Cookie Settings

We use cookies to improve your experience.

updated: 22.03.2026, 17:26

9-qavatdan sakrab oʻz joniga qasd qilmoqchi boʻlgan qizning hayotini saqlab qolindi

Qiz FVV xodimlari koʻmagida arqon orqali tomdagi xavfsiz joyga chiqarib olingan.

Ulashish:

9-qavatdan sakrab oʻz joniga qasd qilmoqchi boʻlgan qizning hayotini saqlab qolindi

Toshkentning Yakkasaroy tumanida koʻp qavatli uy tomidan oʻzini tashlamoqchi boʻlgan oʻsmir qiz qutqarib qolindi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, voyaga yetmagan shaxs koʻp qavatli uylardan birining tom qismiga chiqib, pastga oʻzini tashlamoqchi boʻlgan. Bu holatga guvoh boʻlgan fuqarolardan biri mahalla hududidagi «Tashvish tugmasi»ni bosib, Ichki ishlar organlari Qutqaruv xizmati navbatchilik qismini xabardor qilgan. Mahalla profilaktika inspektoriga ham voqeadan xabar topgan.

Zudlik bilan voqea joyiga yetib borgan mahalla profilaktika inspektori tomga chiqqan. Bu vaqtda pastda jamoat tartibini saqlash bilan shugʻullanayotgan ichki ishlar xodimlari ham vaziyatni nazorat qilgan.

«Voqea joyiga yetib borganimizda, yoshi taxminan 15 larda boʻlgan voyaga yetmagan qiz oʻz joniga qasd qilish maqsadida binoning 9-qavatiga chiqqan edi», — deydi «Damariq» MFY profilaktika inspektori Sanjar Bekmurodov.

U 9-qavatdagi boshqa xonadonlardan birining balkoni orqali, oʻz joniga qasd qilish niyatidagi qizga yaqinlashgan. Qiz nihoyatda agressiv va stress holatida boʻlgani sababli, profilaktik suhbatlar olib borilgan. Uning yonigacha borib olish jarayoni 25−30 daqiqa davom etgan.

«Voyaga yetmagan singlimizni 10−15 daqiqa davomida bor kuchim bilan ushlab turgan vaqtimda, u menga jiddiy qarshilik koʻrsatdi. Ammo oʻzimni qoʻlga olgan holatda uni ushlab turishga muvaffaq boʻldim», — dedi profilaktika inspektori.

Qiz FVV xodimlari koʻmagida arqon orqali tomdagi xavfsiz joyga chiqarib olingan. Shundan soʻng, fuqaro va voyaga yetmagan qiz tibbiy koʻrikdan oʻtkazilgan, mutaxassislar tomonidan psixologik suhbatlar olib borilgan.

Oʻzbekiston

24.07.2025, 12:14

Ulashish:

Mavzuga oid yangiliklar

Toshkentda ayol ikki oʻgʻli va oʻzini koʻp qavatli uydan tashlab yubordi

Ayol shifoxonada vafot etgan. 1 va 3 yoshli bolalarning hayoti esa saqlab qolingan. Bosh prokuraturaga koʻra, voqeaga er-xotin oʻrtasidagi rashk tufayli kelib chiqqan kelishmovchilik sabab boʻlgan. 

Oʻzbekiston

19.09.2025, 11:02

Allamjonovga suiqasd qilganlarga hukm oʻqildi

Allamjonovga suiqasd qilganlarga hukm oʻqildi

Bugun, 12 fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudida Komil Allamjonovga uyushtirilgan suiqasdga oid jinoyat ishi doirasida 10 nafar shaxsga nisbatan sud jarayoni yakunlanib, sud hukmi eʼlon qilindi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Abidov maʼlum qildi.

Oʻzbekiston

12.02.2025, 12:14

Qashqadaryoda maktab oʻquvchisi oʻzini 16-qavatdan tashlab yubordi

Qashqadaryoda maktab oʻquvchisi oʻzini 16-qavatdan tashlab yubordi

Joriy yilning 7 fevral kuni Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida 11-sinfda oʻqiyotgan maktab oʻquvchisi 16-qavatdan oʻzini tashlab yuborishi oqibatida halok boʻldi. Bu haqda PARADIGMA.UZ'ga Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov maʼlum qildi.

Oʻzbekiston

10.02.2025, 16:08

Trampga yana suiqasd uyushtirilishi mumkin — OAV

Donald Trampga yana suiqasd uyushtirilishi mumkin — OAV

Amerikalik jurnalist sobiq prezident Donald Trampga nisbatan yana bir suiqasd rejalashtirilganini aytmoqda.

