Toşkentda avtomobillarni evakuatsiya qiliş tartibi özgardimi?
Toşkentda yöl harakatiga xalaqit beradigan joylarda qoldirilgan avtomobillar yagona elektron tizim orqali evakuatsiya qilinadi. Maşinani jarima maydonçasidan olib çiqiş uçun elektron tölov va QR-kodli ruxsatnoma talab etiladi.
Oʻzbekiston
13.11.2026, 12:32
Ulashish:

Uni uzoq vaqt olib ketmagan avtomobil egalari esa qöşimça moliyaviy majburiyatlarga duç kelişi mumkin.
24 dekabrdan Toşkentda avtomobillarni majburiy evakuatsiya qiliş va jarima maydonçalarida saqlaş böyiça yangi mexanizm işga tuşadi. Özgarişlar Vazirlar Mahkamasining 508-son qarori bilan belgilangan.
Toşkent şahrida Yöl harakatini taşkil etiş markazi ma’lum qilişiça, yangi tizim avtomobilni evakuatorga yuklaş, taşiş, jarima maydonçasida saqlaş va egasiga qaytariş jarayonlarini elektron şaklda nazorat qiliş imkonini beradi.
Yangi tartibga köra, piyodalar yölaklari, nogironligi bölgan şaxslar uçun ajratilgan joylar hamda maxsus xizmatlar harakatiga tösqinlik qiladigan hududlarda qoldirilgan avtomobillar evakuatsiya qilinadi.
Haydovçi evakuator avtomobilni yuklaşni boşlaşidan oldin yetib kelib, qoidabuzarlikni bartaraf etsa, transport vositasi olib ketilmaydi. Ammo yuklaş jarayoni boşlanganidan keyin evakuatsiyani töxtatiş mumkin emas.
Evakuatsiya va saqlaş qança turadi?
Yangi qoidalarda evakuatsiyaning har bir kilometri va jarima maydonçasida saqlaşning har bir sutkasi uçun 88 ming sömgaça tölov belgilangan.
Saqlaş uçun haq avtomobil evakuatorga yuklangan vaqtdan boşlab hisoblanadi. Evakuatsiya xizmatlari uçun umumiy tölov 1 million 760 ming sömdan oşmasligi kerak. Bu summaga yöl harakati qoidalarini buzganlik uçun belgilanadigan jarima kirmaydi.
Masalan, avtomobilni 3 kilometr masofaga taşiş va jarima maydonçasida 3 sutka saqlaş uçun jami 528 ming sömgaça tölov talab etiladi. Bunga qoidabuzarlik jarimasi ham qöşiladi.
Maşinani jarima maydonçasidan qanday oliş mumkin?
Transport vositasini qaytarib oliş uçun elektron tölovni amalga oşiriş, bir iş kuni içida SMS orqali QR-kodli ruxsatnoma oliş va şu hujjat asosida avtomobilni olib çiqiş lozim.
Elektron tizimda ruxsatnoma rasmiylaştirilmagan bölsa, avtomobilni egasiga yoki boşqa şaxsga berişga yöl qöyilmaydi.
Agar transport vositasi asossiz ravişda evakuatsiya qilingan bölsa, yuzaga kelgan xarajatlar tegişli davlat organi tomonidan qoplanadi. Taşiş vaqtida avtomobilga zarar yetkazilsa, buning uçun jarima maydonçasi operatori javob beradi.
Avtomobilni uzoq vaqt olib ketmaslik oqibati qanday böladi?
Yangi tartibda talab qilib olinmagan avtomobillar uçun ham alohida çoralar nazarda tutilgan.
Agar transport vositasi 6 oy davomida jarima maydonçasidan olib ketilmasa, u talab qilib olinmagan transport vositalari reyestriga kiritiladi. Şu vaqtgaça yiğilgan qarzdorlik majburiy tartibda undiriladi.
12 oy ötganidan keyin esa sud avtomobilni egasiz mol-mulk deb topişi mumkin.
Poytaxtda bunday çoralarning joriy etilişi notöğri töxtaş va töxtab turiş holatlariga qarşi kuraşni kuçaytirişga qaratilgan. Yöl harakatini taşkil etiş markazi avvalroq ham piyodalar yölaklari, bekatlar, yaşil hududlar va töxtaş taqiqlangan joylarda qoldirilgan avtomobillarni evakuatsiya qiliş çoralari kuçaytirilişini bildirgan edi.
Oʻzbekiston
13.11.2026, 12:32
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Elektron ruxsatnomasiz maşinani jarima maydonçasidan çiqariş taqiqlanadi
Oʻzbekiston
23.09.2026, 17:32

