Olimpiada kundaligi: Ikki sportchi final yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi

4 avgust kuni Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlarida Oʻzbekiston delegatsiyasidan faqat ikki nafar sportchi medallar uchun kurashdi. Ularning har ikkisi ham boks musobaqalarida final yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi. 

Olimpiada kundaligi: ikki sportchi final yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi

Olimpiada kundaligi: ikki sportchi final yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi

Dastlab yengil vaznda final yoʻllanmasi uchun ringga bir necha karra Osiyo hamda jahon chempioni, Rio Olimpiadasi gʻolibi Hasanboy Doʻsmatov Kabo-Verde vakili Daniel de Pina bilan jang olib bordi. Biroz qiyin kechgan bahsda Hasanboy Doʻsmatov ballar hisobiga raqibini magʻlub etib, final yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi. Finalda unga mezbon sportchi Billal Bennama raqib boʻladi.

Keyingi jangda esa final yoʻllanmasini qoʻlga kiritish uchun iqtidorli bokschi Lazizbek Mullajonov va Tojikiston vakili Davlat Boltayev ringga koʻtarildi. Murosasiz kechgan jangda hakamlar 3:2 hisobida bellashuvni oʻzbekistonlik bokschi foydasiga hal qildi. Lazizbek Mullajonovning final jangi 10 avgust kuni kelib chiqishi asli kubalik boʻlgan, hozirda Ozarbayjon sharafini himoya qilib kelayotgan Loren Berto Alfonso Dominguezga qarshi boʻlib oʻtadi.

Maʼlumot uchun, bugun yunon-rum kurashi boʻyicha -60 kg vazn toifasida Islom Bahromov oʻz yurishini boshlaydi. Parij-2024 Olimpiadasida oʻzbekistonlik sportchilar hozircha uchta medal jamgʻargan holda umumiy reytingda 31-oʻrinda ketmoqda. AQSh delegatsiyasi jami 71 ta medal bilan hamon yetakchilikni saqlab turibdi.

Sport

05.08.2024, 11:49

Ulashish:

So‘nggi yangiliklar

Dollar arzonlab ketdimi? Ijtimoiy tarmoqlardagi maʼlumotga izoh

Ijtimoiy tarmoqlarda Google qidiruv tizimidan olingan skrinshot tarqalmoqda. Unda 1 AQSh dollari 6 778 soʻm ekani koʻrsatilgan.

Iqtisodiyot

30.01.2026, 12:30

Putinning doʻsti Domodedovo aeroportiga egalik qiladi

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning yaqin doʻstlaridan biri, milliarder Arkadiy Rotenberg Rossiyadagi eng yirik xususiy aeroport — «Domodedovo»ni sotib oldi.

Jahon

30.01.2026, 11:18

Istanbulda Oʻzbekistonning xorijdagi ilk maktabi qurilishi boshlandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev va Rejep Tayyip Erdogʻan Istanbulning Bekirkyoy tumanida oʻzbek maktabi qurilishini boshlab berdilar.

Oʻzbekiston

30.01.2026, 10:29

Qirgʻiziston Hindistondan Nipah virusiga moyil hayvonlar importini taqiqladi

Qirgʻiziston 28 yanvardan boshlab Hindistondan Nipah virusiga moyil boʻlgan hayvonlar va hayvon mahsulotlarini olib kirishni vaqtincha taqiqladi.

Jahon

29.01.2026, 14:17

Oʻzbekistonda universitetga kirishda B1 darajali sertifikat ham imtiyoz beradi

Hukumat qaroriga muvofiq, endilikda chet tili birinchi fan boʻlgan taʼlim yoʻnalishlariga qabul qilishda B1 darajali milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikat ham imtiyoz beradi.

Ta'lim

29.01.2026, 09:04

Nipah tufayli Oʻzbekiston Hindiston reyslari nazoratini kuchaytirdi: bu qanday virus?

Hindistonda hayot uchun xavfli Nipah virusi tarqalayotgani haqida xabarlar ortidan qator davlatlar, jumladan Oʻzbekiston, chegara va sanitariya nazoratini kuchaytirdi.

Oʻzbekiston

29.01.2026, 08:42

Urushda Rossiya 1,2 mln, Ukraina 600 ming askarini yoʻqotdi

AQShdagi «Center for Strategic and International Studies» (CSIS) tadqiqot markazi Rossiya–Ukraina urushi davomida halok boʻlgan va yaralangan harbiy xizmatchilar soni boʻyicha hisobot eʼlon qildi.

Jahon

29.01.2026, 08:18

«Nigilist pingvin»: isyon ramzimi yoki shunchaki trend?

Oxirgi kunlarda ijtimoiy tarmoqlar oʻzining muqarrar oʻlimi sari, yaʼni muzli togʻlar tomon yoʻl olgan yolgʻiz pingvin aks etgan video bilan «portladi».

Madaniy

28.01.2026, 17:49

«Biz ularni erkalatib yubordik» — Sergey Mixeyev Markaziy Osiyo davlatlari haqida

Vladimir Solovyov boshlovchiligidagi «Vecher s Vladimirom Solovyovыm» koʻrsatuvida ishtirok etgan siyosatshunos Sergey Mixeyev mintaqadagi suveren davlatlarning tashqi siyosatini tanqid qildi.

Jahon

28.01.2026, 13:19

FIFA sobiq prezidenti JCh–2026ni boykot qilishga chaqirdi

FIFAning sobiq prezidenti Yozef Blatter AQSh prezidenti Donald Tramp siyosati sabab 2026 yilgi Jahon chempionatini muxlislar tomonidan boykot qilish tashabbusini qoʻllab-quvvatladi.

Jahon

28.01.2026, 09:49

Toshkent shahar IIBB boshligʻi va prokuroriga «hayfsan» berildi: poytaxtda 800 dan ortiq jinoyat hisobdan yashirilgan

Toshkent shahrida jinoyatchilikka qarshi kurashda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar sabab shahar IIBB boshligʻi Ravshan Sultonxoʻjayev va shahar prokurori vazifasini bajaruvchi Anvar Oʻrmonovga nisbatan intizomiy jazo — «hayfsan» qoʻllanildi.

Oʻzbekiston

27.01.2026, 17:00

Toshkentda fuqarolar murojaatlarini qabul qilishda yangi tartib joriy etildi

Endilikda Toshkent shahri koʻchalarida ichki ishlar organlari xodimiga qilingan murojaat 102 raqamiga qoʻngʻiroq qilish bilan teng hisoblanadi.

Oʻzbekiston

27.01.2026, 16:02