Ozarbayjon rahbari nega Oʻzbekistonga keldi?

Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev ikki kun Oʻzbekistonda boʻldi. U Prezident Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan rafiqasi hamrohligida Oʻzbekistonga keldi. Xoʻsh, Ozarbayjon rahbarining Oʻzbekistonga tashiridan maqsadi nima? Prezidentlar nimalarga kelishib olmoqchi? 

Ulashish:

Ozarbayjon rahbari nega Oʻzbekistonga keldi?

Ozarbayjon rahbari nega Oʻzbekistonga keldi?

Kecha, 22 avgust kuni Ozarbayjon rahbari oʻtirgan samolyot Toshkent xalqaro aeroportiga kelib qoʻndi. Uni Bosh vazir Abdulla Aripov hamda boshqa davlat mulozimlari kutib oldi. Shundan soʻng, Ilhom Aliyev Toshkent shahrida joylashgan Haydar Aliyev yodgorligi majmuasiga borib, haykal poyiga gul qoʻydi. Keyin Bosh vazir Aripov qardosh davlat rahbarini "Yangi Oʻzbekiston" bogʻiga taklif qildi. Aliyev u yerda ham Mustaqillik monumenti poyiga gulchambar qoʻydi. Shu bilan tashrifning birinchi kuni oʻz nihoyasiga yetdi. 

Bugun, 23 avgust kuni Koʻksaroy qarorgohida Ozarbayjon rahbarini tantanali kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi. Prezidentlar Koʻksaroy qarorgohida tor doiradagi uchrashuv va davlatlararo oliy kengashning birinchi majlisi oʻtkazilgan. Uchrashuvda hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Xususan, tovar ayirboshlash hajmini bir necha barobarga oshirish, sanoat kooperatsiyasining yangi bosqichiga oʻtish boʻyicha vazifalar belgilangan. Bundan tashqari, umumiy qiymati 2 milliard dollardan ziyod loyihalar portfeli shakllantirilgan. Muzokaralar davomida 2025 yilda Oʻzbekiston va Ozarbayjon oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatilganining 30 yilligi nishonlanishi rejalashtirilayotgani bildirildi. 

Shuningdek, Mirziyoyev qardosh kasbdoshiga ushbu sanani keng nishonlash maqsadida tadbirlar dasturi, bir yilga moʻljallangan idoralararo muloqot va almashinuvlar rejasini tayyorlashni taklif etdi. Shu bilan birga tumanlararo aviaqatnovlar sonini oshirish, yer usti va havo transporti boʻyicha tartib-taomillarni yengillashtirish, raqamli yechimlarni joriy etishga ham kelishib olindi. 2025 yilga moʻljallangan navbatdagi hududlar forumini Qoʻqon shahrida oʻtkazish belgilandi. 

Davlat rahbarlari madaniyat va sanʼat, taʼlim, sogʻliqni saqlash, yoshlar va axborot siyosati, sport sohalarida amalga oshirayotgan qator kelishuvlarni davom ettirishni ham maqsad qildi. Shuningdek, Prezidentlarning farmonlari bilan taniqli madaniyat arboblari — Farruh Zokirov va Poʻlat Bulbul oʻgʻliga mamlakatlarda "Xalq artisti" unvoni berilgani mamnuniyat bilan esga olindi. Yigʻilish yakunida esa Prezidentlar erishgan kelishuvlarni oʻz vaqtida amalga oshirish boʻyicha "yoʻl xaritasi"ni belgiladi. 

Davlat rahbarlarining Koʻksaroydagi muzokaralari tugaganidan soʻng, davlatlararo oliy kengashning birinchi majlisi boʻldi. Unda Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev Ittifoqchilik munosabatlari toʻgʻrisidagi shartnomani imzoladi. Prezidentlar quyidagi hujjatlar imzolandi: 

— Mehnat faoliyati va fuqarolarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida hukumatlararo bitim; 
— Tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasida 2025-2026 yillarga moʻljallangan hamkorlik dasturi; 
— Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni yanada kengaytirish boʻyicha amaliy harakatlar rejasi; 
— Maktabgacha taʼlim, kasb-hunar taʼlimi, oʻrta maxsus, oliy taʼlim va ilm-fan sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bayonnomalar; 
— 2024-2026 yillarga moʻljallangan madaniy-gumanitar hamkorlik boʻyicha "yoʻl xaritasi"; 
— 2024-2026 yillarga moʻljallangan turizm sohasidagi harakatlar rejasi; 
— Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolarga xizmat koʻrsatish va ijtimoiy innovatsiyalar davlat agentligi oʻrtasida 2024-2026 yillarga moʻljallangan hamkorlik dasturi; 
— Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Huquqshunoslar malakasini oshirish markazi va Ozarbayjon Respublikasi Adliya vazirligi Adliya akademiyasi oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisida bayonnoma; 
— Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va Ozarbayjon Respublikasi Ichki ishlar vazirligi oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisida bitim; 
— Sud ekspertizasi markazlari oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisida bayonnoma.

