Oʻzbek jamoatchiligi yana yutqazdi. Chorvoqda kurort loyihasi ekspertizadan oʻtdimi?

Oʻzbek jamoatchiligi va ekologlari qarshi chiqqan Chorvoqdagi Eming Agalarovning See Breeze kurort loyihasi quriladigan boʻldi. Hukumat Chorvoqdagi 577 gektar yer maydonini 5 mlrd AQSh dollar evaziga ushbu kurort majmuasini barpo qilish sharti bilan “See Breeze Uzbekistan” MChJ ga 25 yilga toʻgʻridan-toʻgʻri ijaraga berish sharti bilan Vazirlar Mahkamasi 490-sonli qarorini eʼlon qildi.

Ulashish:

Oʻzbek jamoatchiligi yana yutqazdi. Chorvoqda kurort loyihasi ekspertizadan oʻtdimi?

Ushbu qarorga Bosh vazir Abdulla Aripov qoʻl qoʻygan va qaror 2 avgustdan kuchga kirgan.

 

Unga koʻra, ushbu loyihani amalga oshishini taʼminlash ishchi guruhga 6 ta vazirlik va boshqa tashkilotlar qoʻshilgan.

 

Loyihaning bosh rejasini tezkor va sifatli ishlab chiqish uchun Britaniyaning “Scott Brownrigg” kompaniyasi jalb etilgan. Bu kompaniya Agarlarovlar uchun begona emasligi uning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalaridan maʼlum. Chunki See Breezening koʻplab loyihalari va Emin Agalarovning oʻziga ushbu kompaniya nomidan obuna boʻlingan. Yaʼni ijtimoiy tarmoqlar Britaniyadagi ushbu korxona bu oilaga begona emasligini koʻrsatmoqda.

 

Toshkent viloyati hokimligi Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda qarorning ilovasida koʻrsatilgan yer uchastkalariga boʻlgan mulk huquqi, ijara va foydalanish huquqini bosqichma-bosqich bekor qilishni, keyinchalik mazkur hududlarni boʻsh yerlar sifatida hisobga olishni taʼminlash topshirildi.

 

Yer toifasi oʻzgartirilib, hokimlik hisobiga oʻtkaziladi. Keyinchalik yerlar boʻsh turgan yerlar hisobiga olingan qismlar “See Breeze Uzbkistan” MChJga ijara muddatini uzaytirish boʻyicha ustuvor huquqi bilan 25 yilga toʻgʻridan-toʻgʻri ijaraga beriladi.

 

Soʻngra, ijaraga olish huquqini baholovchi tashkilot tomonidan aniqlangan bozor qiymati – 1,7 trln soʻmga, 0,01 kamaytiruvchi koeffsent qoʻllangan holda yakuniy 17 mlrd soʻm mablagʻdagi miqdorni 5 yil ichida boʻlib toʻlash majburiyatini oladi.

 

Qarorda esa, bu narxni qaysi tashkilot chiqargani haqida birorta soʻz yoʻq. Yaʼni tashkilot nomi ochiqlanmagan.

 

Shuningdek, qarorga koʻra, Investitsiya va sanoat vazirligi, Toshkent viloyati hokimligi hamda “Chorvoq” turistik-rekratsion zonasi direksiyasi asosida ikki kun ichida investitsiya bitimi imzolanishi kerak.

 

Qarorda aytilishicha, ekologik talablarga qatʼiy rioya etish, jumladan, Chorvoq suv ombori va Chirchiq daryosiga chiqindi va oqova suvlar tashlanishiga yoʻl qoʻymaslik, shuningdek, oqova suvlarni Chirchiq shahri oqova suvlarni tozalash inshootlariga yoʻnaltirishni nazarda tutadi. Ushbu shartlarning buzilishi loyihani toʻxtatish va yer ijarasini bekor qilish uchun asos boʻladi.

