Roʻmol oʻragan erkaklar: Oʻzbekistonda ayollar kiyimida yurgan yana bir erkak ushlandi
Oʻzbekistonda koʻcha-koʻyda yuziga niqob taqqan ayollarga duch kelishingiz tabiiy hol, bu odamlar uchun soʻnggi vaqtlarda yangilik boʻlmay qoldi. Lekin niqob, yaʼni burqa ichida ayollar emas, erkaklarning boʻlishi-chi? Sodda qilib aytganda, buni telbalik deb baholash mumkin. Ammo Oʻzbekistonda bunday holatlar tez-tez kuzatilmoqda.
Oʻzbekiston
22.08.2024, 17:27
Ulashish:

Roʻmol oʻragan erkaklar: Oʻzbekistonda ayollar kiyimida yurgan yana bir erkak ushlandi
Andijon IIBga koʻra, Andijon shahridagi bolalar bogʻida Shahrixon tumanida istiqomat qiluvchi erkak ayollarga xos kiyinib, yuzini toʻsib olgan. U bu qilmishi uchun maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 184-4-moddasi (jamoat joylarida shaxsini identifikatsiya qilish imkonini bermaydigan koʻrinishda boʻlish) aybi bilan bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravari miqdorda jarimaga tortilgan.

Shuningdek, joriy yilning 19 iyun kuni poytaxtning Shayxontohur tumanida joylashgan "Chorsu" bozori oldida tanib boʻlmas darajada yuzini toʻsib, yoʻlda ketayotgan fuqaro IIO xodimlari tomonidan ushlanadi. Dastlab u xodimlarga xizmat vazifasini bajarishiga ruxsat bermasdan qarshilik koʻrsatgan. Shundan soʻng, fuqaro shaxsini aniqlash uchun IIB binosiga olib ketilgan. Mazkur jarayonda uning ayol emas, erkak ekanligi maʼlum boʻlgan.

20 iyun kuni Jinoyat ishlari boʻyicha Shayxontohur tuman sudida unga qarshi ochilgan maʼmuriy ish koʻrib chiqilgan. U Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 184-4-moddasi (jamoat joylarida shaxsini identifikatsiya qilish imkonini bermaydigan koʻrinishda boʻlish) hamda 195-moddasi (Ichki ishlar organlari xodimlarining oʻz xizmat burchlarini bajarishlariga qarshilik koʻrsatish)da nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etishda aybdor deb topilgan. Unga BHMning 10 baravari (3 mln 400 ming soʻm) miqdorida jarima jazosi va 15 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan.
Bundan tashqari, 23 iyul kuni ham Qoʻyliq dehqon bozori yerosti yoʻlida yuzini berkitib, ayollar kiyimini kiyib olgan erkak IIO xodimlari tomonidan ushlangan. Mazkur fuqaroga 7 sutka maʼmuriy qamoq hamda 3,4 mln soʻm jarima jazosi tayinlangan.

Yuqorida keltirilgan fuqarolarning nima sababdan ayollarning kiyimini kiyinib, yuzini berkitgani ochiqlanmagan. Hozirda mazkur holatlar odamlar tomonidan turli talqinlarga sabab boʻlmoqda. Hatto ular orasida bunday hodisalar ataylab urishtirilayotganini taʼkidlayotganlar ham bor.
Maʼlumot uchun, 2023 yilning 31 oktabr kuni Oʻzbekistonda jamoat joylarida yuzni toʻsib yurishga qarshi qonun kuchga kiritilgan. Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning yangi 184-4-moddasiga asosan burqa yoki niqob taqqanlarga nisbatan ish ochilishini taʼkidlangan.
Oʻzbekiston
22.08.2024, 17:27
Ulashish:
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01

Ukrainada Starlink faoliyati cheklandi
Jahon
15.10.2026, 11:18

Hindistonda yigit AI yordamida özini öğirlatdi
Jahon
02.11.2026, 11:04
So'nggi yangiliklar

AQŞda deportatsiya va hibsga olişlar soni rekordga yetdi
Jahon
13.11.2026, 14:50

Toşkentda avtomobillarni evakuatsiya qiliş tartibi özgardimi?
Oʻzbekiston
13.11.2026, 12:32

Özbekistonda ilk bor sun’iy muzlik — “Ice Stupa” texnologiyasi joriy etildi
Oʻzbekiston
13.11.2026, 12:12

Hormuzdagi hujumlar neft qazib oliş hajmiga ta’sir etdimi?
Iqtisodiyot
13.11.2026, 09:04

«Ğazoliklarning ahvoli oğir»: Lyuis Hemilton Isroilga murojaat qildi
Jahon
12.11.2026, 16:42

Tolibon erkak şifokorlarning ayollarni davolaşini çeklamoqda
Jahon
12.11.2026, 15:46

Ğazoda qiş yaqinlaşmoqda, gumanitar yordam esa kirolmayapti
Jahon
12.11.2026, 12:36

«Demokrat.uz» rahbari va blogerga sud hukmi öqildi
Oʻzbekiston
12.11.2026, 12:27

Yangi Toşkentda hokimlik oçiladi: şaharda qaysi idoralar iş boşlaydi?
Oʻzbekiston
12.11.2026, 11:08

Aeroportdagi telefonlar mojarosi: Soxta IMEI raqamlari
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:51

Feruza Normatovaga nisbatan jinoyat işi qözğatildi
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:35

Feruza Normatovaga nisbatan jinoyat işi qözğatildi
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:35

Qozoğistonga aloqador xakerlar Tojikiston va Özbekiston davlat tizimlariga hujum uyuştirdi
Jahon
12.11.2026, 10:18

Qozoğistonda “Kulpaş” va “Aytmatov” filmlari namoyişi qoldirildi
Madaniy
11.11.2026, 15:53

Rossiyada migrantlar sodir etgan jinoyatlar 40 foizga kamaydi
Jahon
11.11.2026, 12:17

GTL loyihasi kutilgan natijani berdimi?
Oʻzbekiston
11.11.2026, 12:06

Eronda yangi yerosti «raketa şahri» oçildi
Jahon
11.11.2026, 11:36

YEI ilk bor Ukrainada harbiy iştirokini yölga qöyadi
Jahon
11.11.2026, 10:09

Qirğiziston Tojikistondan ötgan 170 ta uyni aholiga beradi
Jahon
10.11.2026, 15:10

"Soyuzmultfilm" Özbekiston bilan hamkorlikni tiklamoqçi
Madaniy
10.11.2026, 11:53
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01

Ukrainada Starlink faoliyati cheklandi
Jahon
15.10.2026, 11:18

Hindistonda yigit AI yordamida özini öğirlatdi
Jahon
02.11.2026, 11:04
