Toshkentda yana snos: “Beshyogʻoch” mahalla binosi buzib tashlanmoqda
Toshkentda yana bir snos. Bu galgi oʻlja mahalla binosi. PARADIGMA.UZ poytaxtdagi yana bir qurilish jarayoni haqida hikoya qilib beradi.
Oʻzbekiston
25.02.2025, 14:34
Ulashish:
Bundan bir necha hafta oldin ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar Chilonzor tumani Beshyogʻoch koʻchasida joylashgan tarixiy-milliy koʻrinishga ega "Mutaxassislar uyi" turarjoyining oldidagi MFY binosi buzib tashlanib, oʻrniga mehmonxona qurilayotgani haqida mazkur hududda yashovchi aholi tomonidan videomurojaatlar tarqaldi.
Oradan maʼlum vaqt oʻtib, Madaniy meros agentligi vaziyatga munosabat bildirib chiqdi. Unga koʻra, 2025 yil 7 fevralda Madaniy meros agentligining ilmiy-ekspert kengashi majlisi boʻlib oʻtgan va Beshyogʻoch koʻchasidagi 16-18 uylar haqiqatdan ham tarixiy ahamiyatga ega binolar deb topilgan. Ammo negadir bu qaror oradan bir hafta oʻtganidan keyin ommaga ochiqlandi.
Madaniy meros agentligining oradan bir hafta oʻtib, 14 fevral kuni eʼlon qilgan xabarida agentlik ayni paytda ushbu obʼektlarni Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 4 oktabrdagi 846-son qaroriga muvofiq milliy roʻyxatga kiritish boʻyicha zarur ishlar olib borayotganini maʼlum qildi.
Shuningdek, agentlik mazkur xabarda Oʻzbekiston Respublikasining 2001 yil 30 avgustdagi 269 ikkinchi sonli qonunining 12-moddasiga koʻra, tarixiy, ilmiy, badiiy yoki boshqa madaniy qadriyatlarga ega yangi aniqlangan moddiy madaniy meros obʼektlari milliy roʻyxatga kiritilishiga qadar davlat muhofazasida boʻlishi shartligini taʼkidladi.
Maʼlumki, bunday turdagi binolarda oʻz himoya hududi boʻlib, obʼektdan 100 metr radiusda qurilish qilish man etilgan. Shunga qaramay uning yonida joylashgan mahalla fuqarolar yigʻini binosida buzish ishari davom ettirildi.
Mazkur snos esa u yerni buzib, qaytadan qurilish qilmoqchi boʻlgan xususiy tashkilot tomonidan Toshkent shahar hamda Chilonzor tuman hokimlarining qarori bilan amalga oshirilayotgani vaj oʻrnida keltirildi.
Bundan shubhalangan aholi qarorni oʻrganishga kirishar ekan, ochiq manbalarda qarorning toʻliq matni yoʻq ekanligiga duch keladi. Aniqlanishicha, mazkur hujjatlar XDF, yaʼni maxfiy toifaga kirmagan, ammo umumiy foydalanish uchun moʻljallanmagan hujjat boʻlgani sababli platformalarda joylanmagan.
Hujjatning asliyati bilan tanishmoqchi boʻlgan fuqarolar hokimlar tomonidan chiqarilgan qarorlarning toʻliq matnini talab qilgan holda Chilonzor tuman hokimligi hamda Toshkent shahar hokimligiga murojaat yoʻllashgan. Lekin soʻrovlar qanoatlantirilmagan.
Tabiiyki, bu holatdan soʻng aholining shubha-gumonlari yanada oshadi. Shunday fuqarolardan biri PARADIGMA.UZ'ga bergan intervyusida holatni quyidagicha izohladi.
"U maxfiy hujjat deyildi. Nega hujjatning sir saqlanilayotgani tushunarsiz, chunki bu harbiy baza emas, balki bizning uylarimizga tegishli boʻlgan hudud. Yaʼni, ikkita uyning orasida, bizdan atigi 10 metr narida joylashgan. Shuning uchun ham bizning mahallamizdagi barcha aholi bu joyda har qanday qurilish boʻlishiga qarshi. Bu mahalla binosi, biznes-markaz yoki turar-joy binosi boʻladimi — biz baribir bunga qarshimiz. Biz allaqachon bu qurilishga qarshi chiqib ham boʻldik", deydi u.
Albatta, fuqarolar hokimiyatdan tayinli javob olmaganidan keyin, suddan umid qilib, unga murojaat qilishlariga toʻgʻri keladi. Mazkur masalada sudga murojaat kiritgan bir guruh daʼvogarlarning ilk koʻrik sudi joriy yilning 19 fevral kuni Chilonzor maʼmuriy sudida boʻlib oʻtdi.
Unda taraflardan uch nafar arizachi, Toshkent shahar hamda Chilonzor tuman hokimligi yuristlari ishtirok etdi. Sud har ikkala tomonni ham tingladi va batafsil hujjatlar bilan tanishib chiqish uchun sudni keyingi galga, 26 fevral kuniga qoldirdi.
Ariza topshirgan fuqarolardan biri Javlon Mahmudovning soʻzlariga koʻra, mahalla binosini buzib, oʻrniga yangi bino qurmoqchi boʻlgan tadbirkor aholiga aniq maʼlumotlarni taqdim etmagan.
"19 fevral soat 14:00 da kuni Chilonzor hokimining qarorini va Toshkent shahar hokimining qarorini bekor qilish boʻyicha bizning birinchi sudimiz boʻldi. 2024 yilda bizning mahallaga quruvchi kelgan, bizni chaqirishgan, “Hech qanaqa hujjatlar taqdim qilmasdan mana shu binoyilarni buzamiz, boshida ofis tushadi, keyin uy tushadi”, deb aytishdi. Keyin yana hokimiyat bilan birga kelganda ofis quriladi deb aytilgan.
Keyin yaqinda yana kelib ketishdi, hali loyihasi ham tayyor emas deydi, lekin mahalla binosini boʻshatib boʻlishdi. Quruvchining odamlari kelib binodan mahallaga tegishli mebel, texnikalarni olib chiqib ketishdi. Keyin eshiklarini buzib, avariyaviy holatga keltirish uchun koʻrsatish uchun qilindi bu ishlar. Bugun sud jarayoniga hokimiyat vakillari — tuman hokimiyati bilan shahar hokimiyatining yuristlari keldi, lekin bu yerga bizga taqdim qilishga, oʻrganib chiqishimiz uchun hech qanaqa hujjat olib kelishmadi", deydi u.
Beshyogʻoch koʻchasida yashovchi arizachilardan boshqa biri Zoya Bekerning aytishicha, mahalla binosi hech qanday taʼmirga muhtoj boʻlmagan. U yerda barcha sharoitlar mavjud edi.
"Gap shundaki, bu mahalla binosi bir qavatli qilib qurilgan. Uning oʻziga yarasha vazifalari bor edi. U yerda mahalla oqsoqoli, xotin-qizlar qoʻmitasi, yoshlar tashkiloti, mahalla inspektori uchun xonalar mavjud edi. Hammasi tartibli va yaxshi ishlab kelar edi. Menda bitta savol paydo boʻldi va bu sudning ikkinchi tinglovida muhokama qilinadi degan umiddaman. Yaʼni, bu bino bizning hovlimiz, bizga tegishli hududda qaysi asos bilan qurilmoqda? Umid qilamanki, ushbu masala ham ikkinchi tinglovda oʻz yechimini topadi", deydi u.
Yuqorida koʻrganimizdek, quruvchidan, hokimiyatdan aniq javob olmagan fuqarolar bu masalaga chora topish uchun sudga umid bogʻlamoqda. Sud bu jarayonga qanday yondashadi? Batafsil PARADIGMA.UZ'da kuzatib boring.
Oʻzbekiston
25.02.2025, 14:34
Ulashish:
Mavzuga oid yangiliklar

Saida Mirziyoyeva Toshkent shahridagi shaharsozlik va ekologik muammolarni muhokama qildi
Oʻzbekiston
15.09.2026, 11:46

Yangi qurilayotgan uydan xonadon sotib olişda qaysi hujjatlarni tekşiriş kerak?
Oʻzbekiston
26.08.2026, 09:52

Toşkentda tuğilgan Serdjio Gor Trampning davlat kotibi bölişi mumkinmi?
Siyosat
06.11.2026, 10:32

Eron Samarqand mojarosiga izoh berdi: "Gap Özbekiston haqida emasdi"
Oʻzbekiston
29.10.2026, 11:34

O‘zbekistonda XI Yevropa kino festivali bo‘lib o‘tadi
Madaniy
13.10.2026, 10:26

MrBeast Toshkentga keladi
Oʻzbekiston
09.10.2026, 09:32
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Internetda Turdimov nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda
Ta'lim
13.10.2026, 16:30

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01

Ukrainada Starlink faoliyati cheklandi
Jahon
15.10.2026, 11:18

MrBeast Toshkentga keladi
Oʻzbekiston
09.10.2026, 09:32
So'nggi yangiliklar

“Aqlga ozuqa böladigan kitoblar”: ALP naşriyotida reyd ötkazildi
Madaniy
07.11.2026, 12:05

Qirğiziston Rossiya TIVga nota yubordi
Siyosat
06.11.2026, 17:40

Futbol olami erta yöqotgan futbolçilar
Sport
06.11.2026, 15:06

Qozoğistonda yoqilğini eksport qiliş taqiqi uzaytirildi
Iqtisodiyot
06.11.2026, 14:48

Toşkentda tuğilgan Serdjio Gor Trampning davlat kotibi bölişi mumkinmi?
Siyosat
06.11.2026, 10:32

AQŞ Senatiga saylangan ilk musulmon senator — Abdul Al-Sayed kim?
Siyosat
05.11.2026, 19:44

“Futbol — bu odamlar”: Ronaldu xayrlaşuv maktubini yozdi
Sport
05.11.2026, 17:43

Tramp maslahatçilari Isroildan boşpana söramoqçi
Siyosat
05.11.2026, 17:02

AQŞ Senatiga ilk musulmon saylandi
Siyosat
04.11.2026, 17:55

Xitoy futbolining qulaşi
Sport
04.11.2026, 14:44

"Bundan buyon “kambağal oila qolmadi” degan hisobot ötmaydi" – Prezident
Oʻzbekiston
04.11.2026, 14:16

Dunyo böylab 28 yil
Madaniy
04.11.2026, 11:59

24 davlat vakillari Samarqandda nimani muhokama qiladi?
Oʻzbekiston
04.11.2026, 11:07

Hindiston 500 million kişini kambağallikdan çiqardi
Jahon
03.11.2026, 17:09

Kredit reklamasi va şartnomalarida ogohlantiriş majburiy böldi
Iqtisodiyot
03.11.2026, 10:30

Uitkoff: AQŞ, Rossiya va Ukraina vakillari Abu-Dabida uçraşadi
Siyosat
03.11.2026, 10:17

Isroil kuçlari Al-Jazira muxbirini hibsga oldi
Jahon
03.11.2026, 10:00

Germaniyada Z avlod namoyişlari: yoşlar hukumatdan nimani talab qilmoqda?
Jahon
02.11.2026, 16:55

Özbekistonda tuğilişlar soni kamaydi
Oʻzbekiston
02.11.2026, 13:03

Hindistonda yigit AI yordamida özini öğirlatdi
Jahon
02.11.2026, 11:04
Mashhur yangiliklar

O‘zbek alifbosidagi toʻrt harf oʻzgardi
Ta'lim
21.10.2026, 14:48

Internetda Turdimov nomidan soxta xabarlar tarqatilmoqda
Ta'lim
13.10.2026, 16:30

O‘zbekistonda erta nikoh va diniy nikoh marosimi uchun jarimalar oshirildi
Oʻzbekiston
15.10.2026, 16:35

O‘zbekistonda kimlar daxlsizlik va immunitetga ega?
Oʻzbekiston
17.10.2026, 14:01

Ukrainada Starlink faoliyati cheklandi
Jahon
15.10.2026, 11:18

MrBeast Toshkentga keladi
Oʻzbekiston
09.10.2026, 09:32
