Wolt kompaniyasi Oʻzbekistondagi faoliyatini toʻxtatadi
Kompaniyaning kurerlarga yoʻllagan murojaatida 2026 yil 4 mart, chorshanba kunidan boshlab Oʻzbekistondagi faoliyatini yakunlashi aytilgan.
Oʻzbekiston
25.02.2026, 16:40
Ulashish:

“Bu qarorni qabul qilish bizga oson kechmadi. Mijozlar va hamkorlarimizga sifatli xizmat koʻrsatish, shuningdek, siz va boshqa kurerlar uchun raqobatbardosh sharoitlar yaratish doimo ustuvor vazifamiz boʻlib kelgan. Oʻtgan ikki yil mobaynida biz Oʻzbekistonda birgalikda salmoqli natijalarga erishdik va bundan faxrlanamiz”, – degan “Wolt Uzbekistan” bosh menejeri Zafar Ishoqov.
Kompaniya bozor sharoitlarini tahlil qilish natijasida Oʻzbekistondagi faoliyatini toʻxtatish eng toʻgʻri qaror degan xulosaga kelgan.
Wolt kurerlari nima qilsin?
Bosh menejerning taʼkidlashicha, kurerlar 4 martgacha (shu kuni ham) buyurtmalarni bajarishda davom etishi mumkin.
5 martdan boshlab yangi buyurtmalarni qabul qilish toʻxtatiladi.
Barcha bajarilgan xizmatlar haqi toʻlab beriladi.
Shuningdek, kompaniya kurerlarga xizmatni rivojlantirishga qoʻshgan hissasi va birgalikda mijozlarga Oʻzbekistonning eng sara taomlarini yetkazib bergani uchun samimiy minnatdorchiligini bildirgan.
1,5 yillik faoliyat
Wolt brendiga 2014 yil Finlandiyada asos solingan. Hozirda 30 dan ortiq davlatlarda faoliyat yuritmoqda.
2019 yil Qozogʻistonda filial ochish orqali Markaziy Osiyoga kirib keldi. 2024 yil sentabr oyidan Oʻzbekistonda oʻz xizmatlarini koʻrsata boshlagan.
Muallif: Isomiddin Jumanazarov
Oʻzbekiston
25.02.2026, 16:40
Ulashish:
Mashhur yangiliklar

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

«Umra» ziyoratiga borishga vaqtinchalik cheklov eʼlon qilindi
Madaniy
21.02.2026, 11:01

Yaqin Sharqdan oʻzbek va qozogʻistonlik fuqarolarning evakuatsiyasi: xavfsizlik va tizimli tarzda olib kelinmoqda.
Siyosat
07.03.2026, 14:19
So‘nggi yangiliklar

Hayit kuni Toshkentda jamoat transporti soat 04:00 dan ish boshlaydi
Oʻzbekiston
19.03.2026, 14:42

Navroʻz va Hayit arafasida 392 nafar mahbus afv etildi
Oʻzbekiston
19.03.2026, 14:37

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon hayiti munosabati bilan vaqtinchalik otashkesim eʼlon qildi
Jahon
19.03.2026, 12:00

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi
Madaniy
19.03.2026, 11:20

Ehson bahonasida terrorizm: IIV ogohlantirish bilan chiqdi
Jahon
19.03.2026, 10:59

Maldiv orollari Isroil fuqarolari uchun yopildi
Jahon
19.03.2026, 10:17

AQSh Senati Eronning yadroviy tahdidi boʻyicha bayonotlarga shubha bildirdi
Jahon
19.03.2026, 09:47

Eron Isroil foydasiga josuslikda ayblangan shaxsni qatl etdi
Jahon
19.03.2026, 08:54

Qozogʻistonda saygʻoqlar ommaviy halok boʻlmoqda
Jahon
19.03.2026, 08:43

AQSh sudi “Amerika Ovozi” faoliyatini tiklashga qaror qildi
Jahon
18.03.2026, 18:56

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda
Fan-texnologiya
18.03.2026, 14:45

Trampning yuziga “tarsaki” tushirgan mulozim ishdan boʻshadi
Jahon
18.03.2026, 14:17
Mashhur yangiliklar

Toshkentda eski va yaroqsiz transport vositalari uyma-uy roʻyxatdan chiqarilmoqda
Oʻzbekiston
20.02.2026, 12:15

BAA diplomati “Epshteyn fayllari”da tilga olindi
Jahon
25.02.2026, 11:56

Pedagoglarga uy-joy olish uchun ipoteka subsidiyasi beriladi
Iqtisodiyot
21.02.2026, 11:32

Eron urush holatida – uning ittifoqchilari nega jim?
Jahon
06.03.2026, 14:09

«Umra» ziyoratiga borishga vaqtinchalik cheklov eʼlon qilindi
Madaniy
21.02.2026, 11:01

Yaqin Sharqdan oʻzbek va qozogʻistonlik fuqarolarning evakuatsiyasi: xavfsizlik va tizimli tarzda olib kelinmoqda.
Siyosat
07.03.2026, 14:19

