Olimpiada kundaligi: Oʻzbekiston Olimpiada tarixida shaxsiy rekordini yangiladi
Kecha, 9 avgust kuni Parijda boʻlib oʻtayotgan yozgi Olimpiaya oʻyinlarida oʻzbekistonlik sportchilar bir qator medallarga ega boʻldi. Hozircha Oʻzbekiston umumiy hisobda 14-oʻrinni band qilmoqda.
Sport
10.08.2024, 10:35
Ulashish:

Олимпиада кулдалиги: Ўзбекистон Олимпиада тарихида шахсий рекордини янгилади
Boks boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev -71 kg vazn toifasida Olimpiya oʻyinlari chempionligini qoʻlga kiritdi. U murosasiz ruhda oʻtgan final jangda meksikalik Marko Alvaresni magʻlubiyatga uchratishga muvaffaq boʻldi.

Bundan tashqari, Fargʻona boksining yana bir yorqin vakili Lazizbek Mullojonov ham Oʻzbekiston delegatsiyasiga navbatdagi oltin medalni taqdim qildi. -92 kg vazn toifasida ishtirok etgan Mullojonov chempionlik bahsida ozarbayjonlik Loren Alfonso Domingesni magʻlub etib, oltin medalga sazovor boʻldi.

Oʻzbekiston delegatsiyasi hisobiga navbatdagi medalni erkin kurashchi Gʻulomjon Abdullayev olib keldi. -57 kg vazn toifasida ishtirok etgan Abdullayev bronza medali uchun bahsda qirgʻizistonlik Bekzat Almaz oʻgʻlidan ustun keldi va uchinchi oʻrinni egalladi.

Taekvondochi Ozoda Sobirjonova Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlarining bronza medali uchun dayanga chiqdi. -67 kg vazn toifasida ishtirok etgan Sobirjonova belgiyalik Sara Chariga imkoniyatni boy berdi va shu nuqtada ishtirokini yakunladi.

Shuningdek, taekvondochi Jasur Jaysunov ham bronza medali uchun oʻtish bosqichidagi jangini yakunladi. -80 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan Jaysunovga italiyalik ikki karra jahon chempioni Simone Alessio raqiblik qildi. Shiddatli jangda yevropalik sportchining qoʻli baland keldi va Jaysunov Olimpiadadagi ishtirokini shu nuqtada tugatdi.
Yana bir Oʻzbekiston nomidan maydonga tushgan erkin kurashchi Javrail Shapiyev -86 kg vazn toifasining bronza medali uchun kurash olib bordi. Amerikalik nomdor Aron Bruks bilan bellashgan Shapiyev murosasiz bahsda imkoniyatni boy berdi va Olimpiya oʻyinlarini kuchli beshlikda tugatdi.

Oʻzbekistonlik sportchilar Olimpiya oʻyinlarida suvga sakrash dasturida debyut qildi. 10 metrli platformadan sakrash boʻyicha ishtirok etgan Igor Myalin saralashda 357,10 ball jamgʻardi va 21-natijani qayd etdi. Afsuski, bu ball sportchiga yarim final yoʻllanmasi uchun kamlik qildi.
Uzoq yillik tanaffusdan keyin oʻzbekistonlik erkin kurashchi yana Olimpiya oʻyinlarida finaliga chiqdi. -74 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Razambek Jamalov yarim finalda tojikistonlik Viktor Rassadinni magʻlubiyatga uchratib, final yoʻllanmasiga ega chiqdi. Oltin medal uchun bahsda Jamalovga yaponiyalik Daichi Takatani raqiblik qiladi.
Kecha badiiy gimnastika boʻyicha guruh mashqi yoʻnalishining saralash bosqichi ham boʻlib oʻtdi. Unda ishtirok etgan Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari Mumtoza Isʼhoqzoda, Shahzoda Ibragimova, Iroda Sodiqova, Evelina Atalyans hamda Amaliya Mamedova 64,000 ball bilan 7-oʻrinni egallashdi. Bu orqali ular bugun boʻlib oʻtadigan final bosqichida ishtirok etish imkoniyatiga ega boʻldi.
Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlari yakuniga yetmagan boʻlsada, Oʻzbekiston delegatsiyasi ayni paytning oʻzidayoq 5 ta oltin va 3 ta bronza medallari bilan oʻz tarixidagi eng yaxshi natijani yangilab ulgurdi. Hali oldinda 3 nafar atletikachining final bahslari, qolaversa, ishtirokini kutib turgan bir qator sportchilar bor.
Sport
10.08.2024, 10:35
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Parij-2024: Bugun Oʻzbekiston hisobiga yana uchta medal qoʻshiladi
Sport
10.08.2024, 12:16

Parij-2024: Bugun ham oʻzbekistonlik sportchilar oltin medal uchun kurashadi
Sport
09.08.2024, 13:09
Mashhur yangiliklar

O‘qishni ko‘chirishda milliy va xalqaro sertifikatlarga ega talabalarga maksimal ball beriladi
Ta'lim
13.06.2026, 12:34

Maktab bitiruvchilari uchun bitiruv kecha tashkillashtirish taqiqlandi
Ta'lim
15.06.2026, 14:23

“Epshteyn orolidagi jirkanchliklar bari mujassam” – o‘zbek sayyohining Tailandga safari
Madaniy
06.07.2026, 15:30

Buyuk Britaniya 16 yoshdan oshmaganlarga ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlamoqda
Jahon
15.06.2026, 15:55

Toshkentda eng qimmat va eng arzon kvartiralar qaysi tumanda?
Oʻzbekiston
26.06.2026, 17:14

Iroq hukumati korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash boshladi
Jahon
01.07.2026, 11:42
So'nggi yangiliklar

Yadrosizlanishni AQSh ittifoqchilaridan boshlash kerak — Shimoliy Koreya
Siyosat
11.07.2026, 14:27

AQSh butun Eronni yo‘q qilishga tayyor – Tramp
Jahon
11.07.2026, 11:14

OpenAI yangi ChatGPT Work agentini namoyish qildi
Fan-texnologiya
10.07.2026, 18:30

Sun’iy intellekt mustaqil ravishda kiberhujum uyushtirdi
Fan-texnologiya
10.07.2026, 14:43

Turkiy davlatlar iqtisodiyoti 673,6 milliard dollarga yetdi
Iqtisodiyot
10.07.2026, 11:34

NATOning Anqara sammiti: Eron va Ukraina bo‘yicha qarorlar
Jahon
10.07.2026, 10:46

Qozog‘istonda davlat bayrog‘i tushirilgan buyumlar taqiqlandi
Jahon
10.07.2026, 10:12

Ukrainada “Patriot” tutib oluvchilari ishlab chiqarishga ruxsat beriladi — Tramp
Jahon
09.07.2026, 16:34

Yevropa parlamenti deputatlari FIFA rahbariyatiga nisbatan tekshiruv o‘tkazishni talab qildi
Sport
09.07.2026, 16:07

Tramp Suriyani terrorizmga homiylik qiluvchi davlatlar ro‘yxatidan chiqarmoqda
Jahon
09.07.2026, 12:38

“ANORBANK” jarimaga tortildi
Oʻzbekiston
09.07.2026, 11:06

Ona qornidagi chaqaloqni “loyihalash” davri boshlanmoqdami?
Fan-texnologiya
08.07.2026, 16:44

Abituriyentlar uchun ruxsatnomalar berish boshlandi
Ta'lim
08.07.2026, 10:57

Eron va AQSH bir-biriga zarba berdi
Jahon
08.07.2026, 10:21

Hindlardan nimani o'rganishimiz kerak?
Madaniy
07.07.2026, 15:48

Lotin alifbosini yangilash bo‘yicha qonun Senatga yuborildi
Oʻzbekiston
07.07.2026, 12:44

Vashington shtatining Sietl shahrida “O‘zbek mahallasi” tashkil etildi
Jahon
07.07.2026, 12:18

Xitoy Tinch okeaniga ballistik raketa uchirdi
Jahon
07.07.2026, 11:10

OTMlarda yangi bakalavriat va magistratura yo‘nalishlari joriy etildi
Ta'lim
07.07.2026, 09:48

“Epshteyn orolidagi jirkanchliklar bari mujassam” – o‘zbek sayyohining Tailandga safari
Madaniy
06.07.2026, 15:30
Mashhur yangiliklar

O‘qishni ko‘chirishda milliy va xalqaro sertifikatlarga ega talabalarga maksimal ball beriladi
Ta'lim
13.06.2026, 12:34

Maktab bitiruvchilari uchun bitiruv kecha tashkillashtirish taqiqlandi
Ta'lim
15.06.2026, 14:23

“Epshteyn orolidagi jirkanchliklar bari mujassam” – o‘zbek sayyohining Tailandga safari
Madaniy
06.07.2026, 15:30

Buyuk Britaniya 16 yoshdan oshmaganlarga ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlamoqda
Jahon
15.06.2026, 15:55

Toshkentda eng qimmat va eng arzon kvartiralar qaysi tumanda?
Oʻzbekiston
26.06.2026, 17:14

Iroq hukumati korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash boshladi
Jahon
01.07.2026, 11:42
