Endi tank, samolyot va askarlar soniga tayanib gʻalabaga erishib boʻlmaydi — Prezident
Prezident Shavkat Mirziyoyev Xavfsizlik kengashi yigʻilishida zamonaviy urushlar sunʼiy intellekt, kiber va raqamli texnologiyalar asosida olib borilayotganini qayd etdi.
Oʻzbekiston
13.01.2026, 17:15
Ulashish:

13 yanvar kuni Oʻzbekiston prezidenti, Qurolli kuchlar Oliy bosh qoʻmondoni Shavkat Mirziyoyev raisligida Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yigʻilishi oʻtkazildi. Yigʻilishda mamlakat harbiy xavfsizligi, mudofaa qobiliyatini yanada kuchaytirish va zamonaviy tahdidlarga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi.
Tadbirda Xavfsizlik kengashi aʼzolari, Vazirlar Mahkamasi, kuch tuzilmalari rahbarlari, harbiy okruglar qoʻmondonlari hamda tegishli idora va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.
Prezident soʻnggi yillarda milliy armiyani rivojlantirish, uni zamonaviy qurol-yarogʻ va texnika bilan taʼminlash, harbiy xizmatchilarning jangovar hamda maʼnaviy tayyorgarligini oshirish borasida salmoqli ishlar amalga oshirilganini taʼkidladi.
Xususan, armiyani raqamlashtirish, uchuvchisiz apparatlar boʻlinmalarini tashkil etish, harbiy taʼlim tizimini yangilash va sunʼiy intellektga asoslangan oʻqitish texnologiyalarini joriy etish natijasida samaradorlik sezilarli oshgani qayd etildi.
Yigʻilishda xalqaro va mintaqaviy vaziyat tahlil qilinib, zamonaviy urush shakllari tubdan oʻzgargani taʼkidlandi.
«Endi faqat tank, samolyot yoki askarlar soniga tayanish bilan gʻalabaga erishib boʻlmaydi. Bugungi janglar sunʼiy intellekt, raqamli boshqaruv, kiber va robot texnologiyalari, yuqori aniqlikdagi zarbalar hamda siyosiy-iqtisodiy bosim orqali olib borilmoqda», — dedi Prezident.
Shu munosabat bilan barcha sohalar xavf-xatarlarga oldindan javob berishga qaratilgan «proaktiv ish rejimi»ga oʻtishi zarurligi taʼkidlandi.

Prezident harbiy kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirishga alohida eʼtibor qaratdi. Muddatli harbiy xizmatni yoshlar uchun nafaqat harbiy, balki kasbiy va ijtimoiy tayyorgarlik bosqichiga aylantirish rejalashtirilmoqda. Armiyada xizmat qilayotgan yoshlarni kasbga oʻqitish, IT va sunʼiy intellekt dasturlari boʻyicha tayyorlash, oliy taʼlimga kirish uchun imkoniyatlar yaratish belgilandi.
Shuningdek, harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy himoya qilish choralari eʼlon qilindi. 1 apreldan boshlab ofitserlar uchun koʻp yillik xizmat ustamalari ikki barobar oshiriladi, kontrakt asosida xizmat qilayotgan askar va serjantlar maoshi 10 foizga koʻtariladi. Uzoq yil xizmat qilgan harbiylar uchun pensiya hisoblash tartibi ham yaxshilanadi.
Yigʻilishda sakkiz yil oldin qabul qilingan Mudofaa doktrinasi va 1997 yildagi Milliy xavfsizlik konsepsiyasini zamonaviy tahdidlardan kelib chiqqan holda qayta koʻrib chiqish zarurligi qayd etildi. Yangi doktrina Oʻzbekistonning harbiy bloklarga qoʻshilmaslik siyosati, texnologik yangilanish va mintaqaviy barqarorlikni taʼminlashga xizmat qilishi lozimligi taʼkidlandi.
Yigʻilish yakunida Prezident barcha harbiy xizmatchilarni Qurolli Kuchlar tashkil etilganining 34 yilligi va Vatan himoyachilari kuni bilan tabrikladi.
Oʻzbekiston
13.01.2026, 17:15
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Pedofillar umrbod ozodlikdan mahrum qilinadi — Prezident farmoni
Oʻzbekiston
04.03.2026, 06:16

Tramp musulmonlarni Ramazon bilan tabrikladi
Jahon
19.02.2026, 17:00

Ramazon saxovati: arzonlashtirilgan yarmarkalar tashkil etiladi
Madaniy
13.02.2026, 17:31

Prezident maktabga qor kechib borayotgan oʻquvchi bilan uchrashdi
Jahon
18.12.2025, 13:14

