Namanganda natijadorlikni yanada oshirish vazifalari belgilandi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 16 sentabr kuni Uychi tumanida Namangan viloyatini iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan yigʻilish oʻtkazdi.
Oʻzbekiston
17.09.2025, 10:48
Ulashish:

Hududda amalga oshirilgan salmoqli ishlar iqtisodiyot rivoji va aholi farovonligida namoyon boʻlmoqda. Soʻnggi sakkiz yilda viloyatga 7 milliard dollar xorijiy investitsiya kiritilgan, 8 mingga yaqin yangi korxona ishga tushgan. Eksport qilinayotgan mahsulotlar turi 2 karra koʻpayib, 1 mingdan oshgan.
Mehnatga layoqatli aholini 82 foizi kichik biznes va tadbirkorlik orqali roʻzgʻor tebratyapti. Aholining real oʻrtacha daromadi 3 barobar oshib, 15,5 million soʻmga yetdi. Muhimi, bunday oʻzgarishlarni Namangan ahli oʻzining kundalik hayotida his qilyapti.
Yigʻilishda bu surʼatni davom ettirib, natijadorlikni yanada oshirish imkoniyatlari tahlil qilindi. Xususan, yil yakunigacha 4 milliard 200 million dollar investitsiya olib kelish, eksportni 1 milliard dollarga yetkazish, 323 ming odamni ishli qilish, 26 ming oilani kambagʻallikdan chiqarish vazifasi qayd etildi.
Davlat rahbari mahallalarni obod qilish boʻyicha muhim tashabbusni ilgari surdi. Unga koʻra, yurtimizda “Taraqqiyot va yetakchilik maskani” dasturi amalga oshiriladi. Ushbu dasturga Fargʻona, Samarqand va Toshkent viloyatlaridagi 4 tadan, qolgan hududlardagi 2 tadan tuman, shuningdek, respublika boʻyicha eng “ogʻir” 328 ta mahalla kiritiladi.
Eng yaxshi namuna koʻrsatib, aholisini rozi qilgan hududga “Prezident tumani” va “Prezident mahallasi” maqomi berilib, ularga yana qoʻshimcha imkoniyatlar taqdim qilinadi.
Qisqa vaqt ichida Namanganda kambagʻallik 2,5 barobar kamaygan. Tadbirkorlik loyihalari koʻpaygani, oʻrtacha oylik 4,5 million soʻmga yetgani hisobiga ikki yilda migratsiyadagi 62 ming odam qaytgan.
Islohotlar shtabiga viloyatdagi xushmanzara joylar boʻyicha master-reja ishlab chiqib, amalga oshiriladigan loyihalar hisobiga keyingi yilda 50 ming odamni ishli va daromadli qilish topshirildi. Pop, Toʻraqoʻrgʻon, Uychi, Uchqoʻrgʻon va Chustdan oʻtgan daryo va soy oʻzanlarining 40 kilometr qismida ham 650 ta servis obʼektini qurib, 10 ming odamni daromadli qilish mumkinligi koʻrsatib oʻtildi.
Bugungi kunda viloyat sanoatining uchdan biri, eksportining yarmi toʻqimachilik sohasiga toʻgʻri keladi. Namanganlik tadbirkorlar brend bilan ishlash boʻyicha respublikada yetakchi.
Investitsiya olib kelish va brendlar bilan hamkorlikni kengaytirish uchun bir oyda viloyatda alohida loyiha ofisi ochiladi. Xalqaro sertifikat olgan tekstil korxonalari 50 taga yetkaziladi.
Mutasaddilarga yil yakunigacha Varshava va Londonda kamida 1 ming kvadrat metrli savdo uylarini tashkil qilish topshirildi. Umuman, viloyatda bu yil toʻqimachilik mahsulotlari eksportini 500 million dollarga yetkazish, ikki yilda 1 milliard dollarlik 25 ta yirik loyihani ishga tushirish mumkinligi qayd etildi.
Yil boshidan buyon viloyatga 1 million 200 ming xorijiy, 2 million mahalliy sayyoh kelgan, turizm eksporti 200 million dollardan oshgan.
Shunga mos ravishda turizm infratuzilmasini ham rivojlantirish kerak. Lekin Namangandagi eng jozibali hududlardan biri – Chortoq tumani imkoniyatlari toʻliq ishga solinmayapti. Turistlar uchun onlayn maʼlumot olish, joyni oldindan band qilish, madaniy hordiq chiqarish kabi oddiy xizmatlar ham yoʻlga qoʻyilmagan.
Shu bois, Chortoq butun yil davomida xizmat koʻrsatadigan vodiyning turizm xabiga aylantirilishi aytildi. Bunday loyihalar infratuzilmasi uchun 50 million dollar ajratiladi.
Jahon banki bilan Oʻrta shaharlarni rivojlantirish loyihasi doirasida bu yil “Furqat” bogʻi rekonstruksiya qilinib, hududi qariyb 2 barobar kengaytiriladi. Chortoqsoy boʻylab 11 kilometr uzunlikda piyodalar va velosiped yoʻlaklari quriladi.
Jadal kompleks rivojlantirish dasturi doirasida Chortoqsoy va Katta Namangan kanali qirgʻoqlarini 7 kilometri betonlashtirilib, 30 gektar yer foydali maydonga aylantiriladi. Bu yerdagi koʻp yillik bogʻlar bilan uygʻun holda sanatoriy tipidagi yirik servis obʼektlari barpo etiladi.
“Chortoq” suv ombori atrofidagi 60 gektarda turizm kompleksi, mehmonxona, restoran, dam olish va koʻngilochar maskanlar tashkil qilinadi. Pop tumanidagi Arashan koʻli atrofida 1 ming 200 gektar maydonda yiliga 1 million sayyohni qabul qiladigan yirik turizm majmuasi barpo etiladi.
Soha uchun kadrlar tayyorlash maqsadida keyingi oʻquv yilidan Avstriyaning Krems universiteti bilan Namangan davlat universitetida qoʻshma fakultet tashkil qilinadi.
Prezident ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish masalalariga alohida eʼtibor qaratdi.
Uychi, Uchqoʻrgʻon va Norin tumanlarini viloyat markazi va boshqa tumanlar bilan bogʻlovchi asosiy yoʻl tirband boʻlib kelayotgan edi. Shu bois, 63 milliard soʻm hisobiga Norin daryosi ustidan 480 metr uzunlikdagi yangi koʻprik qurilmoqda.
Shuningdek, Qoradaryo ustidagi 63 yil oldin qurilgan Namangan va Andijon viloyatlarini bogʻlovchi 180 metrli eski koʻprikni rekonstruksiya qilish boshlandi. Buning natijasida transport qatnovi 2 barobar oshadi, yoʻlga ketadigan vaqt 1,5 karra qisqarib, tirbandlik kamayadi. Ushbu koʻpriklar kelgusi yilda ishga tushiriladi.
Viloyat markazini poytaxt bilan bogʻlaydigan, kuniga 15 ming transport harakatlanadigan “Pungon-Namangan” yoʻlining 75 kilometri rekonstruksiya qilinadi. Bu yoʻl 246 million dollar hisobiga 4 tasmali, beton qoplamali qilib quriladi.
Viloyatdagi 30 ta mahallaga markazlashgan ichimlik suv yetib bormagani, tarmoqlarning 21 foizi taʼmirtalab ekani koʻrsatib oʻtildi. Kanalizatsiya bilan bogʻliq masalalar yuzasidan ham murojaatlar koʻp.
Shuning uchun bu yil viloyatda suv tizimini yaxshilashga 800 milliard soʻm ajratildi. Mutasaddilarga yil yakunigacha 130 kilometr suv va kanalizatsiya tarmogʻi, 11 ta suv inshooti qurilishini yakunlab, foydalanishga topshirish vazifa qilib qoʻyildi.
Namangan shahri aholisini ichimlik suv bilan taʼminlovchi 70 yil oldin qurilgan “Kurashxona” suv inshooti bugungi kunda 50 foizdan kam quvvatda ishlamoqda. Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan hamkorlikda bu inshoot rekonstruksiya qilinishi belgilandi.
Yaqinda Namangan aholisi bir millionli shaharga aylanadi. Bu sharoitda bogʻchalarni koʻpaytirish juda dolzarb ekani taʼkidlandi.
Bu borada tadbirkorlarga bir qator yengilliklar eʼlon qilingan edi. Ulardan unumli foydalanib, Namangan shahrida bu yil 5 ming, keyingi yil 15 ming oʻrinli bogʻcha tashkil qilish muhimligi taʼkidlandi. Viloyatdagi 49 ta texnikumda xorijiy standartlar va dual taʼlim joriy etilishi aytildi.
Soʻnggi uch oyda “Faol hayotga qadam” dasturi doirasida 3 mingga yaqin muhtoj insonlarga qarab turish xizmati yoʻlga qoʻyildi. Natijada bu bilan band boʻlgan 350 kishi ishga joylashgan. Ijtimoiy himoya milliy agentligiga endilikda demensiya va Parkinson kasalligi bilan ogʻrigan odamlar uchun ham qarab turish xizmatini yoʻlga qoʻyish topshirildi.
– Bugun sizlar bilan shahar va tumanlarni rivojlantirish, aholi turmush sharoitini yanada yaxshilash boʻyicha yangi marralarni belgilab oldik. Agar bir birlashsak, bundan ham katta natijalarga erisha olamiz. Ishning koʻzini biladigan, tadbirkor va mehnatsevar namanganliklar bilan viloyatni yurtimizning eng obod va farovon hududilaridan biriga aylantiramiz, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Yigʻilishda belgilangan vazifalar boʻyicha hudud va tarmoqlar rahbarlari axborot berdi, tadbirkorlar va jamoatchilik vakillari bilan muloqot boʻldi.
Oʻzbekiston
17.09.2025, 10:48
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Shavkat Mirziyoyev Belgiyaliklar qiroli bilan uchrashdi
Siyosat
24.10.2025, 21:17

Shavkat Mirziyoyev OTB bilan sheriklikni yanada kengaytirish muhimligini taʼkidladi
Oʻzbekiston
18.09.2025, 10:30

Boʻstonliqda “Chimyon” umummavsumiy kurorti barpo etilmoqda
Iqtisodiyot
16.09.2025, 20:34

Yangi Toshkent hududida “Peterburg mavzesi”ni barpo etiladi
Siyosat
11.09.2025, 09:01

Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasida muhim hujjatlar qabul qilindi
Siyosat
02.09.2025, 10:16

Namanganda noqonuniy “hujra”lar tashkil qilgan shaxslar ushlandi
Oʻzbekiston
18.08.2025, 17:15
Mashhur yangiliklar

“So‘nggi qo‘ng‘iroq” va “Xayr bog‘cha — salom maktab!” tadbirlari o‘tkaziladi
Ta'lim
21.05.2026, 15:48

“Milliy kitobxonlik harakati” – bosh sovrin 50 ming dollar
Ta'lim
22.05.2026, 18:35

O‘zbekistonga qaytarilgan tarixiy artefaktlar jamoatchilikka taqdim qilindi
Madaniy
13.05.2026, 16:32

Ilmiy daraja berishda chet tilidan malakaviy imtihon topshirish talabi bekor qilinadi
Ta'lim
01.06.2026, 15:57

O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari 70,9 milliard dollarga yetdi
Iqtisodiyot
12.05.2026, 15:49

Kontrakt to‘lash muddati uzaytirildi
Ta'lim
25.05.2026, 17:07
So'nggi yangiliklar

Shri-Lanka davlat tadbirlarida bir martalik plastik idishlardan foydalanishni taqiqladi
Jahon
11.06.2026, 12:11

Shvetsiya va O‘zbekiston migratsiya sohasida bitim imzoladi
Oʻzbekiston
11.06.2026, 10:11

Ozarbayjon muxolifat yetakchisi Ali Karimli “davlat to‘ntarishiga urinish”da ayblanmoqda
Jahon
10.06.2026, 17:42

Svetofor - yo‘lchiroq, parol - o‘ron, avans - bo‘nak: yuridik atama va tushunchalar o‘zgartirilmoqda
Oʻzbekiston
10.06.2026, 15:26

Talaba qiz plastik chiqindidan ekologik beton yaratdi
Fan-texnologiya
10.06.2026, 11:35

Yana Pokiston Afg‘onistonga halokatli zarbalar berdi. Qurbonlar bor
Jahon
10.06.2026, 10:07

“Shippaklar mamlakati” – isroillik vazir Italiyani haqorat qildi
Jahon
09.06.2026, 17:36

Shifokorlar sun’iy intellekt yordamida yiliga 132 soat vaqt tejamoqda – tadqiqot
Fan-texnologiya
09.06.2026, 16:34

Latviya osmonida Rossiya droni urib tushirildi
Jahon
09.06.2026, 15:23

“Soliq Mobile” orqali 3,2 mlrd so‘m keshbek talon-toroj qilindi
Oʻzbekiston
09.06.2026, 12:21

Bukmekerlikni reklama qilish qonunchilikka zid – Raqobat qo‘mitasi ogohlantirdi
Oʻzbekiston
09.06.2026, 11:54

“Zudlik bilan to‘xtang“ – Tramp Eron va Isroildan o‘t ochmaslikni so‘ramoqda
Jahon
08.06.2026, 17:33

Nikol Pashinyan saylovda g‘alaba qozonganini e’lon qildi
Jahon
08.06.2026, 14:25

O‘zbekiston banklarining aktivlari hajmi 962,8 trillion so‘mga yetdi
Oʻzbekiston
08.06.2026, 13:39

Sifatsiz oziq-ovqat tufayli yiliga 1,5 million odam vafot etmoqda – JSST
Jahon
08.06.2026, 11:11

Odamizod bu dunyodan o‘tib borar — Ibrohim G‘afurov vafot etdi
Madaniy
06.06.2026, 18:01

Isroilning 2 nafar vaziriga Irlandiyaga kirish taqiqlandi
Jahon
06.06.2026, 15:20

Yil boshidan beri poytaxtda uylar narxi qanday o‘zgardi?
Oʻzbekiston
06.06.2026, 15:00

JCH-2026 “Oltin butsa”si kimga nasib qiladi — Mbappe, Ronaldu, Messi, Keyn?
Sport
06.06.2026, 11:37

Ukraina hujumlari oqibatida 5 nafar Ozarbayjon fuqarosi halok bo‘ldi
Jahon
05.06.2026, 16:48
Mashhur yangiliklar

“So‘nggi qo‘ng‘iroq” va “Xayr bog‘cha — salom maktab!” tadbirlari o‘tkaziladi
Ta'lim
21.05.2026, 15:48

“Milliy kitobxonlik harakati” – bosh sovrin 50 ming dollar
Ta'lim
22.05.2026, 18:35

O‘zbekistonga qaytarilgan tarixiy artefaktlar jamoatchilikka taqdim qilindi
Madaniy
13.05.2026, 16:32

Ilmiy daraja berishda chet tilidan malakaviy imtihon topshirish talabi bekor qilinadi
Ta'lim
01.06.2026, 15:57

O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari 70,9 milliard dollarga yetdi
Iqtisodiyot
12.05.2026, 15:49

Kontrakt to‘lash muddati uzaytirildi
Ta'lim
25.05.2026, 17:07
