Talabalar baribir oʻqish uchun Rossiya hududiga boradigan boʻldi. Ijtimoiy tarmoqdagi mish-mishlar rad etildi

Avvalroq Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Toshkent davlat stomatologiya instituti talabalari goʻyoki majburan jangovar hududlarga yuborilayotgani haqida xabariga Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Toshkent davlat tibbiyot universiteti rasmiy munosabat berdi.

Talabalar baribir oʻqish uchun Rossiya hududiga boradigan boʻldi. Ijtimoiy tarmoqdagi mish-mishlar rad etildi.

Munosabatda aytilishicha, mazkur xabar haqiqatga toʻgʻri kelmaydi.

Xabarlarda tilga olingan 40 ga yaqin talaba Vazirlar Mahkamasining 2021 yildagi 421-sonli qaroriga koʻra, ikki davlat hamkorligidagi qoʻshma taʼlim dasturiga oʻqishga qabul qilingan.

 

Taʼlim dasturiga muvofiq har bir talaba bilan shartnoma tuzilgan, unga muvofiq ular 4 va 5-kursni Rossiyaning Nijniy Novgorod shahrida joylashgan Privoljsk tibbiyot tadqiqot universitetida (PIMU) oʻqib tugatish majburiyatini olgan.

 

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlardan soʻng, Toshkent davlat tibbiyot universiteti rektori Sh.Boymuradov “PIMU” rektori N.Karyakin bilan quyidagilarga kelishildi:

 

  • hamkorlik dasturi boʻyicha oʻqiyotgan barcha Oʻzbekistonlik talabalar uchun alohida yotoqxona ajratish;
  • ilgari shartnoma shartlarini bajarmagan va PIMU tomonidan oʻqishdan chetlashtirilgan talabalar uchun akademik yilni yoʻqotmasdan oʻqishga qayta tiklanish imkoniyatini yaratish;
  • PIMU tomonidan hamkorlik dasturi talabalari uchun alohida dekanat faoliyatini yuritish. Bunda, ushbu dekanat talabalarni doimiy qoʻllab-quvvatlab boradi, yaʼni aeroportdan-kutib olish, Rossiyada yashash uchun zarur barcha hujjatlarni rasmiylashtirishda yordam beradi.

 

Shuningdek, vazirlikning yozishicha, Nijniy Novgorod shahri haqida tarqatilgan “harbiy holat eʼlon qilingan hudud” degan maʼlumot ham asossiz deyilmoqda.

 

Ularga koʻra, Rossiya Federatsiyasining mazkur hududida rasmiy tartibda harbiy holat eʼlon qilinmagan.

 

Ammo, Reuters axborot agentligi 11 avgustga oʻtar kechasi Ukrainaning Nijniy Novgorodga qilgan dronlar orqali hujumidan soʻng 1 kishi vafot etgani hamda 2 kishi shifoxonaga yotqizilgani haqida yozgan. Shuningdek, Ukraina xavfsizlik vakili hujumda hududdagi raketa komponentlari ishlab chiqaruvchi zavod nishonga olinganini bildirgan.

 

Maʼlum boʻlishicha hozirgi vaqtda Rossiyadagi mazkur universitet Oʻzbekistonning 5 ta oliy oʻquv yurti bilan 12 ta hamkorlik qilmoqda. Qoʻshma dastur asosida 400 dan ortiq oʻzbekistonliklar “PIMU”da kunduzgi taʼlim shaklida tahsil olmoqda.

So‘nggi yangiliklar

AQSh Eron rahbarlari haqidagi maʼlumot uchun mukofot eʼlon qildi

AQSh Davlat departamenti “Adolatga yordam uchun mukofot” dasturi doirasida Eron Islom inqilobi muhofizlari korpusining asosiy rahbarlari haqida maʼlumot berganlar uchun 10 million dollargacha mukofot eʼlon qildi.

Jahon

14.03.2026, 15:11

Dunyo iqtisodiyotining 49 foiziga Osiyo egalik qiladi

Prognozlarga koʻra, jahon iqtisodiyoti 2026 yilda xarid qobiliyati pariteti (XQP) boʻyicha oʻlchanganda taxminan 219 trillion dollarga yetadi. 

Iqtisodiyot

14.03.2026, 13:46

Urushning badalini kim toʻlaydi?

Mintaqada davom etayotgan harbiy mojarolar fonida Isroil harbiy aviatsiyasi va havo hujumidan mudofaa tizimlari uchun yana bir kutilmagan omil — koʻchib yuruvchi qushlar migratsiyasi qoʻshimcha muammolarni keltirib chiqarmoqda.

Jahon

14.03.2026, 12:26

Endi Nepalni reper boshqarishi mumkin: Balendra Shoh saylovda eng koʻp ovoz toʻpladi

2025 yil sentabrida Nepalda Z-avlod qoʻzgʻoloni boshlangan edi. Tarixdagi ilk Z-avlodi qoʻzgʻoloni mamlakat siyosiy doiralarini larzaga keltirib, muvaqqat hukumat tuzilishiga olib kelgan.

Jahon

14.03.2026, 09:45

AQSh Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni yumshatdi

Yaqin Sharqdagi mojaro ortidan yuzaga kelgan energiya inqirozi fonida AQSh Rossiya neftiga nisbatan sanksiyalarni vaqtincha yumshatdi. 

Iqtisodiyot

13.03.2026, 17:21

Aliment toʻlovchilarga yengillik boʻlishi mumkin

Prezident yigʻilishlardan birida aliment toʻlovchilarning chet elga chiqishidagi cheklovlar masalasiga toʻxtalib, mutasaddilarga bu muammoni chuqur oʻrganib, tegishli takliflar kiritishni topshirdi.

Oʻzbekiston

13.03.2026, 15:02

Toshkent viloyatidagi yopiq muassasalarda monitoring oʻtkazildi

Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (Ombudsman)ning Toshkent viloyatidagi mintaqaviy vakili tomonidan bir qator yopiq muassasalarda monitoring tashriflari amalga oshirildi.

Oʻzbekiston

13.03.2026, 14:47

“Urush vaziri ishdan boʻshatilishi kerak” — AQSh senatori

AQSh harbiylari Eronning Minab shahrida joylashgan qizlar boshlangʻich maktabiga xatolik sabab zarba bergan. Oʻshanda 168 nafar oʻquvchi va 14 nafar oʻqituvchi halok boʻlgan edi.

Jahon

13.03.2026, 12:20

Rossiya Eronga yordam berishni boshladi

Rossiya TIV vakili Mariya Zaxarova Eron va boshqa doʻst davlatlarga gumanitar yordam yetkazib berish ishlari allaqachon tashkil etilganini maʼlum qildi.

Jahon

13.03.2026, 12:01

Toshkentda “aqlli” svetoforlar tizimi kengaytiriladi

Shahar chorrahalari yagona sunʼiy intellektli tizimga ulanib, transport oqimini samarali tartibga solish va tirbandliklarni kamaytirish imkoni paydo boʻladi. 

Oʻzbekiston

13.03.2026, 10:23

Sud Abduraxmon Tashanovga nisbatan qoʻzgʻatilgan maʼmuriy ishni rad etdi

JIB Mirobod tumani sudi sudyasi M. Axmedov Abduraxmon Tashanovga nisbatan Respublika Harbiy prokurori tomonidan qoʻzgʻatilgan maʼmuriy ish materiallarini rad etdi.

Oʻzbekiston

12.03.2026, 16:56

Toshkentda yangi koʻprik oʻpirilib tushdi

Toshkent shahrining Mirzo Ulugʻbek tumanidagi Temur Malik va Buyuk Ipak yoʻli koʻchalari kesishmasida joylashgan yangi yoʻl oʻtkazgichning bir qismi oʻpirilib tushdi. Hodisa kuchli yomgʻirdan soʻng sodir boʻlgan.

Oʻzbekiston

12.03.2026, 14:48