updated: 22.03.2026, 10:38

«Neftchi» haqidagi bayonoti uchun Berdiyevga nisbatan tekshiruv boshlandi

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi «Nasaf» klubi bosh murabbiyi Roʻziqul Berdiyevning Olmaliqdagi uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida bildirgan fikrlari yuzasidan rasmiy surishtiruv oʻtkazishini maʼlum qildi.

Sport

29.10.2025, 12:36

Ulashish:

«Neftchi» haqidagi bayonoti uchun Berdiyevga nisbatan tekshiruv boshlandi

 

26 oktabr kuni boʻlib oʻtgan «OKMK» – «Nasaf» bahsi (1:1) ortidan Berdiyevning soʻzlari keng jamoatchilikda qizgʻin muhokamalarga sabab boʻldi. U «Neftchi» klubi haqida toʻxtalar ekan, shunday degan:

«Hamma “Neftchi” haqida gapiryapti, ammo biz ham sukut saqlamaymiz. Jamoamiz uzoq vaqtdan beri magʻlubiyatsiz seriyani davom ettirmoqda va chempionlikka munosib. “Neftchi”ning orqada qanday yoʻl tutayotganini ham koʻrib turibsiz. Agar ular vazifani bajarsa, qahramonlar maydonda emas, boshqa yerda qidirilishiga toʻgʻri keladi. Nima demoqchiman, anglab olgan boʻlsangiz kerak».

Shu bilan birga, murabbiy «ortdagi odamlar» deganda kimlarni nazarda tutganini ochiqlamadi.

OʻFA ushbu bayonotni oʻrganib chiqishini va xulosaga koʻra huquqiy choralar belgilanishini bildirdi.

Eslatib oʻtamiz, 26-turdan keyin «Neftchi» 57 ochko bilan «Nasaf»dan ustunlikka chiqdi. Ikki jamoa bir xil ochko toʻplagan boʻlsa-da, oʻzaro oʻyinlardagi natija «Neftchi» foydasiga (1:0, 1:1). Qolgan 4 turda ular ochko yoʻqotmasa, chempionlikni qoʻlga kiritishi mumkin.

Mavzuga oid yangiliklar

Rasman: Islombek Ismoilov — «Neftchi»ning bosh murabbiyi

Oʻzbekiston U-17 terma jamoasini boshqarib Osiyo chempionati gʻolibi va Qatardagi oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempionatida jamoani 1/8 finalga olib chiqqan Islombek Ismoilov Fargʻonaning «Neftchi» klubi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Maʼlumotga koʻra, 33 yoshli mutaxassis jamoadan ketgan qirgʻizistonlik Vitaliy Levchenko oʻrnini egalladi.

Sport

02.12.2025, 12:43

Slaven Bilich Oʻzbekiston terma jamoasi bosh murabbiyiga aylanishi mumkin

Oʻzbekiston terma jamoasi xorijlik bosh murabbiy izlashni davom ettirmoqda.

Sport

09.09.2025, 14:18

AQSh siyosatiga norozilik bildigan 17 mingga yaqin muxlis JCh–2026 chiptalarini bekor qildi

2026 yil futbol boʻyicha Jahon chempionati arafasida minglab muxlislar avval xarid qilingan chiptalaridan voz kechmoqda.

Jahon

15.01.2026, 12:31

Fabio Kannavaro: “Umid qilamanki, qurʼa natijalari oʻzbekistonliklarni xursand qiladi”

Oʻzbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro 2026 yilgi Jahon chempionati guruh bosqichi uchun qurʼa tashlash marosimi oldidan oʻz fikrlari bilan boʻlishdi.

Sport

05.12.2025, 15:07

Temur Kapadze Indoneziya terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi

Indoneziya futbol assotsiatsiyasi (PSSI) maʼlum qilishicha, oʻzbekistonlik murabbiy Temur Kapadze rasman Indoneziya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimiga tayinlandi.

Sport

11.11.2025, 14:55

"Navbahor" va "Neftchi" 3 ochkodan mahrum qilinishi mumkin — OʻFA

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan Futbolchilarning maqomi va oʻtishi boʻyicha qoʻmitasi qabul qilingan qarorlar ijrosi tahlil qilindi.