 

Loyiha doirasida esa, investorga yaʼni Emin Agalarovga quyidagi huquqlar beriladi:

  •   tarmoq rejalari va manzilli dasturlarni ishlab chiqish;
  •   istisno tariqasida, loyihani amalga oshirish doirasida 2029 yil 31 dekabrga qadar qurilish-montaj ishlarini loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish bilan bir vaqtda amalga oshirish;
  •     hududiy rejalashtirish va qurilish loyihalariga qoʻyiladigan talablarni mustaqil ravishda belgilashi va tasdiqlash;
  •     kommunal boshqarish, investitsiya faoliyati, marketing, baholash, geologiya-qidiruv, topografik suratga olish, bino va inshootlarning texnik holatini tekshirish xizmatlarini koʻrsatish;
  •    Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda kurort hududidagi kommunal xizmatlar tariflarini belgilash;
  •    kurortni qurish jarayonida investorlarga shartnoma asosida xizmat koʻrsatish, sanitariya-gigiyena, muhandislik-kommunikatsiya xizmatlari koʻrsatish, shuningdek, ularni transport infratuzilmasi va yordamchi inshootlar bilan taʼminlash;
  •   yer uchastkalarini bosh reja asosida va har bir lot boʻyicha huquq va majburiyatlarni Yer kodeksi talablari doirasida notarial tasdiqlangan holda oʻtkazish (qoʻshimcha ijaraga berish).

Sea Breeze Uzbekistan, shuningdek:

  •  yetakchi loyiha tashkilotlari bilan birgalikda xalqaro tajriba va ekologik talablardan kelib chiqqan holda bosh reja va boshqa hujjatlarni ishlab chiqadi;
  • investorlarni saralash va ular bilan muzokaralar olib borish, shartnomalar tuzish hamda investitsiya va ijtimoiy majburiyatlarning bajarilishini nazorat qiladi;
  •  kurort hududida loyiha-qidiruv, qurilish-montaj ishlarini olib borishda individual texnik shartlarga rioya qilish toʻgʻrisida shartnomalar tuzadi va ularning bajarilishini nazorat qiladi;
  • zamonaviy turar-joy majmualari qurilishiga katta tajribaga ega mahalliy va xorijiy kompaniyalarni jalb etadi, ularga zamonaviy usullar, energiya tejamkor texnologiyalar va qurilish materiallarini qoʻllash boʻyicha majburiy koʻrsatmalar beradi;

    Oʻzbekistonda va xorijda keng koʻlamli reklama kampaniyasini tashkil etadi;

  • muhandislik va transport tarmoqlarini rivojlantirish uchun infratuzilma toʻlovlarini toʻlaydi.

 

Toshkent viloyati hokimligi esa, See Breeze Uzbekistan kompaniyasi bilan birgalikda belgilangan yer uchastkalariga nisbatan yerga boʻlgan huquqlarini bekor qilish hamda boʻsh yerlar sifatida hokimlik balansiga oʻtkazishi va keyinroq ushbu kompaniyaga ijaraga berish uchun tayyorlash kerak.

 

Bunda yer egalari (yaʼni hokimlik), yerdan foydalanuvchilar va yer ijarachilariga yetkazilgan zarar Toshkent viloyati mahalliy byudjetiga “See Breeze Uzbekistan” MChJ tomonidan ajratiladigan 5 mln AQSh dollar qonunda taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobidan qoplanadi.

 

Qonunga koʻra, barcha ijarachilar yoki yordamchi ijarachilar qurilish hajmiga mutanosib ravishda qurilayotgan maydonning har kvadrat metri uchun 50 dollar miqdorida infratuzilma toʻlovini toʻlashlari shart.

 

Mablagʻlar “Chorvoq” turistik-rekreatsion zonasi direksiyasining shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga obʼektlar ishga tushirilgunga qadar oʻtkazib boriladi.

 

Mazkur dollarlar evaziga direksiya besh yil davomida qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining oʻrnini qoplashi kerak.

