Oʻzbekistonda islomiy moliyalashtirishga boʻlgan qiziqish ortib borar ekan, bu yoʻnalishda amaliy qadamlar ham kengaymoqda. Ipak Yuli Bank EEFU bilan 20 million dollarlik yangi hamkorlik bitimini imzolaganini maʼlum qildi. Mablagʻlar shariat talablariga muvofiq Murabaxa vositasi orqali ajratiladi.