"Bugun dunyoda 1 milliard 100 million aholi kambagʻallikda umr kechirmoqda" - Mirziyoyev sammitda global muammolarga toʻxtaldi
Jahon
04.11.2025, 15:41

Serbiya prezidenti Oʻzbekistonga keldi
Siyosat
28.10.2025, 11:33
Mashhur yangiliklar

Oliy ta’lim to‘g‘risidagi nizom yangidan tasdiqlandi
Ta'lim
06.04.2026, 17:35

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi
Madaniy
19.03.2026, 11:20

12 tonna KitKat mahsuloti Yevropada o‘g‘irlandi
Jahon
31.03.2026, 15:37

Benksi kim? Asrimizning eng mashhur “ko‘cha” rassomi fosh bo‘ldi(mi?)
Madaniy
28.03.2026, 15:48

Kimda “qizil tugma” bor? Dunyodagi yadroviy davlatlar va ularning tarixi
Fan-texnologiya
01.04.2026, 10:04

“Uyimiz juda go‘zal” – Artemida II Yerning yangi fotosuratlarini yubordi
Fan-texnologiya
06.04.2026, 10:49
So'nggi yangiliklar

Nemis “gepard”lari Ukrainada ishonchni oqladi
Jahon
17.04.2026, 15:49

Rossiya 200 nafar tojikistonlik mahkumani vataniga qaytaradi
Jahon
17.04.2026, 12:19

9 viloyatda sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi
Oʻzbekiston
17.04.2026, 11:12

Isroil Livanga yana zarbalar berdi
Jahon
17.04.2026, 10:29

Qamchibek Tashiyev yana bir lavozimni tark etdi
Jahon
16.04.2026, 17:27

Buxoroda “Leapmotor” avtomobillari ishlab chiqariladi
Oʻzbekiston
16.04.2026, 16:23

Eronga muzlatilgan 100 milliard dollarlik aktivlari zarur
Jahon
16.04.2026, 14:58

BBC 2000 tagacha ish o‘rnini qisqartiradi
Jahon
16.04.2026, 10:14

“Xalqlar do‘stligi saroyi” hududidagi noqonuniy bannerlar olib tashlandi
Oʻzbekiston
15.04.2026, 17:16

“Ular iqtisodiyotimizni yuksaltiradi” — Ispaniya immigratsiya siyosatini yumshatmoqda
Jahon
15.04.2026, 16:29

Markaziy Osiyo davlatlari YaIMining 130 foizini iqlim xavflari tufayli yo‘qotishi mumkin
Iqtisodiyot
15.04.2026, 11:46

Shikastlangan davlat raqamini onlayn almashtiring
Oʻzbekiston
14.04.2026, 17:11

“Diqqatini jamlay olmagan kompaniya”: OpenAI strategiyasi tanqid ostida
Iqtisodiyot
14.04.2026, 15:41

Har daqiqada 3 ta chaqaloq: Sudanda onalar va bolalar hayoti xavf ostida
Jahon
14.04.2026, 12:22

BMT: Yaqin Sharqdagi urush tufayli yana 32 million odam qashshoqlashadi
Jahon
13.04.2026, 16:07

Endi sun'iy intellekt (SI) qonun loyihalarini tahlil qilishda ishlatiladi
Jahon
13.04.2026, 11:53

Bitta kashfiyot – millionlarni qutqardi, millionlarni o'ldirdi
Fan-texnologiya
11.04.2026, 17:25

“100 yevroga 1 ta Pikasso” – Parijda yangi xayriya lotereyasi o‘tkazilmoqda
Madaniy
11.04.2026, 15:11

MDH zaiflashmoqda: Moldova Hamdo‘stlikdan chiqyapti
Siyosat
11.04.2026, 12:37

Zelenskiy: Ummon, Quvayt va Bahrayn bilan xavfsizlik sohasida hamkorlik qilmoqchimiz
Jahon
10.04.2026, 12:32
Mashhur yangiliklar

Oliy ta’lim to‘g‘risidagi nizom yangidan tasdiqlandi
Ta'lim
06.04.2026, 17:35

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi
Madaniy
19.03.2026, 11:20

12 tonna KitKat mahsuloti Yevropada o‘g‘irlandi
Jahon
31.03.2026, 15:37

Benksi kim? Asrimizning eng mashhur “ko‘cha” rassomi fosh bo‘ldi(mi?)
Madaniy
28.03.2026, 15:48

Kimda “qizil tugma” bor? Dunyodagi yadroviy davlatlar va ularning tarixi
Fan-texnologiya
01.04.2026, 10:04

“Uyimiz juda go‘zal” – Artemida II Yerning yangi fotosuratlarini yubordi
Fan-texnologiya
06.04.2026, 10:49
