“Odisseya” filmi kitob savdosi va yunon tiliga qiziqişni keskin oşirdi
6-iyulda premyera qilingan Kristofer Nolanning “Odisseya” filmi Gomerning qadimiy dostonini öqiş va yunon tilini örganişga qiziquvçilar sonini keskin oşirib yubordi. Biroq, ayrim puristlar uşbu kinodan unçalik xursand emas...
Madaniy
28.07.2026, 16:21
Ulashish:

Kristofer Nolanning “Odisseya” filmi kinoteatrlarda atigi ikki hafta namoyiş etilgan bölişiga qaramay, butun dunyo böylab 650 million dollardan ortiq daromad keltirib, jahon kassalaridagi yetakçilikni qölga oldi.
Bu kinematografik gigant allaqaçon yilning eng kassabop badiiy filmi bölib ulgurdi va köpçilik intizorlik bilan kutayotgan 1 milliard dollarlik marrani zabt etiş arafasida.
Film namoyiş etilganidan beri odamlar klassik asarlarga qaytib, Gomerning qadimiy dostonini mutolaa qila boşladi. Buni statistikalar tasdiqlamoqda:
- Joriy yilda Buyuk Britaniyadagi kitob savdosi 2023-yilga nisbatan 70 foizga oşgan;
- Fransiyada iyul oyi örtalarida Spotify platformasida “Odisseya”ni tinglaş soatlari ötgan oyga qaraganda 752 foizdan köproqqa ortgan;
- Circana BookScan ma’lumotlariga köra, AQŞda yil boşidan buyon kitob savdosi 76 foizga ösgan.
Nolanning filmi nafaqat mutolaaga, balki yunon tilini örganişga bölgan qiziqişni ham kuçaytirdi.
Google Trends xabar berişiça, sönggi ikki hafta içida “yunon tilini örganiş” sörovi böyiça qidiruvlar soni 5000 foizga oşgan.
Gomerning “Odisseya” asari qadimgi yunon tilida yozilgan bölib, u bugungi Gretsiyada qöllaniladigan tildan ança farq qiladi.
Film kinoteatrlarda muvaffaqiyat qozonib, kitob savdosi hamda Gretsiyaning boy madaniy merosiga bölgan qiziqişni kuçaytirayotgan bir paytda, Nolanning qadimiy asarga yondaşuvidan, xususan, zamonaviy ingliz tilidan foydalanganidan norozi bölgan ayrim puristlar ham bor.
Köpçilik buni badiiy erkinlik sifatida qabul qilib, Nolanning moslaşuvini olqişlayotgan bölsa-da, Gomer dostonini 2017-yilda ingliz tiliga nazm bilan ögirgan ilk ayol, klassitsist Emili Uilson kabi tanqidçilar e’tirozlar bildirişmoqda.
“Odisseya”da Nolanning odatiy dabdabasi va sayozligi mujassamlaşgan”
London Review of Books naşri uçun yozgan essesida Uilson şunday fikrlar bildirgan:
“Nolanning Gomerga xos mavzularga yaqinligi uni yangi ijodiy çöqqilarga kötarib, yanada işonarli qahramonlar yaratişiga imkon beradi, deb umid qilgandim. Ammo “Odisseya”da uning (Nolanning) odatiy dabdabasi va sayozligi mujassamlaşgan... Film ğoyasi juda çalkaş, qahramonlari esa yetarliça oçib berilmagan, şu bois u ilgari surayotganday tuyulgan buyuk ğoyalarni tomoşabinga yetkaza olmaydi — garçi katta portlaşlar va bahaybat devlarni tasvirlaşni a’lo darajada uddalagan bölsa ham”.
“Nolanning “Odisseya”sida dostonni buyuk qiladigan köplab unsurlar yetişmaydi. Unda vaqt, xotira, tarix, uruş yoki bir jangçining şonli qaytişi bilan uning oilasi, duşmanlari, safdoşlari, döstlari va qöşnilari hayoti örtasidagi munosabatlar haqida işonarli biror fikr aytilmagan”.
“Asarda psixologik, hissiy, siyosiy va axloqiy teranlik yetişmaydi. Syujeti sun’iy. Tili rasvo. Birorta qahramonning sözi yoki xatti-harakatida işonarlilik yöq. Işqiy sahnalar ham mavjudmas, taomlar esa iştahani oçmaydi”.
Şuningdek, Uilson “mabodo uşbu senariyning biror parçasini yozganimda, bundan uyalardim”, deb qöşimça qildi. Biroq film qadimiy yunon adabiyoti hamda kinematografiya haqidagi madaniy bilimlarni oşirişga katta hissa qöşayotganini tan oldi.
U The Times naşriga “Odisseya”ning ekranlarga çiqişi e’tirofga loyiq voqea ekanini va bu tomoşabinlarni kinoteatrlarga qaytarayotganini aytdi. Nolan keng jamoatçilikni yana mutolaaga qaytariş uçun qölidan kelganiça harakat qilmoqda va men bundan minnatdorman, dedi Emili Uilson.
Madaniy
28.07.2026, 16:21
Ulashish:
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01

