Cookie Settings

We use cookies to improve your experience.

updated: 22.03.2026, 14:17

Amerikaning sobiq prezidenti, hozirda esa prezidentlikga nomzod Donald Trampga suiqasd uyushtirildi. Bu haqida nimalar maʼlum?

2024 yil 13 iyul kuni Pensilvaniya shtatining Butler shahrida boʻlib oʻtgan miting chogʻida minbarga chiqib nutq soʻzlayotgan prezidentlikka nomzod Donald Tramp birdan qoʻlini qulogʻiga bosib yerga yiqiladi. Xavfsizlik kuchlari uni sahnadan olib chiqayotgan paytda Trampning qulogʻi va yuzida qon koʻrindi. Trampga oʻq uzgan odam va bir tomoshabin halok boʻldi, yana ikki nafar odam ogʻir jarohat oldi. Trampga nisbatan 4 marta oʻq otilgan, 3 tasi Trampdan bir necha santimetrlardan oʻtgan. Trampni maxfiy tizim xodimlari sahnadan olib chiqayotganda Tramp bir muddatga toʻxtab qoʻlini koʻtarib saylovchilari tomon gapirganini koʻrish mumkin.
 

Donald Tramp Maxfiy xizmat agentlari tomonidan sahnadan olib chiqilishidan oldin olomonga qarab qo'l ko'tarmoqda. /foto: The Telegraph/

Donald Tramp Maxfiy xizmat agentlari tomonidan sahnadan olib chiqilishidan oldin olomonga qarab qo'l ko'tarmoqda. /foto: The Telegraph/

Federal Qidiruv Byurosi 20 yoshli Tomas Metyu Kruks (ing. Thomas Matthew Crooks)ni Trampni oʻldirishda gumondor ekanligi aytilmoqda. Kruks maxfiy xizmat xodimlari tomonidan oʻt ochgandan keyin oʻldirilgan.  Lekin ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda boshqa shaxs ekanligi, u oʻzini bu ishni qilgani haqida hazilomuz video tarqatganligi aytilmoqda.
Qotillik qilishga uringan yigitning oʻldirilishi ishni yana-da murakkablashtirishi mumkin. Qiziq keys –  2020 yilda Tramp Oq uy foyesidan ikki sobiq davlat rahbari – 42-Prezident Bill Klinton va 43-Prezident kichik Jorj Bushning portretini olib tashlatgan, ularning oʻrniga Uilyam Mak-Kinli va Teodor Ruzvelt suratini ilib qoʻygan edi. Bu ikki prezident ham oʻz vaqtida suiqasdga uchragan.
Hozirda Trampning uyi politsiya va maxfiy xizmat xodimlari tomonidan qoʻriqlanmoqda, Trampni qoʻllab quvvatlovchilar Nyu-Yorkdagi Trampning uyi oldida uni qoʻllab quvvatlash niyatida yigʻilishgan va Trampni keyingi prezident sifatida maʼqullash niyatida ekanini bildirishgan.
Elon Mask Trampga ovoz berishini ommaga ochiqladi  va uning saylov oldi kompaniyasini qoʻllab quvvatlash maqsadida katta mablagʻ oʻtkazganligini aytdi.
Bu holat Demokratlarning oʻz saylovchilarini yoʻqotishi va Baydendan prezidentlik saylovdan oʻzini nomzodini olishi aytilayotgan chogʻda boʻlib oʻtgani har xil konspirologiyaga ishonovchi shaxslar tomonidan turli mishmishlarni koʻpayishiga olib kelayapti.
Aytib oʻtish joizki, AQShning 45 ta prezidentidan 13 tasiga prezidentni oʻldirish harakatlari uyishtirilgan boʻlib, bu suiqasdlar oqibatida 4 Amerika Prezidentlari vafot etgan. Oxirgi 9 prezidentdan 7 tasiga suiqasd uyishtirilgan.
Mutaxassislar Amerika prezidentlariga “dushman davlatlar” yoki xalqaro jinoiy tashkilotlar suiqasd uyushtirgan, degan fikrdan yiroq.
Trampga uyushtirilgan suiqasddan soʻng turli versiyalar urchimoqda. Ayrimlar mazkur holatdan sobiq prezident saylovchilar orasidagi mashhurligini oshirish uchun foydalanishi mumkinligini aytmoqda. Bayden jamoasi ham Tramp bilan bogʻliq keysdan foydalanib, qurol olib yurishni taqiqlash haqidagi pozisiyasini mustahkamlashi mumkin. Suiqasdni amalga oshirgan Tomas Metyu Kruks atigi 20 yoshda boʻlgani bunda qoʻl kelishi mumkin.
Trampning oʻzi esa uni muqarrar oʻlimdan faqat baxtli tasodif qutqarib qolganini aytgan. Sobiq prezident unga oʻq uzilganini anglab yetganda ichidan oʻtgan fikrlari, sarosimaga tushgan olomonning unga munosabati haqida soʻzlab bergan.
“Oʻsha paytda u yerdagi odamlardan menga bir quvvat kelayotganini sezdim. Ular shunchaki oʻz joylarida turishgan edi. Ammo bunda men ularning qoʻllab-quvvatlovini sezdim. Bu tuygʻuni tasvirlash qiyin.
Yuz bergan hodisaga faqatgina tarix hukm qilishini bilardim. Insonlarga ahvolim yaxshi ekanligini aytishim kerakligini bilardim. Qoʻlimni koʻtardim va hammasi joyida ekanini koʻrsatdim”, degan Tramp Washington Examiner nashriga bergan intervyusida.

Siyosat

15.07.2024, 17:33

Ulashish:

Mavzuga oid yangiliklar

Tramp: Avstraliya eronlik ayol futbolchilarga boshpana berish kerak

AQSh prezidenti Donald Tramp Avstraliya hukumatini Eron ayollar terma jamoasi futbolchilariga siyosiy boshpana berishga chaqirdi. Agar Avstraliya sportchilarga boshpana bermasa, buni AQSh amalga oshiradi, dedi u. 

Jahon

10.03.2026, 11:47

Shavkat Mirziyoyev AQShga amaliy tashrif bilan yetib bordi

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev AQSh prezidenti Donald Trampning taklifiga binoan 4 noyabr kuni amaliy tashrif bilan Vashington shahriga keldi. Tashrif dasturi doirasida Mirziyoyev AQShda tahsil olayotgan va faoliyat yuritayotgan bir guruh oʻzbekistonliklar bilan uchrashdi.

Siyosat

05.11.2025, 08:44

AQSh qochqinlar qabul qilish limitini keskin qisqartirmoqda

AQSh prezidenti Donald Tramp yangi farmonga koʻra mamlakatga qabul qilinadigan qochqinlar sonini keskin qisqartiradi. Yangi limit yillik 125 ming nafardan 7500 nafarga tushirildi. Bu 1980 yildan beri qochqinlar dasturida kuzatilgan eng past koʻrsatkich hisoblanadi.

Jahon

31.10.2025, 09:57

Tramp: “Isroilning Qatarga hujum qilish qarori toʻliq Netanyahuga tegishli”

AQSh prezidenti Donald Trampning taʼkidlashicha, Isroilning Qatarga hujum qilish haqidagi qarori toʻliq Binyamin Netanyahuga tegishli boʻlgan va Vashington bu harakatni toʻxtatishga ulgurmagan.

Jahon

10.09.2025, 14:52

9-qavatdan sakrab oʻz joniga qasd qilmoqchi boʻlgan qizning hayotini saqlab qolindi

Qiz FVV xodimlari koʻmagida arqon orqali tomdagi xavfsiz joyga chiqarib olingan.

Oʻzbekiston

24.07.2025, 12:14

AQSh chegarasini qancha oʻzbekistonlik noqonuniy bosib oʻtganligi maʼlum boʻldi

AQSh chegarasini qancha oʻzbekistonlik noqonuniy bosib oʻtganligi maʼlum boʻldi

2023 yilning 1 oktabridan bugungi kunga qadar AQShning janubiy chegarasini 57 ming 200 nafar noqonuniy migrant kesib oʻtgan. Ularning 2900 nafarini Oʻzbekiston fuqarolari tashkil etadi.

Oʻzbekiston

30.05.2024, 10:31

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →

So'nggi yangiliklar

Janubiy Koreya o‘z hududida atom suvosti kemalarini quradi

Janubiy Koreya Shimoliy Koreyaning kuchayayotgan harbiy tahdidlariga qarshi turish uchun atom suvosti kemalarini qo‘lga kiritishga intilmoqda.

Jahon

28.05.2026, 16:53

Muqaddas Ka’ba haqida muhim 10 ta fakt

Ka'baning ichki tuzilishi, Kisvaning yaratilishi va uning asrlar davomida saqlanib kelayotgan an’analari haqidagi 10 ta qiziqarli fakt bilan tanishing.

Madaniy

27.05.2026, 07:48

Sel suvlari – yo‘qotilayotgan resurs

O‘zbekistonda sel xavfi mavjud 60 ta yirik soy orqali yiliga 690 million kub metr suv samarasiz oqib ketmoqda.

Oʻzbekiston

26.05.2026, 11:12

Rossiya Armanistonni ogohlantirdi

Moskvaning ta’kidlashicha, agar Armaniston undan yuz o‘girib, Yevropa Ittifoqi bilan yaqinlashsa, arzon gazdan mahrum bo‘ladi.

Jahon

26.05.2026, 10:27

Tijorat banklari “AI maslahatchisi” dasturini ishga tushiradi

Shuningdek, endi tadbirkorlar kredit olish uchun barcha bank takliflarini yagona platformada ko‘ra olishi mumkin. Garovsiz mikrokredit limitini esa 200 million so‘mgacha oshirilish taklif etildi.

Iqtisodiyot

26.05.2026, 10:01

Toshkentda 100 kilometrlik pulli halqa yo‘li qurilishi mumkin

Toshkent shahar hokimligi va “China Railway Construction Corporation” kompaniyasi rahbariyati Toshkent shahrida qo‘shimcha pulli avtomobil yo‘llari qurish loyihalarini muhokama qilishdi.

