Oʻzbekiston milliy terma jamoasiga xorijlik murabbiy kerakmi?

Dastlab Yoaxim Lyov terma jamoamizni boshqarishi mumkinligi haqida oʻqidik, soʻngra Slaven Bilich nomzodi paydo boʻldi.

Sport

19.07.2025, 08:51

Ulashish:

Oxirgi paytlarda Oʻzbekiston milliy terma jamoasiga chetdan murabbiy kelishi haqida koʻp gaplar yangrayapti. Championat.asia muxbiri Xayrulla Xoliqov shu mavzuda maqola yozdi. Quyida ushbu maqolani eʼtiboringizga havola qilamiz.

Bugungi axborot asrida biror maʼlumotni bekitish nihoyatda qiyin boʻlib qoldi. Internet sabab koʻp narsani tezroq bilib olyapmiz. Dastlab Yoaxim Lyov terma jamoamizni boshqarishi mumkinligi haqida oʻqidik, soʻngra Slaven Bilich nomzodi paydo boʻldi.

Ikkala mutaxassis ham oʻziga yarasha kuchli va futbol olamida katta obroʻga ega. Masalan, Yoaxim Lyovni olaylik. 65 yoshli murabbiy 2006-2021 yillarda Germaniya milliy terma jamoasini boshqarib, 2008 yil Yevropa chempionatida qatnashgan. Oʻshanda nemislar finalga qadar borib, hal qiluvchi oʻyinda Ispaniyaga 0:1 hisobida yutqazishgandi.

Oradan ikki yil oʻtib Germaniya Lyov qoʻl ostida JARda oʻtkazilgan Jahon chempionatida ishtirok etib, uchinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi. Qizigʻi, Germaniya 1/2 finalda yana Ispaniyaga magʻlub boʻlib, 3-oʻrin uchun bahsda Urugvayni 3:2 hisobida magʻlub etgandi. Soʻngra terma jamoa Yevro-2012da qatnashdi va yana 1/2 finalda Italiyaga yutqazib qoʻyadi.

Lyovning shubhasiz eng katta yutugʻi - 2014 yilgi Jahon chempionatida roʻy bergan. "Nemis mashinasi" oʻsha yil finalda Argentinadan 1:0 hisobida ustun kelib Jahon kubogini qoʻlga kiritgandi. Bu yutuq tabiiyki jamoa bosh murabbiyi uchun ulkan sharaf keltirib, Yoaxim Lyov FIFA tomonidan "Yilning eng yaxshi murabbiyi" deb topiladi.

Oradan ikki yil oʻtib Yevropa chempioni boʻlish maqsadida yoʻlga chiqqan Lyov jamoasini bu safar 1/2 finalda Fransiya toʻxtatib qoladi. 2017 yil oʻtkazilgan Konfederatsiyalar Kubogida esa Germaniya yaxshi oʻyin namoyish etib oltin medallarni qoʻlga kiritadi. Musobaqa finalida Lyov shogirdlari Chilini 1:0 hisobida magʻlub etishgandi.

2018 yil Rossiya mezbonlik qilgan Jahon chempionati Lyov uchun uchinchi mundial boʻldi. Lekin bu musobaqa Germaniya uchun juda omadsiz kechib, terma jamoa guruhdan chiqa olmaydi. Jamoa dastlab Meksikaga 0:1 hisobida imkoniyatni boy bergan. Keyinchalik Shvetsiya 2:1 hisobida magʻlub etilgani bilan guruhdagi uchinchi oʻyinda "nemis mashinasi" kutilmaganda Janubiy Koreyaga 0:2 hisobida yutqazib qoʻyadi. Shu tariqa Germaniya oʻz ishtirokini guruh bosqichida yakunlaydi.

Jahon chempionatidagi muvaffaqiyatsiz ishtirokka qaramay, Yoaxim Lyov terma jamoada qolish istagini bildiradi. Ammo natijalar ha deganda oʻnglanmaydi. Germaniya 2020-21 yilgi UYeFA Millatlar Ligasida Ispaniyaga 0:6 hisobi bilan sharmandali tarzda imkoniyatni boy beradi va 1931 yildan buyon davom etgan antirekordni takrorlaydi. 1931 yil Germaniya oʻz maydonida Avstriyaga 0:6 hisobida yutqazib qoʻygan.

Lyov uchun terma jamoadagi oxirgi ish Yevro-2020 musobaqasi boʻldi. Kovid sabab 2021 yilga koʻchirilgan qitʼa birinchiligida Germaniya Angliyaga yutqazib musobaqani tark etadi va shu bilan Lyovning terma jamoadagi 15 yillik missiyasi tugaydi. Hozirgi paytda ushbu mutaxassis ishsiz.

Endi qisman Slaven Bilichga toʻxtalamiz. 56 yoshli xorvatiyalik mutaxassis 2006-2012 yillarda milliy termaga ustozlik qilgan. Aslida Slaven Bilich murabbiylik faoliyatini 2001 yil oʻzining sevimli klubi "Xayluk Split"da boshlagan. Xorvatiya U-21 terma jamoasidagi ishidan soʻng 2006 yilga kelib milliy terma jamoani boshqarish taklifini qabul qiladi. Oʻshanda JCh-2006dagi muvaffaqiyatsiz ishtirok sabab avvalgi murabbiy Zlatko Kranchar isteʼfoga chiqarilgandi.

Bilich uchun 2008 yilgi Yevropa chempionati terma jamoa rulida birinchi katta musobaqa boʻldi. Uning qoʻl ostida xorvatlar chorak finalda Turkiyaga imkoniyatni boy berib musobaqani tark etadi. Toʻrt yildan soʻng oʻtkazilgan navbatdagi qitʼa birinchiligida Xorvatiya guruhda Irlandiya ustidan zafar quchib, Italiya bilan durang oʻynab, Ispaniyaga magʻlub boʻlgan holda musobaqani guruh bosqichida yakunlaydi. Shunday qilib murabbiyning ham terma jamoadagi olti yillik faoliyatiga yakun yasaladi. 

Keyinchalik Slaven Bilich "Lokomotiv" Moskva (2012-13), "Beshiktosh" (2013-15), "Vest Xem" (2015-17), "Al Ittihod" (Saudiya Arabistoni, 2018-19), "Vest Bromvich" (2019-20), "Beyjing Goan" (2021-22), "Uotford" (2022-23) kabi klublarda faoliyat olib bordi. Murabbiyning oxirgi ish joyi Saudiya Arabistonining "Al Fateh" klubi boʻldi. 2024 yil 16 avgust kuni Bilich va "Al Fateh" oʻrtasidagi shartnomaga yakun yasaldi va shundan beri u ham ishsiz.

 

Bu gap haqiqatmi?

Oʻzbekiston terma jamoasiga xorijdan murabbiy qidirilayotgani rostmi? Internetdagi yangiliklarga qarasak, haqiqatga oʻxshaydi. Lekin OʻFA vakilining aytishicha, bu gaplardan mutlaqo bexabar. Shu oʻrinda agar xorijlik murabbiy kelsa, nimalar oʻzgarishini koʻrib chiqamiz.

Birinchidan, kuchli murabbiy kelishi terma jamoamiz imidjiga juda katta taʼsir qiladi. Faraz qiling, Yoaxim Lyov Oʻzbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu jahon futbol jamoatchiligi uchun ham katta voqea boʻladi. Biz haqimizda nafaqat Osiyo, balki Yevropa gapirishni boshlaydi. Futbolimizga qiziqish ortadi. Futbolchilar ham bunga boshqa nazar bilan qaraydilar. Har holda Yoaxim Lyov - katta shaxs.

Terma jamoamiz kelasi yil Jahon chempionatiga debyutant sifatida boradi. Hozirgi sharoitda bizga nisbatan qanchalik eʼtiborli boʻlishadi, buni bilmaymiz. Har holda yuqori boʻlmasa kerak. Chunki nomdor oʻyinchilarimiz yoʻq. Lekin terma jamoa ruli nomdor murabbiy qoʻlida boʻlsa, tashkilotchilar ham, OAV ham oʻzgacha munosabatda boʻladi. Oʻz paytida Togo terma jamoasi mundialda qatnashganida tarkibda Adebayordan boshqa hech kim boʻlmagani uchun eʼtibor juda kam boʻlgandi.

Terma jamoamizning Jahon chempionatiga chiqishida Srechko Katanets katta hajmdagi ishni bajardi. Keyinchalik Timur Kapadze oxirgi toʻrtta oʻyinda uning ishini muvaffaqiyatli davom ettirdi. Lekin endi yana bir pogʻona yuqoriga qadam tashlash vaqti keldi. Biz Jahon chempionatiga shunchaki ishtirok uchun emas, guruhdan chiqish maqsadida borishimiz kerak va bunga imkoniyatimiz yetarli.

Tarixda ilk bor Jahon chempionati 48ta davlat ishtirokida oʻtkaziladi. Yangi formatdagi Jahon chempionatida jamoalar 4tadan 12 guruhga boʻlinadi. Har bir guruhdan ikkitadan jamoa, shuningdek eng yaxshi koʻrsatkich qayd etgan 8ta 3-oʻrin egalari ham keyingi bosqichga chiqadi. Bu degani biz "muzqaymoq yeyish" uchun bormaymiz.

 

Parijdagi natija

Oʻzbekiston olimpiya terma jamoasi avvalgi yil Olimpiadaga chiqishni ajoyib tarzda uddaladi. Lekin Parijda oʻtgan Olimpiya oʻyinlarida futbolchilarimiz biz kutgan oʻyinni namoyish qila olishmadi. Gap Ispaniya va Misrdan yengilib, Dominikan Respublikasi bilan durang oʻynaganimizda emas. Gap bir ochko bilan guruhda oxirgi oʻrinni olganimizda ham emas. Gap oradagi tafovutda, biz Osiyo chempionatida boshqacha jamoa edik. Ammo Parijda bu terma jamoa negadir oʻzgarib qoldi. Umuman oʻz oʻyinimizni namoyish eta olmadik.

Bu nimadan darak beradi? Terma jamoamizning kuchi haminqadar darajaga yetib, keyingi pogʻonaga chiqishda oqsoqlanyapmiz. Balki xorijlik kuchli murabbiy hozirgi darajamizdan bitta tepaga koʻtarar. Chunki Jahon chempionatida guruhdan chiqish uchun bemalol kurashsak boʻladi. Hatto uchinchi oʻrinni olgan 8ta jamoa keyingi bosqichga chiqqanidan keyin nega endi kurashmasligimiz kerak?

 

Xulosa oʻrnida

Terma jamoamizning hozirgi bosh murabbiyi Timur Kapadze avvalgi intervyularidan birida shartnomam kuzda tugaydi, undan keyin nima boʻlishini bilmayman degandi. Odatda koʻp federatsiyalar murabbiy vazifani bajarishi bilanoq yangi shartnoma taklif qilishadi. Lekin OʻFA bunday qilishga shoshilmayapti va boshqa rejasi borga oʻxshaydi. Kapadzega haligacha yangi shartnoma taklif qilinmagani OʻFA boshqa murabbiy qidirayotganini anglatadimi? Shunday boʻlishi ham mumkin.

Sport

19.07.2025, 08:51

Ulashish:

So‘nggi yangiliklar

Ali Xominaiy halok boʻldi: Eronda motam, rasmiy Tehron qasos haqida ogohlantirdi

Eronning oliy rahbari, 86 yoshli oyatulloh Ali Xominaiy 28 fevral kuni Tehrondagi qarorgohiga berilgan zarbalar oqibatida vafot etdi.

Jahon

01.03.2026, 08:32

SI strategiyasi: urush vaziyatida sunʼiy intellekt 95 % hollarda yadro qurolidan foydalanishi mumkin

Taxminiy maʼlumotlarga koʻra, insoniyat tarixida 12 mingdan ortiq urush boʻlgan va ularning barchasini insonlar boshlab, davom ettirgan.

Fan-texnologiya

28.02.2026, 13:12

Isroil Eronga harbiy zarba berdi

28 fevral, shanba kuni ertalab Isroil Eron hududiga nisbatan harbiy amaliyot boshladi.

Jahon

28.02.2026, 12:40

AQSh xodimlariga Isroilni tark etishga ruxsat berildi

27 fevral kuni AQSh Davlat departamenti xavfsizlik xatarlari ortishi tufayli Isroildagi favqulodda boʻlmagan xodimlari va ularning oilalariga mamlakatni tark etishga ruxsat berdi.

Jahon

28.02.2026, 10:03

YHQ qoidalarini buzganlik boʻyicha jarima xatlarini yetkazib berish xizmati toʻxtatiladi

Endilikda ushbu jarayon toʻliq raqamli formatga oʻtkaziladi.

Oʻzbekiston

28.02.2026, 09:44

10-sinf oʻquvchisi BMWda urib ketgan YPX inspektori vafot etdi

Toshkent shahrida yoʻl-transport hodisasi oqibatida ogʻir tan jarohatlari olgan yoʻl-patrul xizmati inspektori vafot etdi.

Oʻzbekiston

27.02.2026, 18:25

Pokiston va Afgʻoniston mojarosi urushga aylandi

Toʻqnashuvlar olti viloyatni qamrab olgan. Tomonlar artilleriya va pulemyotlardan foydalanmoqda, quruqlikdagi boʻlinmalar esa bir-birining hududiga kirgani aytilmoqda.

Jahon

27.02.2026, 15:35

Rossiyada muzlab qolgan itga yordam bergan kurer ishdan boʻshatildi

Rossiyaning Chelyabinsk viloyatida -20 daraja sovuqda muzlab qolgan, Dodobonya laqabli uysiz itni adyol bilan oʻrab qoʻygan pitsa yetkazib beruvchi kurer ishdan boʻshatildi.

Jahon

27.02.2026, 12:34

Qozogʻistonda osh markazida portlash: 7 kishi halok boʻldi

Qozogʻistonning Oqmoʻla viloyatida 27 fevralga oʻtar kechasi osh markazida gaz portlashi sodir boʻldi. Oqibatda 7 kishi halok boʻldi. 

Jahon

27.02.2026, 12:22

28 fevral kuni noyob astronomik hodisaga guvoh boʻlamiz

28 fevral kuni Quyosh ufqqa botgandan soʻng osmonda noyob manzara — 6 ta sayyora ishtirokidagi sayyoralar paradini kuzatish mumkin boʻladi. Ushbu hodisa 18-20 yilda bir marta sodir boʻladi. 

Fan-texnologiya

27.02.2026, 11:08

1 martdan yangi tartiblar: Oʻzbekistonda qanday oʻzgarishlar kuchga kiradi?

2026 yil 1 martdan mamlakat qonunchiligida qator yangiliklar amalga kiritiladi. Ular raqamlashtirish, biznes, bojxona, qurilish, ijtimoiy soha va ekologiya yoʻnalishlarini qamrab oladi.

Oʻzbekiston

27.02.2026, 10:25

Dunyo mamlakatlari ijtimoiy tarmoqlarga yosh cheklovi qoʻymoqda

“Visual Capitalist” BBC, Reuters va Euro Weekly maʼlumotlariga tayanib, ijtimoiy tarmoqlar uchun yosh cheklovini joriy etgan yoki muhokama qilayotgan 15 mamlakat hamda AQShning 2 shtati haqida xabar berdi.

Jahon

26.02.2026, 15:11