updated: 22.03.2026, 08:04

Serbiyada 29 mingga yaqin odam hukumatga qarshi namoyishga chiqdi

Joriy yilning 22 dekabr kuni Serbiya poytaxti Belgrad shahri koʻchalarida 29 mingga yaqin odam namoyishga chiqdi. Bu haqda "Le Monde" nashri maʼlum qildi. 

Jahon

23.12.2024, 14:19

Ulashish:

Serbiyada 29 mingga yaqin odam hukumatga qarshi namoyishga chiqdi

Serbiyada 29 mingga yaqin odam hukumatga qarshi namoyishga chiqdi

Qayd etilishicha, namoyish noyabr oyida Novi-Sad shahridagi temir yoʻl vokzalining tom qismi qulashi oqibatida yuz bergan koʻngilsiz voqea sabab sodir boʻlmoqda. 

Shu yilning 1 noyabr kuni Novi-Sad shahridagi temir yoʻl vokzali qayta taʼmirlanishiga qaramasdan, uning tom qismi qulab tushgan. Hodisa oqibatida 15 kishi halok boʻlgan. 

Talabalar va mamlakat fuqarolari ishtirokida uyushtirilgan norozilik namoyishi qurbon boʻlganlarning xotirasiga 15 daqiqalik sukut saqlashdan boshlangan. Shundan soʻng, ular quloqni kar qiluvchi hushtaklar va boshqa uskunalar yordamida shovqin koʻtargan hamda Slaviya maydonini egallab, tirbandliklar keltirib chiqargan. 

Namoyish ishtirokchilari hokimiyatni korrupsiyada va taʼmirlash ishlarini yetarlicha nazorat olib bormaganlikda ayblamoqda. Ular Novi-Sad shahri hokimining isteʼfoga chiqishini hamda aybdor deb topilganlarni jinoiy javobgarlikka tortilishini talab qilmoqda. 

Talabalar ishtirokida boshlangan norozilik namoyishlariga muxolif deputatlar, sanʼatkorlar, akademiklar va boshqa guruhlar qoʻshilgan. Mamlakatdagi ushbu hodisa sababli koʻplab universitetlar bir necha haftaga yopildi. 

Serbiya Prezident Aleksandr Vuchich namoyishchilar talabiga binoan vokzal qurilishi va taʼmirlanishi bilan bogʻliq barcha hujjatlarni ochiq taqdim etgan, biroq norozilik qatnashchilari eʼlon qilingan hujjatlar toʻliq emas, deb daʼvo qilmoqda. 

Shuningdek, ular avvalgi namoyishlarda qoʻlga olinganlarni ham ozod qilishni talab qilmoqda. Shundan soʻng, Prezident Vuchich namoyishchilarning talablarini bajarilganligini aytib, ularni darsga qaytishga chaqirgan.

Jahon

23.12.2024, 14:19

Ulashish:

So‘nggi yangiliklar

Erondagi urush fonida aviatashuvlar narxi keskin oshdi

Eron atrofidagi keskinlik va harbiy harakatlar global logistikaga jiddiy taʼsir koʻrsatmoqda. Freightos maʼlumotlariga koʻra, aviatashuvlar qiymati ayrim yoʻnalishlarda 82% gacha oshgan.

Jahon

21.03.2026, 07:18

Hayit kuni Toshkentda jamoat transporti soat 04:00 dan ish boshlaydi

Ramazon hayiti munosabati bilan 20 mart kuni Toshkent shahrida jamoat transporti - avtobus va metropoliten oʻz ish faoliyatini ertalab soat 04:00 dan boshlaydi. 

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:42

Navroʻz va Hayit arafasida 392 nafar mahbus afv etildi

Oʻzbekiston prezidenti farmoni bilan jazo muddatini oʻtayotgan, qilmishiga pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga oʻtgan 392 nafar shaxs afv etildi.

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:37

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon hayiti munosabati bilan vaqtinchalik otashkesim eʼlon qildi

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon oyi yakunlanishi — Iyd al-Fitr (Roʻza hayiti) munosabati bilan vaqtinchalik oʻt ochishni toʻxtatishga kelishib oldi.

Jahon

19.03.2026, 12:00

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi

Toshkentda joylashgan Islom svilizatsiyasi markazi oʻz faoliyatini boshlamoqda. 2026 yil 18 mart kuni boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida markazga kirish tartibi va narxlar eʼlon qilindi.

Madaniy

19.03.2026, 11:20

Ehson bahonasida terrorizm: IIV ogohlantirish bilan chiqdi

Internetdagi "Sahovatli qoʻllar" va "Murgʻak qalblar" kabi jamgʻarmalar Suriyadagi "Tavhid va jihod" katibasi tashkiloti aʼzosi, qirgʻizistonlik Abdulmuhsin Usmonovga tegishli ekani aniqlandi.

Jahon

19.03.2026, 10:59

Maldiv orollari Isroil fuqarolari uchun yopildi

Maldiv orollari Isroil pasportiga ega fuqarolar uchun kirishni rasman taqiqladi. Shu bilan u bunday cheklov joriy qilgan 13-davlatga aylandi.

Jahon

19.03.2026, 10:17

AQSh Senati Eronning yadroviy tahdidi boʻyicha bayonotlarga shubha bildirdi

AQSh Senatida Eronning yadroviy dasturiga oid bayonotlar atrofida bahslar kuchaydi. Xususan, AQSh Milliy razvedkasi direktori Tulsi Gabbard senatorlar tomonidan tanqidga uchradi.

Jahon

19.03.2026, 09:47

Eron Isroil foydasiga josuslikda ayblangan shaxsni qatl etdi

Eron rasmiylari Isroil razvedka xizmatlari bilan hamkorlikda ayblangan mahalliy fuqaro Kurosh Keyvaniga nisbatan chiqarilgan oʻlim hukmini ijro etdi.

Jahon

19.03.2026, 08:54

Qozogʻistonda saygʻoqlar ommaviy halok boʻlmoqda

Temir yoʻllar va avtomagistrallar hayvonlar harakati uchun jiddiy toʻsiq boʻlib, har yili yuzlab jonivorlar ularni kesib oʻtishga urinish vaqtida halok boʻlmoqda.

Jahon

19.03.2026, 08:43

AQSh sudi “Amerika Ovozi” faoliyatini tiklashga qaror qildi

AQSh maʼmuriyati “Amerika Ovozi” xalqaro radiokompaniyasi faoliyatini qayta tiklashi kerak. Bu haqda 17 mart kuni federal sudya Roys Lambers qaror chiqardi.

Jahon

18.03.2026, 18:56

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda

Jahonda raqamli barqarorlik jiddiy xavf ostida qolmoqda. Rasmiy Tehron bayonotlari va razvedka manbalariga koʻra, agar Fors koʻrfazi mamlakatlari AQSh bilan harbiy hamkorlikni toʻxtatmasa, Eron suvosti internet kabellarini yoʻq qilish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda.

Fan-texnologiya

18.03.2026, 14:45