2025 yil oxiriga kelib dunyo yana bir achchiq haqiqatga guvoh boʻldi: tarixiy bahslar diplomatiya doirasidan chiqib ketsa, ular osonlikcha qurolli toʻqnashuvga aylanishi mumkin. Buni Tayland va Kambodja oʻrtasidagi navbatdagi nizo yaqqol namoyon etdi. 7 dekabr kuni yana avj olgan otishmalar Janubi-Sharqiy Osiyoni xavfli inqiroz yoqasiga olib keldi.