updated: 22.03.2026, 12:27

"Navbahor" va "Neftchi" 3 ochkodan mahrum qilinishi mumkin — OʻFA

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan Futbolchilarning maqomi va oʻtishi boʻyicha qoʻmitasi qabul qilingan qarorlar ijrosi tahlil qilindi.

Sport

24.10.2025, 11:03

Ulashish:

"Navbahor" va "Neftchi" 3 ochkodan mahrum qilinishi mumkin — OʻFA

"Qoʻmita qarorlariga muvofiq, klublarga qarzdorliklarni muddat belgilab, toʻliq bartaraf etish majburiyati yuklatilgan.

Bunda, “Navbahor lochinlari”, “Neftchi”, “Andijon”, “Xorazm”, “Buxoro”, “Qumqoʻrgʻon-1977”, “TerDU” futbol klublari qoʻmita qarorlarida belgilangan majburiyatlarni toʻliq bajarmasdan kelayotgani aniqlandi.

Jumladan, “Navbahor lochinlari” futbol klubi futbolchilar Jamshid Iskanderov, Ibrohim Yoʻldoshev, Diyorjon Turopov, Odil Hamrobekov, Abror Ismoilov, Shahzodbek Ubaydullayev, shuningdek murabbiy Muhiddin Ortiqov oldidagi qarzdorlikni toʻliq bartaraf etmagan. “Neftchi” futbol klubi esa futbolchilar Azizbek Amonov, Manuchehr Safarov, Shohruh Gadoyev oldidagi majburiyatni toʻliq bajarmagan.

Shuningdek, “Andijon” klubining “Paxtakor” va “Bunyodkor” futbol klubi oldidagi mashgʻulot kompensatsiyasi hamda transfer shartnomalari boʻyicha qarzdorligi mavjud. “Xorazm” va “Buxoro” futbol klublari ham “Paxtakor” futbol klubi oldidagi mashgʻulot kompensatsiyasi boʻyicha qarzdorligini bartaraf etmagan.

Bundan tashqari, “Qumqoʻrgʻon-1977” futbol klubi futbolchi Orzu Razzoqov oldidagi, “TerDU” futbol klubi futbolchilar Sarvar Husanov va Farrux Haydarovlar oldidagi qarzdorliklar boʻyicha moliyaviy majburiyatlarini bajarmay kelmoqdalar.

Taʼkidlash joizki, qarzdorlik toʻlanmaganligi sababli, qoʻmita tomonidan 2025 yilgi mavsumda qishki transfer oynasida “Navbahor lochinlari” va “Neftchi” futbol klublariga keyingi ikki roʻyxatdan oʻtkazish davrida milliy va xalqaro miqyosda yangi futbolchilarni Liga roʻyxatidan oʻtkazishga taqiq qoʻyilgan edi. Keyinchalik, Namangan viloyati hokimligi hamda Fargʻona viloyati hokimligi tomonidan qarzdorlikni toʻliq bartaraf etish boʻyicha kafolat xatlari taqdim etilgani hamda futbolchilar bilan tuzilgan qarzdorliklarni qoplanishi boʻyicha kelishuvlari inobatga olinib, qishki transfer oynasidagi taqiq vaqtincha olib tashlangan edi. Shu asosda qarzdorliklar qisman toʻlangan boʻlsa-da, klublar tomonidan belgilangan muddatlarda toʻliq toʻlovlar amalga oshirilmadi.

Mazkur futbol klublari qarzdorlikni belgilangan muddatda bartaraf etmagani uchun ularga nisbatan jarima intizom choralari qoʻllangan boʻlsa-da, shundan keyin ham qarzdorlikni bartaraf etmasdan kelmoqda.

Futbolchilarning maqomi va transferi boʻyicha reglamentning 12-bis moddasi 1-bandiga muvofiq, klublar futbolchilar va boshqa klublar oldidagi moliyaviy majburiyatlarni, shuningdek, professional futbolchilar bilan imzolangan shartnomalar va transfer kelishuvlarida nazarda tutilgan talablarni oʻz vaqtida bajarishi shart. Mazkur moddaning 6-bandida esa moliyaviy majburiyatlarning takroriy ravishda buzilishi ogʻirlashtiruvchi holat sifatida baholanib, yanada qatʼiyroq jazo choralari qoʻllanilishi belgilangan.

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi aʼzosi sifatida “Navbahor lochinlari”, “Neftchi”, “Andijon”, “Xorazm”, “Buxoro”, “Qumqoʻrgʻon-1977”, “TerDU” futbol klublari qoʻmita qarorlarini bajarishi majburiy hisoblanadi. Biroq klublar tomonidan qarorlar ijrosi taʼminlanmayotgani va bepisand munosabatda boʻlayotgani ularga nisbatan ogʻirroq intizomiy jazo choralarini qoʻllashni taqozo qilmoqda.

Shundan kelib chiqib, 2025 yil 3-noyabr kuni Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasining tegishli qoʻmitasida mazkur futbol klublariga nisbatan ogʻirroq intizomiy jazo choralarini qoʻllash masalasi koʻrib chiqiladi.