Jahon

07.08.2024, 10:20

Donald Tramp Maxfiy xizmat agentlari tomonidan sahnadan olib chiqilishidan oldin olomonga qarab qo'l ko'tarmoqda. /foto: The Telegraph/

Amerikaning sobiq prezidenti, hozirda esa prezidentlikga nomzod Donald Trampga suiqasd uyushtirildi. Bu haqida nimalar maʼlum?

2024 yil 13 iyul kuni Pensilvaniya shtatining Butler shahrida boʻlib oʻtgan miting chogʻida minbarga chiqib nutq soʻzlayotgan prezidentlikka nomzod Donald Tramp birdan qoʻlini qulogʻiga bosib yerga yiqiladi. Xavfsizlik kuchlari uni sahnadan olib chiqayotgan paytda Trampning qulogʻi va yuzida qon koʻrindi. Trampga oʻq uzgan odam va bir tomoshabin halok boʻldi, yana ikki nafar odam ogʻir jarohat oldi. Trampga nisbatan 4 marta oʻq otilgan, 3 tasi Trampdan bir necha santimetrlardan oʻtgan. Trampni maxfiy tizim xodimlari sahnadan olib chiqayotganda Tramp bir muddatga toʻxtab qoʻlini koʻtarib saylovchilari tomon gapirganini koʻrish mumkin. 

Siyosat

15.07.2024, 17:33

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →

So'nggi yangiliklar

Futbol bo‘yicha 2026-yilgi jahon chempionatini Xitoy va Hindiston ko‘rolmasligi mumkin

FIFA Jahon chempionati boshlanishiga bir necha hafta qolgan bo‘lsa-da,  Xitoy va Hindistonda media huquqlarini sotish bo‘yicha muzokaralar hali tugamaganini ma’lum qildi.

Sport

05.05.2026, 15:59

Trampning “Ozodlik loyihasi” – bu boshi berk ko‘cha loyihasidir - Abbos Aroqchi

Eron tashqi ishlar vaziri AQShni, shuningdek, Birlashgan Arab Amirliklarini ham ogohlantirdi.

Jahon

05.05.2026, 13:24

Rossiya 9-mayga “jiddiy bo‘lmagan” sulh e’lon qildi

Rossiya 4-may kuni Ukrainaning Merefa shahriga ballistik raketa orqali zarba berdi, oqibatda yetti kishi halok bo‘ldi. Endi esa Moskva G‘alaba kunini tinch nishonlash maqsadida 8-9-may kunlari uchun vaqtinchalik sulh taklif qilmoqda. 

Jahon

05.05.2026, 11:20

Osiyo taraqqiyot banki: 2025-yilda moliyalashtirish hajmi 44 milliard dollarga yetdi

Samarqandda davom etayotgan Osiyo taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashining 59-yig‘ilishida bank rahbari Masato Kanda nutq so‘zladi.

Oʻzbekiston

04.05.2026, 16:40

Niderlandiyaga qarashli kemada xantavirus tarqaldi

3-may kuni Niderlandiyaning Oceanwide Expeditions kompaniyasi o‘zining MV Hondius ekspeditsiya kemasida “o‘ta og‘ir tibbiy vaziyat” yuzaga kelganini ma’lum qildi.

Jahon

04.05.2026, 15:06

Ko‘p kvartirali uylarga oid yangi taqiqlar

Avtotransport vositalarini ko‘p kvartirali uylar va unga tutash yer uchastkalaridagi gazonlar ustiga, xiyobonlarga, bolalar maydonchalariga, trotuarlarga, kirish yo‘laklari qarshisiga qo‘yish taqiqlanadi.

Oʻzbekiston

02.05.2026, 17:54

Sun’iy intellektda yaratilgan aktyor va senariylarga “Oskar” berilmaydi

2027-yilning mart oyida topshiriladigan navbatdagi “Oskar” taqdirlash marosimiga oid yangi qoida joriy etildi.

Madaniy

02.05.2026, 17:05

Londonda paydo bo‘lgan ko‘zi to‘silgan odam haykali muallifi aniq

Yarim tunda London markazida noma’lum haykal paydo bo‘ldi — ertalab esa uning ortida dunyoga mashhur sirli rassom Benksi turgani ochiqlandi.

Madaniy

01.05.2026, 17:19

Isroillik erkak Quddusda xristian rohibasiga hujum qilib, jarohat yetkazdi

19-aprel kuni isroillik askarning Iso Masih ramzi bo‘lgan haykalni sindirib ketgani bilan bog‘liq munozaralar tinchib ulgurmagan bir paytda, Isroil nasroniylarga qarshi yana bir nafrat jinoyati bilan kun tartibiga chiqdi.

Jahon

01.05.2026, 16:27

O‘zbekistonda 5,8 milliard dollarlik 73 ta GES quriladi

Respublikada 150 ming kilometrdan ortiq daryolar, soylar va kanallar bor. Ammo elektr energiyasi ishlab chiqarishning katta qismi hamon tabiiy gaz va ko‘mirga bog‘liq. Gidroenergiya ulushi esa 10-12 foiz atrofida.

Iqtisodiyot

01.05.2026, 16:10

2021-yilgi Kobul aeroportidagi teraktga aloqador afg‘onistonlik sudlandi

5 yil muqaddam sodir bo‘lgan o‘sha portlashda 13 nafar AQSh harbiysi va 160 nafarga yaqin afg‘onistonlik tinch aholi vakili halok bo‘lgandi.

Jahon

01.05.2026, 12:21

AQSH BMT xarajatlar tizimini tubdan isloh qilishni talab qildi

BMT Bosh kotibi Antonio Guterrish payshanba kuni Vashingtonning mablag‘larni ajratishga shartlar qo‘ygani haqidagi xabarlardan so‘ng, Qo‘shma Shtatlarning ushbu jahon tashkilotidan milliardlab dollar qarzi “muzokara qilinmasligi”ni ta’kidladi.

Jahon

01.05.2026, 11:24

Pentagon Google sun’iy intellektidan foydalanishni kengaytirish bo‘yicha kelishuv tuzdi

Seshanba kuni AQSh ommaviy axborot vositalari Pentagon maxfiy operatsiyalarda Google sun’iy intellektidan foydalanishni kengaytirish bo‘yicha kelishuvga erishganini xabar qildi.

Fan-texnologiya

30.04.2026, 18:09

Kiyev urushni tugatish uchun diplomatik sa’y-harakatlarni kuchaytirishga intilmoqda

Zelenskiy Ukraina rasmiylariga Putinning o‘t ochishni to‘xtatish taklifi yuzasidan Tramp jamoasi bilan bog‘lanishni topshirdi.

Jahon

30.04.2026, 17:30

Tramp Isroil prezidenti Gersogni Netanyahuni afv etishga undamoqda

AQSh prezidenti Donald Tramp Isroil prezidenti Isaak Gersogga nisbatan “bosim kampaniyasi”ni qayta boshladi. Uning fikricha, Bibiga qo‘yilgan ayblovlar “sharob va sigaret” kabi ahamiyatsiz ekan.

Jahon

30.04.2026, 16:54

Isroilning Livanga zarbalari oqibatida 9 kishi halok bo‘ldi, 13 kishi jarohatlandi

17-aprelda boshlangan 10 kunlik sulh keyinchalik 17-maygacha uzaytirilgan edi, biroq Isroil janubiy Livanda havo hujumlari uyushtirish va uylarni buzish orqali uni har kuni buzishda davom etmoqda.

Jahon

30.04.2026, 16:30

BAAning OPECdan chiqishi dunyo iqlimi uchun yangi xavfmi?

Dunyo “yashil energiya”ga o‘tmoqda, degan taxminlar shubha ostida qoldi. Insoniyat neft davri tugashini kutayotgan bir paytda, BAA kabi ba’zi yirik ishlab chiqaruvchilar uni yanada ko‘proq qazib olishga intilmoqda.

Jahon

30.04.2026, 12:21

Tashiyev va Japarov raqobati: ziddiyat ortidagi korrupsiya va siyosiy o‘yinlar

Qamchibek Tashiyev iste’fosi shunchaki kadrlar almashinuviga o‘xshamayapti. Ehtimol ushbu xavfli o‘yinda Japarov hamda Tashiyevning shaxsiy va oilaviy sirlari o‘rtaga tikilgan. Shuningdek, Tashiyevda O‘zbekiston jinoyat olamidagi aloqalarni fosh qiluvchi sirli ma’lumotlar bo‘lishi mumkin. 

Jahon

29.04.2026, 17:48

“Karkidon” suv omborida 635 milliard so‘mlik turizm majmuasi qurilmoqda

Shavkat Mirziyoyev 2025-yil 1-apreldagi qaroriga muvofiq, Quva tumani “Karkidon” suv ombori hududida barpo etilayotgan turizm majmuasi bilan tanishdi. 

Oʻzbekiston

28.04.2026, 12:10

Abbos Aroqchi Vladimir Putin bilan uchrashdi

27-aprel kuni Putin Sankt-Peterburgda Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Jahon

28.04.2026, 10:47

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →