Viloyatlik endi oʻz viloyatida taksichilik qiladi
Telegram messenjeridagi kanallarda va ijtimoiy tarmoqlarda "Hamma oʻz viloyatida taksi qiladigan jarayonga ham yetib kelibmiz", deb nomlangan video tarqaldi. Videoda aytilishicha, taksi haydovchilariga endi litsenziya beruvchi tashkilot endilikda har bir haydovchiga litsenziya berishda oʻz hududini hisobga olgan holda bermoqda.
Oʻzbekiston
12.06.2025, 11:25
Ulashish:

"01—Toshkent raqami. Ular Toshkentda ishlaydi, Andijonliklar Andijonda, Qoraqalpogʻistonliklar Qoraqalpogʻistonda, qashqadaryoliklar, Qashqadaryoliklar Qashqadaryoda", deydi video muallifi.
Transport vaziri matbuot kotibi Navruz Ashurmatov mazkur xabarni tasdiqladi. Uning aytishicha, bu holat kecha yoki bugun paydo boʻlib qolmagan.
"2011 yilda aynan mana shu yoʻnalishli taksilar faoliyatini tartibga soluvchi 139-sonli qaror chiqarilgan. Oʻsha qaror bilan tasdiqlangan nizomda yoʻnalishli taksilar uchun yagona tanish belgilari va ularning faoliyat yuritishi uchun qoʻyilgan talablar bor. Oʻsha nizomning 5-bob 9-bandida haydovchi yoʻlovchilarni yoʻnalishsiz taksida tashishni litsenziya kartochkasida belgilangan hududda amalga oshiriladi deb yozilgan. Bu qaror hozir oʻzining kuchini yoʻqotgan. Mazkur qaror oʻrnini bosuvchi 2025 yilda chiqqan qarorga koʻra, haydovchining oʻz hududida, yaʼni litsenziya kartochkasida koʻrsatilgan hududda faoliyat olib borishi belgilab qoʻyildi", deydi vazir matbuot kotibi.
Yaʼni haydovchi faoliyatini oʻsha litsenziya varaqasida koʻrsatilgan hudud va unga tutash hududda olib boradi. Masalan Toshkent shahrida roʻyxatdan oʻtgan 01 kod bilan boshlanuvchi davlat raqamli transport vositasi Toshkent shahri, Toshkent viloyati va Sirdaryo viloyati hududida taksichilik faoliyati bilan shugʻullanishi mumkin. Xuddi shuningdek, viloyatlarniki ham xuddi shunaqa boʻladi, deydi vazirlik axborot xizmati rahbari Navroʻz Ashurmatov.
Iqtisodchi Otabek Bakirov oʻzining Telegram sahifasida yozishicha, mazkur qaror muhokama qoʻyilmagan. Vazirlik esa nima uchun. Bunday qilganiga izoh bermagan.

"Oʻn minglab odamlarning nafratini qoʻzgʻaydigan bu qarorning lobbisti kim boʻlganini oʻzingiz uchun tasavvur qilishingiz mumkin.
Darvoqe, Lolazorʼning oʻtgan yilgi sonlaridan birida taksi xizmati koʻrsatishdan viloyatliklar chetlashtirilishi yopiq kabinetlarda muhokama qilinayotgani haqida gaplashgan edik.
Endi Toshkent shahrida taksichilik faoliyati bilan shugʻullanayotgan oʻn minglab Oʻzbekiston fuqarolarida bir necha variantlar qoladi:
1. Mashinasini sotib, Rossiyaga mardikorlikka ketish.
2. Viloyatlarga qaytish va ishsizlar yoki kambagʻallar armiyasini koʻpaytirish.
3. Kamida 5,5 mln.soʻm pul sarflab oʻz mashinasini Toshkentlik qarindoshi yoki tanishi nomiga oʻtkazish (Toshkent raqami uchun), keyin ijarada yoki ishonchnomada taksichilik qilish. Oʻtgan yomon zamonda yuz minglab oʻzbekistonliklar Toshkent shahridagi oʻz uyini boshqalar nomiga rasmiylashtirib va ijara shartnomasi qilib yashashiga toʻgʻri kelardi. Xuddi shu buzuq praktika qaytmoqda. Masala xususan, avtomobil raqamiga oid boʻlgani uchun lobbi aynan raqam qirollaridan chiqqanmikan, degan gumon ham keladi. Chunki oxirgi chora sifatida viloyatlik haydovchilar Toshkent raqamlarini olishga majbur boʻlishadi”, deb yozadi Bakirov oʻzining Telegram sahifasida.
Unga koʻra, poytaxtliklar viloyatliklarni kamsitishga oid bu qarorning oqibatlarini ularning choʻntaklari sezishadi. Toshkentda taksi narxlari oshadi.
Bakirovning mazkur qarorni Konstitutsiyaning ruxi va mundarijasiga zid ekanligini aytgan.
Iqtisodchi Behzod Xoshimov ham oʻzining Telegram sahifasida mazkur qarorga oʻz fikrlarini yozib qoldirdi.

Uning fikricha, Toshkentdagi tirbandliklar masalasi xato yoʻl bilan yechishmoqchi boʻlayapti. Muammo talabda, taklifda emas. Toshkentda koʻp avtomobillarga talab bor, koʻp odamlar esa bu talabni qondiradi. Iqtisodchi bu muammoga oʻz yechimlarini berdi.
"Bu masalani toʻgʻri yechimlari bor - pullik parkovka, jamoat transportiga sarmoya, balki koʻchalardagi harakatlanish ayrim vaqtlarda pullik boʻlishi mumkin. Belgilangan chorada esa - masala xuddi faqat taklifdagidek tuyulyapti. Qaysidir janubiy amerika mamlakatida, avtomobil raqamlari toq raqam bilan tugasa toq kunlarda, juft raqam boʻlsa juft kunlarda harakatlanishga ruxsat berishgan edi. Natijada, avtomobillar soni qarib ikki karra oshgan. Bu loyihani ham aylanib oʻtishadi, sal-pal haqlar poymol qilinadi, qonuniylikka nisbatan behurmatlik oshadi, lekin taksilar yoʻq boʻlib qolmaydi.
Ikkinchi tomondan - qonuniy masala. Bunisi muhim. Konstitutsiyaviy va bazaviy inson huquqlari. Agar qaysidir faoliyat turi - odamni kelib chiqishi sababidan boshqa viloyatlarda ishlashi taqiqlansa - insonlarning konstitutsiyaviy huquqi masalasi koʻtarilishi kerak. Oʻzbekistonliklar, Oʻzbekistonni istalgan hududida yashashga va mehnat qilishga boʻlgan haqlari cheklanmasligi kerak deb oʻylayman”, deya yozgan iqtisodchi Behzod Hoshimov.
Iqtisodchi Otabek Bakirovning yozishicha, Konstitutsion sudga murojaat qilish kerak. Murojaat qilishning eng oson varianti sifatida parlament deputatlari orqali amalga oshirilishi mumkin.
Agarda viloyatlik taksistlarning huquqi cheklanishiga koʻz yumilsa, ertaga navbat viloyatlik novvoylar, viloyatlik oʻqituvchilar va hammamizga yetib boradi. Biz oʻtgan yomon zamonda bir kechada uygʻonib turib, 2016-yilga kelib qolmaganmiz.
Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev oʻzining Telegram sahifasida barchani Konstitutsiyaga qarshi propiska rejimi rasman qaytgani bilan hammani tabriklagan. Uning aytishicha, masʼullar bunda "ahmoqona gʻoyani" imi-jimida qabul qilib yuborishgan. Huquqshunos ham qaror oqibatlari haqida toʻxtalib oʻtdi.

“Birinchidan, endi Toshkentda taksilar qimmat boʻladi;
Ikkinchidan, 2 minutda keladigan taksi 10 yoki 20 minutda kelishni boshlaydi, chunki qonuniy taksichilar soni keskin kamayadi;
Uchinchidan, endi viloyatliklar noqonuniy taksichilik qilishga oʻtadi. Koʻchalarda qoʻl koʻtarib turganlar koʻpayishni boshlaydi, yashirin iqtisodiyot yana gullab, yashnaydi;
Toʻrtinchidan, endi qonuniy ishlamoqchi boʻlgan viloyatliklar noiloj OʻZ MAShINASINI Toshkent propiskasi bor biron tanishining nomiga oʻtkazishga, oʻzi esa "gen doverennost" orqali yurishga MAJBUR boʻladi. Natijada mulkiy nizolarning yangi toʻlqini boshlanadi, tanishiga ishonib, oʻz mashinasidan ayrilib qolgan yurtdoshlarimiz koʻpayishni boshlaydi”, deya yozadi huquqshunos.
Unga koʻra, bu qaror orqali Toshkentdagi tirbandliklar yoʻqolib qolmaydi. Hamma oʻz viloyatlariga qaytib ketmaydi. Bunga ishonayotganlarning yoki oʻzi ahmoq, yoki boshqalarni ahmoq deb oʻylaydi.
"Eng asosiysi PROPISKA REJIMI rasman qaytgani bilan hammani tabriklayman! Qanchadan qancha “qon yutishlar” orqali bir amallab yoʻqotilgan laʼnati rejim taksichilar misolida yana ORTGA QAYTIBDI! Konstitutsiyaga zid boʻlsa ham, baribir shu qarorni qabul qilishibdi. Eh, propiska rejimi bekor qilingani Yangi Oʻzbekistondagi eng katta yutuqlardan biri sifatida eʼtirof etilgan edi-ya... Bunchatez ortga qaytamiz, deb oʻylamagandim.
Taksichilar — bu boshlanishi! Ertaga viloyatlik sartarosh oʻzini viloyatida sochini olsin deyishadi, viloyatlik novvoy oʻzini viloyatida non yopsin deyishadi, viloyatlik xodimlar oʻzini viloyatida ishlasin deyishadi. Yoʻq, unaqa boʻlmaydi, demoqchimisiz? Men uncha shoshmagan boʻlardim. Mana, taksida qilishdi-ku... Axir bu fakt-ku.
Yashasak koʻraveramiz, bizni yana nimalar kutib turganini”, deya yozgan huquqshunos.
Oʻzbekiston
12.06.2025, 11:25
Ulashish:
Mashhur yangiliklar

“So‘nggi qo‘ng‘iroq” va “Xayr bog‘cha — salom maktab!” tadbirlari o‘tkaziladi
Ta'lim
21.05.2026, 15:48

O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari 70,9 milliard dollarga yetdi
Iqtisodiyot
12.05.2026, 15:49

Britaniyalik pop yulduzi Dua Lipa Samsung kompaniyasini sudga berdi
Jahon
11.05.2026, 11:26

Soxta “Nobel” yaratib, o‘zini-o‘zi mukofotlagan professor fosh bo‘ldi
Jahon
09.05.2026, 16:06

O‘zbekistonga qaytarilgan tarixiy artefaktlar jamoatchilikka taqdim qilindi
Madaniy
13.05.2026, 16:32

Shakira Jahon chempionatining rasmiy “Dai Dai” qo‘shig‘ini taqdim etdi
Sport
08.05.2026, 10:48
So'nggi yangiliklar

Yangi “Toshkent – Samarqand” avtomobil yo‘li 282 kilometrni tashkil etadi
Oʻzbekiston
01.06.2026, 17:47

Ilmiy daraja berishda chet tilidan malakaviy imtihon topshirish talabi bekor qilinadi
Ta'lim
01.06.2026, 15:57

Har yili 100 ta she’riy konsert davlat hisobidan moliyalashtiriladi
Madaniy
01.06.2026, 15:14

Mas’ud Pezeshkiyon iste’foga chiqmoqchi(mi?)
Jahon
01.06.2026, 14:20

Fransiya harbiylari Rossiya neft tankerini to‘xtatdi
Jahon
01.06.2026, 11:25

Myanmada portlash: 55 kishi halok bo‘ldi, o‘nlab odamlar jarohatlandi
Jahon
01.06.2026, 10:55

Janubiy Koreya o‘z hududida atom suvosti kemalarini quradi
Jahon
28.05.2026, 16:53

Muqaddas Ka’ba haqida muhim 10 ta fakt
Madaniy
27.05.2026, 07:48

Sel suvlari – yo‘qotilayotgan resurs
Oʻzbekiston
26.05.2026, 11:12

Rossiya Armanistonni ogohlantirdi
Jahon
26.05.2026, 10:27

Tijorat banklari “AI maslahatchisi” dasturini ishga tushiradi
Iqtisodiyot
26.05.2026, 10:01

Toshkentda 100 kilometrlik pulli halqa yo‘li qurilishi mumkin
Oʻzbekiston
26.05.2026, 09:23

Kontrakt to‘lash muddati uzaytirildi
Ta'lim
25.05.2026, 17:07

Bayram kunlari yomgʻir va sel-suv toshqinlari kutilmoqda — “Oʻzgidromet”
Oʻzbekiston
25.05.2026, 16:17

Pokistonda furgon avtobusga urildi
Jahon
25.05.2026, 15:49

Namangan shahri Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi
Madaniy
25.05.2026, 11:54

Yaqin Sharq AQSHnikimi?
Jahon
25.05.2026, 11:23

Hayraton–Mozori Sharif temiryo‘l liniyasining beshinchi bekati qayta faoliyat boshladi
Jahon
23.05.2026, 15:40

Xitoyda ko‘mir konidagi portlash oqibatida 90 kishi halok bo'ldi
Jahon
23.05.2026, 12:15

“Milliy kitobxonlik harakati” – bosh sovrin 50 ming dollar
Ta'lim
22.05.2026, 18:35
Mashhur yangiliklar

“So‘nggi qo‘ng‘iroq” va “Xayr bog‘cha — salom maktab!” tadbirlari o‘tkaziladi
Ta'lim
21.05.2026, 15:48

O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari 70,9 milliard dollarga yetdi
Iqtisodiyot
12.05.2026, 15:49

Britaniyalik pop yulduzi Dua Lipa Samsung kompaniyasini sudga berdi
Jahon
11.05.2026, 11:26

Soxta “Nobel” yaratib, o‘zini-o‘zi mukofotlagan professor fosh bo‘ldi
Jahon
09.05.2026, 16:06

O‘zbekistonga qaytarilgan tarixiy artefaktlar jamoatchilikka taqdim qilindi
Madaniy
13.05.2026, 16:32

Shakira Jahon chempionatining rasmiy “Dai Dai” qo‘shig‘ini taqdim etdi
Sport
08.05.2026, 10:48