Bunda, “Navbahor lochinlari” va “Neftchi” futbol klublariga nisbatan Oʻzbekiston Superliga chempionatida toʻplangan ochkolaridan 3 ochko olib tashlash (uch ochkodan mahrum qilish) hamda qishki transfer oynasida xalqaro va milliy darajada yangi futbolchilarni roʻyxatdan oʻtkazishga taqiq qoʻyish, shuningdek, “Andijon”, “Xorazm”, “Buxoro”, “TerDU” klublariga ham qishki transfer oynasida xalqaro va milliy darajada yangi futbolchilarni roʻyxatdan oʻtkazishga taqiq qoʻyish, “Qumqoʻrgʻon-1977” futbol klubini esa musobaqadan chetlashtirish choralarini qoʻllash masalalari kun tartibidan oʻrin oladi", – deyiladi Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi xabarida. 

Sport

24.10.2025, 11:03

Ulashish:

So‘nggi yangiliklar

Erondagi urush fonida aviatashuvlar narxi keskin oshdi

Eron atrofidagi keskinlik va harbiy harakatlar global logistikaga jiddiy taʼsir koʻrsatmoqda. Freightos maʼlumotlariga koʻra, aviatashuvlar qiymati ayrim yoʻnalishlarda 82% gacha oshgan.

Jahon

21.03.2026, 07:18

Hayit kuni Toshkentda jamoat transporti soat 04:00 dan ish boshlaydi

Ramazon hayiti munosabati bilan 20 mart kuni Toshkent shahrida jamoat transporti - avtobus va metropoliten oʻz ish faoliyatini ertalab soat 04:00 dan boshlaydi. 

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:42

Navroʻz va Hayit arafasida 392 nafar mahbus afv etildi

Oʻzbekiston prezidenti farmoni bilan jazo muddatini oʻtayotgan, qilmishiga pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga oʻtgan 392 nafar shaxs afv etildi.

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:37

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon hayiti munosabati bilan vaqtinchalik otashkesim eʼlon qildi

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon oyi yakunlanishi — Iyd al-Fitr (Roʻza hayiti) munosabati bilan vaqtinchalik oʻt ochishni toʻxtatishga kelishib oldi.

Jahon

19.03.2026, 12:00

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi

Toshkentda joylashgan Islom svilizatsiyasi markazi oʻz faoliyatini boshlamoqda. 2026 yil 18 mart kuni boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida markazga kirish tartibi va narxlar eʼlon qilindi.

Madaniy

19.03.2026, 11:20

Ehson bahonasida terrorizm: IIV ogohlantirish bilan chiqdi

Internetdagi "Sahovatli qoʻllar" va "Murgʻak qalblar" kabi jamgʻarmalar Suriyadagi "Tavhid va jihod" katibasi tashkiloti aʼzosi, qirgʻizistonlik Abdulmuhsin Usmonovga tegishli ekani aniqlandi.

Jahon

19.03.2026, 10:59

Maldiv orollari Isroil fuqarolari uchun yopildi

Maldiv orollari Isroil pasportiga ega fuqarolar uchun kirishni rasman taqiqladi. Shu bilan u bunday cheklov joriy qilgan 13-davlatga aylandi.

Jahon

19.03.2026, 10:17

AQSh Senati Eronning yadroviy tahdidi boʻyicha bayonotlarga shubha bildirdi

AQSh Senatida Eronning yadroviy dasturiga oid bayonotlar atrofida bahslar kuchaydi. Xususan, AQSh Milliy razvedkasi direktori Tulsi Gabbard senatorlar tomonidan tanqidga uchradi.

Jahon

19.03.2026, 09:47

Eron Isroil foydasiga josuslikda ayblangan shaxsni qatl etdi

Eron rasmiylari Isroil razvedka xizmatlari bilan hamkorlikda ayblangan mahalliy fuqaro Kurosh Keyvaniga nisbatan chiqarilgan oʻlim hukmini ijro etdi.

Jahon

19.03.2026, 08:54

Qozogʻistonda saygʻoqlar ommaviy halok boʻlmoqda

Temir yoʻllar va avtomagistrallar hayvonlar harakati uchun jiddiy toʻsiq boʻlib, har yili yuzlab jonivorlar ularni kesib oʻtishga urinish vaqtida halok boʻlmoqda.

Jahon

19.03.2026, 08:43

AQSh sudi “Amerika Ovozi” faoliyatini tiklashga qaror qildi

AQSh maʼmuriyati “Amerika Ovozi” xalqaro radiokompaniyasi faoliyatini qayta tiklashi kerak. Bu haqda 17 mart kuni federal sudya Roys Lambers qaror chiqardi.

Jahon

18.03.2026, 18:56

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda

Jahonda raqamli barqarorlik jiddiy xavf ostida qolmoqda. Rasmiy Tehron bayonotlari va razvedka manbalariga koʻra, agar Fors koʻrfazi mamlakatlari AQSh bilan harbiy hamkorlikni toʻxtatmasa, Eron suvosti internet kabellarini yoʻq qilish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda.

Fan-texnologiya

18.03.2026, 14:45