updated: 22.03.2026, 19:25

«Yilning eng yaxshi devoriy surati – 2025» mukofotini Gretsiyadagi Mariya Kallas tasviri qoʻlga kiritdi

Gretsiyaning Kalamata shahrida afsonaviy opera xonandasi Mariya Kallasning ulkan freskasi Street Art Cities talqiniga koʻra, 2025 yilning eng yaxshi devoriy surati deb topildi.

Ulashish:

«Yilning eng yaxshi devoriy surati – 2025» mukofotini Gretsiyadagi Mariya Kallas tasviri qoʻlga kiritdi

"Novdalar, qushlar va mevalar orasida tasvirlangan Mariya Kallas siymosi insoniyat va tabiat oʻrtasidagi aloqani ifodalaydi" deya taʼrif berilgan freskaga.

Asar muallifi Kleomenis Kostopulosning aytishicha, u suratni ikki haftada chizib tugatishni rejalashtirgan, ammo ob-havo noqulayligi sababli ish bir oyga choʻzilgan. Rassom freskani ishlash uchun maxsus moʻyqalamlar, boʻyoq ballonlari va koʻtarish kranidan foydalangan.

«Mariya Kallasning otasi Mesiniya (Gretsiya) mintaqasidan boʻlib, aynan shu narsa uni Kalamata timsoli sifatida tasvirlashga turtki boʻldi. Freska aslida «Mariya Kallas» emas, «Kalamata» deb nomlangan, niyatim shaharni allegorik tasvirlash edi», – deydi Kleomenis Kostopulos.

Rassom opera yulduzining shaxsiyatidan tashqari, uning kiyimiga ham alohida eʼtibor qaratgan. Uning soʻzlariga koʻra, suratdagi libos Mesiniya mintaqasining tabiiy moʻl-koʻl boyliklari ramzidir. Shuningdek, freska Kalamataning 2030 yilga kelib iqlim neytral shahar boʻlish maqsadi bilan bogʻlangan.

Mutaxassislar fikricha, freskalar chiqindilarni kamaytirib bermasa-da, insonlarni oʻz xatti-harakatlarini oʻzgartirishga chorlab, kundalik hayotda ekologik meʼyorlarga rioya etishga undaydi.

Mahalliy hokimiyat yangi devoriy tasvirning sayyohlik yoʻnalishini rivojlantirishdagi rolini olqishladi. Hokimiyat vakilining aytishicha, freska allaqachon diqqatga sazovor markazga aylangan: odamlar uning fonida rasmga tushishyapti, freskani koʻrish uchun Kalamataga kelishmoqda va ijtimoiy tarmoqlarda reklama qilishmoqda.

Kleomenis Kostopulos Street Art Cities mukofotidan mamnun ekanligini bildirib, bir nechta shahar hokimliklari va boshqa tashkilotlar unga hamkorlik boʻyicha aloqaga chiqqanini aytdi. 

Muallif: Isomiddin Jumanazarov

Madaniy

16.02.2026, 15:50

Ulashish:

So‘nggi yangiliklar

Erondagi urush fonida aviatashuvlar narxi keskin oshdi

Eron atrofidagi keskinlik va harbiy harakatlar global logistikaga jiddiy taʼsir koʻrsatmoqda. Freightos maʼlumotlariga koʻra, aviatashuvlar qiymati ayrim yoʻnalishlarda 82% gacha oshgan.

Jahon

21.03.2026, 07:18

Hayit kuni Toshkentda jamoat transporti soat 04:00 dan ish boshlaydi

Ramazon hayiti munosabati bilan 20 mart kuni Toshkent shahrida jamoat transporti - avtobus va metropoliten oʻz ish faoliyatini ertalab soat 04:00 dan boshlaydi. 

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:42

Navroʻz va Hayit arafasida 392 nafar mahbus afv etildi

Oʻzbekiston prezidenti farmoni bilan jazo muddatini oʻtayotgan, qilmishiga pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga oʻtgan 392 nafar shaxs afv etildi.

Oʻzbekiston

19.03.2026, 14:37

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon hayiti munosabati bilan vaqtinchalik otashkesim eʼlon qildi

Afgʻoniston va Pokiston Ramazon oyi yakunlanishi — Iyd al-Fitr (Roʻza hayiti) munosabati bilan vaqtinchalik oʻt ochishni toʻxtatishga kelishib oldi.

Jahon

19.03.2026, 12:00

Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari maʼlum qilindi

Toshkentda joylashgan Islom svilizatsiyasi markazi oʻz faoliyatini boshlamoqda. 2026 yil 18 mart kuni boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida markazga kirish tartibi va narxlar eʼlon qilindi.

Madaniy

19.03.2026, 11:20

Ehson bahonasida terrorizm: IIV ogohlantirish bilan chiqdi

Internetdagi "Sahovatli qoʻllar" va "Murgʻak qalblar" kabi jamgʻarmalar Suriyadagi "Tavhid va jihod" katibasi tashkiloti aʼzosi, qirgʻizistonlik Abdulmuhsin Usmonovga tegishli ekani aniqlandi.

Jahon

19.03.2026, 10:59

Maldiv orollari Isroil fuqarolari uchun yopildi

Maldiv orollari Isroil pasportiga ega fuqarolar uchun kirishni rasman taqiqladi. Shu bilan u bunday cheklov joriy qilgan 13-davlatga aylandi.

Jahon

19.03.2026, 10:17

AQSh Senati Eronning yadroviy tahdidi boʻyicha bayonotlarga shubha bildirdi

AQSh Senatida Eronning yadroviy dasturiga oid bayonotlar atrofida bahslar kuchaydi. Xususan, AQSh Milliy razvedkasi direktori Tulsi Gabbard senatorlar tomonidan tanqidga uchradi.

Jahon

19.03.2026, 09:47

Eron Isroil foydasiga josuslikda ayblangan shaxsni qatl etdi

Eron rasmiylari Isroil razvedka xizmatlari bilan hamkorlikda ayblangan mahalliy fuqaro Kurosh Keyvaniga nisbatan chiqarilgan oʻlim hukmini ijro etdi.

Jahon

19.03.2026, 08:54

Qozogʻistonda saygʻoqlar ommaviy halok boʻlmoqda

Temir yoʻllar va avtomagistrallar hayvonlar harakati uchun jiddiy toʻsiq boʻlib, har yili yuzlab jonivorlar ularni kesib oʻtishga urinish vaqtida halok boʻlmoqda.

Jahon

19.03.2026, 08:43

AQSh sudi “Amerika Ovozi” faoliyatini tiklashga qaror qildi

AQSh maʼmuriyati “Amerika Ovozi” xalqaro radiokompaniyasi faoliyatini qayta tiklashi kerak. Bu haqda 17 mart kuni federal sudya Roys Lambers qaror chiqardi.

Jahon

18.03.2026, 18:56

Raqamli ultimatum: Eron Fors koʻrfazidagi internet infratuzilmasini buzish bilan tahdid qilmoqda

Jahonda raqamli barqarorlik jiddiy xavf ostida qolmoqda. Rasmiy Tehron bayonotlari va razvedka manbalariga koʻra, agar Fors koʻrfazi mamlakatlari AQSh bilan harbiy hamkorlikni toʻxtatmasa, Eron suvosti internet kabellarini yoʻq qilish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda.

Fan-texnologiya

18.03.2026, 14:45