Rasmiy munosabat: “Darband”dagi tarozi hokimning qarindoshiga tegishliligi rad etildi
Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari chegarasidagi M–39 xalqaro avtomobil yoʻlining 1326-kilometrida joylashgan “Darband” muntazam yoʻl-patrul postidagi yuk avtomobillari ogʻirligini oʻlchash uchun oʻrnatilgan tarozi viloyat hokimi U.Qosimovning qarindoshiga tegishli ekani haqida xabarlar tarqaldi.
Oʻzbekiston
23.10.2025, 09:01
Ulashish:

Mazkur xabarga viloyat hokimligi matbuot xizmati munosabat bildirib, “Darband” postida oʻrnatilgan “Tenso M VA–20P” rusumli yuk tarozisini Boysun tumani yoʻllardan foydalanish korxonasi davlat muassasasi Prezidentimizning 2023 yil 10 oktabrdagi “Yoʻl xoʻjaligi sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 26 dekabrdagi qaroriga muvofiq oʻrnatganini maʼlum qildi.
Rasmiy munosabatda aytilishicha, mazkur tarozi xususiy shaxsga emas, balki davlat korxonasiga tegishli boʻlib, u viloyat hokimining qarindoshiga aloqador ekani haqidagi maʼlumotlar mutlaqo asossiz va haqiqatga toʻgʻri kelmaydi. “Darband” postidagi yuk ogʻirligini oʻlchash tizimi – yoʻl infratuzilmasini saqlash, avtotransport vositalari harakati xavfsizligini taʼminlash hamda ortiqcha yuk tashish holatlarining oldini olish maqsadida yuqoridagi meʼyoriy hujjatlar asosida oʻrnatilgan.
Hozir viloyat ichki ishlar boshqarmasi yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi hamda viloyat avtomobil yoʻllari bosh boshqarmasi “Darband” postidagi nazorat jarayonlarini 24/7 rejimida kuzatuv va tahlil ostiga olgan.
Olib borilgan tekshiruvlar shuni koʻrsatmoqdaki, ayrim ogʻir yuk mashinalari ogʻirlik nazoratidan qochish maqsadida post yaqinida sunʼiy tirbandlik hosil qilgan. Yaʼni, ikki yoʻnalish boʻyicha 30-40 tadan ortiq yuk avtomobili yoʻl chetida toʻxtab turgan holda harakatni toʻsib qoʻygan. Ularga belgilangan tartibda nazoratdan oʻtish va harakatni davom ettirish taklif etilgan boʻlsa-da, ayrim haydovchilar buni rad etib, tirbandlikni sunʼiy ravishda kuchaytirishda davom etmoqda. Shunga qaramay, meʼyordagi yuk bilan harakatlanayotgan transport vositalari belgilangan tartibda vazn nazoratidan toʻsiqsiz oʻtmoqda. Ularning harakatida hech qanday muammo kuzatilmayapti.
Munosabat yakunida Surxondaryo viloyati hokimligi ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan asossiz maʼlumotlarga ishonmaslikni va faqat rasmiy manbalarga tayanishni tavsiya etgan.
Oʻzbekiston
23.10.2025, 09:01
Ulashish:
Mashhur yangiliklar

Isroil urushni tugatish shartlarini maʼlum qildi
Jahon
17.03.2026, 13:40

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda
Fan-texnologiya
18.03.2026, 14:45

Trampning yuziga “tarsaki” tushirgan mulozim ishdan boʻshadi
Jahon
18.03.2026, 14:17

Nega Isroil Livanga ham zarba bermoqda?
Jahon
16.03.2026, 13:52

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi
Madaniy
19.03.2026, 11:20

Benksi kim? Asrimizning eng mashhur “ko‘cha” rassomi fosh bo‘ldi(mi?)
Madaniy
28.03.2026, 15:48
So'nggi yangiliklar

Zelenskiy: Ummon, Quvayt va Bahrayn bilan xavfsizlik sohasida hamkorlik qilmoqchimiz
Jahon
10.04.2026, 12:32

Yaqin Sharq mojarosi: Markaziy Osiyoda tranzit narxi oshmoqda
Jahon
07.04.2026, 15:41

7-aprel – Butunjahon salomatlik kuni
Jahon
07.04.2026, 10:23

Oliy ta’lim to‘g‘risidagi nizom yangidan tasdiqlandi
Ta'lim
06.04.2026, 17:35

Magnus Karlsen: Sindarovning natijasini hech kim kutmagandi
Sport
06.04.2026, 13:50

Afg‘oniston Markaziy Osiyo bilan savdo hajmini 10 milliard dollarga yetkazmoqchi
Jahon
06.04.2026, 12:12

“Uyimiz juda go‘zal” – Artemida II Yerning yangi fotosuratlarini yubordi
Fan-texnologiya
06.04.2026, 10:49

Inson neyronlari va kompyuter chipi birlashtirilmoqda
Fan-texnologiya
04.04.2026, 15:48

Hormuzdagi vaziyat: 670 ta kema kutib turibdi
Iqtisodiyot
03.04.2026, 17:17

Apple va Samsung: Jahon smartfon bozorining yetakchilari
Iqtisodiyot
03.04.2026, 12:37

50 yildan so‘ng insoniyat yana Oyga parvoz qildi
Fan-texnologiya
02.04.2026, 17:01

Amudaryo suvida Afg‘onistonning ulushi bormi?
Oʻzbekiston
02.04.2026, 11:24

Bitta bilet – bir nechta manzil: “Uzbekistan Airways” qiziqarli shartnoma imzoladi
Oʻzbekiston
01.04.2026, 16:01

Kimda “qizil tugma” bor? Dunyodagi yadroviy davlatlar va ularning tarixi
Fan-texnologiya
01.04.2026, 10:04

12 tonna KitKat mahsuloti Yevropada o‘g‘irlandi
Jahon
31.03.2026, 15:37

Ukraina va Saudiya: Kiyev harbiy tajribasini Fors ko‘rfaziga eksport qilmoqda
Jahon
28.03.2026, 17:20

Benksi kim? Asrimizning eng mashhur “ko‘cha” rassomi fosh bo‘ldi(mi?)
Madaniy
28.03.2026, 15:48

Erondagi urush fonida aviatashuvlar narxi keskin oshdi
Jahon
21.03.2026, 07:18

Hayit kuni Toshkentda jamoat transporti soat 04:00 dan ish boshlaydi
Oʻzbekiston
19.03.2026, 14:42

Navroʻz va Hayit arafasida 392 nafar mahbus afv etildi
Oʻzbekiston
19.03.2026, 14:37
Mashhur yangiliklar

Isroil urushni tugatish shartlarini maʼlum qildi
Jahon
17.03.2026, 13:40

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda
Fan-texnologiya
18.03.2026, 14:45

Trampning yuziga “tarsaki” tushirgan mulozim ishdan boʻshadi
Jahon
18.03.2026, 14:17

Nega Isroil Livanga ham zarba bermoqda?
Jahon
16.03.2026, 13:52

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi
Madaniy
19.03.2026, 11:20

Benksi kim? Asrimizning eng mashhur “ko‘cha” rassomi fosh bo‘ldi(mi?)
Madaniy
28.03.2026, 15:48