Ukrainada Starlink faoliyati cheklandi
Jahon
15.10.2026, 11:18

Elektromobillar qimmatlaydimi?
Iqtisodiyot
14.10.2026, 16:59
So'nggi yangiliklar

«Ğazoliklarning ahvoli oğir»: Lyuis Hemilton Isroilga murojaat qildi
Jahon
12.11.2026, 16:42

Tolibon erkak şifokorlarning ayollarni davolaşini çeklamoqda
Jahon
12.11.2026, 15:46

Ğazoda qiş yaqinlaşmoqda, gumanitar yordam esa kirolmayapti
Jahon
12.11.2026, 12:36

«Demokrat.uz» rahbari va blogerga sud hukmi öqildi
Oʻzbekiston
12.11.2026, 12:27

Yangi Toşkentda hokimlik oçiladi: şaharda qaysi idoralar iş boşlaydi?
Oʻzbekiston
12.11.2026, 11:08

Aeroportdagi telefonlar mojarosi: Soxta IMEI raqamlari
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:51

Feruza Normatovaga nisbatan jinoyat işi qözğatildi
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:35

Feruza Normatovaga nisbatan jinoyat işi qözğatildi
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:35

Qozoğistonga aloqador xakerlar Tojikiston va Özbekiston davlat tizimlariga hujum uyuştirdi
Jahon
12.11.2026, 10:18

Qozoğistonda “Kulpaş” va “Aytmatov” filmlari namoyişi qoldirildi
Madaniy
11.11.2026, 15:53

Rossiyada migrantlar sodir etgan jinoyatlar 40 foizga kamaydi
Jahon
11.11.2026, 12:17

GTL loyihasi kutilgan natijani berdimi?
Oʻzbekiston
11.11.2026, 12:06

Eronda yangi yerosti «raketa şahri» oçildi
Jahon
11.11.2026, 11:36

YEI ilk bor Ukrainada harbiy iştirokini yölga qöyadi
Jahon
11.11.2026, 10:09

Qirğiziston Tojikistondan ötgan 170 ta uyni aholiga beradi
Jahon
10.11.2026, 15:10

"Soyuzmultfilm" Özbekiston bilan hamkorlikni tiklamoqçi
Madaniy
10.11.2026, 11:53

Özbekiston – Rossiya uçraşuvini tojikistonlik hakamlar boşqaradi
Sport
10.11.2026, 11:09

Rossiyada işçi kuçi tanqis, migrantlar uçun çeklovlar esa kuçaymoqda
Siyosat
09.11.2026, 17:58

Davlat içidagi davlat: Samsung qanday yuksaldi?
Fan-texnologiya
09.11.2026, 16:19

Kelgusi 10 yilda 450 mlrd dollarlik energetika loyihalari amalga oşiriladi
Oʻzbekiston
09.11.2026, 15:16
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01

Ukrainada Starlink faoliyati cheklandi
Jahon
15.10.2026, 11:18

Elektromobillar qimmatlaydimi?
Iqtisodiyot
14.10.2026, 16:59
