updated: 22.03.2026, 16:54

200 kVt limit: Jamoatchilik munosabati va tarmoqlardagi chiqishlar

1-maydan boshlab aholi uchun elektr energiyasi va tabiiy gaz to‘lovlari oshirilib, ijtimoiy limitlar joriy qilingan edi. Oyiga 200 kVt soatdan ziyod ishlatilgan elektr uchun yana qo‘shimcha 50 foiz narx belgilanishi ko‘pchilikning noroziligini keltirib chiqarmoqda.

Ulashish:

Avvallari oddiy aholi 201 kVt/soat elektr ishlatib 59 295 so‘m to‘lagan bo‘lsa, 1-maydan boshlab 180 900 so‘m to‘lab kelmoqda. Bu borada may oyining boshida ham fuqarolarning fikrini o‘rgangan edik. O‘shanda ba’zilar narx oshganligidan bexabarligini aytsa, yana ba’zilar butun dunyoda oshayotganligi sabab bunga tabiiy jarayon sifatida qaragandi.

Hozirga kelib esa masala jamoatchilik orasida qizg‘in muhokama qilinmoqda, xususan Facebook va Instagram’da limitni bekor qilishni so‘rab hatto chellenjlar boshlanib ketgan. Turli jamoatchilik faollari ham masalaga munosabat bildirishmoqda.

Jurnalist-bloger Fotima Jo‘rayevaning 1 kilogramm ko‘mirdan 8 kilovatt elektr ishlab chiqarilishi va u davlatga 53 so‘mga tushishi haqidagi gaplari jamoatchilik orasida turli izohlarga sabab bo‘lmoqda. Shuningdek, bloger Qirg‘iziston va Qozog‘istondagi elektr narxlari haqida ham gapirdi. Yana ko‘plab fuqarolar o‘z noroziligini ijtimoiy tarmoqlar orqali bildirmoqda.

Paradigma.uz jamoasi ham masala yuzasidan navbatdagi ijtimoiy so‘rovni o‘tkazdi.

2 hafta oldin Hududiy elektr tarmoqlari vakili matbuotga tarmoqlarda tarqalayotgan e’tirozlar o‘rinsiz ekanligini bildirgan edi.

Shunga qaramay masala yuzasidan fuqaro Mardon Subhonov tomonidan Vazirlar mahkamasining limitlarni joriy etish haqidagi 2024-yil 16-aprelda qabul qilingan  “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 204-sonli qarori ustidan sudga ariza kiritilgandi, ammo arizani ko‘rib chiqish sud tomonidan rad etildi.

O‘tgan yilning dekabr oyida Energetika vaziri Jo‘rabek Maxmudov joriy 2024-yilda ichki ehtiyoj 100 foiz qoplanishi haqida gapirgan edi.

Oʻzbekiston

05.08.2024, 17:46

Ulashish:

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →

So'nggi yangiliklar

Yevropa Ittifoqi G‘azo uchun 1 milliard dollarlik yordam dasturini ishga tushirdi

Yevropa Ittifoqining G‘azodagi tiklanish ishlarini jadallashtirish uchun boshlagan loyihasi 15 ta xalqaro hamkor ishtirokida amalga oshirilmoqda. 

Jahon

13.07.2026, 18:03

Endi Jahon chempionatida 64 ta jamoa ishtirok etadimi?

FIFA prezidenti Janni Infantino 64 jamoalik format muhokama qilinishini ma'lum qildi.

Sport

13.07.2026, 16:12

Yadrosizlanishni AQSh ittifoqchilaridan boshlash kerak — Shimoliy Koreya

Pxenyan NATOni Osiyo-Tinch okeani mintaqasida qarama-qarshilikni kuchaytirayotganlikda aybladi.

Siyosat

11.07.2026, 14:27

AQSh butun Eronni yo‘q qilishga tayyor – Tramp

Vashingtonga Eron Trampga suiqasd qilish rejalarini ishlab chiqqani haqida razvedka ma’lumotlari yetkazilgan. Tramp o‘ziga suiqasd uyushtirilsa, qaqshatqich javob tayyorlab qo‘yganini ma’lum qildi.

Jahon

11.07.2026, 11:14

OpenAI yangi ChatGPT Work agentini namoyish qildi

Anthropic bilan kuchli raqobatga kirishgan OpenAI uzoq kutilgan "super ilova"sini taqdim etdi.

Fan-texnologiya

10.07.2026, 18:30

«Сунъий интеллект мустақил киберҳужум уюштирди: тарихда илк бор

Sun’iy intellekt mustaqil ravishda kiberhujum uyushtirdi

Sun’iy intellekt tarixda ilk bor kiberhujum uyushtirdi. U inson ishtirokisiz serverga kirib ma’lumotlarni shifrlab tovon ham talab qilgan.