Sport

24.10.2025, 11:03

So‘nggi yangiliklar

Erondagi urush fonida aviatashuvlar narxi keskin oshdi

Eron atrofidagi keskinlik va harbiy harakatlar global logistikaga jiddiy taʼsir koʻrsatmoqda. Freightos maʼlumotlariga koʻra, aviatashuvlar qiymati ayrim yoʻnalishlarda 82% gacha oshgan.

Jahon

21.03.2026, 07:18

Hayit kuni Toshkentda jamoat transporti soat 04:00 dan ish boshlaydi

Ramazon hayiti munosabati bilan 20 mart kuni Toshkent shahrida jamoat transporti - avtobus va metropoliten oʻz ish faoliyatini ertalab soat 04:00 dan boshlaydi. 

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:42

Navroʻz va Hayit arafasida 392 nafar mahbus afv etildi

Oʻzbekiston prezidenti farmoni bilan jazo muddatini oʻtayotgan, qilmishiga pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga oʻtgan 392 nafar shaxs afv etildi.

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:37

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon hayiti munosabati bilan vaqtinchalik otashkesim eʼlon qildi

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon oyi yakunlanishi — Iyd al-Fitr (Roʻza hayiti) munosabati bilan vaqtinchalik oʻt ochishni toʻxtatishga kelishib oldi.

Jahon

19.03.2026, 12:00

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi

Toshkentda joylashgan Islom svilizatsiyasi markazi oʻz faoliyatini boshlamoqda. 2026 yil 18 mart kuni boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida markazga kirish tartibi va narxlar eʼlon qilindi.

Madaniy

19.03.2026, 11:20

Ehson bahonasida terrorizm: IIV ogohlantirish bilan chiqdi

Internetdagi "Sahovatli qoʻllar" va "Murgʻak qalblar" kabi jamgʻarmalar Suriyadagi "Tavhid va jihod" katibasi tashkiloti aʼzosi, qirgʻizistonlik Abdulmuhsin Usmonovga tegishli ekani aniqlandi.

Jahon

19.03.2026, 10:59

Maldiv orollari Isroil fuqarolari uchun yopildi

Maldiv orollari Isroil pasportiga ega fuqarolar uchun kirishni rasman taqiqladi. Shu bilan u bunday cheklov joriy qilgan 13-davlatga aylandi.

Jahon

19.03.2026, 10:17

AQSh Senati Eronning yadroviy tahdidi boʻyicha bayonotlarga shubha bildirdi

AQSh Senatida Eronning yadroviy dasturiga oid bayonotlar atrofida bahslar kuchaydi. Xususan, AQSh Milliy razvedkasi direktori Tulsi Gabbard senatorlar tomonidan tanqidga uchradi.

Jahon

19.03.2026, 09:47

Eron Isroil foydasiga josuslikda ayblangan shaxsni qatl etdi

Eron rasmiylari Isroil razvedka xizmatlari bilan hamkorlikda ayblangan mahalliy fuqaro Kurosh Keyvaniga nisbatan chiqarilgan oʻlim hukmini ijro etdi.

Jahon

19.03.2026, 08:54

Qozogʻistonda saygʻoqlar ommaviy halok boʻlmoqda

Temir yoʻllar va avtomagistrallar hayvonlar harakati uchun jiddiy toʻsiq boʻlib, har yili yuzlab jonivorlar ularni kesib oʻtishga urinish vaqtida halok boʻlmoqda.

Jahon

19.03.2026, 08:43

AQSh sudi “Amerika Ovozi” faoliyatini tiklashga qaror qildi

AQSh maʼmuriyati “Amerika Ovozi” xalqaro radiokompaniyasi faoliyatini qayta tiklashi kerak. Bu haqda 17 mart kuni federal sudya Roys Lambers qaror chiqardi.

Jahon

18.03.2026, 18:56

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda

Jahonda raqamli barqarorlik jiddiy xavf ostida qolmoqda. Rasmiy Tehron bayonotlari va razvedka manbalariga koʻra, agar Fors koʻrfazi mamlakatlari AQSh bilan harbiy hamkorlikni toʻxtatmasa, Eron suvosti internet kabellarini yoʻq qilish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda.

Fan-texnologiya

18.03.2026, 14:45