Shuningdek, Togʻli va olis hududlarda turistik infratuzilmani rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari ijtimoiy soha obʼektlarini, kommunal tarmoqlarni, yoʻllarni loyihalash va qurish, sugʻorish va malakali mutaxassislarni jalb qilish uchun ishlatilishi mumkin (bosh rejada koʻrsatilgan yerosti avtoturargohlar, texnik binolar va davlat ijtimoiy obʼektlari bundan mustasno).

 

Ikki hafta ichida Sea Breeze Uzbekistan “Chorvoq” turistik-rekreatsion zonasi ishtirokchisi sifatida rasmiy maqomini olishi kutilmoqda (ularga erkin iqtisodiy zonalar ishtirokchisi sifatida imtiyoz va preferensiyalar taqdim etilgan).

Loyiha hududida joylashgan hamda jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli boʻlgan koʻchmas mulk obʼektlari (qishloq va oʻrmon xoʻjaligi hududlari bundan mustasno) Sea Breeze Uzbekistan kompaniyasi tomonidan ularning egalari bilan kelishilgan holda sotib olinadi.

Qoʻshimcha investorlarni jalb qilishga ham ruxsat beriladi.

 

Ekologiya vazirligiga Bosh prokuratura bilan birgalikda quyidagilar ham topshirildi:

  •       Chorvoq suv ombori va uning muhofaza zonasi suvlariga maishiy, ishlab chiqarish chiqindilari va oqova suvlar oqizilishining oldini olish ustidan doimiy va kompleks nazoratni taʼminlash;
  •      atrof-muhit ifloslanishining oldini olish, sanitariya va ekologik meʼyorlarga rioya qilish va sogʻlom ekologik muhitni saqlash boʻyicha “qatʼiy choralar” koʻrish;
  •     barcha binolarni, shu jumladan, yangilarini xatlovdan oʻtkazish, ekologik meʼyorlarni buzgan obʼektlarni bartaraf etish va aybdor shaxslarga nisbatan qonuniy choralar koʻrish.

 

Ekologiya vazirligi va Sea Breeze Uzbekistan bir oy muddatda loyiha hududidagi daraxtlarni xatlovdan oʻtkazishi, soʻng ularni qimmatbaho, kam qimmatli va nobud boʻlgan toifalarga ajratishi kerak.

 

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri Aziz Abduhakimov See Brezze Uzbekistan loyihasi hali vazirlikka taqdim etilmagani agar taqdim etila barcha ekologik holatlar aniqlanishi hamda mazkur loyiha jamoatchilik muhokamasiga qoʻyilishini aytgan edi.

 

Koʻrib turganimizdek, loyiha jamoatchilik muhokamasiga qoʻyilmadi yoki jamoatchilik fikri inobatga olinmadi.

 

Kecha, 3 avgust kuni Ekologiya vazirligi See Brezze Uzbekistan loyihasi boʻyicha bayonot bilan chiqdi.

Bayonotga koʻra, vazirlik oʻz vakolatlari doirasida loyihaning atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi qonunchilik normalariga rioya etilishi, ekologik shartlarga amal qilinishi, atmosferaning ifloslanishi, tabiiy resurslardan samarasiz foydalanish, fuqarolar hayoti va salomatligiga tahdid solishi mumkin boʻlgan omillarni aniqlash boʻyicha doimiy nazoratni amalga oshiradi.

 

Eslatib oʻtamiz, avvalroq PARADIGMA.UZʼning “Mulk va meros” podkastida Chorvoqdagi kurort loyiha va uning xavflari haqida professor Zarifboy Ibodullayev bilan suhbatlashgan edik. 

So‘nggi yangiliklar

Ali Xominaiy halok boʻldi: Eronda motam, rasmiy Tehron qasos haqida ogohlantirdi

Eronning oliy rahbari, 86 yoshli oyatulloh Ali Xominaiy 28 fevral kuni Tehrondagi qarorgohiga berilgan zarbalar oqibatida vafot etdi.

