updated: 20.03.2026, 10:53

DXX tomonidan bir guruh firibgarlar ushlandi

Davlat xavfsizlik xizmati Fargʻona, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida noqonuniy yer sotish bilan shugʻullanib kelayotgan bir qator firibgarlarni qoʻlga olgan.

Ulashish:

DXX tomonidan bir guruh firibgarlar ushlandi

DXX tomonidan bir guruh firibgarlar ushlandi

Bayon qilinishicha, Davlat xavfsizlik xizmatining Fargʻona viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir oʻtkazilgan. Unda aniqlanishicha, Uchkoʻprik tumanida yashovchi shaxs oʻzganing tekstil mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan MChJga qarashli, Fargʻona shahridagi aksiyadorlik tijorat banklaridan birida garovda turgan 12 sotix yer maydonini 130 ming AQSh dollariga sotishga kelishgan. Firibgar oldindan 109 ming AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan birga ushlangan.

Shuningdek, DXXning Samarqand viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda yana bir tezkor tadbir boʻlib oʻtgan. Unga koʻra, Urgut tumanida yashovchi fuqaro tumandagi gʻallachilikka ixtisoslashgan fermer xoʻjalikning sugʻoriladigan yer maydonidan 50 sotixini 80 ming AQSh dollariga sotishga kelishgan. U kadastr idoralaridagi tanishlari orqali hujjatlarini rasmiylashtirib berishini aytib, kelishilgan pul mablagʻidan 30 ming AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga tushgan.

Bundan tashqari, DXXning Qashqadaryo viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda navbatdagi tezkor tadbir oʻtkazildi. Qarshi tumani hokimligining qishloq xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari chorvachilik yoʻnalishida foydalanish maqsadida fuqaroga tuman hokimligi zaxirasidagi 25 gektar yer maydonini mansabdor tanishlari orqali uning nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 10 ming AQSh dollari talab qilgan. Mazkur amaldor shundan 5 ming AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Oʻzbekiston

06.08.2024, 10:28

Ulashish:

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →

So'nggi yangiliklar

Tramp Oq uyni Saddam Husayn restoraniga öxşatib qöydi — Barak Obama

AQŞda Kongress ustidan nazoratni belgilaydigan 3-noyabr kungi saylovlar arafasida sobiq prezident Barak Obama demokratlar kampaniyasiga qöşilib, Tramp siyosatini masxara qildi.

Jahon

26.10.2026, 15:54

AI tasvir

Özbekistonda söz erkinligi qay ahvolda?

Abdurahmon Taşanov mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarni e’tirof etdi, biroq söz erkinligi, sud-tergov tizimi va blogerlarga nisbatan jinoiy işler yuzasidan xavotir bildirdi.

Oʻzbekiston

26.10.2026, 13:15

Iman Invest rahbariyati kamomad haqidagi da’volarni rad etdi

Islom moliyasiga muvofiqlashtirish kengashi (IFCB) Iman Invest bilan hamkorlikni to‘xtatib, kompaniyada bir necha million dollarlik kamomad yuzaga kelgani va shariat mezonlariga zid operatsiyalar aniqlanganini bildirdi. Iman Invest rahbariyati esa ayblovlarni rad etib, Mahmud Usmon bilan kelishmovchilik uning oylik to‘lovlarini kamaytirish va kompaniya aksiyalaridan ulush berishni rad etish ortidan boshlanganini da’vo qilmoqda.

Oʻzbekiston

26.10.2026, 11:30

Xitoy futbolining qulaşi

Bundan 10 yillar oldin dunyoning eng maşhur futbolçilarini öz safiga çorlagan Xitoy futboli qanday qilib moliyaviy inqirozga yuz tutdi?

Sport

26.10.2026, 10:24

Kredit uchun ochilgan firma: javobgarlik kimning zimmasida?

Kredit olish ilinjida firma ochish yoki ERI kalitini vositachiga ishonib topshirish yillar davom etadigan moliyaviy va huquqiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Vositachi pulni olib ketadi, javobgarlik esa sizning zimmangizda qoladi.

Iqtisodiyot

24.10.2026, 19:02

Namanganda V Xalqaro asal festivali oçildi

 Namanganda 35 tonna asal bir joyga jamlandi. “Afsonalar vodiysi” bogʻida V Xalqaro asal festivali oçildi. 

Oʻzbekiston

24.10.2026, 14:32

Saudiya Arabistoni nega Husiylarni yenga olmayapti?

Saudiya Arabistoni o‘n yildan ortiq vaqtdan beri Yamandagi husiylarga qarshi kurashib keladi, biroq amerikancha qurollar va katta harbiy byudjet g‘alabani ta’minlay olmadi. Yaqinda tuzilgan Makka bitimi urush taqdirini o‘zgartira oladimi? 

Siyosat

24.10.2026, 11:06

Rasm SIda yaratilgan

Nasiya qulay xaridmi yoki ortiqcha qarz?

Nasiya savdosi Özbekistonda tez sur’atlarda rivojlanmoqda. Biroq mahsulotni oyma-oy tölaş har doim ham arzon yoki foydali tanlov degani emas. 

Iqtisodiyot

24.10.2026, 10:08

XI Yevropa kinofestivali: Toşkent va Urgançda 11 ta film namoyiş etiladi

Yevropaning 10 davlatida suratga olingan filmlar Toşkent va Urgançda tomoşabinlarga taqdim etiladi. Festival dasturida animatsiyadan tortib, psixologik dramalargaça bölgan turli janrdagi kartinalar bor.

Madaniy

23.10.2026, 18:12

AQŞ Yevropadan voz keçişi mumkin – Tramp

AQŞ prezidenti Donald Tramp Vaşington Yevropadan yuz ögirişi mumkinligini yana bir bor ta’kidladi. Biroq uşbu qaror amalda qanday qadamlarni anglatişini aniq tuşuntirmadi.

Siyosat

23.10.2026, 11:30

Zelenskiy: Kiyev sulhga tayyor

Ukraina, Rossiya va AQSh vakillari muzokara guruhlari darajasida uçraşişi mumkin. Uçraşuv sanasi hozirça aniq emas. Ukraina öt oçişni töxtatiş, energetika sohasidagi sulh va gumanitar taşabbuslarni qöllab-quvvatlaşga tayyor.

Siyosat

22.10.2026, 17:53

Kaspiydagi fojiadan söng Qozoğiston armiyasida katta özgarış

Qozoğistonda harbiy islohot doirasida muddatli harbiy xizmatni ikki bosqiçda taşkil etiş va uçuvisiz tizimlar qöşinlarini şakllantiriş rejalaştirilmoqda. Endi harbiy xizmatçilar xavfsizligini ta’minlaş va ularning huquqlarini himoya qiliş çoralari kuçaytiriladi.

Jahon

22.10.2026, 11:12

Netanyahu Fransiyani “ekstremistik islom bosqini”ga uchraganlikda aybladi

Fransiyadagi voqealar musulmonlar va immigratsiyaga qarshi siyosiy ritorikani yana kun tartibiga olib chiqdi. Tramp Makronni chegaralarni yopishga chaqirgan bo‘lsa, Netanyahu Fransiyani keskin tanqid qildi.

Jahon

21.10.2026, 17:26

AQSh bilan 12 milliard dollarlik kelishuv: O‘zbekiston nimaga erishadi?

Samarqanddagi muzokaralarda O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida 12 milliard dollarlik kelishuvlar tuzildi. Ammo bu kelishuvlarning qanchasi amalda bajarilishi hozircha noma’lum.

Iqtisodiyot

21.10.2026, 16:03

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi

Prezident Shavkat Mirziyoyev lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini takomillashtirishga qaratilgan qonunni imzoladi. Amaldagi hujjatlar, darsliklar va boshqa materiallarni birdaniga almashtirish talab etilmaydi.

Ta'lim

21.10.2026, 14:48

Qozog‘istonda Navai’ga nisbatan jinoyat ishi tugatildi: u qanday jazo oldi?

Qozog‘istonda rossiyalik reper Navai (Navai Bakirov)ga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi tugatildi. Jambil viloyati politsiya departamenti ma’lumotiga ko‘ra, ijrochi mamlakat hududidan chiqarib yuborilgan.

Madaniy

21.10.2026, 14:21

Sudan va Janubiy Sudanda dron hujumi: 153 kishi halok bo'ldi

Abyei mintaqasidagi bozor yaqinida yoqilg'i omboriga dron zarbasi berilib, yong'in kelib chiqqan. BMT hujumlarni qoraladi.

Jahon

21.10.2026, 12:12

Rossiyadan 32 nafar O‘zbekiston fuqarosi chiqarib yuborildi

Nima sababdan ular Novosibirsk viloyatidan chiqarib yuborildi?

Oʻzbekiston

21.10.2026, 10:58

Dunyoda har yili 1 milliard bola zo‘ravonlikka uchraydi — JSST

Bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish uchun O‘zbekistonda qanday choralar ko‘rilmoqda?

Jahon

20.10.2026, 16:40

Аyolga shahvoniy shilqimlik qilgan patronaj xodimi 5 sutkaga qamaldi

Voqea qachon, qayerda va qanday sodir bo'lgan?

Oʻzbekiston

20.10.2026, 13:03

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →