Uyi renovatsiyaga tushgan fuqarolarga kompensatsiya beriladi
“Shaharsozlik renovatsiyasi toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi ishlab chiqilib, parlament quyi palatasidagi fraksiyalarning yigʻilishlarida birinchi oʻqishda koʻrib chiqildi.
Oʻzbekiston
05.08.2025, 11:02
Ulashish:

OʻzA
Eskirgan, foydalanish uchun yaroqsiz va avariya holatidagi uy-joylarni qayta qurish – renovatsiya qilish orqali shahar va mahallalarni obodonlashtirish, infratuzilma obʼektlarini zamonaviylashtirish, hududlarni meʼmoriy, ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik jihatdan yaxshilash, eski bino-inshootlarni yangilash, qulay va energiya samarador holatga keltirish shaharsozlikning muhim jihatlaridandir. Bu boradagi ishlarni amalga oshirish uchun esa zarur huquqiy asoslarni mustahkamlash lozim.
Shu maqsadda “Shaharsozlik renovatsiyasi toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi ishlab chiqilib, parlament quyi palatasidagi fraksiyalarning yigʻilishlarida birinchi oʻqishda koʻrib chiqildi. Xususan, Xalq demokratik partiyasi fraksiyasining yigʻilishida ushbu loyiha partiya Saylovoldi dasturidan oʻrin olgan vazifalardan biri ekanligi alohida urgʻulandi.
Tashabbuskorlarning maʼlum qilishicha, mazkur qonun loyihasining maqsadi shaharsozlik hujjatlariga muvofiq ishlab chiqilgan hududni meʼmoriy, ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik jihatdan yaxshilash kabi shaharsozlik renovatsiyasi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Shundan kelib chiqib, qonun loyihasi bilan renovatsiyaning majburiy shartlari, asosiy prinsiplari, renovatsiya bosqichlari, bu borada loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish tartibi, sohada davlat boshqaruvi asoslari belgilanmoqda.
Qayd etilganidek, foydalanishga yaroqsiz holga kelgan, eskirgan koʻp qavatli uy-joylarning oʻrniga yangilarini qurish orqali hududlar obod boʻladi, koʻrkamlashadi. Ammo renovatsiya dasturi loyihasi renovatsiyaga tushadigan uy-joy mulkdorlarining roziligiga asoslanishi hamda keng jamoatchilik muhokamalaridan oʻtkazilishi, shuningdek, uyi renovatsiyaga tushgan fuqarolarni yangi uy qurilgungacha uy bilan taʼminlash yoki ijarada tursa, ijara xarajatlarini qoplab berish lozim boʻladi.
Xalq vakillarining bu boradagi savollariga masʼullar qonun loyihasi bilan uyi renovatsiyaga tushgan mulkdorlarga bir qator kafolatlar berilishini, turar va noturar joy mulkdorlariga adolatli kompensatsiya berish tizimi nazarda tutilayotganini maʼlum qildi.
Yaʼni, fuqarolar yashab turgan koʻp kvartirali uy renovatsiyaga tushganda, quruvchi ikki yil muddat ichida yangi uyni qurishi, oʻsha uydan fuqarolarga eski uyining hajmidan kam boʻlmagan va tayyor taʼmirlangan xonadonni pastki qavatdan berish majburiyatini oladi. Bundan tashqari, quruvchi yangi uy qurilguncha ijarada yashab turgan aholi vakillarining ijara pulini ham qoplab beradi. Yoxud turar va noturar joy obʼektlarining bozor qiymatida pul mablagʻlari berilishi belgilanmoqda.
Renovatsiya qurilish muddati 2 yil etib belgilanmoqda. Agar quruvchi 2 yilda qurib ulgurmasa, kechikkan har bir kun uchun mulkdorlarga mulk qiymatining 0,5 foizi miqdorida penya toʻlashi oʻz aksini topmoqda.
Oʻzbekiston
05.08.2025, 11:02
Ulashish:
Mashhur yangiliklar

Tashiyev va Japarov raqobati: ziddiyat ortidagi korrupsiya va siyosiy o‘yinlar
Jahon
29.04.2026, 17:48

“Ochofat yirtqichlar” – Tramp, Putin va Netanyahu xalqaro huquqni buzishda ayblandi
Jahon
21.04.2026, 11:26

Abbos Aroqchi Vladimir Putin bilan uchrashdi
Jahon
28.04.2026, 10:47

Yevropaga eltuvchi yo‘llar “qabriston”ga aylanmoqda
Jahon
22.04.2026, 11:38

Isroillik erkak Quddusda xristian rohibasiga hujum qilib, jarohat yetkazdi
Jahon
01.05.2026, 16:27

Sun’iy intellektda yaratilgan aktyor va senariylarga “Oskar” berilmaydi
Madaniy
02.05.2026, 17:05
So'nggi yangiliklar

Turkiy davlatlar rahbarlari Ahmad Yassaviy maqbarasini ziyorat qilishdi
Madaniy
15.05.2026, 16:18

“Eron urushini davom ettirishdan ma’no yo‘q” – Xitoy
Jahon
15.05.2026, 10:55

Chorvachilikni rivojlantirishda yangi qadam
Oʻzbekiston
13.05.2026, 17:22

O‘zbekistonga qaytarilgan tarixiy artefaktlar jamoatchilikka taqdim qilindi
Madaniy
13.05.2026, 16:32

Andijon voqealari: 21 yil oldingi qonli kun
Oʻzbekiston
13.05.2026, 14:42

O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari 70,9 milliard dollarga yetdi
Iqtisodiyot
12.05.2026, 15:49

Davomli xantavirus — Infeksiyadan keyingi hayot tashvishlimi?
Jahon
12.05.2026, 15:09

BAA kompaniyasi O‘zbekistonda 100 ta diagnostika markazi tashkil etadi
Oʻzbekiston
12.05.2026, 11:25

Moliyaviy xizmatlar sohasida 22,4 foizlik o‘sish qayd etildi
Iqtisodiyot
11.05.2026, 16:08

Hindiston bosh vaziri masofaviy ishlashga qaytishni taklif qildi
Jahon
11.05.2026, 15:40

O‘zbek qizi malay tili bo‘yicha xalqaro musobaqa g‘olibi bo‘ldi
Ta'lim
11.05.2026, 14:01

Qiymati 50 mln dollardan ortiq bo‘lgan loyihalar korrupsiyaga qarshi tekshiruvdan o‘tadi
Iqtisodiyot
11.05.2026, 12:55

Britaniyalik pop yulduzi Dua Lipa Samsung kompaniyasini sudga berdi
Jahon
11.05.2026, 11:26

Soxta “Nobel” yaratib, o‘zini-o‘zi mukofotlagan professor fosh bo‘ldi
Jahon
09.05.2026, 16:06

Nega “Pivo o‘lkasi”da ichkilik darajasi pasayib ketdi?
Jahon
08.05.2026, 17:11

Shakira Jahon chempionatining rasmiy “Dai Dai” qo‘shig‘ini taqdim etdi
Sport
08.05.2026, 10:48

Afg‘onistondagi gumanitar inqiroz Markaziy Osiyoni logistika markaziga aylantirishi mumkin
Jahon
07.05.2026, 13:30

O‘zbekiston va Pokiston sanoat, investitsiya va logistika sohalaridagi hamkorlikni kengaytirmoqda
Iqtisodiyot
07.05.2026, 12:06

Eronlik Nobel mukofoti sovrindori Narges Muhammadiy o‘lim yoqasida
Jahon
06.05.2026, 17:11

FIFA rahbari Infantino jahon chempionati chiptalari narxini himoya qildi
Sport
06.05.2026, 16:09
Mashhur yangiliklar

Tashiyev va Japarov raqobati: ziddiyat ortidagi korrupsiya va siyosiy o‘yinlar
Jahon
29.04.2026, 17:48

“Ochofat yirtqichlar” – Tramp, Putin va Netanyahu xalqaro huquqni buzishda ayblandi
Jahon
21.04.2026, 11:26

Abbos Aroqchi Vladimir Putin bilan uchrashdi
Jahon
28.04.2026, 10:47

Yevropaga eltuvchi yo‘llar “qabriston”ga aylanmoqda
Jahon
22.04.2026, 11:38

Isroillik erkak Quddusda xristian rohibasiga hujum qilib, jarohat yetkazdi
Jahon
01.05.2026, 16:27

Sun’iy intellektda yaratilgan aktyor va senariylarga “Oskar” berilmaydi
Madaniy
02.05.2026, 17:05
