updated: 22.03.2026, 10:45

Toshkentda Germaniya tibbiyot akademiyasi ochildi

Kecha poytaxtdagi Abu Ali ibn Sino nomidagi 1-son Respublika jamoat salomatligi texnikumi bazasida Germaniya tibbiyot akademiyasining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Ulashish:

Toshkentda Germaniya tibbiyot akademiyasi ochildi

Loyiha Migratsiya agentligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Germaniyaning Aaxen universitet klinikasi hamda Shveysariyaning “Globogate Concept AG” kompaniyasi hamkorligida amalga oshirildi.

Marosimda Migratsiya agentligi direktori Behzod Musayev, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov, Sogʻliqni saqlash vaziri Asilbek Xudoyarov, shuningdek Germaniya va Shveysariyadan tashrif buyurgan rasmiylar va mehmonlar ishtirok etdi.

Tadbirda loyiha haqida batafsil maʼlumot berilib, akademiya faoliyati va uning kelgusi maqsadlari bilan ishtirokchilar tanishtirildi.

Yangi akademiya Germaniya va Oʻzbekiston oʻrtasidagi hamkorlikning navbatdagi muhim bosqichi boʻlib, u oʻrta boʻgʻin tibbiyot mutaxassislarini Germaniya standartlari asosida tayyorlash, ularning kasbiy malakasini oshirish va mexnat migratsiyasi uchun yangi imkoniyatlar yaratishni maqsad qilgan.

Bitiruvchilar ikki davlat tomonidan tan olinadigan diplomga ega boʻladi va Germaniyada yuqori maoshli hamshira sifatida ish boshlash imkoniga ega boʻladilar.

Oʻzbekiston

21.10.2025, 20:42

Ulashish:

Mavzuga oid yangiliklar

Mers: «Qoidalarga asoslangan dunyo tartibi endi mavjud emas»

Har yili oʻtkaziladigan Myunxen xavfsizlik konferensiyasida nutq soʻzlagan Germaniya kansleri yirik davlatlar oʻrtasidagi raqobat kuchaygan bir sharoitda «erkinlik kafolatlanmagani»ni taʼkidladi. 

Jahon

14.02.2026, 13:47

Germaniya Markaziy Osiyo davlatlarini Rossiyaga qarshi sanksiyalarga qatʼiy rioya etishga chaqirdi

Berlinda Germaniya tashqi ishlar vaziri Yoxann Vadeful Markaziy Osiyo davlatlari tashqi ishlar vazirlari bilan uchrashib, Rossiyaga qarshi sanksiyalarga rioya qilish va Yevropa Ittifoqini qoʻllab-quvvatlashga chaqirdi.

Siyosat

13.02.2026, 09:08

Germaniya sovet davridagi koʻcha nomlaridan voz kechadi

Mamlakatning sharqiy hududlarida hali ham Vladimir Lenin, GDR rahbarlari Otto Grotevol va Vilgelm Pik nomidagi koʻchalar uchraydi. Taʼkidlanishicha, Germaniya birlashganiga 35 yil boʻlgan bir paytda repressiyalar va totalitar tuzum bilan bogʻliq shaxslar nomlari koʻchalarda qolmasligi kerak.

Jahon

10.12.2025, 16:41

Oʻzbekiston va Germaniya hukumatlararo maslahatlashuvlari Toshkentda boʻlib oʻtadi

Oʻzbekiston elchisi Dilshod Axatov Germaniya iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot vazirligi davlat kotibi Nils Annen bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Siyosat

17.09.2025, 19:32

Germaniya OTMda oʻzbekistonlik yoshlarga grantlar ajratiladi

Oʻzbekiston elchisi Dilshod Axatov Germaniyaning Konrad Adenauer jamgʻarmasining Yevropa va xalqaro aloqalar boʻyicha bosh kotibi oʻrinbosari Gerxard Vallers bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Ta'lim

09.09.2025, 18:28

Germaniya banki Oʻzbekistondagi loyihalarni moliyalashtirish hajmini kengaytiradi

Oʻzbekiston elchixonasida Germaniyaning "AKA Bank" bosh ijrochi direktori Mark Vengrchik bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Iqtisodiyot

27.08.2025, 09:02

So‘nggi yangiliklar

Erondagi urush fonida aviatashuvlar narxi keskin oshdi

Eron atrofidagi keskinlik va harbiy harakatlar global logistikaga jiddiy taʼsir koʻrsatmoqda. Freightos maʼlumotlariga koʻra, aviatashuvlar qiymati ayrim yoʻnalishlarda 82% gacha oshgan.

Jahon

21.03.2026, 07:18

Hayit kuni Toshkentda jamoat transporti soat 04:00 dan ish boshlaydi

Ramazon hayiti munosabati bilan 20 mart kuni Toshkent shahrida jamoat transporti - avtobus va metropoliten oʻz ish faoliyatini ertalab soat 04:00 dan boshlaydi. 

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:42

Navroʻz va Hayit arafasida 392 nafar mahbus afv etildi

Oʻzbekiston prezidenti farmoni bilan jazo muddatini oʻtayotgan, qilmishiga pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga oʻtgan 392 nafar shaxs afv etildi.

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:37

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon hayiti munosabati bilan vaqtinchalik otashkesim eʼlon qildi

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon oyi yakunlanishi — Iyd al-Fitr (Roʻza hayiti) munosabati bilan vaqtinchalik oʻt ochishni toʻxtatishga kelishib oldi.

Jahon

19.03.2026, 12:00

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi

Toshkentda joylashgan Islom svilizatsiyasi markazi oʻz faoliyatini boshlamoqda. 2026 yil 18 mart kuni boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida markazga kirish tartibi va narxlar eʼlon qilindi.

Madaniy

19.03.2026, 11:20

Ehson bahonasida terrorizm: IIV ogohlantirish bilan chiqdi

Internetdagi "Sahovatli qoʻllar" va "Murgʻak qalblar" kabi jamgʻarmalar Suriyadagi "Tavhid va jihod" katibasi tashkiloti aʼzosi, qirgʻizistonlik Abdulmuhsin Usmonovga tegishli ekani aniqlandi.

Jahon

19.03.2026, 10:59

Maldiv orollari Isroil fuqarolari uchun yopildi

Maldiv orollari Isroil pasportiga ega fuqarolar uchun kirishni rasman taqiqladi. Shu bilan u bunday cheklov joriy qilgan 13-davlatga aylandi.

Jahon

19.03.2026, 10:17

AQSh Senati Eronning yadroviy tahdidi boʻyicha bayonotlarga shubha bildirdi

AQSh Senatida Eronning yadroviy dasturiga oid bayonotlar atrofida bahslar kuchaydi. Xususan, AQSh Milliy razvedkasi direktori Tulsi Gabbard senatorlar tomonidan tanqidga uchradi.

Jahon

19.03.2026, 09:47

Eron Isroil foydasiga josuslikda ayblangan shaxsni qatl etdi

Eron rasmiylari Isroil razvedka xizmatlari bilan hamkorlikda ayblangan mahalliy fuqaro Kurosh Keyvaniga nisbatan chiqarilgan oʻlim hukmini ijro etdi.

Jahon

19.03.2026, 08:54

Qozogʻistonda saygʻoqlar ommaviy halok boʻlmoqda

Temir yoʻllar va avtomagistrallar hayvonlar harakati uchun jiddiy toʻsiq boʻlib, har yili yuzlab jonivorlar ularni kesib oʻtishga urinish vaqtida halok boʻlmoqda.

Jahon

19.03.2026, 08:43

AQSh sudi “Amerika Ovozi” faoliyatini tiklashga qaror qildi

AQSh maʼmuriyati “Amerika Ovozi” xalqaro radiokompaniyasi faoliyatini qayta tiklashi kerak. Bu haqda 17 mart kuni federal sudya Roys Lambers qaror chiqardi.

Jahon

18.03.2026, 18:56

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda

Jahonda raqamli barqarorlik jiddiy xavf ostida qolmoqda. Rasmiy Tehron bayonotlari va razvedka manbalariga koʻra, agar Fors koʻrfazi mamlakatlari AQSh bilan harbiy hamkorlikni toʻxtatmasa, Eron suvosti internet kabellarini yoʻq qilish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda.

Fan-texnologiya

18.03.2026, 14:45