endi tank, samolyot va askarlar soniga tayanib gʻalabaga erishib boʻlmaydi — Prezident
Oʻzbekiston
13.01.2026, 17:15

Prezident maktabga qor kechib borayotgan oʻquvchi bilan uchrashdi
Jahon
18.12.2025, 13:14

"Bugun dunyoda 1 milliard 100 million aholi kambagʻallikda umr kechirmoqda" - Mirziyoyev sammitda global muammolarga toʻxtaldi
Jahon
04.11.2025, 15:41

Serbiya prezidenti Oʻzbekistonga keldi
Siyosat
28.10.2025, 11:33
Mashhur yangiliklar

Markaziy Osiyoda yirik loyiha: Tashkent Marketing Forum 2026
Iqtisodiyot
12.02.2026, 15:31

Yangi kitob: “Erkin millat poydevori”
Madaniy
13.02.2026, 10:18

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

«Umra» ziyoratiga borishga vaqtinchalik cheklov eʼlon qilindi
Madaniy
21.02.2026, 11:01
So‘nggi yangiliklar

Sud Abduraxmon Tashanovga nisbatan qoʻzgʻatilgan maʼmuriy ishni rad etdi
Oʻzbekiston
12.03.2026, 16:56

“Crocus City Hall” terakti: sud 15 nafar ayblanuvchini umrbod qamoq jazosiga hukm qildi
Jahon
12.03.2026, 15:15

Toshkentda yangi koʻprik oʻpirilib tushdi
Oʻzbekiston
12.03.2026, 14:48

Isroilga qilingan raketa zarbasi oqibatida oʻzbekistonlik halok boʻldi
Jahon
12.03.2026, 12:31

Koreya va Yaponiya xavotirda: AQSh mudofaa tizimlarini Yaqin Sharqqa koʻchirmoqda
Jahon
12.03.2026, 11:38

«Qoʻqonlik tabib» Iqbol Soliyev Ozarbayjonda hibsga olindi
Oʻzbekiston
12.03.2026, 10:46

Mojtabo Xomanaiy kim?
Jahon
12.03.2026, 09:50

Oʻzbekistonda 1 GVt quvvatli uzluksiz “yashil” energiya loyihasi rejalashtirilmoqda
Iqtisodiyot
12.03.2026, 08:35

Eron bilan urushda AQSh kutilmagan qiyinchilikka duch kelmoqda - Bloomberg
Jahon
11.03.2026, 16:58

8,5 milliard “yoshli” yangi “Meduza galaktikasi” aniqlandi
Fan-texnologiya
11.03.2026, 15:05

AQShda “Anthropic” xavfli deb topildi
Jahon
11.03.2026, 14:17

"Fukusima-1" talofatiga 15 yil boʻldi
Jahon
11.03.2026, 11:48
Mashhur yangiliklar

Markaziy Osiyoda yirik loyiha: Tashkent Marketing Forum 2026
Iqtisodiyot
12.02.2026, 15:31

Yangi kitob: “Erkin millat poydevori”
Madaniy
13.02.2026, 10:18

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

«Umra» ziyoratiga borishga vaqtinchalik cheklov eʼlon qilindi
Madaniy
21.02.2026, 11:01