Oʻzbekiston

26.05.2026, 09:23

Kontrakt to‘lash muddati uzaytirildi

Bazaviy va tabaqalashtirilgan kontrakt mablag‘larini to‘lash muddati ayrim toifadagi talabalar va abituriyentlar uchun 10-iyunga qadar uzaytirildi 

Ta'lim

25.05.2026, 17:07

Bayram kunlari yomgʻir va sel-suv toshqinlari kutilmoqda — “Oʻzgidromet”

Joriy yilning 26-may — 1-iyun kunlari respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida yomg‘ir yog‘adi.

Oʻzbekiston

25.05.2026, 16:17

Pokistonda furgon avtobusga urildi

Dushanba kuni Pokistonda furgon to‘xtab turgan avtobusga urilishi oqibatida 17 kishi halok bo‘ldi, 10 kishi tan jarohati oldi. Yo‘lovchilarning aksariyati Hayit arafasida uylariga qaytayotgan edi.

Jahon

25.05.2026, 15:49

Namangan shahri Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi

Namangan shahri “Bir oy ichida jamoa tomonidan ekilgan eng ko‘p gul” nominatsiyasi bo‘yicha Ginnesning rekordlar kitobiga rasman kiritildi.

Madaniy

25.05.2026, 11:54

Yaqin Sharq AQSHnikimi?

Eron AQSh prezidenti Donald Trampning ikki mamlakat o‘rtasidagi muqarrar kelishuv haqidagi so‘nggi so‘zlariga javoban tarixdagi janglarni misol qilib keltirdi.

Jahon

25.05.2026, 11:23

Hayraton–Mozori Sharif temiryo‘l liniyasining beshinchi bekati qayta faoliyat boshladi

Loyihaning umumiy qiymati 6,3 million AQSH dollarini tashkil etadi. Loyihani amalga oshirish doirasida stansiyaga ilk bor tijoriy yuk poyezdi yetib keldi.

Jahon

23.05.2026, 15:40

Xitoyda ko‘mir konidagi portlash oqibatida 90 kishi halok bo'ldi

Juma kuni kechqurun Sinyuan okrugidagi “Lyushenyu” ko‘mir konida gaz portlashi sodir bo‘ldi. 

Jahon

23.05.2026, 12:15

“Milliy kitobxonlik harakati” – bosh sovrin 50 ming dollar

Milliy kitobxonlik harakatiga start berildi. Dasturning umumiy yillik mukofot fondi 240 ming dollarni tashkil etadi. 

Ta'lim

22.05.2026, 18:35

Yahudiylarga o‘lim bilan tahdid qilgan erkak qamaldi

“Sen yahudiylarni o‘ldiraman!” deb baqirgani uchun hibsga olingan, ozodlikka chiqqanidan bir soat o‘tib esa yahudiy maktablarini portlatish bilan tahdid qilgan erkak juma kuni London sudida antisemitizmga asoslangan jinoyatlarini tan olgach, qamoqqa olindi.

Jahon

22.05.2026, 17:58

BMT Ebola epidemiyasi tufayli Kongoga mablag‘ va xodimlar yubormoqda

Hozirga qadar kasallikning tarqalishi natijasida gumon qilingan 670 ta holatdan 160 tasi o‘lim bilan yakunlandi.

Jahon

22.05.2026, 17:31

Sudandagi urush minglab oilalarni ayriliq azobiga duchor qildi

Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, Sudandagi uch yillik urush davomida 8 000 dan ortiq kishi bedarak yo‘qolgan. 

Jahon

22.05.2026, 15:04

“Quyoshga singib ketgan” – Saodat Ismoilovaning AQSHdagi ko‘rgazmasi

O‘zbek rassomi va rejissyori Saodat Ismoilovaning AQSHdagi ilk ko‘rgazmasi Smitson institutida namoyish etilmoqda. Unda videoinstallyatsiyalar, fotosuratlar va muzeyning tarixiy kolleksiyalaridan tanlangan noyob eksponatlar o‘rin olgan.

Madaniy

22.05.2026, 13:16

Eron boyitilgan urandan voz kechmaydi – Xomanaiy

Oyatulloh Ali Xomanaiyning yangi buyrug‘i Donald Tramp hafsalasini pir qilishi va AQSh-Isroilning Eronga qarshi urushni tugatish bo‘yicha muzokaralarini boshi berk ko‘chaga olib kirishi mumkin.

Jahon

21.05.2026, 17:08

“So‘nggi qo‘ng‘iroq” va “Xayr bog‘cha — salom maktab!” tadbirlari o‘tkaziladi

“So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarini xavfsizlikka rioya qilgan holda soya-salqin va ochiq maydonlarda tashkil etish talab etiladi. O‘quvchilar tomonidan avtotransport vositalarini boshqarish kabi holatlar man etilgan.

Ta'lim

21.05.2026, 15:48

ARXIV

SANAGA O'TISH

Barcha arxivni ko'rsatish →