Özbekiston startaplar boʻyiça «Yil mamlakati» deb eʼlon qilindi
Fan-texnologiya
03.09.2026, 09:57

Yangi qurilayotgan uydan xonadon sotib olişda qaysi hujjatlarni tekşiriş kerak?
Oʻzbekiston
26.08.2026, 09:52
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01

Ukrainada Starlink faoliyati cheklandi
Jahon
15.10.2026, 11:18

Elektromobillar qimmatlaydimi?
Iqtisodiyot
14.10.2026, 16:59
So'nggi yangiliklar

Özbekistonda ilk bor sun’iy muzlik — “Ice Stupa” texnologiyasi joriy etildi
Oʻzbekiston
13.11.2026, 12:12

Hormuzdagi hujumlar neft qazib oliş hajmiga ta’sir etdimi?
Iqtisodiyot
13.11.2026, 09:04

«Ğazoliklarning ahvoli oğir»: Lyuis Hemilton Isroilga murojaat qildi
Jahon
12.11.2026, 16:42

Tolibon erkak şifokorlarning ayollarni davolaşini çeklamoqda
Jahon
12.11.2026, 15:46

Ğazoda qiş yaqinlaşmoqda, gumanitar yordam esa kirolmayapti
Jahon
12.11.2026, 12:36

«Demokrat.uz» rahbari va blogerga sud hukmi öqildi
Oʻzbekiston
12.11.2026, 12:27

Yangi Toşkentda hokimlik oçiladi: şaharda qaysi idoralar iş boşlaydi?
Oʻzbekiston
12.11.2026, 11:08

Aeroportdagi telefonlar mojarosi: Soxta IMEI raqamlari
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:51

Feruza Normatovaga nisbatan jinoyat işi qözğatildi
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:35

Feruza Normatovaga nisbatan jinoyat işi qözğatildi
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:35

Qozoğistonga aloqador xakerlar Tojikiston va Özbekiston davlat tizimlariga hujum uyuştirdi
Jahon
12.11.2026, 10:18

Qozoğistonda “Kulpaş” va “Aytmatov” filmlari namoyişi qoldirildi
Madaniy
11.11.2026, 15:53

Rossiyada migrantlar sodir etgan jinoyatlar 40 foizga kamaydi
Jahon
11.11.2026, 12:17

GTL loyihasi kutilgan natijani berdimi?
Oʻzbekiston
11.11.2026, 12:06

Eronda yangi yerosti «raketa şahri» oçildi
Jahon
11.11.2026, 11:36

YEI ilk bor Ukrainada harbiy iştirokini yölga qöyadi
Jahon
11.11.2026, 10:09

Qirğiziston Tojikistondan ötgan 170 ta uyni aholiga beradi
Jahon
10.11.2026, 15:10

"Soyuzmultfilm" Özbekiston bilan hamkorlikni tiklamoqçi
Madaniy
10.11.2026, 11:53

Özbekiston – Rossiya uçraşuvini tojikistonlik hakamlar boşqaradi
Sport
10.11.2026, 11:09
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01

Ukrainada Starlink faoliyati cheklandi
Jahon
15.10.2026, 11:18

Elektromobillar qimmatlaydimi?
Iqtisodiyot
14.10.2026, 16:59
