Turkmaniston rahbari Mirziyoyevni medal bilan mukofotlashini aytdi
Bugun, 11 oktabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonning Ashxobod shahrida boʻlib oʻtayotgan turkman shoiri va mutafakkiri Maxtumquli Firogʻiy tavalludining 300 yilligiga bagʻishlangan "Zamon va sivilizatsiyalarning oʻzaro bogʻliqligi — tinchlik va taraqqiyot asosi" mavzusidagi xalqaro forumda qatnashdi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati maʼlum qildi.
Oʻzbekiston
11.10.2024, 15:14
Ulashish:

Turkmaniston rahbari Mirziyoyevni medal bilan mukofotlashini aytdi
Qayd etilishicha, Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov raisligida oʻtgan tadbirda Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin, Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon, Eron Islom Respublikasi Prezidenti Masʼud Pezeshkiyon, Pokiston Islom Respublikasi Prezidenti Osif Ali Zardariy, Moʻgʻuliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux, Armaniston Respublikasi Prezidenti Vaagn Xachaturyan, xorijiy davlatlar parlamentlari rahbarlari va yuqori martabali vakillari, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar boshliqlari ishtirok etgan.
Mazkur tadbirda Mirziyoyev soʻzga chiqib, ushbu forumning oʻtkazilishi xalqlar oʻrtasidagi birodarlik va hamjihatlik rishtalarini mustahkamlash, mamlakatlarni bir-biriga yanada yaqinlashtirishini taʼkidlagan. Shuningdek, Prezident Maxtumquli Firogʻiyning ijodiy merosi nafaqat Sharq mumtoz sheʼriyatini, balki jahon adabiyotini ham boyitganligi eslatib oʻtgan.
"Oʻzbekistonda Maxtumquli ijodi yuksak qadrlanadi. Shoir Xiva shahridagi Shergʻozixon madrasasida tahsil olib, dunyoviy va diniy ilmlarni oʻrgangan. U buyuk oʻzbek shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiyni chuqur hurmat qilgan", deydi Oʻzbekiston rahbari.
Bundan tashqari, Prezident joriy yilda Oʻzbekistonda Maxtumquli Firogʻiy tavalludining 300 yilligi keng nishonlanayotgani bildirilgan. Shoir tavalludiga bagʻishlanib anjuman, seminar, adabiy kecha, tanlov, spektakllar va boshqa tadbirlar oʻtkazilayotganligiga toʻxtalgan. Shu oʻrinda Oʻzbek va turkman kinoijodkorlari tomonidan shoir haqida hamkorlikda badiiy film suratga olinishini ham eʼlon qilgan.
Oʻzbekiston yetakchisi Turkmaniston tashabbusi bilan BMT Bosh Assambleyasi tomonidan eʼlon qilingan "Xalqaro tinchlik va ishonch yili" doirasida kelgusi yili Ashxobod shahrida global sammit oʻtkazilishini qoʻllab-quvvatlashini bildirgan.
Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov Oʻzbekiston Prezidentiga mazmunli nutq hamda Maxtumquli Firogʻiy xotirasini abadiylashtirish borasida Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar uchun minnatdorlik bildirib, turkman shoiri va mutafakkiri tavalludining 300 yilligi munosabati bilan Mirziyoyevni medal bilan mukofotlash toʻgʻrisidagi qaror qabul qilinganini maʼlum qildi.
Oʻzbekiston
11.10.2024, 15:14
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Özbekistonga yanvar-iyun oylarida 21 042 nafar çet ellik öqiş uçun kelgan
Ta'lim
10.08.2026, 11:47

Turkmaniston O‘zbekiston SIM-kartalariga qarshi reyd boshladi
Jahon
15.07.2026, 17:58
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01

Ukrainada Starlink faoliyati cheklandi
Jahon
15.10.2026, 11:18

Elektromobillar qimmatlaydimi?
Iqtisodiyot
14.10.2026, 16:59
So'nggi yangiliklar

«Ğazoliklarning ahvoli oğir»: Lyuis Hemilton Isroilga murojaat qildi
Jahon
12.11.2026, 16:42

Tolibon erkak şifokorlarning ayollarni davolaşini çeklamoqda
Jahon
12.11.2026, 15:46

Ğazoda qiş yaqinlaşmoqda, gumanitar yordam esa kirolmayapti
Jahon
12.11.2026, 12:36

«Demokrat.uz» rahbari va blogerga sud hukmi öqildi
Oʻzbekiston
12.11.2026, 12:27

Yangi Toşkentda hokimlik oçiladi: şaharda qaysi idoralar iş boşlaydi?
Oʻzbekiston
12.11.2026, 11:08

Aeroportdagi telefonlar mojarosi: Soxta IMEI raqamlari
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:51

Feruza Normatovaga nisbatan jinoyat işi qözğatildi
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:35

Feruza Normatovaga nisbatan jinoyat işi qözğatildi
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:35

Qozoğistonga aloqador xakerlar Tojikiston va Özbekiston davlat tizimlariga hujum uyuştirdi
Jahon
12.11.2026, 10:18

Qozoğistonda “Kulpaş” va “Aytmatov” filmlari namoyişi qoldirildi
Madaniy
11.11.2026, 15:53

Rossiyada migrantlar sodir etgan jinoyatlar 40 foizga kamaydi
Jahon
11.11.2026, 12:17

GTL loyihasi kutilgan natijani berdimi?
Oʻzbekiston
11.11.2026, 12:06

Eronda yangi yerosti «raketa şahri» oçildi
Jahon
11.11.2026, 11:36

YEI ilk bor Ukrainada harbiy iştirokini yölga qöyadi
Jahon
11.11.2026, 10:09

Tojikistondan Qirg‘izistonga ötgan 170 ta uy aholiga beriladi
Jahon
10.11.2026, 15:10

Rossiyada işçi kuçi tanqis, migrantlar uçun çeklovlar esa kuçaymoqda
Siyosat
09.11.2026, 17:58

Davlat içidagi davlat: Samsung qanday yuksaldi?
Fan-texnologiya
09.11.2026, 16:19

Kelgusi 10 yilda 450 mlrd dollarlik energetika loyihalari amalga oşiriladi
Oʻzbekiston
09.11.2026, 15:16

Kosmosga yuborilgan ilk hayvonlar
Madaniy
09.11.2026, 11:50

“Aqlga ozuqa böladigan kitoblar”: ALP naşriyotida reyd ötkazildi
Madaniy
07.11.2026, 12:05
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01

Ukrainada Starlink faoliyati cheklandi
Jahon
15.10.2026, 11:18

Elektromobillar qimmatlaydimi?
Iqtisodiyot
14.10.2026, 16:59