Jahon

01.03.2026, 08:32

SI strategiyasi: urush vaziyatida sunʼiy intellekt 95 % hollarda yadro qurolidan foydalanishi mumkin

Taxminiy maʼlumotlarga koʻra, insoniyat tarixida 12 mingdan ortiq urush boʻlgan va ularning barchasini insonlar boshlab, davom ettirgan.

Fan-texnologiya

28.02.2026, 13:12

Isroil Eronga harbiy zarba berdi

28 fevral, shanba kuni ertalab Isroil Eron hududiga nisbatan harbiy amaliyot boshladi.

Jahon

28.02.2026, 12:40

AQSh xodimlariga Isroilni tark etishga ruxsat berildi

27 fevral kuni AQSh Davlat departamenti xavfsizlik xatarlari ortishi tufayli Isroildagi favqulodda boʻlmagan xodimlari va ularning oilalariga mamlakatni tark etishga ruxsat berdi.

Jahon

28.02.2026, 10:03

YHQ qoidalarini buzganlik boʻyicha jarima xatlarini yetkazib berish xizmati toʻxtatiladi

Endilikda ushbu jarayon toʻliq raqamli formatga oʻtkaziladi.

Oʻzbekiston

28.02.2026, 09:44

10-sinf oʻquvchisi BMWda urib ketgan YPX inspektori vafot etdi

Toshkent shahrida yoʻl-transport hodisasi oqibatida ogʻir tan jarohatlari olgan yoʻl-patrul xizmati inspektori vafot etdi.

Oʻzbekiston

27.02.2026, 18:25

Pokiston va Afgʻoniston mojarosi urushga aylandi

Toʻqnashuvlar olti viloyatni qamrab olgan. Tomonlar artilleriya va pulemyotlardan foydalanmoqda, quruqlikdagi boʻlinmalar esa bir-birining hududiga kirgani aytilmoqda.

Jahon

27.02.2026, 15:35

Rossiyada muzlab qolgan itga yordam bergan kurer ishdan boʻshatildi

Rossiyaning Chelyabinsk viloyatida -20 daraja sovuqda muzlab qolgan, Dodobonya laqabli uysiz itni adyol bilan oʻrab qoʻygan pitsa yetkazib beruvchi kurer ishdan boʻshatildi.

Jahon

27.02.2026, 12:34

Qozogʻistonda osh markazida portlash: 7 kishi halok boʻldi

Qozogʻistonning Oqmoʻla viloyatida 27 fevralga oʻtar kechasi osh markazida gaz portlashi sodir boʻldi. Oqibatda 7 kishi halok boʻldi. 

Jahon

27.02.2026, 12:22

28 fevral kuni noyob astronomik hodisaga guvoh boʻlamiz

28 fevral kuni Quyosh ufqqa botgandan soʻng osmonda noyob manzara — 6 ta sayyora ishtirokidagi sayyoralar paradini kuzatish mumkin boʻladi. Ushbu hodisa 18-20 yilda bir marta sodir boʻladi. 

Fan-texnologiya

27.02.2026, 11:08

1 martdan yangi tartiblar: Oʻzbekistonda qanday oʻzgarishlar kuchga kiradi?

2026 yil 1 martdan mamlakat qonunchiligida qator yangiliklar amalga kiritiladi. Ular raqamlashtirish, biznes, bojxona, qurilish, ijtimoiy soha va ekologiya yoʻnalishlarini qamrab oladi.

Oʻzbekiston

27.02.2026, 10:25

Dunyo mamlakatlari ijtimoiy tarmoqlarga yosh cheklovi qoʻymoqda

“Visual Capitalist” BBC, Reuters va Euro Weekly maʼlumotlariga tayanib, ijtimoiy tarmoqlar uchun yosh cheklovini joriy etgan yoki muhokama qilayotgan 15 mamlakat hamda AQShning 2 shtati haqida xabar berdi.

Jahon

26.02.2026, 15:11