updated: 22.03.2026, 13:55

Germaniya sovet davridagi koʻcha nomlaridan voz kechadi

Mamlakatning sharqiy hududlarida hali ham Vladimir Lenin, GDR rahbarlari Otto Grotevol va Vilgelm Pik nomidagi koʻchalar uchraydi. Taʼkidlanishicha, Germaniya birlashganiga 35 yil boʻlgan bir paytda repressiyalar va totalitar tuzum bilan bogʻliq shaxslar nomlari koʻchalarda qolmasligi kerak.

Jahon

10.12.2025, 16:41

Ulashish:

Germaniya sovet davridagi koʻcha nomlaridan voz kechadi

Germaniyada SSSR va GDR davri arboblari nomi bilan atalgan oʻndan ortiq koʻchalar qayta nomlanishi mumkin. Bundestagning qatagʻon qurbonlari ishlari boʻyicha vakili Evelin Supke Bild nashriga bergan bayonotida bu kabi nomlar zamonaviy Germaniya qadriyatlariga mos kelmasligini taʼkidladi.

Bild’ning yozishicha, baʼzi hududlarda sovet davri bilan bogʻliq boshqa nomlar ham saqlanib qolgan. Masalan, Erfurtda “8 mart LPX” koʻchasi, Sandersdorf-Brenada esa sotsialistik mehnat rekordlari sharafiga nomlangan koʻcha bor. Saksoniya-Anxaltning Vayssenfels-Borau tumanida esa Lenin, Germaniya–Sovet doʻstligi va Vilgelm Pik koʻchalari bir nuqtada kesishadi.

Mahalliy hokimiyatlar nomlarni oʻzgartirishga tayyorligini bildirgan boʻlsa-da, qaror aholi roziligi bilan qabul qilinishi kutilmoqda. Yerixov jamoasida Lenin, Pik va Ernst Telman nomli koʻchalarni oʻzgartirish rejalari keskin bahsga sabab boʻlgan. “Germaniya uchun muqobil” partiyasi bugungacha qarshilik bildirmoqda. Masala hatto oliy maʼmuriy sudgacha yetib borib, yakuniy qaror 26 yanvarda chiqarilishi rejalashtirilgan.

Aholi orasida manzil oʻzgarishi bilan bogʻliq byurokratik jarayonlardan xavotir kuchli. Baʼzi shaharlarda esa masala kun tartibiga ham qoʻyilmagan — Nauyenda hokimiyat hali bu boʻyicha biror taklif kelib tushmaganini maʼlum qilgan.

Maʼlumot uchun, Ikkinchi jahon urushida keyin Germaniya GFR va GDRga boʻlingan, Sharqiy Germaniya SSR taʼsirida shakllangan edi. 1990 yil 3 oktabrda mamlakat rasman birlashgan.

Jahon

10.12.2025, 16:41

Ulashish:

Mavzuga oid yangiliklar

Mers: «Qoidalarga asoslangan dunyo tartibi endi mavjud emas»

Har yili oʻtkaziladigan Myunxen xavfsizlik konferensiyasida nutq soʻzlagan Germaniya kansleri yirik davlatlar oʻrtasidagi raqobat kuchaygan bir sharoitda «erkinlik kafolatlanmagani»ni taʼkidladi. 

Jahon

14.02.2026, 13:47

Germaniya Markaziy Osiyo davlatlarini Rossiyaga qarshi sanksiyalarga qatʼiy rioya etishga chaqirdi

Berlinda Germaniya tashqi ishlar vaziri Yoxann Vadeful Markaziy Osiyo davlatlari tashqi ishlar vazirlari bilan uchrashib, Rossiyaga qarshi sanksiyalarga rioya qilish va Yevropa Ittifoqini qoʻllab-quvvatlashga chaqirdi.

Siyosat

13.02.2026, 09:08

AQSh Oʻzbekiston uchun Jekson-Venik tuzatishini bekor qiladi

Senator Jeyms Rish AQSh Kongressida Markaziy Osiyo davlatlari, jumladan Oʻzbekiston uchun Jekson-Venik tuzatishini bekor qilish boʻyicha qonun loyihasini taqdim etdi. Senatorning fikricha, Markaziy Osiyo davlatlari «oʻta murakkab geosiyosiy qurshovda» qolgan.

Oʻzbekiston

07.11.2025, 15:06

Toshkentda Germaniya tibbiyot akademiyasi ochildi

Kecha poytaxtdagi Abu Ali ibn Sino nomidagi 1-son Respublika jamoat salomatligi texnikumi bazasida Germaniya tibbiyot akademiyasining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Oʻzbekiston

21.10.2025, 20:42

Oʻzbekiston va Germaniya hukumatlararo maslahatlashuvlari Toshkentda boʻlib oʻtadi

Oʻzbekiston elchisi Dilshod Axatov Germaniya iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot vazirligi davlat kotibi Nils Annen bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Siyosat

17.09.2025, 19:32

Germaniya OTMda oʻzbekistonlik yoshlarga grantlar ajratiladi

Oʻzbekiston elchisi Dilshod Axatov Germaniyaning Konrad Adenauer jamgʻarmasining Yevropa va xalqaro aloqalar boʻyicha bosh kotibi oʻrinbosari Gerxard Vallers bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Ta'lim

09.09.2025, 18:28

So‘nggi yangiliklar

Erondagi urush fonida aviatashuvlar narxi keskin oshdi

Eron atrofidagi keskinlik va harbiy harakatlar global logistikaga jiddiy taʼsir koʻrsatmoqda. Freightos maʼlumotlariga koʻra, aviatashuvlar qiymati ayrim yoʻnalishlarda 82% gacha oshgan.

Jahon

21.03.2026, 07:18

Hayit kuni Toshkentda jamoat transporti soat 04:00 dan ish boshlaydi

Ramazon hayiti munosabati bilan 20 mart kuni Toshkent shahrida jamoat transporti - avtobus va metropoliten oʻz ish faoliyatini ertalab soat 04:00 dan boshlaydi. 

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:42

Navroʻz va Hayit arafasida 392 nafar mahbus afv etildi

Oʻzbekiston prezidenti farmoni bilan jazo muddatini oʻtayotgan, qilmishiga pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga oʻtgan 392 nafar shaxs afv etildi.

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:37

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon hayiti munosabati bilan vaqtinchalik otashkesim eʼlon qildi

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon oyi yakunlanishi — Iyd al-Fitr (Roʻza hayiti) munosabati bilan vaqtinchalik oʻt ochishni toʻxtatishga kelishib oldi.

Jahon

19.03.2026, 12:00

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi

Toshkentda joylashgan Islom svilizatsiyasi markazi oʻz faoliyatini boshlamoqda. 2026 yil 18 mart kuni boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida markazga kirish tartibi va narxlar eʼlon qilindi.

Madaniy

19.03.2026, 11:20

Ehson bahonasida terrorizm: IIV ogohlantirish bilan chiqdi

Internetdagi "Sahovatli qoʻllar" va "Murgʻak qalblar" kabi jamgʻarmalar Suriyadagi "Tavhid va jihod" katibasi tashkiloti aʼzosi, qirgʻizistonlik Abdulmuhsin Usmonovga tegishli ekani aniqlandi.

Jahon

19.03.2026, 10:59

Maldiv orollari Isroil fuqarolari uchun yopildi

Maldiv orollari Isroil pasportiga ega fuqarolar uchun kirishni rasman taqiqladi. Shu bilan u bunday cheklov joriy qilgan 13-davlatga aylandi.

Jahon

19.03.2026, 10:17

AQSh Senati Eronning yadroviy tahdidi boʻyicha bayonotlarga shubha bildirdi

AQSh Senatida Eronning yadroviy dasturiga oid bayonotlar atrofida bahslar kuchaydi. Xususan, AQSh Milliy razvedkasi direktori Tulsi Gabbard senatorlar tomonidan tanqidga uchradi.

Jahon

19.03.2026, 09:47

Eron Isroil foydasiga josuslikda ayblangan shaxsni qatl etdi

Eron rasmiylari Isroil razvedka xizmatlari bilan hamkorlikda ayblangan mahalliy fuqaro Kurosh Keyvaniga nisbatan chiqarilgan oʻlim hukmini ijro etdi.

Jahon

19.03.2026, 08:54

Qozogʻistonda saygʻoqlar ommaviy halok boʻlmoqda

Temir yoʻllar va avtomagistrallar hayvonlar harakati uchun jiddiy toʻsiq boʻlib, har yili yuzlab jonivorlar ularni kesib oʻtishga urinish vaqtida halok boʻlmoqda.

Jahon

19.03.2026, 08:43

AQSh sudi “Amerika Ovozi” faoliyatini tiklashga qaror qildi

AQSh maʼmuriyati “Amerika Ovozi” xalqaro radiokompaniyasi faoliyatini qayta tiklashi kerak. Bu haqda 17 mart kuni federal sudya Roys Lambers qaror chiqardi.

Jahon

18.03.2026, 18:56

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda

Jahonda raqamli barqarorlik jiddiy xavf ostida qolmoqda. Rasmiy Tehron bayonotlari va razvedka manbalariga koʻra, agar Fors koʻrfazi mamlakatlari AQSh bilan harbiy hamkorlikni toʻxtatmasa, Eron suvosti internet kabellarini yoʻq qilish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda.

Fan-texnologiya

18.03.2026, 14:45