Shundan soʻng, davlat rahbarlari ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashuv oʻtkazdi. Tadbirda Prezidentlar oʻtkazgan muzokaralar yuzasidan oʻz fikrlarini bildirdi. 

"Ozarbayjon bizning muhim strategik hamkorimiz va ittifoqchimizdir. Bizni mushtarak tarixiy ildizlarimiz va asrlik doʻstligimiz, yagona din, oʻxshash madaniyat va anʼanalar bogʻlab turadi. Bularning barchasi har tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirish uchun ishonchli poydevor boʻlib xizmat qilmoqda", deydi Oʻzbekiston rahbari. 

Shuningdek, tadbirda Ozarbayjonning PASHA Holding, SOCAR, SOFAZ, Agalarov Development, Silk Way Group, Matanat, Sarda Group, AzerGold, Azermash, Ozarbayjon investitsiya xoldingi, "Ozarbayjon temir yoʻllari", "Alyat" erkin iqtisodiy zonasi va boshqa yetakchi kompaniyalarining rahbarlari hamda vakillari ishtirok etdi. Prezident ishbilarmonlarni samimiy qutlab, ularning mamlakatlar oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy sheriklikni kengaytirishdagi muhim oʻrni borligini alohida eʼtirof etdi.

 "Sizlar innovatsiyalarni dadillik bilan joriy etib, korxonalar va ish oʻrinlarini yaratib, iqtisodiyotning harakatlantiruvchi kuchi boʻlayapsiz", deydi ularga qarata Shavkat Mirziyoyev. 

Shu tariqa ikki mamlakat rahbarlarining rasmiy uchrashuvlari oʻz nihoyasiga yetmoqda.

Siyosat

23.08.2024, 17:59

Ulashish:

Mavzuga oid yangiliklar

«Qoʻqonlik tabib» Iqbol Soliyev Ozarbayjonda hibsga olindi

Oʻzini xalq tabibi sifatida tanishtirib kelgan Iqbol Soliyev Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida qoʻlga olindi.

Oʻzbekiston

12.03.2026, 10:46

Eron nega Ozarbayjonni nishonga oldi?

Koʻrfaz davlatlari va Iroq Kurdistonidan farqli ravishda, Ozarbayjon hududida AQSh harbiy bazalari mavjudligi haqida ochiq maʼlumotlar yoʻq.

Jahon

06.03.2026, 16:44

Oʻzbekiston va Ozarbayjon Ibrohim kelishuvlariga qoʻshilishi mumkin – Reuters

Tramp Oq uyda C5+1 formati doirasidagi besh davlat – Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston va Oʻzbekiston rahbarlari bilan uchrashuvda ayrim mamlakatlar tez orada Ibrohim kelishuvlariga qoʻshilishi mumkinligini aytib oʻtgan. Qozogʻiston ushbu kelishuvga qoʻshilganidan soʻng, Ozarbayjon hamda Oʻzbekiston ham kelgusida Ibrohim kelishuvlariga qoʻshilishi mumkin deb taxmin qilinmoqda. Shuningdek, manba xabarida ushbu davlatlarning Isroil bilan yaqin aloqalarga ega ekanligi alohida taʼkidlangan.

Siyosat

08.11.2025, 15:19

Ozarbayjonda mushkul ahvolda qolgan fuqaro Oʻzbekistonga olib kelindi

Oʻzbekiston elchixonasi va Migratsiya agentligi vakolatxonasi koʻmagida Boku shahrida mushkul vaziyatga tushib qolgan hamyurtimiz Sh.M. Vatanga qaytarildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Oʻzbekiston

10.09.2025, 17:48

Ilhom Aliyev Trampni tinchlik boʻyicha Nobel mukofotiga loyiq koʻrdi

Ilhom Aliyev Trampni tinchlik boʻyicha Nobel mukofotiga loyiq koʻrdi

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev, “AQSh prezidenti Donald Tramp haqiqatan ham Nobel tinchlik mukofotiga loyiq”, dedi va “Trampning Afrika, Osiyo va Janubiy Kavkazdagi rolini” maqtab, uni “tinchlik istaydigan lider” deb taʼrifladi.

