updated: 22.03.2026, 17:01

Oʻzbekiston Afgʻonistonga 15 turdagi 2,7 tonna urugʻlikni yordam sifatida yetkazib berdi

Qishloq xoʻjaligi vazirligining xabar qilishicha, 2024-yil 12-mart, 18-20-mart va 2-6-aprel kunlari Afgʻonistonda Oʻzbekistonning siyosiy va iqtisodiy taʼsirini mustahkamlash, mamlakat mafkuraviy-madaniy maydonida oʻzbek omilini kuchaytirish, keng afgʻon jamoatchiligi orasida respublikamizga nisbatan ijobiy munosabat va xayrixohlik muhitini shakllantirish maqsadida Oʻzbekiston delegatsiyalarining Afgʻonistonga xizmat safarlari amalga oshirilgan.

Ulashish:

Oʻzbekiston Afgʻonistonga 15 turdagi 2,7 tonna urugʻlikni yordam sifatida yetkazib berdi. Foto Qishloq xo'jaligi vazirligi

Oʻzbekiston Afgʻonistonga 15 turdagi 2,7 tonna urugʻlikni yordam sifatida yetkazib berdi

Tashriflar doirasida qishloq xoʻjaligi sohasida hamkorlikni kengaytirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda Afgʻoniston Qishloq xoʻjaligi, irrigatsiya va chorvachilik vazirligi bilan bir qator kelishuvlarga amalga oshirilgani aytilmoqda.

Shuningdek, Afgʻoniston hududi turli tuproq-iqlim sharoitlarida qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻliklarni ekib, sinab koʻrish maqsadida Termiz shahridagi "Ayritom" xalqaro chegara oʻtkazish punkti "Hayraton – Mozori Sharif" temir yoʻli orqali 15 turdagi ekinlarning 35 xildagi seleksiya navlaridan iborat 2,7 tonna urugʻliklari tuhfa qilingan.

Qayd etilishicha, urugʻlik  Afgʻoniston Qishloq xoʻjaligi, irrigatsiya va chorvachilik vazirligi Ilmiy tadqiqotlar bosh boshqarmasi boshligʻi doktor Muhammad Rafi Bavari tomonidan qabul qilib olingan.

«Aytish kerak, bugun Afgʻoniston qishloq xoʻjaligi ancha ortda qolgan, buni birgina chigit ekish ishlarini qoʻlda bajarilayotgani misolida koʻrish mumkin. Oʻzbekiston va Afgʻoniston tarixida ilk bor kuzatilayotgan bu hamkorlik, Oʻzbekiston hududida yaratilgan navlarning agrotexnologiyalarini oʻrgatish, paxtachilik yoʻnalishida erishilgan yutuqlar aynan, paxta, gʻalla, sabzavot yetishtiruvchi masʼul fermerlarni biriktirgan holda afgʻon diyori qishloq xoʻjaligini rivojlantirishga koʻmaklashishga qaratilgani bilan ahamiyatli», - deyiladi Qishloq xoʻjaligi vazirligi xabarida.

Oʻzbekiston

17.04.2024, 14:16

Ulashish:

So‘nggi yangiliklar

Erondagi urush fonida aviatashuvlar narxi keskin oshdi

Eron atrofidagi keskinlik va harbiy harakatlar global logistikaga jiddiy taʼsir koʻrsatmoqda. Freightos maʼlumotlariga koʻra, aviatashuvlar qiymati ayrim yoʻnalishlarda 82% gacha oshgan.

Jahon

21.03.2026, 07:18

Hayit kuni Toshkentda jamoat transporti soat 04:00 dan ish boshlaydi

Ramazon hayiti munosabati bilan 20 mart kuni Toshkent shahrida jamoat transporti - avtobus va metropoliten oʻz ish faoliyatini ertalab soat 04:00 dan boshlaydi. 

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:42

Navroʻz va Hayit arafasida 392 nafar mahbus afv etildi

Oʻzbekiston prezidenti farmoni bilan jazo muddatini oʻtayotgan, qilmishiga pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga oʻtgan 392 nafar shaxs afv etildi.

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:37

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon hayiti munosabati bilan vaqtinchalik otashkesim eʼlon qildi

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon oyi yakunlanishi — Iyd al-Fitr (Roʻza hayiti) munosabati bilan vaqtinchalik oʻt ochishni toʻxtatishga kelishib oldi.

Jahon

19.03.2026, 12:00

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi

Toshkentda joylashgan Islom svilizatsiyasi markazi oʻz faoliyatini boshlamoqda. 2026 yil 18 mart kuni boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida markazga kirish tartibi va narxlar eʼlon qilindi.

Madaniy

19.03.2026, 11:20

Ehson bahonasida terrorizm: IIV ogohlantirish bilan chiqdi

Internetdagi "Sahovatli qoʻllar" va "Murgʻak qalblar" kabi jamgʻarmalar Suriyadagi "Tavhid va jihod" katibasi tashkiloti aʼzosi, qirgʻizistonlik Abdulmuhsin Usmonovga tegishli ekani aniqlandi.

Jahon

19.03.2026, 10:59

Maldiv orollari Isroil fuqarolari uchun yopildi

Maldiv orollari Isroil pasportiga ega fuqarolar uchun kirishni rasman taqiqladi. Shu bilan u bunday cheklov joriy qilgan 13-davlatga aylandi.

Jahon

19.03.2026, 10:17

AQSh Senati Eronning yadroviy tahdidi boʻyicha bayonotlarga shubha bildirdi

AQSh Senatida Eronning yadroviy dasturiga oid bayonotlar atrofida bahslar kuchaydi. Xususan, AQSh Milliy razvedkasi direktori Tulsi Gabbard senatorlar tomonidan tanqidga uchradi.

Jahon

19.03.2026, 09:47

Eron Isroil foydasiga josuslikda ayblangan shaxsni qatl etdi

Eron rasmiylari Isroil razvedka xizmatlari bilan hamkorlikda ayblangan mahalliy fuqaro Kurosh Keyvaniga nisbatan chiqarilgan oʻlim hukmini ijro etdi.

Jahon

19.03.2026, 08:54

Qozogʻistonda saygʻoqlar ommaviy halok boʻlmoqda

Temir yoʻllar va avtomagistrallar hayvonlar harakati uchun jiddiy toʻsiq boʻlib, har yili yuzlab jonivorlar ularni kesib oʻtishga urinish vaqtida halok boʻlmoqda.

Jahon

19.03.2026, 08:43

AQSh sudi “Amerika Ovozi” faoliyatini tiklashga qaror qildi

AQSh maʼmuriyati “Amerika Ovozi” xalqaro radiokompaniyasi faoliyatini qayta tiklashi kerak. Bu haqda 17 mart kuni federal sudya Roys Lambers qaror chiqardi.

Jahon

18.03.2026, 18:56

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda

Jahonda raqamli barqarorlik jiddiy xavf ostida qolmoqda. Rasmiy Tehron bayonotlari va razvedka manbalariga koʻra, agar Fors koʻrfazi mamlakatlari AQSh bilan harbiy hamkorlikni toʻxtatmasa, Eron suvosti internet kabellarini yoʻq qilish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda.

Fan-texnologiya

18.03.2026, 14:45