Cookie Settings

We use cookies to improve your experience.

updated: 22.03.2026, 02:33

Namangan va Sirdaryoda gaz hamda elektrdan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi

Uchqoʻrgʻon tumanidagi umumiy ovqatlanish shoxobchasi 1,6 mlrd soʻmlik tabiiy gazdan, Sayxunobod tumanidagi MChJ esa 1,6 mlrd soʻmlik elektr enegiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi.

Ulashish:

Namangan va Sirdaryoda gaz hamda elektrdan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi

Yoqilgʻi-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish bilan bogʻliq holatlarni fosh etishga qaratilgan nazorat tadbirlari davom etmoqda.

Xususan, Namangan viloyatining Uchqoʻrgʻon tumanidagi “R.K.B” MChJ rahbari B.R. jamiyatga qarashli umumiy ovqatlanish shoxobchasida tabiiy gaz tarmogʻiga tijorat maqsadida oʻzboshimchalik bilan ulanib, 1,6 mlrd soʻmlik (552 ming kub metr) tabiiy gazni talon-toroj qilgani aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan jamiyat rahbari B.R. ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Shuningdek, “Oʻzenergoinspeksiya”ning Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan nazorat tadbirida Sayxunobod tumanida “D. P. T.” MChJ elektr qurilmalarini oʻzboshimchalik bilan tarmoqqa ulab, elektr enegiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi. 

Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, elektr taʼminoti korxonasiga 1 mlrd 609 mln soʻmlik zarar yetkazilganligi maʼlum boʻldi.

Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Oʻzbekiston

01.08.2025, 19:49

Ulashish:

Mavzuga oid yangiliklar

1 fevraldan kam taʼminlangan oilalarga elektr va gaz xarajatlari uchun kompensatsiya beriladi

2026 yil 1 fevraldan boshlab Oʻzbekistonda kam taʼminlangan oilalar elektr energiyasi va tabiiy gaz xarajatlarining bir qismini davlat tomonidan qoplab berish tartibi joriy etiladi.

Oʻzbekiston

08.01.2026, 15:02

Hormuzdagi vaziyat: 670 ta kema kutib turibdi

So‘nggi 48 soatda Hormuz bo‘g‘ozining g‘arbiy tomonida 670 ta yuk kemasi to‘xtab qoldi. BAA, Gretsiya, Xitoy va boshqa Osiyo davlatlari katta zarar ko‘rmoqda. Bo‘g‘ozdan o‘tishga uringanlar ham mavjud.

Iqtisodiyot

03.04.2026, 17:17

Chiqindi qarzi tufayli elektr cheklovlari qayta koʻrib chiqilishi mumkin

Chiqindi xizmati boʻyicha asossiz qarzlar tufayli elektr cheklovlari qoʻyilmoqda. Raqobat qoʻmitasi korxonalar bilan muzokara boshladi.

Oʻzbekiston

13.02.2026, 14:43

Tojikiston Oʻzbekistondan elektr energiyasi import qilishni boshladi

Tojikiston Oʻzbekistondan sutkasiga 2 million kVt·soatgacha elektr energiyasi import qilmoqda. Mamlakat 2026 yilning birinchi choragida Markaziy Osiyo yagona energetika tizimiga toʻliq qoʻshilishi kutilmoqda.

Iqtisodiyot

16.12.2025, 16:48

Ayrim hududlarda elektr vaqtincha oʻchishi mumkin

Sirdaryodagi 1500 MVt quvvatli IESdagi nosozlik tufayli ayrim hududlarda elektr vaqtincha oʻchishi mumkin. Maʼlumotga koʻra, ACWA Power tomonidan foydalanishga topshirilgan stansiyaning 2-sonli gaz turbinasida rotor muammosi aniqlangan. Yaponiyaning Mitsubishi kompaniyasi tayyorlagan yangi rotor 8 dekabr kuni maxsus reys bilan Toshkentga yetkazilgan.

Oʻzbekiston

10.12.2025, 11:10

Soliqdan qarzi borlar elektr uchun toʻlov qilolmaydi

2026 yildan Namangan viloyatida yangi soliq boshqaruvi modeli boʻyicha eksperiment boshlanadi. Mol-mulk va yer soligʻi boʻyicha qarzi 1 million soʻmdan yuqori boʻlgan jismoniy shaxslar aniqlanib, qarzni undirishda elektr energiyasining billing tizimi qoʻllaniladi. Soliq qoʻmitasi 2026 yil 1 oktabrga qadar eksperiment natijalari boʻyicha uni boshqa hududlarda joriy etish haqida taklif tayyorlaydi.

