TOP-5 chempionatlarining yangi mavsumiga start berildi
Bir necha oy oldin mavsumni yakunlab, futbolchilarini terma jamoa ixtiyoriga yuborgan klublar endi yangi mavsumga hozirlik koʻrmoqda. Angliya Premer-ligasi (APL), Ispaniya La Ligasi, Italiya A Seriyasi, Germaniya Bundesligasi va Fransiya 1-Ligasining 2024-2025 yilgi mavsum oʻyinlariga start berildi.
Sport
16.08.2024, 16:01
Ulashish:

TOP-5 chempionatlarining yangi mavsumiga start berildi
Bu safar ham oʻtgan mavsumdagidek Ispaniya La Ligasi birinchilardan boʻlib tur oʻyinlarini boshladi. Kechki bahslardan oʻrin olgan ikki oʻyinga tashrif buyurgan muxlislar sonidan kelib chiqadigan boʻlsak, yevropaliklar futbol oʻyinlarini ancha sogʻingan. Birinchi tur oʻyini oʻtgan mavsumda La Ligani 5-oʻrinda yakunlagan "Atletik Bilbao" hamda "Xetafe" jamoalari oʻrtasida kechdi.
Shiddatli kechgan bahsda jamoalar murosa koʻchasini tanladi va yakunda hisob 1:1 boʻldi. Turning ikkinchi bahsida "Betis" oʻz uyida oʻtgan mavsumda furvort koʻtargan "Jirona" jamoasini qabul qildi. Bu oʻyin ham 1:1 hisobida yakunlandi. La Liganing bugungi bahslariga ikkita oʻyin rejalashtirilgan. Dastlab "Selta" oʻz uyida "Alaves" jamoasiga qarshi maydonga tushsa, 16 avgustdan 17 avgustga oʻtar kechasi muxlislar "Las Palmas" va "Sevilya" jamolarining oʻyinini guvohi boʻladi. Qolgan oʻyinlar boshqa kunlarga rejalashtirilgan.
Shuningdek, oʻtgan mavsumda biroz omadi yurishmagan "Manchester Yunayted" va "Fulxem" jamoalari oʻrtasidagi oʻyin APLda ham birinchi tur oʻyinlarini boshlab beradi. Muxlislar ertaga debyutant jamoa "Ipsvich Taun" va "Liverpul", "Arsenal" hamda "Vulves", "Everton" hamda "Brayton" va shunga oʻxshagan bir qancha jamoalar ishtirokidagi o'yinning guvohi bo'ladi. 18 avgust kuni oʻtgan mavsum chempioni "Manchester Siti" mehmonda Londonning "Chelsi" klubiga qarshi maydonga tushadi. Bu bahs mutaxassislar tomonidan turning markaziy oʻyini deya baholanmoqda.
Fransiya 1-Ligasi oʻyinlari ham bugun boshlanadi. 16 avgustga faqatgina "Gavra" hamda PSJ jamoalari oʻrtasidagi oʻyin rejalashtirilgan. Turning qolgan oʻyinlari ertaga boʻlib oʻtadi.
Italiya A Seriyasida 1-tur oʻyinlariga ertadan start beriladi. Mavsumning ochilish oʻyinini "Jenoa" va "Inter" jamoalari oʻrtasidagi bahs boshlab beradi. Bundan tashqari, ertaga "Parma" hamda "Fiorentina", "Empoli" va "Monsa", "Milan" hamda "Torino" kabi jamoalarning oʻzaro oʻyinlari oʻtkaziladi.
TOP 5 chempionatlar ichida mavsumni Bundesliga oxirgi boʻlib boshlaydi. Bu oʻyin 23 avgust kuni "Borussia Myunxengladbax" va oʻtgan mavsum kashfiyoti "Bayer" klublari oʻrtasida boʻlib oʻtadi.
Maʼlumot uchun, oʻtgan mavsum APL chempionligini "Manchester Siti", La Liga chempionligini "Real Madrid", A Seriya gʻolibligini "Inter", Bundesliga gʻolibligini "Bayer" va Liga 1 chempionligini "Paris Sain-German" jamoalari qoʻlga kiritgan edi.
Sport
16.08.2024, 16:01
Ulashish:
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01

Ukrainada Starlink faoliyati cheklandi
Jahon
15.10.2026, 11:18

Elektromobillar qimmatlaydimi?
Iqtisodiyot
14.10.2026, 16:59
So'nggi yangiliklar

«Ğazoliklarning ahvoli oğir»: Lyuis Hemilton Isroilga murojaat qildi
Jahon
12.11.2026, 16:42

Tolibon erkak şifokorlarning ayollarni davolaşini çeklamoqda
Jahon
12.11.2026, 15:46

Ğazoda qiş yaqinlaşmoqda, gumanitar yordam esa kirolmayapti
Jahon
12.11.2026, 12:36

«Demokrat.uz» rahbari va blogerga sud hukmi öqildi
Oʻzbekiston
12.11.2026, 12:27

Yangi Toşkentda hokimlik oçiladi: şaharda qaysi idoralar iş boşlaydi?
Oʻzbekiston
12.11.2026, 11:08

Aeroportdagi telefonlar mojarosi: Soxta IMEI raqamlari
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:51

Feruza Normatovaga nisbatan jinoyat işi qözğatildi
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:35

Feruza Normatovaga nisbatan jinoyat işi qözğatildi
Oʻzbekiston
12.11.2026, 10:35

Qozoğistonga aloqador xakerlar Tojikiston va Özbekiston davlat tizimlariga hujum uyuştirdi
Jahon
12.11.2026, 10:18

Qozoğistonda “Kulpaş” va “Aytmatov” filmlari namoyişi qoldirildi
Madaniy
11.11.2026, 15:53

Rossiyada migrantlar sodir etgan jinoyatlar 40 foizga kamaydi
Jahon
11.11.2026, 12:17

GTL loyihasi kutilgan natijani berdimi?
Oʻzbekiston
11.11.2026, 12:06

Eronda yangi yerosti «raketa şahri» oçildi
Jahon
11.11.2026, 11:36

YEI ilk bor Ukrainada harbiy iştirokini yölga qöyadi
Jahon
11.11.2026, 10:09

Tojikistondan Qirg‘izistonga ötgan 170 ta uy aholiga beriladi
Jahon
10.11.2026, 15:10

Rossiyada işçi kuçi tanqis, migrantlar uçun çeklovlar esa kuçaymoqda
Siyosat
09.11.2026, 17:58

Davlat içidagi davlat: Samsung qanday yuksaldi?
Fan-texnologiya
09.11.2026, 16:19

Kelgusi 10 yilda 450 mlrd dollarlik energetika loyihalari amalga oşiriladi
Oʻzbekiston
09.11.2026, 15:16

Kosmosga yuborilgan ilk hayvonlar
Madaniy
09.11.2026, 11:50

“Aqlga ozuqa böladigan kitoblar”: ALP naşriyotida reyd ötkazildi
Madaniy
07.11.2026, 12:05
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01

Ukrainada Starlink faoliyati cheklandi
Jahon
15.10.2026, 11:18

Elektromobillar qimmatlaydimi?
Iqtisodiyot
14.10.2026, 16:59
