Pedofillarga befarqlik – bolalarga xavfdir | Ekspert bilan suhbat

Pedofiliya nima? Bu seksual xulq-atvorning buzilishi, yaʼni pedofiliya bu erkakmi, ayolmi, yosh bolalarga, rivojlanmagan, hali shakllanib ulgurmagan bolalarga boʻlgan seksual qiziqishlar. Inson qanday qilib pedofilga aylanadi? Koʻp holatlarda pedofillar voyaga yetmagan paytda jinsiy zoʻravonlikka uchragan shaxslar boʻlib chiqadi. Jamiyat qanday munosabatda boʻlishi kerak? Paradigma ushbu savollar bilan mutaxassisga yuzlandi. Studiyamiz mehmoni — psixolog Shoira Isakova.

Ulashish:

Pedofiliya nima? Bu seksual xulq-atvorning buzilishi, yaʼni pedofiliya bu erkakmi, ayolmi, yosh bolalarga, rivojlanmagan, hali shakllanib ulgurmagan bolalarga boʻlgan seksual qiziqishlar. Inson qanday qilib pedofilga aylanadi? Koʻp holatlarda pedofillar voyaga yetmagan paytda jinsiy zoʻravonlikka uchragan shaxslar boʻlib chiqadi. Jamiyat qanday munosabatda boʻlishi kerak? Bir marta jinsiy zoʻravonlik qilgan shaxs ikkinchi marta uni baribir qiladi. Ularni oʻsha oʻldirish kerak, tamom. Oʻldirib qutilasiz. Bolalarni himoya qilishda qanday choralar samarali boʻladi? Shaxsiy chegirangni oʻzing chiz, ehtiyot qil oʻzingni oʻzing. Biz katta jamiyatdamiz va xavf har doim bor. Nega baʼzi pedofillar qurbonlarini oʻldiradi? Pedofil manyak oʻldiradi. Narigi pedofil – u jinsiy zoʻravonlik qilib yashab yuraveradi. Oila quradi, bola-chaqasi ham boʻladi ularni. Kimyaviy kastratsiya samaralimi? 

Bugun biz jamiyatda ogʻriq, xavotir va koʻplab savollarni keltirib chiqaradigan mavzuni muhokama qilamiz. Bu – pedofiliya. Assalomu alaykum, hurmatli tomoshabinlar. Bugungi mehmonimiz taniqli va hurmatli psixolog Shoira opa Isakova. Assalomu alaykum, shoira opa. 

Vaalaykum assalom. 

Oʻz vaqtingizni ajratib, taklifimizga yoʻq demasdan kelganingiz uchun sizga kattakon rahmat deymiz. Shoira opa, birinchi savolim. Ilmiy nuqtai nazardan pedofiliya nimaligini tushuntirib bersangiz. 

Hoʻp. Ilmiy nuqtai nazardan oddiyroq, soddaroq va xalqimiz tushunadigan tilda tushuntirib beraman. Bu seksual xulq-atvorning buzilishi. Yaʼni psixikadagi oʻziga xos boʻlgan oʻzgarishlar. Pedofiliya boʻyicha hamma olimlarning har xil qarashlari bor. Lekin men agar oʻzimning shu yillar davomidagi yiqqan amaliyotim bilan aytadigan boʻlsam, ular kasal odamlar, ruhiy kasal. Faqat agar biz uni kasal deb qaraydigan boʻlsak, bu kasal ekanku oʻzi deb turib davolatmaydi ham va oʻsha jamiyatga xavf darajasi yuqori boʻlsa ham ular ochiqda yuraveradi. 

Buning kasallik ekanligini tan olishimiz kerak. Yaʼni pedofiliya bu erkakmi, ayolmi, yosh bolalarga rivojlanmagan, hali shakllani ulgurmagan bolalarga boʻlgan seksual qiziqishlar. Bu ham ogʻish juda katta ogʻish hisoblanadi. Muammo hammamizniki. Ana faqat psixolog chiqib gapirishi kerak emas. Uni har bir ota-ona bilishi kerak boʻlgan mavzu hisoblanadi bugungi kunda dolzarb. 

Jamiyatimizning har bir ongli aʼzosi bu masalada befarq boʻlishi kerak emas. 

Xuddi shunday. 

Odamlar oʻzi qanday qilib pedofil boʻlib qoladi? 

Xoʻp, amaliyotdan aytadigan boʻlsam, men endi koʻproq amaliyotda kuzataman, oʻrganaman, ilmiy amaliy nuqtai nazardan. Koʻp holatlarda pedofillar oʻsha voyaga yetmagan paytda jinsiy zoʻravonlikka uchragan shaxslar boʻlib chiqadi. Yaʼni oʻsha qoʻshnisi tomonidan, amaki, togʻa, qarindosh urugʻlari tomonidan muntazam ravishda jinsiy zoʻravonlik qurboni boʻlib kelgan boʻladi amaliyotda. Va koʻp holatlarda mana shu hech kimga ayta olmaslik, jamiyatga nisbatan aggressiv munosabat, odamlarga nisbatan shunday vaxshiy munosabat uni kelajakda xuddi shunday oʻch oladigan, unga qanday yomonlik qilishsa, xuddi shunday yomonlik qaytaradigan jarayongacha boradigan shaxs qilib shakllantiradi. Aslida pedofillar koʻp. Faqat biz ularni koʻrmaymiz. Biz ularni tanimaymiz. Chunki ular bizning yaqin atrofimizdagi yurgan insonlar. Uka pedofil boʻlishi mumkin. Opa tan olmaydi. Qarindoshlar oʻrtasida jinsiy zoʻravonlik qilishga moyil boʻlgan shaxslar bor. Biz uni qabul qila olmaymiz. Biz unga ishonamiz. Chunki u bizning jigarimiz, u bizning qarindoshimiz degan tushunchalar bor. Yoki yon qoʻshnimiz yoki otani oʻrtoqlari va hokazolar. Bular uzoqdan kelmayaptiku. 

Uzoq qarindoshlar, tanishlar, -tanishlar ham? demak, biz mana shu jarayonda hammaga emas, farzandlarimizni taqdirini faqat oʻzimizga ishonishimiz kerak, Kelajagini, taqdirini. Chunki juda koʻp jinsiy zoʻravonlik qurboni boʻlgan yigitlar bilan gaplashganimda ularni ichida juda katta xafagarchiligi bor, alam bor, istirob bor. Toʻgʻri, hammasi ham pedofil emas, lekin oʻshalarning ichidan chiqadi shular. Yaʼni juda ham psixikasi kichkinaligidan darz ketgan boʻladi. Chunki oʻsha azobni u oʻtkazadi boshidan. Uni hech kim himoya qilmadi. Ota-onasiga ayta olmaydi. Ota-onasiga aytganida ota-ona eshitmaydi bolasini. Mana shu holatlarda u sekin-sekinlik bilan oʻch olishga oʻtadi. Oʻsha pedofillarni oʻzi bilan shaxsan gaplashsangiz, bu masalalarga oydinlik kiritib berishadi. Ha, yillar davomida shu ichga yutilgan alamlar, psixikani kichik yoshidan boshlab seksual xulq-tvorni buzilishiga yoki oʻsha ruhiy kasalliklarga zamin hozirlab beradi. 

Shuning uchun aynan bu oʻzidan-oʻzi pedofil boʻlib qolgan boʻlmaydi. Tagida juda katta sabablar bor va biz hammamiz buni bugun bilish kerak. Yaʼni har bir ota-ona gaplashishi kerak farzandi bilan. Har ota-ona gaplashishi kerak. Bolaning shaxsiy chegarasini belgilab berishi kerak. Trusiklar qonuni bor. Hattoki oddiy oʻsha trusiklar qonunini biz ota-ona sifatida bolamizga tushuntirmaymiz. Yaʼni bu qonun shunaqaki, kichkina yoshidan boshlab bola endi sizni eshitib tushunishni boshlagan paytda uni oʻsha shaxsiy chegarasidagi eng nozik nuqtalariga hech kim yaqinlashmaslik va hech kimni yaqinlashtirmaslik haqida gapirmaymiz. Tushuntirishimiz kerak. Albatta, mana bu joyda hech kim na oʻqituvchi, na begona, na koʻchadagi senga yaqinlashishga va oʻsha jinsiy aʼzolaringga teginishga haqqi yoʻq. Uni faqat ona, ota ham emas, ona va onani ishtirokida shifokor koʻrishga haqli deb tushuntirishimiz kerak. Biz tushuntirmaymiz buni. Biz bilmaymiz bu qonunning borligini va bolalarning shaxsiy chegarasi haqida gapirmaymiz hech qachon. 

Va bolalar buni bilmaganligi uchun ha, bu shunaqa ekan, koʻrishi kerak ekan, koʻrsatishim kerak ekan-da boʻladi. Va oʻsha qurbonlar, bilasizmi, mening hayotimda, amaliyotimda oʻsha jinsiy zoʻravonlik qurboni boʻlgan qizlar ham, yigitlar ham u zoʻravonlik qurboni boʻlayotganligini his qilmaydi va ota-onasiga ayta olmaydi, qanday aytishni bilmaydi. Nimagaki ota-ona bu maʼlumotni bolasini himoya qilish uchun aytmagan boʻladi hech qachon. «Bolam, senga kimdir yaqinlashsa, kimdir hatto koʻchada seni ushlab, oʻpmoqchi boʻlsa, quchoqlamoqchi boʻlsa, bagʻriga bosmoqchi boʻlsa, qochgin, kelib menga aytgin», demaydi. 

Bizda bitta notoʻgʻri stereotip bor-da, kattaga hurmat, kichikka izzat. Baʼzi holatlarda aytamanki, buzinglar bu stereotipni! Seni chegarangga kirayotgan kattani, senga zulm qilayotgan kattani, sening hayotingga qandaydir bir salbiy taʼsir qilayotgan shaxsni hurmat qilma. Ayt ota-onangga, kelib tushuntir, gapir. Qarang, maqollarimiz ham oʻsha oʻzimizga teskari ishlaydi baʼzi holatlarda va bolalarimizni man shu kichik yoshidan boshlab qanchalar bu mavzu qoʻrqinchli boʻlmasin, biz ularni ongaga singdirib, oʻsha jarayonda oʻzini ehtiyot qilishni oʻrgatishimiz kerak. Menimcha, bu intervyudan keyin juda ham koʻp mana shunday bir muhokamalar paydo boʻladi va bolasi hech qachon uni koʻchada kimdir ushlab shirinlik berganini yoki kimdir uni quchoqlab bagʻriga bosmoqchiligini aytmaydi ota-onasiga. Chunki ota-onalar aytishga bolalar bilan toʻgʻri, yaqin muloqotlar yoʻq. Bolasi bilan yaxshi muloqot oʻrnatgan ota-onalar meni fikrimdan, meni tanqidimdan mustasno. Lekin gaplashmay qoʻygan ota-onalar va bolalarni qoʻlida telefon va bolalarning tarbiyasi bugungi kunda oʻsha gazetlarning qoʻlida qolib ketgan koʻp holatlarda. Yaʼni hozir mana bu parnografiya juda ham ommalashib ketgan. Xuddi shunaqa. 

Jamiyatimiz qanday munosabatda boʻlishi kerak pedofiliyaga? 

Men ikki yil oldin bir katta saytda intervyu berganimda ham aytganman. Bu fikrni yana takrorlayman. Ularga nisbatan koʻriladigan chora oʻta qatʼiy boʻlishi kerak. Mana, [yaqinda] boʻlib oʻtgan voqea. Qamalgan joyidan manzilli koloniyaga pedofilni oʻtkazishgan. Emishki, uning xulqi yaxshi boʻlib qolganmish. U oʻzini ijobiy tomonlama koʻrsatgan. U oʻzini yaxshi kishi qilib koʻrsatadi. Lekin u yaxshi boʻlmagan, u tuzalmagan. U tuzalmaydi ham, unga ishonish kerak emas. Bir marta qotillik qilgan odamning ikkinchi marta qotillik qilmasligi ishonish kerak emas. Chunki uning qoʻli bir marta qonga botdi. Bir marta jinsiy zoʻravonlik qilgan shaxs, ikkinchi marta uni baribir qiladi. Unga ishonish kerak emas. Va eng kulgilisi, oʻsha yerda, oʻsha jazoni ijro etish muassasalarida psixolog bor. Bu bilishi kerak: Seksual xulq buzilishi tuzalmasligini bilishi kerak. Pedofiliya tuzalmasligini bilish kerak. Va u chiqqanidan keyin qayta-qayta jinoyat sodir etishi mumkinligini bilish kerak. Uning ijtimoiy xavflilik darajasi yuqori ekanligini bilish kerak. Va oʻsha koʻrsatmalarni, oʻsha jazoni ijro etish muassas rahbarlariga tushuntirib borish kerak. Kerak boʻlsa, «ot zvonka do zvonka» oʻtirish kerak. Kerak boʻlsa, yana oʻtirishi kerak. Chunki u tuzalmaydi. Qaytib chiqib, yana shu xatti-harakatni qildimi? Takror qiladimi shu ishini? Qani unga berilgan ijobiy xarakteristika? Va mening kulgim kelyapti. Pedofilga ijobiy xarakteristika berishyapti-da. Kimni himoya qilyapmiz? Mana bu namangandagi holat boʻyicha ham, Ohangarondagi holat ham, ikkalasi ham shu jinsiy sudlangan shaxslarda bular. 

Albatta. Va yana takrorlanyapti-da, ular ozodlikka chiqib, yana shu ishni qilishyapti. Qonunchiligimizda boʻshliq bor. Qonunchiligimizdagi boʻshliq pedofillarga nisbatan juda qattiq boʻlishi kerak. Mana kastratsiya masalasini qoʻydik, kimyoviy kastratsiya dedik va hokazolar yoki boshqa men toʻgʻrisini aytaman. Oʻlim jazosidan boshqa chorani qoʻllab boʻlmaydi bularga. Bularni oʻsha, oʻldirish kerak, tamom. Oʻldirib qutilasiz, kastratsiya qilasiz, chiqarib yuborasiz. Nima, u qoʻl bilan zoʻravonlik yetkazmaydimi? Tana harakatlari bilan zoʻravonlik yetkazmaydimi? Uning qoʻli ham ishlaydi axir... Pedafilga farqi yoʻq. - Boshqa narsalar bilan ham qilishadi... Albatta, boshqa bir narsa-buyumlar bilan zarar yetkazishi mumkin. Aytishlari mumkin, psixolog oʻlim jazosi tiklanishini soʻrayapti deb. Boshqa yoʻl koʻrmayapman. Chunki ikki yilning ichida biz bilgan qurbonlarimiz, biz bilganlarimiz, lekin biz bilmaganlarimiz ogʻzini yopib, uyning ichida qoʻshnim bilmasin, sharmanda boʻlmaylik, mahalla bilmasin, maktab bilmasin, deb-ichiga yutgan ota-onalarimiz qancha? Biz bilmaymiz buni. Chunki bizda oʻzbekchilik, andisha bor. Ariza qilmaydi chiqib. Bosti-bosti qilishadi, jim boʻlishadi.

Vaholanki men oʻzim amaliyotimda juda koʻp koʻrganman jinsiy zoʻravonlik qurboni boʻlgan oʻmirlarni, oʻsmir qizlarni, oʻsmir bolachalarni. Oʻsmirlik davriga borganda anglab qolishgan ular olti yoshda, yetti yoshda, sakkiz yoshda, 10 yoshda, 11 yoshgacha jinsiy zoʻravonlik qurboni boʻlganlarini, sezib qolganlarini ota-onasiga chiqib aytishgan. Lekin kech, na ekspertiza hal qiladi bunday holatlarda. Na bir ariza yoza olasiz, na bir isbotlay olasiz. Baʼzi holatlar boʻladi. Bilamiz, jinsiy zoʻravonlik qurboni boʻlgan, ishlayapmiz, testlar, faktlarni beradi. Haqiqatdan ham oʻsha zoʻravonlik qurboni boʻlgan, ruhiy travma olgan, judaa hm katta bir zoʻriqishda, nevrozda, stressda deb beradi. 

Lekin biz borib, ariza qilishimizga hech qanday qonunda ochiqlik yoʻq. Yaʼni psixologlar borib ariza yozsa, shuni koʻrib chiqish degan sistema yoʻq. Vaholanki, boshqa davlatlarning qonunchiligini oʻrganib qoʻyganimizda ularda bor ekan. Pedagog borib ariza qilishi mumkin ekan ota-onasi qilmasa-da. Psixolog shu faktlarni koʻryaptimi, borib ariza qilishga haqqi bor ekan. Men juda koʻp murojaat qilganman bu masalada. Mana shu otasi tomonidan jinsiy zoʻravonlikka uchrabdi, lekin ona yozgisi kelmayapti, qoʻrqyapti eridan yozishga. Men yozsam boʻladimi deganimda, men olgan javobim siz uni qonuniy vakili emassiz, siz ota-onasi emassiz. Demak, buning vakolat doirasini kengaytirish kerak qonunchilikda. Bilyapmizmi, sezyapmizmi, beraylik arizasini. 

Biz isbotlab beradigan faktlarimiz bor. Bugun profayling ishlaydi, bugun oʻsha "detektor lji"lar ishlaydi, bugun oʻsha tergov jarayonida rost gapiryapti yoki yolgʻon gapiryaptimi, bilishadi – uni oʻsha suhbatlardan oʻtkazgan holatda. Jazo choralarini koʻrish uchun qonunchilikni ozgina kengaytirish kerakmi-yoʻqmi? Mening nazarimda, bunga sal boshqacharoq yondashuvimiz kerak. Chunki ijtimoiy tarmoqlardagi tanishuvlar orqali jinsiy zoʻravonlikka uchraganlar bor-a? Uni hech kim topib bera olmaydi. Uch kun oʻtgandan keyin boʻldi, tamom, u dastur yopildi. Ota-onasiga ham hattoki aytmaydi, ayta olmaydi. Bilganida kech boʻladi. Demak, biz qonunchilikka bugun zamonaviy texnologiyalar rivojlanganligini hisobga olgan holda qarashni ham oʻrganishimiz kerak. 

Toʻgʻri, Shoira opa, bitta intervyungizni koʻrdim, siz kimyoviy kastratsiya qilish kerakligini taklif aytingiz... 

Berganman, ikki yil oldin. Lekin hozir mening fikrim oʻzgardi, chunki kimyoviy kastratsiya qilingan taqdirda ham, baribir, u jamiyatga qoʻshiladi ertaga. Oilasiga boradi, mahallasiga boradi, koʻp qavatli uylarda yashaydi. Bitta narsada boʻshligʻimiz bor. Oʻsha pedofillarni roʻyxat nomenklaturasini yuritishning vaqti allaqachon kelgan. Bilishimiz kerak uning pedofil ekanligini. Kechikyapmiz manimcha biz. Menimcha, biz juda koʻp narsani yoʻqotgandan keyin bir qarorga kelamiz. Allaqachon buning roʻyxati yuritilishi kerak! Nechta? Mingtami, bir yarim mingtami? Oʻsha roʻyxat mahalla raisining qoʻlida boʻlishi kerak. Oʻqituvchilarning qoʻlida boʻlishi kerak. Inspektorlarning qoʻlida boʻlishi kerak. Ular biror saytga qoʻyilsa, saytga kirib, koʻrishlari mumkina. Ishga olganda. Masalan, pedofillar koʻpincha kasbi ham bolalar bilan bogʻliq-da. 

Oʻqituvchilar ham bor, pedofil. Toʻgʻri, toʻgʻri. Faqat baʼzi jinoyat turlari boʻlyapti. Baʼzi oʻqituvchilar tomonidan ham oʻsha oʻsmir qizlarga tegajogʻlik qilish holatlarini koʻryapmiz, kuzatyapmiz. Qonundagi baʼzi bir parametrlar javob bermaganligi uchun hech qanaqasiga jazoga torta olmayapmiz. U pedofil. Oʻquvchisiga tegajogʻlik qilyapti, qiliq qilyapti, behayo harakatlar qilyapti. U pedofil, haqiqiy pedofil. Uni maktabga ishga olayotgan paytda oʻsha seksual xulq-atvori buzilganmi-yoʻqmi – testdan hech kim oʻtkazmaydi. U bilan individual suhbat oʻtkazmaydi. Tibbiy koʻriklardan koʻr-koʻrona oʻtiladi va u bolalar bilan ishlash sohasida. Xavfli shaxs u, lekin shu xavfli tip bolalar ichida ishlaydi. 

Mana, siz bilasiz, men bilaman, SSSR paytida Chikotila degan manyak boʻlgan. Bu oʻsha tarbiyachi, oʻqituvchi boʻlib ishlagan-da texnikumda.

Shunday. 

Kimyoviy kastratsiya toʻgʻrisida ozgina tomoshabinlarimizga tushuntirib bersangiz. U qanday amaliyot, qanaqa yordam beradi? Mana, aytlingiz, yordam bermaydi, deb. 

Kimyoviy kastratsiya bor va xirurggik kastratsiya bor... Endi kimyoviy kastratsiya boʻyicha men bir ikki yil oldin fikr bildirganimda: kimyoviy kastratsiya qilish kerak pedofillarni deb oʻylaganman. Lekin ikki yillik amaliyot kuzatuvlarim natijasida bildimki, kimyoviy kastratsiya mumkin ham emas. Nimaga? Kimyoviy kastratsiya nima? Keling, ilm bunga qanday taʼrif beryapti: Bu tibbiy usul boʻlib, inson organizmidagi jinsiy faollikni vaqtincha yoki uzoq muddatga garmonal yoki dorilar bilan uni soʻndirib turish va unda oʻsha testosteronni pasayib ketishi jinsiy mayl va xohishni soʻndirishga olib keladi. Bu olti oy boʻlar, bir yil boʻlar. 

Organizm — biologik jarayon, bu kimyoviy kastratsiya bilan buni yana oʻsha jinsiy holati, faolligi, butun umr yoʻq boʻlib ketadi degani emas-da. Maʼlum bir vaqtdan keyin organizm oʻzining faolligini tiklaydi. Endi ikkinchi: xirurgik usul haqida. Xirurgik usulni qoʻllash uchun shaxsning roziligi kerak. Shaxs agar rozi boʻlsa, pedofil ham shaxs-da aslida, rozi boʻlsa, uni qilish mumkin. Uchinchi usulni ham qoʻllash mumkin, yaʼni umrbod qamoq jazosi. Yaʼni mutlaqo chiqarmaslik. Nimaga? Har qanday holatda ham pedofil jamiyat uchun xavfli hisoblanadi, ayniqsa bolalarimiz uchun. Toʻrtinchi bir yechim sifatida bitta narsani aytishimiz mumkin. Har bir ota-ona farzandini oʻzi ehtiyot qilish choralarini koʻrishi kerak. Yaʼni koʻchada yurganida, uyga kelganida, oʻsha telefonlardan foydalanayotgan paytda xushyor boʻlish kerak. Demak, bu yerda yana ota-onalik ilmining, ota-ona xushyorligining oshirilishi, yaʼni farzandlarga befarq boʻlmaslik muhim. 

Toʻgʻrisini aytsam, oʻzi kastratsiyaning oʻziga umuman qarshiman. Meni hozirgi kundagi fikrim, oʻtirish kerak uzoq muddat – 20 yil, 25 yil oʻtirish kerak. Lekin bizning qonunchiligimizda u ham yoʻq – 18 yil, uzogʻi 20 yil. Yoki boʻlmasam, umuman, oʻlim jazosini aynan mana shu ogʻir turdagi voyaga yetmaganlarga sodir etilgan jinoyatchilarga qoʻllash masalasi. Men boshqa yoʻl koʻrmadim. Chunki kimyoviy kastratsiya dedim, uzoq yoʻllar qamash dedim. Jazoni ijro etishda uning intizomi... U intizomga tushmaydi. Uni hech qanaqangi bir talablar bilan tarbiyalab, toʻgʻrilab boʻlmaydi. Bukrini goʻr toʻgʻrilaydi, deydi-ku, toʻgʻrilab boʻlmaydi. Men oxirgi mana shu ikki yilda juda koʻp kuzatganlarim, koʻrganlarim, suhbatimdan oʻtganlari… Shular ham yashab yuribdi binoyidek. Jinsiy zoʻravon va ularning qurbonlari bilan ishlayapmiz hozir, oʻlganlari qancha.

Man shu yerda bitta savolim bor, Shoira opa. Pedofillar jinsiy tajovuzini qildi, nimaga odamni oʻldirishyapti? Yaʼni koʻp holda... 

Pedofilni, qarang, pedofilni manyakka xos xulq-atvori ham bor-da. Manayakal xulq-atvordagi pedofillar, ular avval oʻzini xirsini qoniqtiradi, keyin oʻldiradi. Bizning amaliyotimizda boʻlgan, shaxsan oʻzim guvohi boʻlganman. Ochigʻi, oʻzim ishlaganman, desam endi... Hayotimga ham nima boʻlmasligi kerak, toʻgʻrisi. Ayol mutaxassisman, lekin qoʻrqmayman. Allohdan boshqa hech kimdan qoʻrqmayman. Uchta voyaga yetmagan shaxsni oʻldirib koʻmgan. Oqqoʻrgʻon tumani, yillar davomida toʻrt yilda, ikki-uch yilni ichida toʻrt yilda. Unda ham xuddi shunaqangi jinsiy zoʻravon va maniyakal xulq-atvor boʻlgan. 

Yaʼni, demak, maniyak bilan pedofilni farqi shundaki, maniyak oʻldiradi. 

Pedofil manak oʻldiradi. Narigi pedofil, u jinsiy zoʻravonlik qilib yashab yuraveradi. Oila quradi, bola-chaqasi ham boʻladi ularning va qurbonini oʻldirmaydi. Va jinsiy zoʻravonlik qurboni boʻlgan, tirik qolgan bolalar yuribdi jamiyatimizda. Faqat ularda ham seksual xulq-atvor buzilgan. Yaʼni erkak va erkak munosabatlariga kirishib qolishgan va bularning soni koʻpaygan. Ularning telegramda gruppalari bor, baʼzan gruppalariga kirib, boʻlayotgan jarayonlarni koʻrib, oʻrganib chiqsangiz, ularning ichidan oʻsha oʻziga partnyor qidirayotganlarini koʻrsangiz, yoshim bunda, lekin 14 yoshdagi partnyor kerak, deydi. U pedofil. U haqiqiy pedofil. oʻsha gruppaning ichida oʻtiribdi. Men birinchi navbatda bu bir jins vakiliga boʻlgan sevgim muhabbat ham emas. U hayvoniy hirs, aytib boʻlmaydigan darajadagi jirkanchilikka qarshiman men. Hamma qarshi. Lekin oʻshalarning ham ota-onasi bor. Lekin bolasining xulq-atvori buzilganligini bilmaydi. 

Shoira opa, men oʻzim ichki ishlar organida ham ishlaganman va lezbiyankalarni uchratganimizda, soʻraganman nimaga lezbiyanka boʻlding, deb. Yoshligida nomusiga tegilgan ekan, nafratim bor, deydi erkaklarga. Shunaqa, oʻshaning uchun men ayollarni sevaman, degan. 

Xuddi shunaqa: u ham seksual xulq-atvor buzilishi. Uning ham seksual xulq-atvori oʻsha kichik yoshidan boshlab shakllanib kelayotgan paytda, birinchidan, shaxsiyati singan; ikkinchidan, psixikasida katta travma; uchinchidan, qarama-qarshi jins vakiliga nisbatan nafrat bilan qoʻrquv va undan himoyalanish hissi tugʻiladi. Buning natijasida esa oʻz jinsiga boʻlgan qiziqish oshib boradi.

Eng achinarlisi — biz, oʻzbek millati ichida, bunday toifalarning koʻpayib borayotganligi va uni “normal” deb qabul qilayotganlar ham bor. “Oʻzi shunaqa-da, nima qilibdi?” deyishadi. Yoʻq, “nima qilibdi?” emas. Mumkin emas. Mumkin emas. Dinimizda ham mumkin emas, dunyoviy qonunchilikda ham mumkin emas. Bu eng katta xato. Ertaga bu jarayon jamiyatda juda katta muammolarni keltirib chiqaradi.

Men oʻzim shaxsan biladiganlarim bor. Endi qarang: pedofil hech qachon uzoqdan kelmaydi. Hech qachon. Bir intervyuda aytganimda, “togʻasi, amakisi, otasi, qoʻshnisi, qaynotasi boʻlgan holatlar ham uchraydi”, desam, “Siz bu gapingiz bilan qarindosh-urugʻ orasida nizo solasiz, ishonchsizlik va shubhali munosabat paydo qilasiz”, deyishgan. Balki. Lekin yoʻq emas-ku. Bu degani — hammasi shunday degani emas. Baribir uning xulq-atvori, yurish-turishi, xatti-harakatlari sotadi-ku. Men shu nuqtai nazardan gapirganman.

Izohlarni oʻqiganimda: «Siz bu fikringiz bilan hamma insonlarning koʻngliga shubha solyapsiz», deganlar boʻldi. Shubhalanish kerak. Ehtiyot boʻlish uchun shubha kerak boʻladi. Bu shubha boʻlmasa — ehtiyot boʻlmaymiz. Biz hammaga bir xil ishonamiz. Farzandimizni qarindoshimiz uyiga yotishga joʻnatamiz. Ayniqsa, qiz farzandlarimizni, oʻgʻil farzandlarimizni kichikligidan boshlab ilm olish uchun mutlaqo tanimaydigan xonadonga olib borib qoʻyamiz. «Oʻrgansin», deymiz-da.

Pedofillik qurboni boʻlib, jinsiy jabrga uchrayotganini amaliyotimizda koʻryapmiz-ku. Qanchalik achchiq boʻlmasin — bu haqiqat. Agar bolamizni oʻzimiz ehtiyot qilmasak — boʻlmaydi. Bu katta jamiyat. Hammaning qoʻlida telefon bor. Bitta telefonga kirib, pornografiya yuklangan saytlarga bemalol kira oladi. Hamma kiradi va kim nimani koʻrayotganini biz nazorat qila olmaymiz.

Kim nazorat qiladi? Ota-ona. Ota-ona bilishi kerak: bolasi qaysi saytga kiryapti, nimaga kiryapti? «Roditelskiy kontrol», yaʼni ota-onalik nazorati oʻrnatilgan boʻlishi kerak. Bolasi bilan suhbat olib borish kerak. «Trusiklar qonuni» haqida gapirib berdim, shaxsiy chegaralar haqida gapirib berdim. Bolani maktabdan kelgandan keyin uning hayoti bilan qiziqish kerak.

Shoira opa, aytganingizdek, dinimizda ham mahram va nomahram chegaralari berilgan. Kim yaqin qarindosh, kim uzoq qarindosh — bular ham koʻrsatilgan, aslida.

Va mana shu Ohangaron voqeasida savol tugʻilyapti: nimaga bu qizcha maktabdan bir oʻzi qaytyapti? Nimaga otasi yoki akasi yoki qarindoshlaridan biri kuzatib kelmagan? Bola yolgʻiz boʻlganda — xavf kattaroq boʻladi.

Kimyoviy kastratsiya masalasidagi fikringizga qoʻshilaman, Shoira opa. Men bitta maqolani oʻqidim. Amerikada ham bir pedofilni ozodlikka chiqarishgan ekan. Unga kimyoviy kastratsiya inʼeksiyasini berishgan. U uyga kelgach, testosteronni oshiradigan dori ichgan va yana jinsiy zoʻravonlik sodir etgan.

Kimyoviy kastratsiyada testosteron darajasi nolga tushiriladi. U esa dorixonadan shu gormonni koʻtaradigan preparatni sotib olib ichadi. Yoki qonunning tarkibini “aylanib” oʻtadi. Bir necha kun, uch-toʻrt kun, besh kun kapelnitsa oladi — va tamom, taʼsiridan chiqib ketadi. Bu bir umr organizmda saqlanib qoladigan narsa emas-ku. Yaʼni bu yechim emas. Yoʻq.

Sizga murojaat qiladigan patsiyentlardan faqat qiz bolalarmi yo oʻgʻil bolalar ham boʻladimi? 

Juda koʻp oʻgʻil bolalar kelyapti. Yoshi katta, lekin yoshligida jinsiy zoʻravonlikka uchragan va oxirgi uch yilda jinsiy oriyentatsiyasi oʻzgarib ketgan holatlar juda koʻpaygan. Erkak-erkak bilan munosabat qilganlar ham juda koʻp murojaat qildi. Hatto boshqa davlatlarda yashaydigan fuqarolarimiz ham xuddi shu muammo bilan murojaat qilishyapti. Ishoning, ular tuzalish yoʻliga oʻtgan. Yaʼni anglash boshlangan. Ular hozirgi ketayotgan yoʻlning xato ekanligini tushunishgan. Va buning yechimi bor. Men bu yerda genetik buzilganlar haqida gapirmayapman. Bu holatlarning aksariyati orttirilgan — seksual xulq-atvorning buzilishi yoki jinsiy oriyentatsiyaning oʻzgarishi.

Koʻp holatlarda psixiatrlarimiz “davolab boʻlmaydi”, deydi. Men aytamanki — davolash mumkin. Mumkin. Shaxs oʻz ustida ishlashi, gormonal terapiya, psixoterapiya, toat-ibodat, taqvo, tavba — hammasini qoʻshamiz biz. Va bugun natijalarimiz quvonarli. Bor natijalar. Juda yaxshi natijalar. Ular rozi.

Odatda biz oʻrganganmiz: pedofillar erkaklar boʻladi, deb. Ayollar oʻrtasida ham pedofillar boʻladimi? 

Bor. Pedofil ayollar ham uchraydi. Aqliy rivojlanishi orqada qolgan, intellekt va emotsional intellekti past boʻlgan kelinlar qaynisini ushlab, tegajogʻlik qilib yuradigan holatlar boʻladi. Bunday shikoyatlar keladi. Yoki turmush oʻrtogʻidan ololmagan mehr va eʼtiborni kichik yoshdagi bolalardan olishni xohlaydiganlar bor.

Oʻz farzandiga ham shunday qilganlar bormi? 

Bor. Insest holatlari bor. 

Bizning jamiyatimizdami?

Albatta bor. Chunki ularning xulq-atvorini, xatti-harakatlarini biz toʻylarda, yigʻinlarda, jamoatchilik orasida koʻrib qolamiz. “Men bunday qilmayman”, deb oʻylaydi, uni mehr deb ataydi. “Farzandimga mehribonman”, deb oʻylaydi. Vaholanki, u pedofil. Oʻgʻlini qizgʻanadi, oʻz mulkidek koʻradi. Hammaning oldida quchoqlab, bagʻriga bosadi – boshqacha mehr bilan. Buni mutaxassis boʻlmagan odam farqlay olmaydi. Ammo aytamanki – bunda pedofiliyaga moyillik bor.

Amaliyotimizda ishlagan paytimizda bir kelin aytyaptiki: meni ovsinim, yaʼni qaynona olamdan oʻtgan. Ovsin bu qizni kelin qilib olgan, qaynisi 12 yosh boʻlgan paytda bu kelinoyi pedofil boʻlgan. Yaʼni qaynisini oʻzi choʻmiltirgisi keladi, uni quchoqlab bagʻriga bosib yotgisi keladi. Qaynisi uylanganda ham uni xotiniga bermaslik uchun har xil toʻpolonlar chiqargan. Har xil.

Natijada oʻsha yigit — 24–25 yoshga kelganida — kelinoyining xulq-atvorini meʼyor deb qabul qiladi. “Ona oʻrnida ona”, deb oʻylaydi. Lekin buni kelin qabul qila olmaganligi sababli qabulimga keldi. Keyin men aytdim: unda pedofiliyaga moyillik bor. Sekin-sekin soʻrab, surishtiruvlar olib borganda, oʻsha savollar orqali maʼlum boʻldiki, oldin kelgan ovsin — pedofil. Yaʼni qaynisi uxlagan xonaga kirib boradi, uning tana aʼzolariga qoʻl tekkizadi, uni qizgʻanadi, “meniki” degan bir jarayon bor. Oxiri ular shu xonadondan alohida chiqib ketishdi.

Bu — biz bilganimiz. Bilmaganlarimiz-chi?

Biz uni tahlil qilib topamiz. Chunki birdaniga aybni boʻyniga qoʻyishga haqqimiz yoʻq. “Mana shunday”, deb xulosa berishga haqqimiz yoʻq. Lekin oʻrganishga kirishamiz: xulqi, atvori, xarakteri, yurish-turishi, kuzatuvlarni yigʻish natijasida shunday xulosaga kelamiz.

Yana bitta jarayon bor — testosteroni baland boʻlgan ayollar. Ularda bu jarayonga moyillik koʻproq boʻladi. Yaʼni bu gormonal holat bilan ham bogʻliq.

Albatta, har qanday vaziyat va sharoitda ham biz oʻz psixikamizda boʻlayotgan jarayonlarni oʻzimiz tahlil qila olmaymiz. “Oʻzim-oʻzimga psixolog boʻla olaman”, degan gap notoʻgʻri. Biz oʻzimizga tish doktori ham emasmiz, nevropatolog ham. Mutaxassisga borishga oʻrganishimiz kerak.

Nima uchun buni aytyapman? Amaliyotimda yaqinda ana shunday bir voqeaga duch keldim. 11 yoshdagi bola. Agar uning xulq-atvori ustida ota-ona ishlamasa, kelajakda  pedofilga aylanishi mumkin. Xoʻsh, 13 yoshdagi bola singlisi va ukasiga jinsiy zoʻravonlik qilyapti. Oila diniy dunyoqarashga mansub, lekin dunyoviy muhitdan ham ajralmagan. Bolalar toʻgaraklarga ham boradi, boshqa faoliyatlarga ham.

Akasi bilan gaplashyapman — u pedofil. Singlisiga jinsiy zoʻravonlik qilgan, ukasiga ham. Lekin aybni oʻz zimmasiga olmaydi. Uning koʻzida afsuslanish yoʻq. Qilgan ishining xato ekanini his qilmaydi. Men ota-onasiga aytyapman: buni psixiatrga olib borish kerak, davolash kerak. Olib borishdi. Psixiatr ham davo kerakligini aytgan: “Bu xulq-atvor buzilishi, xavfli, oqibati ogʻir”, degan. Lekin ota-ona: “Oʻzimiz toʻgʻrilab olamiz, rahmat”, deb oʻrtalab chiqib ketishgan. Na menga qaytishdi, na psixiatrga qayta borishdi.

Oʻsha 11 yoshdagi bolada gormonal oʻzgarishlar ketyapti. Otasi xabardor boʻlib qolgan. Internetda izlashlarini tekshirsa, “porno s sestryonkoy” deb yozgan. Singlisi 6 yoshda. Shundan keyin otasi farzandi bilan gaplashgan. Va bola “ha, shunaqa”, deb ochiq aytgan. Bola rost gapiradi — kattalardan farq qiladi. Ota-ona shokda. Urmagan, soʻkmagan — toʻgʻri yoʻl tutgan: mutaxassis oldiga olib kelgan. “Bolamning xulq-atvori oʻzgaryapti”, deb.

Agar bunday holatni oldindan sezib, mutaxassisga olib kelsa — toʻxtatishning iloji bor. Lekin biz odatda hammasi oʻtib ketgandan keyin, qurbonchilik sodir boʻlgandan keyin murojaat qilamiz. Va yana aytaman: biz bilganlarimiz — oxiri yomon oqibat bilan, hatto oʻlim bilan tugagan holatlar orqali faxmlaymiz.

“Voy, bilamiz, bu gʻalatroq yurardi”, deyishadi.

Shu Oqqoʻrgʻondagi bola masalasida: hozir qamoqda oʻtiribdi. Uchta bolaga jinsiy zoʻravonlik qilgan. Bittasi — qoʻshnisining bolasi, bittasi — sinfdoshining qarindoshi, bittasi — qachondir uni tanqid qilgan odamning bolasi. Uchalasi ham oʻgʻil bola. Bu — alam, qasos olish. Lekin tashqaridan qarasangiz, u xususiy korxonada ishlaydi. Avtobusda ishchilar bilan birga keladi. CEXda bir yoʻnalish boshligʻi. Tashqaridan qaraganda unda bunday xulq-atvorni sezdirmaydi. Men oʻzim shaxsan gaplashganman — “zoʻr bola” degandek koʻrinadi. Sinfdoshlarini toptirib kelganman, mahallasi, ustozi bilan gaplashganman, chunki tergovga yordamchi ekspert sifatida taklif qilinganim uchun borganman. Mendan boshqa psixologlar ham borgan. Lekin mening rakursim boshqacha.

Men tergovchilarga: “Menga sinfdoshi, qoʻshnisi, birga ishlaydigani va avtobusda birga boradigan odam kerak”, deganman. Ular topib berishdi.

Gaplashdim. Maktabda dars bergan oʻqituvchisidan soʻradim: “Qanday oʻqigan bola?” — “Oxirgi partada oʻtirardi, matematikani yaxshi bilardi, darslarda faol emas, oʻrtoqlari bilan uncha chiqishmasdi. Tanqidni qabul qila olmaydi. Doim yopiq yuradi. Ochilib kulib yurganini hech kim koʻrmagan”, — dedi. Faktorlar kelyaptimi?

Qoʻshnisi bilan gaplashdim. “Yosh bolalarni juda yaxshi koʻradi. Konfetlar beradi, peshonasidan oʻpib qoʻyadi, yuzidan oʻpib qoʻyadi”, — deydi. Menda shubha tugʻdi: uning telefonida bolalarning fotojamlanmasi borligi qiziqtirdi. Chunki hali yangi uylangan, xotini homilador edi. Bu darajada bolajon boʻlish erkak kishi uchun norma emas. Oddiy holatda erkak yoshi katta ayollarning rasmlarini koʻradi. Yalangʻoch ayollar boʻlishi mumkin. Lekin bolalar kolleksiyasi — katta shubha. Bu — norma emas.

Ishxonasidagi xodim bilan gaplashdik. “Avtobusning oxirida oʻtirardi, kepkasini bostirib olib, ishga kelardi. Yaxshi ishchi, oʻrtacha. Ortiqcha hech kim bilan gaplashmaydi”, — deydi. Tashqaridan qarasangiz — yaxshi bola, mehribon.

Oilasida-chi? Oxiri maʼlum boʻldiki — u asrab olingan. Va unga “yaxshi” qiz olib berishgan.

Men soʻramoqchi edim: pedofil oilasida xotini va bolalari bilan qanday boʻladi? Buni oʻsha oilaning muhitini oʻrganib aytish kerak. Koʻp holatlarda zulmkor boʻlishi mumkin, yoki jim, hukmron. “Mehr” deb ataydi, aslida xatarli. Amaliyotda jinsiy zoʻravonlik qurboni boʻlgan yigitlar aytadi: “U paytda u odam oilasi bor edi. Farzandlari bor edi. Bir qizi, bir oʻgʻli bor edi”, deydi. “Sen necha yoshda eding?” desak: 7, 8, 9, 10 yosh. 11 yoshda oʻziga anglash paydo boʻlganda qarshilik qilgan.

“Nima uchun ota-onaga aytmagansan?” desak: “Aytsam, ota-onamga yomon boʻladi”, deb oʻylaydi. Bolalar qoʻrqoq. Ularning himoyaga muhtojligi yuqori. Shuning uchun aytmaydi. Chunki u kattalarga ishonadi.

Hozirgi “yangi stil”da shantaj bor: videoga oladi, rasmga oladi. “Aytsan — tarqatib yuboraman. Butun dunyoga sharmanda boʻlasan”, deydi. Bu — manipulyatsiya usuli. Ular — manipulyator.

Amaliyotimda birinchi marta pedofil-manyak bilan birma-bir oʻtirishimga toʻgʻri kelgan. Gaplashganda unga rahming keladi: jabrdiyda, xoksor, bechora. “Himoyaga muhtoj” qiyofa yaratgan. Lekin men u bilan uchrashguncha qoʻlimda faktlar bor edi. Har bir qurbon bolaning suratini olib borganman.

“Taniysanmi bu bolani?” — deganman. Orada 7 yil oʻtgan. “Ha, taniyman, falonchidan”, — deydi. Siz tanimasligingiz mumkin, lekin u — oʻz “oʻljasini” taniydi. “Qayerdan taniysan?” — desam: “Yoʻq boʻlib qolgandi”, deydi. Qayerga yoʻq boʻladi? Mahalla bolasi. Eng qizigʻi — bitta koʻcha, bir kilometrlik koʻcha. Shu bitta koʻchadan uchta bola bir vaqtda yoʻqolgan. Pedofil-manyak qurboni. Bu bilan men demoqchiman: shubhali xulqga ega insonlardan bolani ota-ona oʻzi himoya qilishi kerak. Eng birinchi navbatda — ota-ona.

Nafaqat jinsiy zoʻravonlik boʻlishi mumkin. Gʻayri ixtiyoriy xulq-atvorlar ham bor. Liftlarda qizchalar yolgʻiz chiqadi, podʼzezdlarda orqasidan kimdir ergashib, qoʻl tekkizib ketadi. Kameralarga tushgan holatlarni koʻrib turibmiz. Yoʻlda yurib ketayotgan qizga yopishib, oʻz shigʻaviy fantaziyalarini qondirib ketayotganlar bor.

Ota-ona agar farzandiga “tashqarda yurganda qanday qonun-qoidalarga amal qilish kerak”ligini oʻrgatsa — juda yaxshi boʻladi.

Biz ota-onamiz. Eslayman, maktabdan kelayotgan paytimizda “oʻrtoqlaring bilan birga kelgin”, deb tayinlaganlar. Biz ikki-uchta doʻst bilan birga kelardik, chunki odam yurmaydigan yoʻlaklardan oʻtib kelishga toʻgʻri kelardi. Shuning uchun birga qaytishni aytish kerak — oʻgʻil bolaga ham, qiz bolaga ham. Bugun pedofil uchun oʻgʻil yoki qiz — farqi yoʻq. U ajratmaydi. U uchun asosiysi — himoyasiz, kichkina, hech kimga ayta olmaydigan bola.

Xudo koʻrsatmasin, shunday holat boʻlganda bolalarimiz ota-onasiga kelib aytishini ustozlar ham, ota-onalar ham uqtirishi kerak: “Senga kimdir yaqinlashdimi? Chegarangni buzmoqchi boʻldimi? — baqir, qoch, odam koʻp joyga kir, oʻzingni qutqar”. Xushtak kabi xavfda signal beradigan narsalar bor — olib berish mumkin.

Menimcha, biz shu narsaga keldik: bolalarni oʻzimiz ehtiyot qilishimiz kerak. Qarang — psixotrop moddalar isteʼmol qilayotganlar orasidan pedofillar chiqadi. U sarxush holatda oʻz harakatlarini nazorat qila olmaydi. Agar seksual xulq-atvor kichik yoshdan buzilayotgani kuzatilsa — pornografiyani koʻrib yotib, miyasi pornografik dasturga aylanib qolsa — ota-ona uni doktorga olib borsin.

Eng katta muammolarimizdan biri — bolani shifokorga olib borishdan uyalamiz. “Odamlar nima deydi? Bolam jinnimi?” deymiz. Pedofiliya nima? — bu kasallik. Olib borish kerak. Xulq-atvorda oʻzgarish bormi? Qoʻrqmasdan koʻrsin. “Doktor yomon gapirsa-chi?” deb qoʻrqamiz. Lekin aynan shifokor aytadi — endokrinologga boramizmi, psixologgami, psixiatrgami.

Shu qoʻrquvlar bizni bu ahvolgacha olib keldi. Biz muttaxassisdan qoʻrqamiz. Qoʻrqmaslik kerak. Bugun 21-asr, 2025-yilini yashab boʻldik. Xavf tashqarida emas — qoʻlimizda, yonimizda, uyimiz ichida. Lekin biz oʻzgarishdan qoʻrqamiz.

Bizda yana bir narsa bor: “Odamlar nima deydi? Uyat boʻladi”, deymiz. Lekin qarang — 20, 25, 30 yoshga kirgan katta odam “odamlar nima deydi” demayapti-ku — qoʻshnisining bolasiga jinsiy zoʻravonlik qilib nafsini qondiryapti.

Shunaqangi ogʻishgan otalar bor. Seksual xulq-atvori buziladi, “tomi ketadi”. Amaliyotimda koʻrganman — oʻz qizini bulgʻagan otalar ham bor. “Ichkilik taʼsirida edim, bilmadim — xotinimmi, qizimmi”, deydi. Ekspertizalarda bunday holatlar koʻp. Bular biz bilganlarimiz. Bilmaganlarimiz — qancha!

Odamlar qoʻshnisi tendensiyasiga uyalib murojaat qilmaydi. Yana bir muammo: “Ertaga qamoqdan chiqib kelsa, baribir shu odam bilan yashayman-ku”, deydi. “Qaynonam nima deydi? Urugʻ-aymoq nima deydi?” deydi. A, sening bolang qurbon boʻlayotgani-chi? Pedofilni ayamangiz. Bola-chaqangizni olib chiqib keting.

Amaliyotimda koʻrganman — 16–17 yoshli qiz otasining jinsiy zoʻravonligida yashagan. Onasiga aytdim: “Kel, yozaylik, oxirigacha boraman, turmush oʻrtogʻing qamoqdan chiqmaydigan boʻladi”. Ammo ona: “Bizni kim boqadi?” deydi. Boquvchisi oʻz qizini zoʻrlab yursa ham — “bizni boqadi”, deydi. Bu tasavvurga sigʻmaydi. Bularning barchasi — ilmsizlik va oʻz vaqtida murojaat qilmaslik.

Qonunchiligimizda boʻshliqlar bor, “himoya” prinsiplari bor. Yeng yomoni — jinsiy zoʻravonlik boʻyicha ekspertiza 3 kunda qilinmasa, tamom — isbotlab boʻlmaydi. Ammo amaliyotimda 32 yoshli pedofil 8 yoshli qizni zoʻrlaganida ekspertiza boʻlmasa ham, sudya uni katta muddatga qamagan. Qiz bilan oʻzim juda koʻp gaplashganman. Yuzma-yuz qoʻyganimizda u pedofilligini boʻyniga olgan. 18 yildan ortiq jazo berilgan. Shunday sudyalar kerak — ayamaydigan.

Men sudyalar oliy maktabida dars bergan paytimda har doim aytardim: agar jinoyat — bolaga nisbatan jinsiy zoʻravonlik boʻlsa — ayama. U holat sening farzandingda boʻlganida qanday ogʻriqni his qilgan boʻlarding — shuni koʻz oldinga keltir.

Men istaymanki, Oliy Majlis, Senat, xotin-qizlar bilan ishlovchi tuzilmalar, deputatlar — pedofil qurboni sifatida oʻz farzandini koʻz oldiga keltirib qaror qabul qilsin. Agar ogʻriq ogʻir boʻlsa — jazo ham shunga yarasha boʻlishi kerak.

Afsuski, biz faqat natija bilan kurashyapmiz. Sababni oʻrganmayapmiz. Ilmiy ishlar qilmoq kerak, kitoblar yozish kerak. Chet el tajribasini oʻrganish kerak. Masalan, arab davlatlarida oʻlim jazosi bor. Afrikada ham. Janubiy Koreyada — 13 yoshdan kichik bolaga tajovuz qilinsa, oʻlim jazosi bor.

Siz aytganingizdek — pedofiliyani tuzatib boʻlmaydi. Umrbod qamoqqa hukm qilish kerak. Yoki oʻlim jazosi qoʻllansin — tamom.

Turkiyada 12 yoshli qizini zoʻrlab oʻldirgan pedofilni qizning otasi oʻldirgan. Lekin otani qonuniy jazolayotgan ekan. Bu yerda bitta masala: otaning oʻsha qotilni oʻldirishga haqqi bor. Chunki qiz — u otaning nomusi. Shuni qonunga kiritish kerak.

Afsuski, bunday jarayonlarda qonunchilikda boʻshliqlar bor. Bu ogʻriqni boshidan kechirmagan odam hislamaydi.

Va oʻshanda sudya aytyaptiki: «Sizni endi qonun nuqtai nazardan baribir jazolashim kerak. Lekin», deyyapti, «siz ota sifatida toʻgʻri qilgansiz». Qarang, ogʻir, ogʻir juda ham: birov guldek asrab-avaylab, hamma tomondan ehtiyot qilgan farzandini, qizini, oʻgʻlini kimdir tashqaridan turib oʻz nafsi, xirsi evaziga dabdalasini chiqarib tashlasa-da, biz unga nisbatan rahmdillik qilsak? Yoʻq, rahmdillik ketmaydi bu yerda. Aynan pedofillarga mening rahmim kelmaydi. Jinsiy zoʻravonlik ichida aziyat chekayotgan odamlarimiz juda koʻp. Foizda koʻp. Faqat ular aytolmaydi.

Pedofiliya boʻyicha intervyu berganimda, menga yoshlari katta bir inson yozishdi: «60 yoshdaman, siz aytgan masalada men qurbon boʻlganman. 8 yoshda edim. Uch uy narisidagi qoʻshnim. Va bu voqea 1, 2, 3 marta boʻlmagan — 4–5 marta boʻlgan. Men oʻsha insonni koʻrsam, qochib yurardim. Lekin u inson menga faqat mehr-muhabbat koʻrsatardi. Uydagilarim “yaxshi-ku, yaxshi inson, seni yaxshi koʻradi”, der edi. Lekin men ayta olmasdim. Shu inson xor-zor boʻlib, xarob boʻlib oʻlib ketdi. Lekin u inson menga yetkazgan ozordan men haligacha qutilganim yoʻq. Tadbirkorman, boyman, hamma sharoitlarim bor, farzandlarim, nevaram bor. Ammo lekin bir umr shu ogʻriq ichida yashadim».

Gaplashinglar bolalaringiz bilan: «Senga hech kim tazyiq qilmayaptimi? Senga zoʻravonlik oʻtkazmayaptimi? Sening tan aʼzolaringga hech kim tegmayaptimi? Seni hech kim oʻpmadimi? Quchoqlamadimi? Orqangdan kelib bir qiliq qilmadimi?» deb turib soʻrash kerak bolalardan. Ishoning, qabulimga kelsa «masalam juda ogʻir» dese, birinchi beradigan savolim: «Jinsiy zoʻravonlikka uchramaganmisan?» deydigan boʻldim. Va oʻsha kelayotgan odamlarning koʻpi shu holatlarga uchragan boʻlib chiqyapti.

Oilaviy munosabatda keladimi, farzandini olib kelsa, mening yuragim tushadigan darajada: «Voy, yaxshi, jinsiy zoʻravonlikka uchramagan boʻlsang boʻldi». Boshqasidan oʻtib, birinchi qiladigan ishim — qarang — muammo bir chekkada qolib, shaxsiy chegarani chizishdan boshlayman. «Shaxsiy chegarangni oʻzing chiz, ehtiyot qil, oʻzingni oʻzing». Biz katta jamiyatdamiz va xavf har doim yonimizda. Shu mavzudan boshlaydigan boʻldim.

Va baʼzi holatlarda ota-onalar oʻsha yoshi katta bolalarni ham olib keladi — 30, 30 dan oshgan. «Hayotda oʻrnini topolmayapti», deb olib keladi. «Ijtimoiy jamiyatga moslasha olmayapti», deb olib keladi. Ota-onasini chiqarib yuboraman: «Boringlar, kofe ichib kelinglar», deyman. Chunki uning tagidagi sababni bilaman — ota-onaga ayta olmayman. Jinsiy zoʻravonlik qurboni va shu paytgacha na kasbga, na hunarga, na hayotdagi oʻrniga ega boʻlmagan boʻlib chiqadi. Bunga nima deysiz? Va men bular qanchaligini bilmayman — bu menga murojaatlarimdagi faktlarni aytyapman sizga.

Birinchi beradigan savolim: «Nima tush koʻrasan?» deyman. «Bir oyda bir marta takrorlanadigan tushingni aytgin», deyman. Oʻzi aytib qoʻyganini oʻzi bilmaydi: «Taqibda yashayman. Doim kimdir meni taqib qiladi». Keyin «oʻsha kim?» deyman. Aytadi — amakisining oʻgʻli boʻlib chiqadi, togʻasining oʻgʻli boʻlib chiqadi, qoʻshni boʻlib chiqadi. «Jinsiy zoʻravonlikka uchraganmisan?» desangiz, uzoq qarab, oʻylab qoladi. «Hozirgi holatingga qaytamiz, ochiq gaplashamiz» desangiz — duv-duv koʻz yosh oqadi, erkak kishi.

Shoir opa, shunday jinsiy zoʻravonlikka uchragan, qurbon, lekin ayta olmaydigan insonlarga nima derdingiz?

— Birinchi navbatda eng yaqin insoningiz — ona. Qanchalar qoʻrqsangiz, qanchalar aytolmaydigan boʻlsangiz ham onaga aytish kerak. Farzandga onadan boshqa joni achiydigan inson yoʻq. Otalar bu ogʻriqni his qilishi ogʻirroq. Nimaga? Ota shundoq oladi-da, borib bir narsa qilib tashlaydi. Yoʻq, bu — jinoyat. Bu ikkinchi katta jinoyat ochiladi. Ona hech boʻlmasa farzandini tushunib, bagʻriga bosib, uni himoya qiladi.

Men amaliyotimda koʻrganman — otalari bilmaydi hattoki qizlar jinsiy zoʻravonlik qurboni boʻlganini. Onalar bilib oladi — sekin-asta. Baʼzi holatlarda oila qurish arafasida qizning oʻzgarib qolayotganidan bilishadi. Qachondir u jinsiy zoʻravonlik qurboni boʻlgan. Ungacha yoʻq. Aytadiki: «Otam bilsa — oʻldiradi», deydi. Men tushunaman uni. Ota — otaning oru-nomusi — qiz. Yana aytaman, otalar qiz farzandini koʻzining qorachigʻida saqlaydi-da, uni «yegasiga» topshirgunga qadar oʻzidan nimalar oʻtganini faqat oʻzi biladi.

Men erkak emasman. Men ayol sifatida aytaman: «Qizlarimni voyaga yetkazib olguncha, ey Xudoyim, ish qilib tashqaridan hech qanday taʼsirlar boʻlmasin, ish qilib hech kim aldab qoʻymasin», deb turib, har kuni qizlarga hech boʻlmasa material, oʻqish, biror mavzuda sөylardim — eshitsin bolalarim. Hattoki jinsiy zoʻravonlik qurboni boʻlibdi, yoki joniga qasd qilibdi, deb biror ogʻir mavzu tushsa, farzandlarim oʻsmirlik davrida telefonni olib, sal nariroqqa borib prokurorlar bilan gaplashganim boʻlgan.

Kichkina qizim vaqt oʻtib, aytadiki: «Ona, jinsiy zoʻravonlikka uchrabdimi? 13 yosh qiz…»

«Ha, uchrabdi, bolam. Ha, shaxsiy chegaralarni aytishi kerak-da, onasi gaplashishi kerak-da», deydi. Yoki joniga qasd qilgan boʻlsa, endi gaplashasiz-ku ochiq telefonda. Uyda, oila aʼzolaringizning ichida gapirishga toʻgʻri keladi-da. Telefon qilishsa, koʻtarmasdan ilojingiz yoʻq-ku. Bular toʻgʻridan-toʻgʻri gapirishadi, bevosita. Farzandlarim aytardi: «Ona, siz xavotir olmang. Bizga hech kim tahdid qilmaydi. Chunki biz bilamiz, yoki jonimizga qasd qilmaymiz. Chunki hamma qoʻlingizda bor, xonagingizda, kabinetingizda turgan materiallarning hammasini biz allaqachon oʻqiganmiz. Shuning uchun bu jarayondan biz uchun xavotir olmang», deb aytar edi.

Nima uchun buni aytyapman? Onalar shu mavzularda ham bolalari bilan gaplasha olishi kerak. Ayta olishi kerak. Yaʼni maʼlumot bera olishi kerak. Hammaga ishonib, «kattalarga hurmat, kichikka izzat» degan maqola hozir ishlamayapti. Yoki «oʻzingdan kattalarning aytgan gapini qil» — men aytaman, qilma.

Ehtiyotkorlik birinchi oʻrinda boʻladi.

Albatta. Chunki kattalar aldaydi-da: «Yur, men senga shokolad olib beraman». Yoki oʻsha oʻldirgan qotil ham nima olib bergan? Chupa-Chups bergan. Qoʻlida shirinligi boʻlgan. Olib kirgan xonasiga, uyiga olib kirgan.

— Ishontirganda.

Ungacha u bolani quchoqlagan, oʻpgan, mehr bergan, bola uni tanigan. Iye, qoʻrqasiz baʼzan. Lekin bu gapim bilan men shubha uygʻotmoqchi emasman. Ammo xushyorlik, ota-onani «terak koʻzi» deymiz-ku, oʻsha «trezvыy vzglyad» oʻsha jarayonda boʻlishi shart, ota-onada. Xushyor koʻrishi kerak. «Nimaga bu meni bolamga mehr-muhabbat koʻrsatib qoldi? Nimaga bu meni bolalarim atrofida oʻralashyapti?» Chunki pedofil avval planlashtiradi — toʻgʻridan-toʻgʻri harakat qilmaydi hech qachon. Uni programmasi boʻladi. Ushbu programmasida planlashtirilgan boʻladi.

Bir masalani koʻrganimizda, masalan, yoshi katta qariyalar. Seksual xulq-atvori buzuq, u azaldan buzuq. Qamalib ham chiqqan shu boʻyicha. 15–16 yil oʻtirib chiqqan. Lekin baribir oʻsha xulqi buzuqligi, seksual xulqining buzuqligi bilan unga-bunga zarar yetkazayotgan. Qoʻshni koʻrib qolgan uni. U ayta olmaydi, chunki xotini shunaqangi urishqoq — urish qiladi butun mahalla bilan, yerini himoya qilib. Ayol shuni videoga olib olgan. Videoga olib turib, ona hoksor, ota yoʻq uy xonadonda. Ona faqat ishlaydi bolani boqish uchun, bola bitta. Bu 10 yil oldingi gap.

Ichki ishlarga aytsangiz: «Isbot bormi?» deydi. «Bor, videosi bor», desangiz: «Eski video-da», deydi. Qarang, hamma birlashishi kerak emasmi? Ichki ishlar ham, prokuratura, mahalla, inspektorlar, maktabdagi ustozlar, ota-ona — hamma birlashishi kerak emasmi? Shu inson yoshi katta — 70 yoshdan oshgan. Jinoyat ishi ochdirganmiz. Ochasan! Turib oldik. Ekspertizaga, praktologga ekspertizaga men oʻzim joʻnatdim shu bolachani onasi bilan. «Koʻrib ber, faqat vijdoning oldida koʻrib ber. Aldama meni», dedim. «Boʻldi, opa», dedi. Koʻrib berdi: «Jinsiy zoʻravonlik qilingan bolaga. Oldindan foydalanib kelgan. Bu bir marta boʻlmagan — 5–6 marta boʻlgan», dedi. Ichki ishlar bilan shunaqangi toʻpalon qilganman. Qamash kerak — tamom!

«Yoshi katta-ku», deyishdi. Oʻlib ketsin yoshi katta boʻlsa oʻsha yerda! Bu xavf. Bu bolaning kelajagi nima boʻldi? Bu bola bilan oʻzim juda koʻp ishlaganman. Hozir katta boʻlib ketgandir. Oʻsha paytda 10 yosh edi. Bu endi 10 yil oldingi gap.

Bu yerda insoniylik nuqtai nazaridan — befarq boʻlmaslik.

Yana bitta narsa bor. Masalan, baʼzi hududlarda koʻp gapirishadi: toʻgʻri, yosh kattaroqdir — qaynota va kelin munosabatlarida seksual xulq-atvor buzilishi. Buzildimi, xatti-harakat notoʻgʻri ketyaptimi — olib bor psixiatriga. Lekin uyda qaynota bilan kelinni qoldirib ketishadi. Kelin uyda oʻtiradi, qaynota uyda oʻtiradi.

Qarang, shoir opa, hozir koʻpchilik erkaklarimiz ishga ketyapti Rossiyaga — uzoq muddatga. Va ayolini, bolalarini qoldirib ketyapti qayniotalar bilan. Bu ham yaxshi emas-da.

Albatta. Koʻryapmiz-ku amaliyotda. Shu jarayonlar biz aytmaganimiz bilan, biz eshitmaganimiz bilan ijtimoiy tarmoqda chiqyapti. Videolari suzib chiqyapti-ku.

Sizning amaliyotingizda eng sizga taʼsir qilgan, xotirangizda qolgan holatni aytib bersangiz?

Aytishim qanchalar toʻgʻri — men bilmayman. Men oʻsha voqeadan keyin 3 kun hech kim bilan gaplashgim kelmagan. Bobo va nevara. 13 yoshda qiz bobo tomonidan tegajonlik qilinadi. 14 yoshda nevara qiz oʻgʻil farzand qoʻradi. Ota-ona boboga nevarani ishonib, kun boʻyi ishda, kun boʻyi pul izlab yuradi. Va men bu voqeani juda ogʻir qabul qilganman. Juda ogʻir. Hech qanaqasiga hazm qila olmaganman. Hali ham hazm qila olmayapman. Boboni xulq-atvori buzuq, lekin tashqaridan qaraganda — oʻta mehribon bobo. Agar otaning yoshi katta boʻlib, ayoli vafot etgan boʻlsa — uylantirib qoʻyish kerak, u erkakni. Uylansin. Lekin bu haqiqat.

Va ikkinchi ogʻriqli masala — ikkita boʻlgan ekan. Amaliyotimda juda ham qalbimni lazaga keltiradigani: ota oʻz oʻgʻil farzandi bilan jinsiy munosabatda boʻlgani. Bu bizning oʻzbek millatimizga, xalqimizga, bolajon xalqimizga, qadriyatlarimizga, tarbiyamizga, axloqimizga umuman toʻgʻri kelmaydigan muthish illat, jirkanch illat, deyman. Juda-juda ogʻir.

Oʻsha ikkita voqeadan keyin men juda kuchli allergiya oʻtkazganman. Hatto tanamgacha toshma toʻshib ketgan. Qoʻllarimgacha, yuzlarimgacha toʻshib ketgan. Aslida toʻgʻri qabul qilishim kerak edi, lekin men uni qabul qila olmayman. Haligacha baʼzi holatlarni hazm qila olmayman.

Bu mavzu — jamiyatning eng ogʻriqli nuqtalaridan biri. Pedofiliya faqat bir bolaga emas — butun oilaga va jamiyatga zarar yetkazadi. Shuning uchun har bir ota-ona, har bir ustoz, har bir fuqaro ogoh boʻlishi shart. Bolalarni himoya qilish — bu faqat davlat yoki ichki ishlar organlarining vazifasi emas. Bu — har birimizning insoniy burchimiz. Bolalarga ishonchli muhit yaratish, ularni tinglash, tushunish va himoya qilish — kelajakni asrash demakdir. Shuning uchun ota-onalar, murabbiylar, faollar va rasmiylar — barchamiz birgalikda bolalar xavfsizligi uchun javobgarmiz.

Ogoh boʻlaylik va hech qachon sukut saqlamaylik.

Aziz Soliyev suhbatlashdi

Oʻzbekiston

01.11.2025, 12:16

Ulashish:

So‘nggi yangiliklar

Avtomobillar uchun toq va juft sanalarda harakatlanishni cheklash amaliyoti joriy etiladi

Prezident farmoniga muvofiq, zarur hollarda avtotransport vositalari harakatini cheklash boʻyicha maxsus komissiya tuzildi.

Oʻzbekiston

25.11.2025, 17:11

Barcha masjidlarda yomgʻir soʻrab namoz oʻqiladi

Kuz fasli deyarli yomgʻirsiz oʻtayotgani va yaqin kunlarda ham yogʻingarchilik kutilmayotgani sababli, Oʻzbekistondagi barcha masjidlarda 28 noyabr kuni juma namozidan soʻng istisqo namozi oʻqiladi. Umra ziyoratida boʻlib turgan ellikboshilarga oʻz jamoalari bilan istisqo namozini oʻqish tavsiya etildi.

Oʻzbekiston

25.11.2025, 14:21

Toshkentda havo ifloslanishi: masʼuliyat kimda va xalqaro huquq nima deydi?

“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi raisi Alisher Qodirov bu boradagi muhokamalarga munosabat bildirib, ayrim «ekspert»lar tanqidini asossiz deb atadi. U tabiat jarayonlarini hech bir davlat toʻliq nazorat qila olmaydi, degan fikr bildirgan va havo ifloslanishi muammolarini sof tabiiy jarayon sifatida koʻrsatishga uringan. Biroq xalqaro huquq nuqtai nazaridan fuqarolarning sogʻlom va xavfsiz atrof-muhitda yashashi davlat zimmasidagi aniq va huquqiy jihatdan belgilangan majburiyatdir. Tabiiy jarayonlarni bahona qilish davlatni masʼuliyatdan xalos etmaydi.

Oʻzbekiston

25.11.2025, 10:40

Komil Allamjonov Prezident administratsiyasining AQShdagi vakili etib tayinlandi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasi rahbarining farmoyishiga muvofiq, Komil Ismoilovich Allamjonov maslahatchi-vakil — Prezident administratsiyasining AQShdagi vakili lavozimiga tayinlandi.

Siyosat

25.11.2025, 10:19

Toshkentda ekologik vaziyatni yaxshilash boʻyicha maxsus komissiya tuzildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 25 noyabr kuni «Toshkent shahrida ekologik vaziyatni yaxshilash boʻyicha kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi farmonni imzoladi. Farmonga muvofiq, poytaxtda ekologik holatni yaxshilashga qaratilgan shoshilinch chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha maxsus komissiya tuzildi.

Oʻzbekiston

25.11.2025, 09:33

Qirgʻiziston sobiq prezidenti Atambayevning oʻgʻli qoʻlga olindi

Qirgʻizistonda bir guruh siyosiy arboblar, jumladan sobiq prezident Almazbek Atambayevning oʻgʻli Qodirbek Atambayev qoʻlga olindi. Ichki ishlar vazirligi maʼlumotiga koʻra, jami 10 nafar shaxs «parlament saylovlari yakunlari fondida ommaviy norozilik kayfiyati mavjud» degan tasavvur yaratish maqsadida mitinglar uyushtirishni rejalashtirgan.

Jahon

24.11.2025, 17:26

IIV oʻz safida tozalash ishlarini davom ettirmoqda

Maʼlumotlarga koʻra, 60 ga yaqin xodim huquqbuzarliklari uchun qoʻlga olingan va jazolangan. Shuningdek, nooʻrin harakatlari uchun 557 nafar rahbar va xodimga intizomiy jazo qoʻllanilgan. Tizimdagi turli qoidbuzarliklar tufayli 479 nafar xodim ichki ishlar organlaridan boʻshatilgan. 

Siyosat

24.11.2025, 16:48

Pekin havosi qanday tozalandi?

Pekin 2013–2020 yillarda dunyoda havosi eng iflos shaharlardan biri edi. Biroq 7–8 yil ichida havo sifati sezilarli darajada yaxshilandi. Bu – juda katta, rejali va qattiq davlat siyosati natijasi. 

Jahon

24.11.2025, 14:33

Qurilish tashkilotlariga atmosfera havosini muhofaza qilish boʻyicha qatʼiy ogohlantirish berildi

Hujjatga koʻra, maydoni 500 kvadrat metrdan oshib ketadigan qurilish maydonlaridan maxsus avtotransport vositalarini yuvmasdan yoʻllarga chiqarish taqiqlanadi. Shuningdek, chang hosil boʻlishi va tarqalishini oldini olish uchun  avtotransport vositalari gʻildiraklarini yuvish uchun maxsus yuvish shoxobchalarini tashkil etish va shu kabi bir qator tadbirlar majburiy hisoblanadi.

Oʻzbekiston

24.11.2025, 13:11

Islohot – vazirlik nomini oʻzgartirish, xolosmi?

Yana bir savol: tashkilot nomi har oʻzgarishi soliq toʻlovchilar gardaniga qancha yuk boʻlib tushyapti? Peshlavha, yozuv tablichkalari, logotip, muhr va shtamplardan tortib, mehnat va boshqa shartnomalargacha – bular qancha turadi va kimning hisobidan yangilanadi? Yana har ikki-uch yilda bir nom yangilanishi — bu yogʻi endi juda oshib ketmadimi? Shuncha xarajat va harakatga yarasha nimadir oʻzgarsa ham mayli edi!

Oʻzbekiston

24.11.2025, 10:45

Afgʻonistonda Jahon banki faoliyati qayta tiklandi — «Tolibon»

«Tolibon» harakati Moliya vazirligi 22 noyabr kuni Afgʻonistonda Jahon banki qayta ochilgani va uning faoliyati tiklanganini maʼlum qildi. Afgʻoniston Islom Respublikasi qulaganidan va hukumat «Tolibon» qoʻliga oʻtganidan keyin Jahon banki mamlakatdagi faoliyat shaklini oʻzgartirgan. Shu vaqtdan beri u «Tolibon» nazoratidagi davlat idoralari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri hamkorlik qilmayotgan edi.

Jahon

24.11.2025, 09:16

Oʻzbekistonda 1 dekabrdan Ai-80 benzini sotuvi toʻxtatiladi

Prezident qaroriga muvofiq 2025 yil 1 dekabridan boshlab Ai-80 benzini sotuvi butun respublika boʻylab toʻxtatiladi. Shuningdek, hujjatda aholiga sifatli va ekologik toza yonilgʻi yetkazib berishni taʼminlash maqsadida Ai-80 benzining AYoQShlarda sotilishiga qatʼiy nazorat oʻrnatilishi belgilab qoʻyilgan.

Oʻzbekiston

24.11.2025, 08:10