Jahon

25.08.2025, 15:13

Ilhom Aliyev: Ozarbayjon har daqiqa urushga tayyor turishi kerak

Ilhom Aliyev: Ozarbayjon har daqiqa urushga tayyor turishi kerak

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev mamlakatni har qanday vaqtda urushga tayyor turishga chaqirdi. Bu haqda Anadolu xabar qildi.

Jahon

22.08.2025, 12:01

So‘nggi yangiliklar

Hayit kuni Toshkentda jamoat transporti soat 04:00 dan ish boshlaydi

Ramazon hayiti munosabati bilan 20 mart kuni Toshkent shahrida jamoat transporti - avtobus va metropoliten oʻz ish faoliyatini ertalab soat 04:00 dan boshlaydi. 

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:42

Navroʻz va Hayit arafasida 392 nafar mahbus afv etildi

Oʻzbekiston prezidenti farmoni bilan jazo muddatini oʻtayotgan, qilmishiga pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga oʻtgan 392 nafar shaxs afv etildi.

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:37

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon hayiti munosabati bilan vaqtinchalik otashkesim eʼlon qildi

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon oyi yakunlanishi — Iyd al-Fitr (Roʻza hayiti) munosabati bilan vaqtinchalik oʻt ochishni toʻxtatishga kelishib oldi.

Jahon

19.03.2026, 12:00

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi

Toshkentda joylashgan Islom svilizatsiyasi markazi oʻz faoliyatini boshlamoqda. 2026 yil 18 mart kuni boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida markazga kirish tartibi va narxlar eʼlon qilindi.

Madaniy

19.03.2026, 11:20

Ehson bahonasida terrorizm: IIV ogohlantirish bilan chiqdi

Internetdagi "Sahovatli qoʻllar" va "Murgʻak qalblar" kabi jamgʻarmalar Suriyadagi "Tavhid va jihod" katibasi tashkiloti aʼzosi, qirgʻizistonlik Abdulmuhsin Usmonovga tegishli ekani aniqlandi.

Jahon

19.03.2026, 10:59

Maldiv orollari Isroil fuqarolari uchun yopildi

Maldiv orollari Isroil pasportiga ega fuqarolar uchun kirishni rasman taqiqladi. Shu bilan u bunday cheklov joriy qilgan 13-davlatga aylandi.

Jahon

19.03.2026, 10:17

AQSh Senati Eronning yadroviy tahdidi boʻyicha bayonotlarga shubha bildirdi

AQSh Senatida Eronning yadroviy dasturiga oid bayonotlar atrofida bahslar kuchaydi. Xususan, AQSh Milliy razvedkasi direktori Tulsi Gabbard senatorlar tomonidan tanqidga uchradi.

Jahon

19.03.2026, 09:47

Eron Isroil foydasiga josuslikda ayblangan shaxsni qatl etdi

Eron rasmiylari Isroil razvedka xizmatlari bilan hamkorlikda ayblangan mahalliy fuqaro Kurosh Keyvaniga nisbatan chiqarilgan oʻlim hukmini ijro etdi.

Jahon

19.03.2026, 08:54

Qozogʻistonda saygʻoqlar ommaviy halok boʻlmoqda

Temir yoʻllar va avtomagistrallar hayvonlar harakati uchun jiddiy toʻsiq boʻlib, har yili yuzlab jonivorlar ularni kesib oʻtishga urinish vaqtida halok boʻlmoqda.

Jahon

19.03.2026, 08:43

AQSh sudi “Amerika Ovozi” faoliyatini tiklashga qaror qildi

AQSh maʼmuriyati “Amerika Ovozi” xalqaro radiokompaniyasi faoliyatini qayta tiklashi kerak. Bu haqda 17 mart kuni federal sudya Roys Lambers qaror chiqardi.

Jahon

18.03.2026, 18:56

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda

Jahonda raqamli barqarorlik jiddiy xavf ostida qolmoqda. Rasmiy Tehron bayonotlari va razvedka manbalariga koʻra, agar Fors koʻrfazi mamlakatlari AQSh bilan harbiy hamkorlikni toʻxtatmasa, Eron suvosti internet kabellarini yoʻq qilish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda.

Fan-texnologiya

18.03.2026, 14:45

Trampning yuziga “tarsaki” tushirgan mulozim ishdan boʻshadi

AQSh prezidenti Donald Tramp maʼmuriyatidagi yuqori martabali razvedka mulozimi – Terrorizmga qarshi kurash boʻyicha milliy markaz direktori Jo Kent Oq uyning Eronga qarshi urushiga norozilik bildirib,  isteʼfo berdi.

Jahon

18.03.2026, 14:17