Iqtisodiyot

02.12.2025, 12:32

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →

So'nggi yangiliklar

“Xalqlar do‘stligi saroyi” hududidagi noqonuniy bannerlar olib tashlandi

Madaniy meros agentligi va uning Toshkent shahar hududiy boshqarmasi mutaxassislari tomonidan 2026-yil 14-aprelda “Xalqlar do‘stligi saroyi” hududida davlat nazorati (monitoring) ishlari olib borildi.

Oʻzbekiston

15.04.2026, 17:16

“Ular iqtisodiyotimizni yuksaltiradi” — Ispaniya immigratsiya siyosatini yumshatmoqda

Butun G‘arb migrantlarga eshigini yopayotgan bir paytda Ispaniya yarim million muhojirga qonuniy maqom bermoqchi.

Jahon

15.04.2026, 16:29

Markaziy Osiyo davlatlari YaIMining 130 foizini iqlim xavflari tufayli yo‘qotishi mumkin

Iqlim o‘zgarishi shunchaki ekologik masala emas, balki jiddiy iqtisodiy xavfdir. Uning natijasidagi yo‘qotishlar Markaziy Osiyoda allaqachon boshlangan.

Iqtisodiyot

15.04.2026, 11:46

Shikastlangan davlat raqamini onlayn almashtiring

Endilikda avtomobilingizning davlat raqami belgisi (nomer) yaroqsiz holga kelgan yoki shikastlangan bo‘lsa, uni almashtirish uchun navbatlarda turish shart emas. 

Oʻzbekiston

14.04.2026, 17:11

“Diqqatini jamlay olmagan kompaniya”: OpenAI strategiyasi tanqid ostida

OpenAI’ning 852 milliard dollarlik bahosi uning ayrim investorlari tomonidan shubha ostiga olinmoqda, chunki kompaniya Anthropic bilan raqobatni kuchaytirish maqsadida e’tiborini korporativ bozorga qaratmoqda.

Iqtisodiyot

14.04.2026, 15:41

Har daqiqada 3 ta chaqaloq: Sudanda onalar va bolalar hayoti xavf ostida

Sudanda har daqiqada uchta chaqaloq bolalar uchun mos bo‘lmagan sharoitlarda dunyoga kelmoqda. 

Jahon

14.04.2026, 12:22

BMT: Yaqin Sharqdagi urush tufayli yana 32 million odam qashshoqlashadi

BMTning Taraqqiyot Dasturi (BMTTD) tomonidan e’lon qilingan prognozlarga ko‘ra, Yaqin Sharqdagi urush tufayli 162 mamlakatda o‘n millionlab odamlarni qashshoqlikka yuz tutishi mumkin.

Jahon

13.04.2026, 16:07

Endi sun'iy intellekt (SI) qonun loyihalarini tahlil qilishda ishlatiladi

Qirg‘iziston parlamenti qo‘mitalar faoliyatini elektron shaklga o‘tkazish hamda qonun loyihalarini tahlil qilishda sun’iy intellektdan foydalanishga mo‘ljallangan “e-Kenesh” raqamli platformasini joriy qilmoqda. 

Jahon

13.04.2026, 11:53

Bitta kashfiyot – millionlarni qutqardi, millionlarni o'ldirdi

Birgina ilmiy ixtiro Yevropani ocharchilikdan qutqardi, shu bilan birga urush maydonida halokat quroliga aylandi. Klara va Gaber hikoyasi ilmning ikki jihatini ochib beradi. Bu — fan va axloq to‘qnashuvi.

Fan-texnologiya

11.04.2026, 17:25

“100 yevroga 1 ta Pikasso” – Parijda yangi xayriya lotereyasi o‘tkazilmoqda

Lotereyada 100 yevrolik chipta evaziga million dollarlik Pikasso asari taklif etilmoqda. Bu orqali Altsgeymer tadqiqoti uchun mablag‘ yig‘ish maqsad qilingan.

Madaniy

11.04.2026, 15:11

MDH zaiflashmoqda: Moldova Hamdo‘stlikdan chiqyapti

Mamlakat rasmiylari Rossiya-Ukraina urushini misol keltirib, MDHning asosiy qadriyatlariga, xususan, hududiy yaxlitlikni tan olish va chegaralar daxlsizligiga ortiq amal qilinmayotganini ta’kidlashmoqda. Moldovaning MDHdan chiqishi sobiq sovet davlatlari endilikda yagona markaz atrofida birlashmayotganidan dalolat beradi.