Fan-texnologiya

10.07.2026, 14:43

Turkiy davlatlar iqtisodiyoti 673,6 milliard dollarga yetdi

Turkiy davlatlar tashkiloti e’lon qilgan "Turk iqtisodiy sharhi" hisobotida iqtisodiy o‘sish, savdo aylanmasi va sanoat ko‘rsatkichlari tahlil qilindi. 

Iqtisodiyot

10.07.2026, 11:34

NATOning Anqara sammiti: Eron va Ukraina bo‘yicha qarorlar

Ukrainaga 70 mlrd yevrolik yordam, Turkiyaga oid sanksiyaning bekor qilinishi, Eron va Grenlandiya masalasi — NATOning Anqara sammitidagi  muhim voqealar tafsiloti.

Jahon

10.07.2026, 10:46

Qozog‘istonda davlat bayrog‘i tushirilgan buyumlar taqiqlandi

Hukumat tomonidan tasdiqlangan o‘zgartirishlarga ko‘ra, davlat bayrog‘ini kiyim-kechak, reklama yoki maishiy buyum sifatida ishlatishga ruxsat berilmaydi.  

Jahon

10.07.2026, 10:12

Ukrainada “Patriot” tutib oluvchilari ishlab chiqarishga ruxsat beriladi — Tramp

“Biz sizga “Patriot”larni ishlab chiqarish uchun litsenziya bermoqchimiz. Bu juda zo‘r”, dedi Tramp Zelenskiy bilan uchrashuvda.

Jahon

09.07.2026, 16:34

Yevropa parlamenti deputatlari FIFA rahbariyatiga nisbatan tekshiruv o‘tkazishni talab qildi

Deputatlar fikricha, turnir davomida qizil kartochka bo‘yicha qoidani o‘zgartirish qarori Trampning Infantino bilan telefon muloqotidan so‘ng qabul qilingan. 

Sport

09.07.2026, 16:07

Tramp Suriyani terrorizmga homiylik qiluvchi davlatlar ro‘yxatidan chiqarmoqda

Trampning bu qarori yillar davomida  sanksiyalar ostida qolgan Suriyaning xalqaro maydondagi mavqeyini tubdan o‘zgartirishi  mumkin.

Jahon

09.07.2026, 12:38

“ANORBANK” jarimaga tortildi

Aksiya doirasidagi reklamasida bir nechta muhim ma’lumotlarni yashirib, Reklama qonunchiligini buzgani uchun “Anorbank”ka nisbatan jarima qo‘llanildi.

Oʻzbekiston

09.07.2026, 11:06

Ona qornidagi chaqaloqni “loyihalash” davri boshlanmoqdami?

Kelajakda farzandingizning aqliy salohiyati, bo‘yi yoki hatto ko‘z rangini oldindan tanlash imkoni paydo bo‘lishi mumkin.

Fan-texnologiya

08.07.2026, 16:44

Abituriyentlar uchun ruxsatnomalar berish boshlandi

Ruxsatnomani my.gov.uz platformasidagi "Abituriyentni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish" xizmatidan foydalanib  yuklab olish mumkin.

Ta'lim

08.07.2026, 10:57

Eron va AQSH bir-biriga zarba berdi

Mazkur zarba almashishlar o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha vaqtinchalik kelishuv amalda qolayotgan bir paytda yuz berdi.

Jahon

08.07.2026, 10:21

Hindlardan nimani o'rganishimiz kerak?

Hindistonda hindi, bengal, telugu, marati, tamil kabi o'nlab til va shevalar amalda qo'llaniladi. Shunga qaramay, kitob bozorida sotilayotgan eng ommabop nashrlarning aksariyati aynan ingliz tilida chop etilgan. Nega?

Madaniy

07.07.2026, 15:48

Lotin alifbosini yangilash bo‘yicha qonun Senatga yuborildi

“Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartirish kiritish haqida”gi qonun loyihasi Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan qabul qilindi va Senatga yuborildi.

Oʻzbekiston

07.07.2026, 12:44

Vashington shtatining Sietl shahrida “O‘zbek mahallasi” tashkil etildi

Bugungi kunda Vashington shtatida 3 mingdan ortiq O‘zbekiston fuqarolari va kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan vatandoshlar yashaydi.

Jahon

07.07.2026, 12:18

Xitoy Tinch okeaniga ballistik raketa uchirdi

Sinov tariqasida uchirilgan bu raketa Xitoy qirg‘oqlaridan turib AQSHga yetib bora oladi. 

Jahon

07.07.2026, 11:10

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →