Oʻzbekistonda ish tashlash huquqi qonuniy mustahkamlanmoqda
Oʻzbekistonda ish tashlash huquqi birinchi marta qonun darajasida tartibga solinmoqda. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Zuhriddin Mavlonov qonunni sharhladi.
Siyosat
17.09.2025, 13:20
Ulashish:

Senat yangi tahrirdagi Konstitutsiyada belgilangan qonunchilik tashabbusi huquqidan ilk marotaba foydalanib, Qonunchilik palatasiga “Fuqarolarning mehnat huquqlari kafolatlari kuchaytirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonunchilik taklifini kiritdi.
Qonun loyihasi ish tashlash huquqini qonuniy tartibga solishni nazarda tutadi. Unda ish tashlashning aniq taʼrifi va tushunchalari, uni oʻtkazish tartib-taomillari, xodimlarga ish tashlash jarayonida beriladigan kafolatlar belgilanmoqda.
Xoʻsh, ish tashlash jarayoni qay tartibda kechadi, qaysi soha vakillari ish tashlay olmaydi? Ish tashlashning oldini olish uchun qanday choralar koʻrilishi kerak?
OʻzA muxbiri shu kabi savollar bilan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Zuhriddin Mavlonovga yuzlandi.
— Milliy qonunchiligimizni Xalqaro mehnat tashkilotining talablariga muvofiqlashtirish maqsadida ish tashlash huquqi qonun bilan kafolatlanmoqda. Bu boʻyicha 2 ta qonun, 4 ta kodeksga qator oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda. Jumladan, ish tashlashning tartib-taomillari, yaʼni ish tashlashni boshlash, kechiktirish, toʻxtatib turish, ish tashlashda ishtirok etgan xodimlarga kafolatlar berish hamda ish tashlashga oid taqiq va cheklovlar aniqlashtirilmoqda. Mehnat nizolarini koʻrish boʻyicha tartiblar, noqonuniy ish tashlash holatlarini sudda koʻrish tartiblari oʻz aksini topmoqda.
Shu bilan birga, xodimlarning ish tashlashi boshqa fuqarolarning huquqlariga daxl qiladigan soha vakillari — harbiylar, mudofaachilar, energetika tizimi kabi soha xodimlari ish tashlashi mumkin emasligi belgilanmoqda.
Qonun loyihasi milliy qonunchilikni xalqaro mehnat standartlariga toʻliq moslashtirish, ijtimoiy adolat, tenglik va demokratik boshqaruv prinsiplarini amalda mustahkamlashga xizmat qiladi, — dedi deputat.
Siyosat
17.09.2025, 13:20
Ulashish:
Mashhur yangiliklar

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

«Umra» ziyoratiga borishga vaqtinchalik cheklov eʼlon qilindi
Madaniy
21.02.2026, 11:01

Yaqin Sharqdan oʻzbek va qozogʻistonlik fuqarolarning evakuatsiyasi: xavfsizlik va tizimli tarzda olib kelinmoqda.
Siyosat
07.03.2026, 14:19
So‘nggi yangiliklar

Hayit kuni Toshkentda jamoat transporti soat 04:00 dan ish boshlaydi
Oʻzbekiston
19.03.2026, 14:42

Navroʻz va Hayit arafasida 392 nafar mahbus afv etildi
Oʻzbekiston
19.03.2026, 14:37

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon hayiti munosabati bilan vaqtinchalik otashkesim eʼlon qildi
Jahon
19.03.2026, 12:00

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi
Madaniy
19.03.2026, 11:20

Ehson bahonasida terrorizm: IIV ogohlantirish bilan chiqdi
Jahon
19.03.2026, 10:59

Maldiv orollari Isroil fuqarolari uchun yopildi
Jahon
19.03.2026, 10:17

AQSh Senati Eronning yadroviy tahdidi boʻyicha bayonotlarga shubha bildirdi
Jahon
19.03.2026, 09:47

Eron Isroil foydasiga josuslikda ayblangan shaxsni qatl etdi
Jahon
19.03.2026, 08:54

Qozogʻistonda saygʻoqlar ommaviy halok boʻlmoqda
Jahon
19.03.2026, 08:43

AQSh sudi “Amerika Ovozi” faoliyatini tiklashga qaror qildi
Jahon
18.03.2026, 18:56

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda
Fan-texnologiya
18.03.2026, 14:45

Trampning yuziga “tarsaki” tushirgan mulozim ishdan boʻshadi
Jahon
18.03.2026, 14:17
Mashhur yangiliklar

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

«Umra» ziyoratiga borishga vaqtinchalik cheklov eʼlon qilindi
Madaniy
21.02.2026, 11:01

Yaqin Sharqdan oʻzbek va qozogʻistonlik fuqarolarning evakuatsiyasi: xavfsizlik va tizimli tarzda olib kelinmoqda.
Siyosat
07.03.2026, 14:19