Siyosat

11.04.2026, 12:37

Zelenskiy: Ummon, Quvayt va Bahrayn bilan xavfsizlik sohasida hamkorlik qilmoqchimiz

Ukraina frontda orttirgan tajribasini Yaqin Sharqqa taqdim etmoqda — dronlarga qarshi texnologiyalar bo‘yicha uch davlat bilan muzokaralar ketyapti.

Jahon

10.04.2026, 12:32

Yaqin Sharq mojarosi: Markaziy Osiyoda tranzit narxi oshmoqda

Eron mojarosi tranzitni qimmatlashtirib, Markaziy Osiyoda transport tizimlarini sinovdan o‘tkazmoqda. Mintaqaning bunga munosabati Markaziy Osiyodan tashqari Rossiya, Yevropa Ittifoqi, Xitoy, Turkiya va AQSHga ham ta'sir qiladi.

Jahon

07.04.2026, 15:41

7-aprel – Butunjahon salomatlik kuni

Butunjahon salomatlik kuni 1950-yildan beri har yili 7-aprelda global salomatlikning dolzarb masalalari haqida xabardorlikni oshirish va odamlarni o‘z sog‘lig‘iga e’tiborli bo‘lishga undash maqsadida nishonlanadi. Tadbirning 2026-yilgi shiori – “Salomatlik yo‘lida birgamiz. Ilm-fanni qo‘llab-quvvatlang!”.

Jahon

07.04.2026, 10:23

Oliy ta’lim to‘g‘risidagi nizom yangidan tasdiqlandi

Nizomga ko‘ra, oliy ta’lim bakalavriat va magistratura bosqichlari orqali amalga oshiriladi.  Bakalavriat ta’limi kamida 3-yil davom etadi. Oliy ta’lim tashkilotlarida talabalarni ta’lim olish bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarga jalb etish taqiqlanadi.

Ta'lim

06.04.2026, 17:35

Magnus Karlsen: Sindarovning natijasini hech kim kutmagandi

Javohir Sindarov rekord natija bilan yetakchilik qilmoqda va shaxmat olamida tarixiy start ko‘rsatdi. Garri Kasparov va Magnus Karlsen ham uning o‘yinini alohida e’tirof etishdi.

Sport

06.04.2026, 13:50

Afg‘oniston Markaziy Osiyo bilan savdo hajmini 10 milliard dollarga yetkazmoqchi

2026‑yil 5‑aprel kuni Kobulda “Tolibon” tashqi ishlar vaziri Amir Xon Muttaqiy mezbonligida Afg‘oniston – Markaziy Osiyo muloqoti bo‘lib o‘tdi. Unda Markaziy Osiyo davlatlarining yuqori martabali vakillari ishtirok etdi. Bu 2021-yildan beri Kobulda “Tolibon” mezbonligida o‘tkazilgan ilk uchrashuvdir. 

Jahon

06.04.2026, 12:12

iPhone 17 Pro Max yordamida koinotdan olingan Yerning yangi surati. Unda Afrikaning ba’zi qismlari, shahar chiroqlari va terminator chizig‘i bo‘ylab yorqin shu’la aks etgan.

“Uyimiz juda go‘zal” – Artemida II Yerning yangi fotosuratlarini yubordi

NASAning Artemis II ekipaji fazo bo‘ylab Oy tomon parvoz qilayotib olgan bir qator suratlarni e’lon qildi. 

Fan-texnologiya

06.04.2026, 10:49

Inson neyronlari va kompyuter chipi birlashtirilmoqda

Dunyo bo‘ylab kompaniyalar sun’iy intellekt  modellarini ta’minlash uchun katta-katta ma’lumot markazlarini qurishga intilayotgan bir paytda, ba’zi tadqiqotchilar tirik inson hujayralarini kompyuter tizimlarida qo‘llash imkoniyatini o‘rganmoqda. Avvallari oylar yoki yillar davom etadigan maxsus laboratoriya ishlarini integratsiyalashgan platforma yordamida bir necha soat yoki kun ichida bajarish mumkin. 

Fan-texnologiya

04.04.2026, 15:48

Hormuzdagi vaziyat: 670 ta kema kutib turibdi

So‘nggi 48 soatda Hormuz bo‘g‘ozining g‘arbiy tomonida 670 ta yuk kemasi to‘xtab qoldi. BAA, Gretsiya, Xitoy va boshqa Osiyo davlatlari katta zarar ko‘rmoqda. Bo‘g‘ozdan o‘tishga uringanlar ham mavjud.

Iqtisodiyot

03.04.2026, 17:17

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →