updated: 22.03.2026, 02:29

Toshkentda yoʻl harakatini boshqarish boʻyicha yangi markaz ish boshlaydi

Toshkent shahrida yoʻl harakatini boshqarish va tirbandliklarni kamaytirish maqsadida yangi Yoʻl harakatini tashkil etish markazi tashkil etiladi. Shuningdek, poytaxt infratuzilmasini rivojlantirish doirasida Xitoy bankdan 271 mln dollar kredit jalb qilinib, 2030 yilgacha 150 ming oʻrinli toʻxtash joylari barpo etilib, Toshkent metropoliteni uzunligi 103 kilometrgacha yetkaziladi hamda piyodalar va velosiped yoʻlaklari kengaytiriladi.

Ulashish:

Toshkentda yoʻl harakatini boshqarish boʻyicha yangi markaz ish boshlaydi

Bu Prezidentning «Toshkent shahrida transport tizimi boshqaruvini takomillashtirish hamda tirbandliklarning oldini olishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qarorida belgilandi.

Markazning asosiy vakolatlari

Qarorga koʻra, markaz quyidagi manbalardan maʼlumot olish huquqiga ega boʻladi:

— vazirliklar va idoralar,
— Toshkent shahri va viloyati hokimliklari,
— yoʻlovchi tashuvchi korxonalar,
— elektromobil quvvatlash stansiyalari,
— toʻxtash joylari operatorlari,
— mikromobil vositalari ijarasi xizmatlari,
— boshqaruvchi kompaniyalar va boshqa muassasalar.

Markazga qoʻshimcha ravishda:

— ayrim yoʻl uchastkalarida harakat tezligi rejimini belgilash,
— ayrim transport turlarining, jumladan yuk mashinalarining harakatiga cheklov oʻrnatish,
— foto va video qayd etish vositalari orqali aniqlanadigan qoidabuzarliklar roʻyxatini shakllantirish, ularga jarimalar boʻyicha takliflar kiritish,

vakolatlari beriladi.

Intizomiy javobgarlik boʻyicha taklif kiritish huquqi

Agar shahar yoʻl harakati bilan bogʻliq vazifalar lozim darajada bajarilmasa, markaz tegishli tashkilotlar rahbarlariga masʼul xodimlarni intizomiy javobgarlikka tortish toʻgʻrisida taklif berish imkoniyatiga ega boʻladi.

Vakolatlar oʻtkazilishi

2026 yil 1 iyuldan boshlab Toshkent shahar hokimligi, Transport vazirligi va IIVning ayrim vakolatlari yangi markazga oʻtkaziladi.
Markaz ushbu vakolatlardan 2028-yil 31-dekabrga qadar huquqiy eksperiment doirasida foydalanadi.

Shahar transportiga oid yirik loyihalar

Prezident qarorida, shuningdek, poytaxt infratuzilmasini kengaytirishga doir quyidagi rejalar belgilangan:

— Xitoy bankdan 271 mln dollar kredit jalb qilinadi — yoʻllarni rekonstruksiya qilish va yangi chorrahalar qurish uchun,
— 2030 yilgacha 150 ming oʻrinli toʻxtash joylari barpo etiladi,
— Toshkent metropoliteni uzunligi 103 kilometrga yetkaziladi,
— piyodalar va velosiped yoʻlaklari kengaytiriladi.

Oʻzbekiston

09.12.2025, 09:01

Ulashish:

So‘nggi yangiliklar

Erondagi urush fonida aviatashuvlar narxi keskin oshdi

Eron atrofidagi keskinlik va harbiy harakatlar global logistikaga jiddiy taʼsir koʻrsatmoqda. Freightos maʼlumotlariga koʻra, aviatashuvlar qiymati ayrim yoʻnalishlarda 82% gacha oshgan.

Jahon

21.03.2026, 07:18

Hayit kuni Toshkentda jamoat transporti soat 04:00 dan ish boshlaydi

Ramazon hayiti munosabati bilan 20 mart kuni Toshkent shahrida jamoat transporti - avtobus va metropoliten oʻz ish faoliyatini ertalab soat 04:00 dan boshlaydi. 

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:42

Navroʻz va Hayit arafasida 392 nafar mahbus afv etildi

Oʻzbekiston prezidenti farmoni bilan jazo muddatini oʻtayotgan, qilmishiga pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga oʻtgan 392 nafar shaxs afv etildi.

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:37

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon hayiti munosabati bilan vaqtinchalik otashkesim eʼlon qildi

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon oyi yakunlanishi — Iyd al-Fitr (Roʻza hayiti) munosabati bilan vaqtinchalik oʻt ochishni toʻxtatishga kelishib oldi.

Jahon

19.03.2026, 12:00

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi

Toshkentda joylashgan Islom svilizatsiyasi markazi oʻz faoliyatini boshlamoqda. 2026 yil 18 mart kuni boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida markazga kirish tartibi va narxlar eʼlon qilindi.

Madaniy

19.03.2026, 11:20

Ehson bahonasida terrorizm: IIV ogohlantirish bilan chiqdi

Internetdagi "Sahovatli qoʻllar" va "Murgʻak qalblar" kabi jamgʻarmalar Suriyadagi "Tavhid va jihod" katibasi tashkiloti aʼzosi, qirgʻizistonlik Abdulmuhsin Usmonovga tegishli ekani aniqlandi.

Jahon

19.03.2026, 10:59

Maldiv orollari Isroil fuqarolari uchun yopildi

Maldiv orollari Isroil pasportiga ega fuqarolar uchun kirishni rasman taqiqladi. Shu bilan u bunday cheklov joriy qilgan 13-davlatga aylandi.

Jahon

19.03.2026, 10:17

AQSh Senati Eronning yadroviy tahdidi boʻyicha bayonotlarga shubha bildirdi

AQSh Senatida Eronning yadroviy dasturiga oid bayonotlar atrofida bahslar kuchaydi. Xususan, AQSh Milliy razvedkasi direktori Tulsi Gabbard senatorlar tomonidan tanqidga uchradi.

Jahon

19.03.2026, 09:47

Eron Isroil foydasiga josuslikda ayblangan shaxsni qatl etdi

Eron rasmiylari Isroil razvedka xizmatlari bilan hamkorlikda ayblangan mahalliy fuqaro Kurosh Keyvaniga nisbatan chiqarilgan oʻlim hukmini ijro etdi.

Jahon

19.03.2026, 08:54

Qozogʻistonda saygʻoqlar ommaviy halok boʻlmoqda

Temir yoʻllar va avtomagistrallar hayvonlar harakati uchun jiddiy toʻsiq boʻlib, har yili yuzlab jonivorlar ularni kesib oʻtishga urinish vaqtida halok boʻlmoqda.

Jahon

19.03.2026, 08:43

AQSh sudi “Amerika Ovozi” faoliyatini tiklashga qaror qildi

AQSh maʼmuriyati “Amerika Ovozi” xalqaro radiokompaniyasi faoliyatini qayta tiklashi kerak. Bu haqda 17 mart kuni federal sudya Roys Lambers qaror chiqardi.

Jahon

18.03.2026, 18:56

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda

Jahonda raqamli barqarorlik jiddiy xavf ostida qolmoqda. Rasmiy Tehron bayonotlari va razvedka manbalariga koʻra, agar Fors koʻrfazi mamlakatlari AQSh bilan harbiy hamkorlikni toʻxtatmasa, Eron suvosti internet kabellarini yoʻq qilish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda.

Fan-texnologiya

18.03.2026, 14:45