Olimpiada kundaligi: Ikki sportchi final yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi

4 avgust kuni Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlarida Oʻzbekiston delegatsiyasidan faqat ikki nafar sportchi medallar uchun kurashdi. Ularning har ikkisi ham boks musobaqalarida final yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi. 

Olimpiada kundaligi: ikki sportchi final yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi

Olimpiada kundaligi: ikki sportchi final yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi

Dastlab yengil vaznda final yoʻllanmasi uchun ringga bir necha karra Osiyo hamda jahon chempioni, Rio Olimpiadasi gʻolibi Hasanboy Doʻsmatov Kabo-Verde vakili Daniel de Pina bilan jang olib bordi. Biroz qiyin kechgan bahsda Hasanboy Doʻsmatov ballar hisobiga raqibini magʻlub etib, final yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi. Finalda unga mezbon sportchi Billal Bennama raqib boʻladi.

Keyingi jangda esa final yoʻllanmasini qoʻlga kiritish uchun iqtidorli bokschi Lazizbek Mullajonov va Tojikiston vakili Davlat Boltayev ringga koʻtarildi. Murosasiz kechgan jangda hakamlar 3:2 hisobida bellashuvni oʻzbekistonlik bokschi foydasiga hal qildi. Lazizbek Mullajonovning final jangi 10 avgust kuni kelib chiqishi asli kubalik boʻlgan, hozirda Ozarbayjon sharafini himoya qilib kelayotgan Loren Berto Alfonso Dominguezga qarshi boʻlib oʻtadi.

Maʼlumot uchun, bugun yunon-rum kurashi boʻyicha -60 kg vazn toifasida Islom Bahromov oʻz yurishini boshlaydi. Parij-2024 Olimpiadasida oʻzbekistonlik sportchilar hozircha uchta medal jamgʻargan holda umumiy reytingda 31-oʻrinda ketmoqda. AQSh delegatsiyasi jami 71 ta medal bilan hamon yetakchilikni saqlab turibdi.

Sport

05.08.2024, 11:49

Ulashish:

So‘nggi yangiliklar

Britaniya qirolining ukasi qoʻlga olindi

Charlz IIIning ukasi - shahzoda Endryu 19 fevral kuni, 66 yoshga toʻlgan kuni qoʻlga olindi. U bir kun hibsda saqlanib, keyinchalik «tergov ostida» sharti bilan ozod etildi. 

Jahon

21.02.2026, 13:28

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi

Oʻzbekistonda oliy malaka toifasi (bosh oʻqituvchi lavozimi)ga ega boʻlgan pedagoglar uchun uy-joy sotib olishda davlat tomonidan ipoteka subsidiyasi ajratiladi. 

Iqtisodiyot

21.02.2026, 11:32

«Umra» ziyoratiga borishga vaqtinchalik cheklov eʼlon qilindi

Saudiya Arabistoni 2026 yilgi Haj mavsumi oldidan Umra ziyoratiga oid muhim cheklov va muddatlarni rasman eʼlon qildi.

Madaniy

21.02.2026, 11:01

Rossiya OAVlari Mirziyoyev samolyotini “AQSh harbiy samalyoti” deb talqin qildi

Rossiyaning ayrim Telegram kanallari va qator yirik OAVlari AQShdan uchib kelgan “nomaʼlum Boeing 787” Rossiya havo hududiga kirgani haqida xabar tarqatdi.

Oʻzbekiston

21.02.2026, 10:19

Oʻzbekistonda 4 ming km magistral yoʻl avtobanga aylantiriladi

Yirik magistral yoʻllarni xalqaro talablarga javob beradigan avtobanlarga aylantirish vazifasi 2026 yilgi davlat dasturiga kiritildi. 

Oʻzbekiston

21.02.2026, 10:07

Gʻazo uchun qaysi davlat qanday yordam beradi?

19 fevral kuni Vashingtonda AQSh Prezidenti Donald Tramp tashabbusi bilan tashkil etilgan Tinchlik kengashining ilk yigʻilishida yetakchilar Gʻazo boʻyicha oʻz yordam takliflarini bildirishdi.

Jahon

21.02.2026, 07:37

Yevropa razvedkasi: aslida Rossiya tinchlik kelishuvini istamaydi

Ikkinchi razvedka boshligʻining aytishicha, aslida Kreml yaqin orada tinchlik kelishuvini xohlamaydi, bunga ehtiyoji ham yoʻq. Uning iqtisodiyoti tanazzul yoqasida emas.

Jahon

20.02.2026, 16:29

Orolboʻyida suv boshqaruvi loyihasi boshlandi

2026–2029 yillarga moʻljallangan yangi uch yillik loyiha Qoraqalpogʻiston Respublikasida suv resurslarini boshqarishni takomillashtirish va iqlim barqarorligini oshirishga qaratilgan.

Iqtisodiyot

20.02.2026, 14:35

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda

Toshkent viloyati Yoʻl harakati xavfsizligi inspeksiyasi aholini eski va yaroqsiz transport vositalarini roʻyxatdan chiqarish boʻyicha olib borilayotgan ishlar haqida xabardor qildi.

Oʻzbekiston

20.02.2026, 12:15

Toshkent osmonida nomaʼlum yorqin jism kuzatildi

Ijtimoiy tarmoqlarda "Kosmonavtlar" metro bekati yaqinida osmonda uchib oʻtayotgan nomaʼlum yorqin jismning videosi tarqaldi. 

Fan-texnologiya

20.02.2026, 12:06

Ukrainaga hamdardlik: Yevropa Ittifoqi va Ukraina elchixonasi “Sariq va Koʻk” koʻrgazmasini taqdim etadi

Oʻzbekiston Respublikasidagi Yevropa Ittifoqi Delegatsiyasi Ukraina elchixonasi bilan hamkorlikda ukrainalik rassomlarning “Sariq va Koʻk” nomli posterlar koʻrgazmasini Toshkentda taqdim etadi.

Madaniy

20.02.2026, 11:45

Kim Chen In yangi harbiy maqsadlarni eʼlon qildi

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In shu oy oʻtadigan partiya qurultoyida yangi harbiy va qurilish maqsadlari belgilab berilishini maʼlum qildi. 

Jahon

20.02.2026, 11:06