Cookie Settings

We use cookies to improve your experience.

updated: 22.03.2026, 11:16

Magistratura va doktoranturaga hujjat topshirishda sertifikat talabi bekor qilinmagan

Prezident farmoni bilan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirishlar kiritildi va baʼzilarining ayrim bandlari oʻz kuchini yoʻqotdi.

Magistratura va doktoranturaga hujjat topshirishda sertifikat talabi bekor qilinmagan

Ijtimoiy tarmoqlarda 2025 yil 19 iyuldagi PF–114-sonli prezident farmoni notoʻgʻri talqin qilinmoqda. Shu munosabat bilan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi quyidagilarni maʼlum qiladi.

Mazkur prezident farmoni bilan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirishlar kiritildi va baʼzilarining ayrim bandlari oʻz kuchini yoʻqotdi.

Xususan, 2021-yil 19-maydagi PQ–5117-sonli qarorning 6-bandi toʻrtinchi xatboshisi chiqarib tashlandi. Ushbu bandda magistratura va doktoranturaga hujjat topshirishda xorijiy til sertifikati talabining ilk joriy etilishi nazarda tutilgan edi.

Biroq, mazkur normaning chiqarib tashlanishi xorijiy til boʻyicha sertifikatlar talabi butunlay bekor qilindi degani emas.

Sababi, 2024-yil 24-maydagi PF–81-sonli prezident farmoni bilan magistratura mutaxassisliklari va oliy taʼlimdan keyingi taʼlim ixtisosliklariga qabul qilishda xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikatlar quyidagi darajalarda talab etilishi belgilangan:

xorijiy tillar yoʻnalishlari boʻyicha — kamida C1 darajasida;

gumanitar, biologik va turdosh fanlar, matematika va statistika, biznes va boshqaruv, huquq, xizmat koʻrsatish, ijtimoiy va xulq-atvorga mansub fanlar, jurnalistika va axborot, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari taʼlim sohalari boʻyicha — kamida B2 darajasida;

boshqa taʼlim sohalari hamda madaniyat va sport mutaxassisliklari boʻyicha — kamida B1 darajasida.

Shu munosabat bilan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi PF–81-son Prezident Farmoni bilan belgilangan xorijiy tilni bilish darajasini tasdiqlovchi milliy yoki xalqaro sertifikatlar talabi hozirda ham amalda ekanini eslatadi va bu borada tarqalayotgan notoʻgʻri talqinlarga eʼtibor bermaslikni soʻraydi.

Oʻzbekiston

25.07.2025, 09:01

Ulashish:

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →

So'nggi yangiliklar

Rossiyada ishlab chiqarilgan samolyot Hindistonda falokatga uchradi

13-kuni Hindiston harbiy-transport samolyoti mamlakatning olis shimoli-sharqidagi harbiy havo kuchlari bazasiga qo‘nayotib qulab tushdi.

Jahon

13.06.2026, 13:47

O‘qishni ko‘chirishda milliy va xalqaro sertifikatlarga ega talabalarga maksimal ball beriladi

Xorijiy va nodavlat universitetidan davlat oliygohlarining mos va turdosh bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishini ko‘chirayotgan talaba chet tili va umumta’lim fanlaridan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lsa, unga tabaqalashtirilgan yoki maksimal ball beriladi.

Ta'lim

13.06.2026, 12:34

Ukraina Rossiyaga qarshi urush uchun 20 mlrd dollar so‘ramoqchi

So‘rov kelasi payshanba kuni Ukraina mudofaasi bo‘yicha Muloqot guruhining yig‘ilishida bildiriladi.

Jahon

13.06.2026, 09:46

Kongo terma jamoasi Ebola karantinidan so‘ng AQShga yetib keldi

Kongo Demokratik Respublikasi terma jamoasi vatanidagi Ebola epidemiyasi sababli Yevropada uch hafta izolyatsiyada qolishga majbur bo‘lgach, nihoyat Jahon chempionati uchun AQShga yetib keldi.

Sport

12.06.2026, 14:57

Qozog‘istonda milliy valyuta (Тенге) nomi o‘zgarmoqda

Qozog‘istonda yangi konstitutsiyaviy modelga muvofiqlashtirish maqsadida, 1-iyuldan soliq kodeksidagi "Тенге" nomiga tuzatishlar kiritiladi.

Jahon

12.06.2026, 13:29

Yevropa Ittifoqi migratsiya masalasida Tolibon bilan muzokara o‘tkazmoqchi

Yevropa Ittifoqi 2013–2024-yillar oralig‘ida afg‘onistonliklardan boshpana so‘rab topshirilgan bir millionga yaqin arizani qabul qilgan.

Jahon

12.06.2026, 11:37

Jeffri Epshteyn menga shantaj qilgan — Bill Geyts

Texnologiya milliarderining aytishicha, Epshteyn uning nikohdan tashqari munosabatlariga oid maxfiy ma’lumotlar bilan Geytsga bosim o‘tkazmoqchi bo‘lgan.

Jahon

11.06.2026, 16:29

“Biz hukumatlar qarorini bekor qiloladigan qirol emasmiz” – Infantino

FIFA rahbari somalilik hakamning AQShga kiritilmaganini izohlar ekan, o‘z tashkiloti hukumatlar siyosatiga aralasha olmasligini aytdi.  

Sport

11.06.2026, 14:44

Shri-Lanka davlat tadbirlarida bir martalik plastik idishlardan foydalanishni taqiqladi

Shri-Lankaning  yillik plastik chiqindilari hajmi – 250 000 metrik tonna. Biroq uning oz qismigina qayta ishlanadi. Chiqindilarning aksariyati poligonlar, suv havzalari va okeanga borib tushadi.

Jahon

11.06.2026, 12:11

Shvetsiya va O‘zbekiston migratsiya sohasida bitim imzoladi

Bitim bo‘yicha pilot dastur amalga oshirilib, Shvetsiya mehnat bozori ehtiyojlari o‘rganiladi, shved tili va kasbiy tayyorgarlik dasturlari yo‘lga qo‘yiladi.

Oʻzbekiston

11.06.2026, 10:11

Ozarbayjon muxolifat yetakchisi Ali Karimli “davlat to‘ntarishiga urinish”da ayblanmoqda

Aliyevlar rejimining boshog‘rig‘iga aylanib qolgan Ali Karimli aybdor deb topilsa, 12 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

Jahon

10.06.2026, 17:42

Svetofor - yo‘lchiroq, parol - o‘ron, avans - bo‘nak: yuridik atama va tushunchalar o‘zgartirilmoqda

9-iyun kuni bo‘lib o‘tgan yalpi majlisda  qonunlardagi 7 ta so‘zni o‘zbekcha muqobillariga almashtirish taklif etildi. 

Oʻzbekiston

10.06.2026, 15:26

Talaba qiz plastik chiqindidan ekologik beton yaratdi

O‘zbekistonlik talaba qiz global plastik muammosiga innovatsion yechim topgani xabar qilinmoqda

Fan-texnologiya

10.06.2026, 11:35

Yana Pokiston Afg‘onistonga halokatli zarbalar berdi. Qurbonlar bor

Islomobod hujumlar jangarilarga qarshi qaratilganini aytmoqda, ammo Kobulning ta’kidlashicha, bu — tinch aholiga qilingan tajovuz.

Jahon

10.06.2026, 10:07

“Shippaklar mamlakati” – isroillik vazir Italiyani haqorat qildi

Rim G‘azoga yo‘l olgan faollarga qilgan yomon munosabati yuzasidan Isroil Milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben Gvirga nisbatan tergov boshladi. Bunga javoban Ben Gvir Italiyani masxaraladi.

Jahon

09.06.2026, 17:36

Shifokorlar sun’iy intellekt yordamida yiliga 132 soat vaqt tejamoqda – tadqiqot

Sun’iy intellekt shifokorlarning vaqtini tejamoqda. Biroq sog‘liqni saqlash sohasi mutaxassislarining aksariyati ushbu texnologiya bo‘yicha o‘qitish yetarli yoki umuman mavjud emasligini aytishmoqda.

Fan-texnologiya

09.06.2026, 16:34

Latviya osmonida Rossiya droni urib tushirildi

NATO qiruvchi samolyotlari Rossiya tomondan Latviya havo hududiga kirib kelgan dronni yo‘q qildi. Bu hodisa 4 yillik urushning Ukraina tashqarisiga tarqalishi borasidagi xavotirlarni kuchaytirdi.

Jahon

09.06.2026, 15:23

“Soliq Mobile” orqali 3,2 mlrd so‘m keshbek talon-toroj qilindi

Farg‘ona viloyatida “Soliq Mobile” ilovasi orqali 3,2 mlrd so‘m mablag‘lar “Keshbek” sifatida talon-toroj qilinganligi fosh etildi.

Oʻzbekiston

09.06.2026, 12:21

Bukmekerlikni reklama qilish qonunchilikka zid – Raqobat qo‘mitasi ogohlantirdi

Futbol bo‘yicha jahon chempionati boshlanishi arafasida ijtimoiy tarmoqlar va internet saytlarida bukmekerlik xizmatlari, qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni targ‘ib qiluvchi reklamalar tarqalishi faollashdi.

Oʻzbekiston

09.06.2026, 11:54

“Zudlik bilan to‘xtang“ – Tramp Eron va Isroildan o‘t ochmaslikni so‘ramoqda

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu esa AQSH prezidentiga "Yo‘q" demoqda.

Jahon

08.06.2026, 17:33

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →