Shavkat Mirziyoyev qatagʻon qurbonlarini yod etish marosimida ishtirok etdi
Qatagʻon qurbonlarini yod etish kuni munosabati bilan 29 avgust kuni Shahidlar xotirasi xiyoboniga davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, nuroniylar, ziyolilar yigʻildi.
Oʻzbekiston
29.08.2025, 15:12
Ulashish:

Marosimda Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi.
Vatan fidoyilari haqiga Qurʼon tilovat qilindi. Elga osh tortildi.
Xiyobondagi ramziy qabr yonida ham Qurʼon tilovat qilindi. Shu yerda ulamo va ziyolilar bilan tarixni oʻrganish va yoshlarga oʻrgatish, mustaqillik va tinchlikni qadrlash haqida muloqot boʻldi.
– Har yili Mustaqillik bayrami arafasida Vatan ozodligi yoʻlida jon fido etgan ota-bobolarimiz haqlariga duo qilamiz. Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun kurashgan qahramon ajdodlarimiz jasorati biz uchun doimo ibrat maktabi boʻlib qoladi, – dedi davlat rahbari.
Maʼlumki, oʻsha mashʼum yillarda 100 mingdan ziyod begunoh vatandoshimiz qatagʻon qilingan. Minglab yurtdoshlarimiz “xalq dushmani” degan nohaq ayblov bilan otib tashlangan, undan ham koʻpi surgun qilingan. Ularning ortidan minglab ayollar beva, bolalar yetim boʻlib qolgan. Oradan qariyb bir asr oʻtgan boʻlsa-da, oʻsha mudhish davrni chuqur iztirob bilan esga olamiz.
Bular bugungi erkin hayotimizni yanada qadrlashga, mustaqillikni mustahkamlashga undashi taʼkidlandi.
– Vatanimiz fidoyilarini ulugʻlash, xotirasini abadiylashtirish boʻyicha koʻp ishlar qilyapmiz, – dedi Shavkat Mirziyoyev. – Soʻnggi sakkiz yilda 1 ming 200 dan ziyod jafokash bobolarimiz nomi oqlandi. “Qatagʻon qurbonlari xotirasi” muzeyi rekonstruksiya qilinib, minglab yangi hujjatlar bilan toʻldirildi. Hududlarda ham shunday muzeylar tashkil etildi. Bu yil jadidchilik harakatining yoʻlboshchisi Mahmudxoʻja Behbudiy tavalludining 150 yilligini nishonlayapmiz. Buxoro shahrida Jadidlar merosi davlat muzeyi tashkil qilinmoqda.
Endi bularning mazmunini, “tirik” tariximizni xalqimizga kengroq yetkazish kerak.
Mana, oʻtgan yildan eʼtiboran, har yili oktabrning birinchi haftasini Siyosiy qatagʻon qurbonlarini yod etish haftaligi sifatida belgiladik. Bu yil ushbu tadbir Xotira va tarbiya haftaligi sifatida oʻtkaziladi. Xoʻsh, bu haftalikda xalqimizga nimalarni yetkazamiz, yoshlarimizga nimani oʻrgatamiz? Tarixchi olimlar, yozuvchi-shoirlar bilan birga buni chuqurroq oʻylab, xalqchil, ommabop qilib yoʻlga qoʻyish kerak. Maktab va universitetlarda qoʻshimcha darslar, telekanallarda maxsus koʻrsatuvlar berish, yoshlar oʻrtasida tanlovlar oʻtkazish mumkin. Mustaqillik qanday buyuk neʼmat ekanini, qanday kuchli ajdodlarimiz borligini elning qon-qoniga singdirish kerak. Agar yoshlarimiz ruhan kuchli boʻlsa, oʻz oldiga katta maqsadlar qoʻyadi, fanlarniyam yaxshi oʻrganadi, yetuk shaxslar boʻlib yetishadi.
Bu borada millat oydinlari hayotini oʻrganish gʻoyat muhim ekani taʼkidlandi.
– Jadid bobolarimiz har sohada ilgʻor edi. Birinchi oʻzbek romani, teatr va kino asarlari, turli fanlar boʻyicha darsliklarni aynan ular yaratgan. Oʻtgan asrning 20-yillarida Germaniyada tahsil olgan turkistonlik talabalar qatagʻon qilinmaganida, butun jamiyatni oʻzgartirardi. Bor tariximizni toʻgʻri yetkaza olsak, yoshlarimiz boshqa qahramon izlamaydi, yetuk bobolarimiz buning uchun tayyor namuna, – dedi prezident.
Ulamolar yurtimizdagi shu tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka barqaror boʻlishini tilab duolar qilishdi.
Oʻzbekiston
29.08.2025, 15:12
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Shavkat Mirziyoyev Belgiyaliklar qiroli bilan uchrashdi
Siyosat
24.10.2025, 21:17

Muhammad Abunayyan: “Oʻz xalqini Siz kabi sevadigan davlat rahbarini uchratmadim”
Oʻzbekiston
16.10.2025, 16:03

Shavkat Mirziyoyev OTB bilan sheriklikni yanada kengaytirish muhimligini taʼkidladi
Oʻzbekiston
18.09.2025, 10:30

Namanganda natijadorlikni yanada oshirish vazifalari belgilandi
Oʻzbekiston
17.09.2025, 10:48

Boʻstonliqda “Chimyon” umummavsumiy kurorti barpo etilmoqda
Iqtisodiyot
16.09.2025, 20:34

Yangi Toshkent hududida “Peterburg mavzesi”ni barpo etiladi
Siyosat
11.09.2025, 09:01
Mashhur yangiliklar

Tashiyev va Japarov raqobati: ziddiyat ortidagi korrupsiya va siyosiy o‘yinlar
Jahon
29.04.2026, 17:48

Abbos Aroqchi Vladimir Putin bilan uchrashdi
Jahon
28.04.2026, 10:47

Sun’iy intellektda yaratilgan aktyor va senariylarga “Oskar” berilmaydi
Madaniy
02.05.2026, 17:05

Isroillik erkak Quddusda xristian rohibasiga hujum qilib, jarohat yetkazdi
Jahon
01.05.2026, 16:27

Britaniyalik pop yulduzi Dua Lipa Samsung kompaniyasini sudga berdi
Jahon
11.05.2026, 11:26

Shakira Jahon chempionatining rasmiy “Dai Dai” qo‘shig‘ini taqdim etdi
Sport
08.05.2026, 10:48
So'nggi yangiliklar

Sel suvlari – yo‘qotilayotgan resurs
Oʻzbekiston
26.05.2026, 11:12

Rossiya Armanistonni ogohlantirdi
Jahon
26.05.2026, 10:27

Tijorat banklari “AI maslahatchisi” dasturini ishga tushiradi
Iqtisodiyot
26.05.2026, 10:01

Toshkentda 100 kilometrlik pulli halqa yo‘li qurilishi mumkin
Oʻzbekiston
26.05.2026, 09:23

Kontrakt to‘lash muddati uzaytirildi
Ta'lim
25.05.2026, 17:07

Bayram kunlari yomgʻir va sel-suv toshqinlari kutilmoqda — “Oʻzgidromet”
Oʻzbekiston
25.05.2026, 16:17

Pokistonda furgon avtobusga urildi
Jahon
25.05.2026, 15:49

Namangan shahri Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi
Madaniy
25.05.2026, 11:54

Yaqin Sharq AQSHnikimi?
Jahon
25.05.2026, 11:23

Hayraton–Mozori Sharif temiryo‘l liniyasining beshinchi bekati qayta faoliyat boshladi
Jahon
23.05.2026, 15:40

Xitoyda ko‘mir konidagi portlash oqibatida 90 kishi halok bo'ldi
Jahon
23.05.2026, 12:15

“Milliy kitobxonlik harakati” – bosh sovrin 50 ming dollar
Ta'lim
22.05.2026, 18:35

Yahudiylarga o‘lim bilan tahdid qilgan erkak qamaldi
Jahon
22.05.2026, 17:58

BMT Ebola epidemiyasi tufayli Kongoga mablag‘ va xodimlar yubormoqda
Jahon
22.05.2026, 17:31

Sudandagi urush minglab oilalarni ayriliq azobiga duchor qildi
Jahon
22.05.2026, 15:04

“Quyoshga singib ketgan” – Saodat Ismoilovaning AQSHdagi ko‘rgazmasi
Madaniy
22.05.2026, 13:16

Eron boyitilgan urandan voz kechmaydi – Xomanaiy
Jahon
21.05.2026, 17:08

“So‘nggi qo‘ng‘iroq” va “Xayr bog‘cha — salom maktab!” tadbirlari o‘tkaziladi
Ta'lim
21.05.2026, 15:48

“Samarqandga elchilik” - Ispaniyada Amir Temur va Klavixo munosabatlari haqida roman nashr etildi
Madaniy
21.05.2026, 14:44

“Tramp bilan gaplashishdan mamnun bo‘laman” –Tayvan prezidenti
Jahon
21.05.2026, 14:01
Mashhur yangiliklar

Tashiyev va Japarov raqobati: ziddiyat ortidagi korrupsiya va siyosiy o‘yinlar
Jahon
29.04.2026, 17:48

Abbos Aroqchi Vladimir Putin bilan uchrashdi
Jahon
28.04.2026, 10:47

Sun’iy intellektda yaratilgan aktyor va senariylarga “Oskar” berilmaydi
Madaniy
02.05.2026, 17:05

Isroillik erkak Quddusda xristian rohibasiga hujum qilib, jarohat yetkazdi
Jahon
01.05.2026, 16:27

Britaniyalik pop yulduzi Dua Lipa Samsung kompaniyasini sudga berdi
Jahon
11.05.2026, 11:26

Shakira Jahon chempionatining rasmiy “Dai Dai” qo‘shig‘ini taqdim etdi
Sport
08.05.2026, 10:48
